NT-proBNP - 2-toifa diabet bilan og'rigan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash uchun biomarker sifatida
Автор: Yusupova Shaxnoza Qodirjanovna, Xuzamberdiev Aziz Rahimovich, Abdurahmonova Ruxsora Hotamjon qiz, Rashidova Xurshida Orifjon qizi
Журнал: Re-health journal.
Рубрика: Диабетология
Статья в выпуске: 4 (20), 2023 года.
Бесплатный доступ
2-toifa qandli diabet (QD) va surunkali yurak yetishmovchiligi(SYuE) umumiy populyatsiyada yuqori, o'sib borayotgan tarqalishni namoyish etadi, bir-birini o'zaro og'irlashtiradi, yaqin patofiziologik aloqaga va davolashda bir qator sinergik yondashuvlarga ega. SYUE ni o'z vaqtida tashxislash uchun odatda eng tasdiqlangan va ishonchli markerlar hisoblangan BNP va N terminalli miya natriuretik peptid NT-proBNP qo'llaniladi. Tadqiqot materiallari va usullari: Andijon shahridagi tibbiyot muassasalariga borgan 30 yosh va undan katta yoshdagi 185 nafar bemorni aniqladik va tadqiqot obyekti sifatida tanladik. Tadqiqot natijalari : NT¬proBNP ko'rsatkichi yuqori bo'lgan bemorlarning eng katta ulushi SYuE bilan og'rigan bemorlar guruhida qayd etilgan - 95,0%, bir oz kamroq - 90,8% SYuE bilan birgalikda QD 2 tur bilan kasallangan bemorlar guruhida aniqlangan va eng kichik raqam, ya'ni 51,7% faqat 2-toifa diabet bilan og'rigan bemorlar guruhida edi. Olingan ma'lumotlar NT¬proBNP SYuE mavjudligi/rivoji uchun diagnostik va prognostik belgi ekanligini tasdiqlaydi.
2-toifa qandli diabet, surunkali yurak etishmovchiligi, natriuretik peptid
Короткий адрес: https://sciup.org/14130696
IDR: 14130696