Maktablarda umumta’lim fanlarini o’qitishda interfaol metodlaridan foydalanish va zamonaviy darslarni tashkil etishning samaradorligi

Автор: Axmedova Yu.Q., Yusupova K.R.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-2 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Maktablarda umumta`lim fanlarni yuqori saviyada shakllantirish, zamonaviy darslarni tashkil etish bu jarayonda umumta`lim fanlarini o’qitish sifatini ta`minlashda turli innovatsion metodlardan foydalanish orqali belgilangan natijalarga erishish.

Ta'lim, inovatsiya, zamonaviy dars, globallashuv, interfaol usul, ta'lim texnologiyasi, didaktik, strategik yondashuv, dars

Короткий адрес: https://sciup.org/140300475

IDR: 140300475

Текст научной статьи Maktablarda umumta’lim fanlarini o’qitishda interfaol metodlaridan foydalanish va zamonaviy darslarni tashkil etishning samaradorligi

Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati ta’lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-Texnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi axborot miqyosining oshib borishi kabi omillar o’quvchining shaxsiy xususiyatlariga, jumladan idrok eta olish, tasavvur va tafakkurlash, aqliy qobilyatining rivojlanishiga olib keladi. O’quvchining olamini bilishga bo’lgan ehtiyoji avvalgi yillarga nisbattan keskin oshganligi hech kimga sir emas.

Ta’limning interfaol metodi asosiy maqsadi yagona bo’lib, o’quvchilarni mustaqil bilim olishga qiziqtirish, o’z ustida ko’proq ishlash, qo’shimcha adabiyotlarni o’qish, zamon bilan hamnafas ta’lim-tarbiyaga, mustaqil fikr yurita oladigan komil insonni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.

Interfaol — “o’zaro harakat qilmoq” yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni bildiradi.

O’qitish jarayonida interfaol usullarni qo’llash jarayonida o’quvchilarning o’zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda o’quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun ahamiyatga molik bo’lgan muammoni hal etishga kirishib ular o’rtasida bir-birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Innovatsiya, bu-kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak” — deb aytganlari umumta`lim fani o’qituvchisini ma`lum zaruriy bilimlar bilan qurollangan bo’lishi bilan birga shu bilimlarni o’quvchi ongiga singdirishda yangi texnologiyalar, innovatsiyalar olib kirmog’i lozimligini ta`kidlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi .

Zamonaviy talim oldida turgan eng muhim vazifa oquvchi shaxsining ilm olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Biz kimni tarbiyalashimiz kerak?-degan savol zamonaviy pedagogik, didaktik, fanlarni o’qish metodikalarining bosh masalasiga aylandi. Talim tizimi oldiga maqsad qilib yani, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish qo’yildi. Bu ezgu maqsadni bajarish eski ananaga kirib qolgan ta’lim tarbiyaviy usullar vositasida emas, balki zamonaviy yangi dars hamda usullari vositasida amalga oshirilishi shart.

Zamonaviy darsga qo’yilgan talab asosan jamiyatimizning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Jamiyatning rivoji hayotning barcha jabhalariga shu jumladan talim mazmuniga dars tuzilishiga, qolaversa, insonning kundalik faoliyatiga albatta, o’z tasirini o’tkazishi tabiiydir. O’zbekistondagi pedagog olimlar, ham o’z tadqiqotlari davomida zamonaviy dars muammolariga etiborini qaratib “Zamonaviy dars –eng avvalo, o’quvchi shaxsining talim olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o’rgatuvchi usullar majmui” yani interfaol metodlar deb ko’rsatishadi.

