Maqollarning lingvopragmatik tadqiqi tog'ay murod "oydinda yurgan odamlar" asari misolida

Автор: Yoqubjonova M.Ya.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (94), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada maqol va uning badiiy qudrati haqida so'z borgan.Uning tilshunoslikdagi, zamonaviy yo'nalish bo'lmish pragmalingvistikaning tadqiqot metodlaridagi mavqeyi borasida fikr bildirilib, bu borada maqollardan misollar keltirilib o'tilgan.

Lingvistik pragmatika, maqol, kommunikativ niyat, oila

Короткий адрес: https://sciup.org/140292710

IDR: 140292710

Текст научной статьи Maqollarning lingvopragmatik tadqiqi tog'ay murod "oydinda yurgan odamlar" asari misolida

Lingvistik pragmatikaning xususiy masalalari aynan nutq ishtirokchilari va nutqiy vaziyat tushunchasi bilan bog'liqdir. Bizga ayonki,so'zlovchi o'z maqsadini ifoda etuvchi jumla qurish uchun olamda mavjud bo'lgan narsa,predmet hodisalarning nomini bilishi hamda ma'lum grammatik qonun-qoidalar bilan tanish bo'lishining o'zi kifoya qilmaydi. So'zlovchi nutqiy vaziyat tushunchasi mohiyatini ham bilishi kerakki,bu albatta,so'zlovchi bayon qilmoqchi bo'lgan kommunikativ niyatning to'g'ri ifodalanishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.So'zlovchi nutqiga xos kommunikativ niyatning aniq va to'g'ri ifodalanishi uchun yana milliy urf-odatlar bilan bog'liq ijtimoiy qonun qoidalarni bilish ham talab qilinadi.10

Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl,ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir.11

Bilamizki, yolg'izlik faqat yaratgangagina xosdir.Xalqimizda azal-azaldan oila muqaddas hisoblanadi.Tog'ay Murodning"Oydinda yurgan odamlar" asarida jamiyatning bir bo'lagi oila va uning tayanchi farzand ekanligi haqida ko'plab maqollar uchraydi. Aynan kommunikativ niyatning maqollar orqali yetkazib berilishini ushbu asarda ko'rishimiz mumkin.

-Men undaychikin odamni bilmayman...

-Endi bilasan-da.Aytganimdan qolma.Chiroying borida chinoringni top!

Yanga va qiz o'rtasidagi bu suhbatda maqol orqali ko'zda tutilgan so'zlovchining kommunikativ niyati:"Yoshlik vaqtingda o'z tengingni,jutftingni top keyin attang qilib yurmagin. "

-Sen qatorilar bolali bo'ldi,-dedi otasi,-O'g'li borning o'zi bor,qizi borning izi bor.

-Umr o'tayapti. Bo'laringda bo'lib o't bo'z yo'rg'aday yelib o't.

Yozuvchining birinchi maqol orqali yetkazib bermoqchi bo'lgan kommunikativ niyati:"Qachongacha befarzand yurmoqchisan? O'g'ling yoki qizing bo'lmasa sening bu dunyoda qoldiradigan izing ham bo'lmaydi. "Keyingi maqolga ahamiyat bersak, so'zlovchi birinchi maqolning aniqlashuviga, niyatning yaqqol aks etishiga ishora qilyapti.Ya'ni, hozir farzand uchun yoshligingda qayg'urgin,bo'z yo'rg'a kabi bo'lgin degan noan'anaviy o'xshatish qilyapti.Bu yerda yozuvchining individual uslubini ham ko'rishimiz mumkin.

Yo'l olis bo'lsa, yana tag'in to'qson so'mlik qorovullik bo'lsa,nimasiga orzumand bo'lasiz,demaydimi?Olisdagi palovdan yaqindagi sho'rva yaxshi demaydimi?

Oymomo,yomondan qochda qutul,yo ton-da qutul,deya ketdimi?

Savol orqali berilgan maqol orqali yetkazib berilmoqchi bo'lgan kommunikativ niyat:"Yomon odamdan yo qochib qutulasan, yoki aytgan gaping ma'qullab qutulasan."Bu yerdagi ayiruv yuklamalar ma'noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan.

Keyin,eshitmish-bilmish ig'volardan gapirdi. Ta'bi xushlamovchi ayollar g'iybatini qildi.

Elakka bormish ayolning ellik og'iz gapi bo'ldi!

Maqolda ko'zda tutilgan kommunikativ niyat:"Hamsoya ayol elakka chiqqanligi,ellik og'iz gapning ichida g'iybat,ig'volarni gapirishi.Birgina elak detali orqali ayollarning bekorchi gaplari borligini" ifodalagan.

-Bedana tezotar bo'lsa,o'z boshini o'zi yoradi!-dedi bir ayol.

-Bir qishning bir yozi bo'ladi,qarg'aning qag'illagani qoladi,Oymomo do'stim!

Xulosa qilib aytganda, ushbu maqollarda adresatlarga yetkazib berilmoqchi bo'lgan kommunikativ niyat o'z aksini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1 .M.Hakimov O'zbek pragmalingvistikasi asoslari.T-2013

  • 2 .O'zbek xalq maqollari.T-2005

  • 3 .T.Murod "Oydinda yurgan odamlar " asari T-2017

"Экономика и социум" №3(94)-1 2022

Список литературы Maqollarning lingvopragmatik tadqiqi tog'ay murod "oydinda yurgan odamlar" asari misolida

  • M.Hakimov O'zbek pragmalingvistikasi asoslari.T-2013.
  • O'zbek xalq maqollari.T-2005.
  • T.Murod "Oydinda yurgan odamlar " asari T-2017.
Статья научная