Mazkur fikrlar, darsdagi asosiy etiborni o’qituvchi faoliyatidan o’quvchilar faoliyatiga ko’chirish lozimligini ko’rsatib turibdi. O’qituvchi darsda o’zi so’rab o’zi gapirib beruvchi bo’lmasligi kerak, balki o’quvchilarga yangi bilimlarni o’zlashtirishida yaqindan turib turli interfaol metodlarni qo’llab ko’maklashuvi lozim. Zamonaviy darslarning asosiy maqsadi o’quvchilarning mustaqil bilim olish mexanizmiga asoslanganligidadir. Zamonaviy dars deganda, faqat uning nomiga qarab baholash yoki ularni alohida dars tipiga kirish yaramaydi. Bunday darslar mazmunan hamda tuzilishi jihatidan obdon o’rganilib keyinchalik bir ilmiy xulosa yasalishi kerak. Eng asosiysi, bunday darslar o’quvchining ilm olish imkoniyatlarini kengayishiga, ularning mustaqil fikrlashiga, o’z nuqtai nazarini erkin bayon eta olishiga, darslik, qo’shimcha talim vositalaridan mustaqil bilim ola bilishiga, uning bilim va istedodiga qarab faoliyatini obyektiv baholanishiga asoslangan bo’lishi kerak.

Zamonaviy darslarni tashkil etishda yuqorida aytganimizday inovatsiyaning ahamiyati katta. Innovatsiya bu yangilik kiritish ma`nosini anglatadi. Pedagog o’z mahorati, tajribasi va aql-zakovati bilan darsga ijodkorona yondoshib, yangilik olib kirishi lozim. Bu borada darsda interfaol metodlardan foydalanish ko’zlangan natijani beradi. Interfaol metodlar — bu jamoa bo’lib fikrlashdir, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo’lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida ta`lim berishning ma`nosi shuki, yangilikka intilgan holda darsni mahorat bilan o’tish qobiliyatidir. Bunda an`anaviy ta`limdan farqli o’laroq, ta`lim oluvchining mustaqil fikr yuritishiga keng imkon beriladi. O’quvchilarning dars jarayoniga, fanlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishda quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin:

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:

  • 1.    Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.

  • 2.    Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Tarmoqlar”, “3×4”, “Breynrayting”, “Bahs-munozara”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.

  • 3.    Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.

Aqliy hujum Bevosita jamoa bo`lib «fikrlar hujumi»ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g`oyalarni yig`ish, talaba (yoki o`quvchi)larni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo`lgan fikrlarni yengishdir.

Breynrayting—Ushbu uslubning qo`llanishi breynstorming uslubiga o`xshash bo`lib, faqat unda barcha g`oya, fikrlar yozma bayon etiladi. Bu esa, o`z g`oya va fikrlarini og`zaki bayon etishga uyaladigan yoki qiynaladigan ba`zi tinglovchilar uchun qulaylik yaratadi. Talaba (yoki o`quvchi)lar tomonidan yozilgan fikrlar, g`oyalarning imloviy va uslubiy xatolariga e`tibor qaratilmaydi hamda yozilgan fikrlar oralarida keyinchalik hayolga kelgan fikrlarni yozish uchun bo`sh joylar ham qoldiriladi. Talaba (yoki o`quvchi)lar o`z fikrlarini erkin, tanqid qilmasdan ifoda etishga chaqiriladilar. G`oyalar tahlili keyinroq o`tkaziladi. Bu usuldan foydalanganda, muammoni yechish variantlari imkon qadar ortadi.

Bahs-munozara (discussion method) —Usulida guruh a`zolari biror muammoni yechish (yoki bilimlarini oshirish, yoki mavzuni tushunish) maqsadida o`z g`oyalarini og`zaki taklif etadilar. Usuldan samarali foydalanish uchun ishtirokchilar muhokama predmetiga oid yetarli bilim va tajribaga ega bo`lishlari lozim. Bu usul kattalar ta`limida ko`proq samara beradi.

“Blits-o`yin” metodi — harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma`lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan.

6x6x6 uslubi—6x6x6 uslubida o`qituvchi guruh 36 ta qatnashchisini qisqa vaqt mobaynida bironta masalani muhokama qilishga o`rgatish va ular ko`pchiligining fikrlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. 6 ta guruh (har birida 6 kishidan) ishtirokchilari o`qituvchi tomonidan o`rtaga tashlangan muammoni 6 daqiqa mobaynida muhokama qiladilar. Shundan keyin o`qituvchi 6 ta yangi guruhni shunday to`zadiki, unda oldingi munozara guruhida qatnashganlardan birontasi albatta bo`ladi. Yangi guruh qatnashchilari o`z guruhlarining ish natijalarini muhokama qiladilar.6x6x6 -guruhining barcha a`zolarini faollashtiruvchi uslubdir. Qatnashchilardan har biri qisqa vaqt mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham so`zlovchisi rolida bo`ladi.Guruhlar bitta muammoni yoki bir muammoning turli jihatlarini muhokama qilishlari mumkin. 6x6x6 uslubi o`qituvchi va guruhlarning faol ishtirokini talab qiladi.

Olmos—Har bir juftlikka 9 ta jumla (hikoya) bo`lgan konvert beriladi va ularni olmos shaklida joylashtirish topshiriladi. Masalan: Eng muhim, ma`noli va qiziqarli jumla olmosning uchiga joylashtiriladi. Keyingi 2 tasi bir xil ikkinchi o`ringa qo`yiladi. O`rtadagi 3 tasi to`rtinchi, keyingi 3 tasi esa, yettinchi daraja hisoblanadi. Olmosning pastiga qo`yilgan jumla, guruh tomonidan eng muhim, ma`noli va qiziqarli bo`lmagan jumla deb hisoblanadi. Juftliklar o`z mashqlarini tamomlaganlaridan so`ng, ular 6 ta bo`lib guruhga bo`linadilar. Guruhdagi har bir juftlik qanday tanlanganligini boshqa ikkita guruhga tushuntirib beradi. Shundan so`ng, umumiy 6 ta talaba (yoki o`quvchi), kelishuv asosida bir fikrga kelishadi. Fikrlarini navbatdagi guruhga aytib, shu tariqa suhbat davom etadi. Mashg`ulot oxirida juftliklar bir-birlariga baho beradilar va o`qituvchi fikrlarni umumlashtiradi.Jumlalar o`rniga 9 ta turli rasmlar ishlatilishi mumkin. Bunday holda, mezonlar ham «o`ziga xos», «chiroyli», «kulgili», «ajoyib» yoki «o`zgacha» liklari bilan baholanadi. Joylashtirish piramida shaklida (oltita jumla, rasm va sh.k.) bo`lishi ham mumkin.Talaba (yoki o`quvchi)lar jumla (yoki rasm)larni katta formatli qogozga «Zina» yoki «Narvon» shaklidagi chizma ko`rinishida ham joylashtirishlari mumkin.

Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o’quvchining ustunlik qilishi, uning o’z fikrini o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi. Interfaol usullar qo’llanilganida o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o’rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko’nikmalarini egallaydi.

  • 1.    SH. M. Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. T.:O’zbekiston 2017.

  • 2.    Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari. M.Kamoliddinov, B. Vahobjonov. O’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent, “Talqin” 2010.

  • 3.    D.Tojiboеva. Maxsus fanlarni o’qitish mеtodikasi. T. “Fan va tеxnologiya”. 2009

  • 4.    A.Bahobov, N.R.Rahimqulov, N.B.Sultanova” Geografiya o’qitish metodikasi” T 2020 y.

"Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы Maktablarda umumta’lim fanlarini o’qitishda interfaol metodlaridan foydalanish va zamonaviy darslarni tashkil etishning samaradorligi

  • SH. M. Mirziyoev "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz". T.:O'zbekiston 2017.
  • Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari. M.Kamoliddinov, B. Vahobjonov. O'quvuslubiy qo'llanma. Toshkent, "Talqin" 2010.
  • D.Tojiboеva. Maxsus fanlarni o'qitish mеtodikasi. T. "Fan va tеxnologiya". 2009.
  • A.Bahobov, N.R.Rahimqulov, N.B.Sultanova" Geografiya o'qitish metodikasi" T 2020 y.
Статья научная