Nurobod tumaniga umumiy geografik tavsif

Автор: Rakhmonkulova Gulyora Bobonor kizi, Ravshanova Shokhsanam Ne'mat kizi

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Статья в выпуске: 4 (20), 2024 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada Nurobod tumani tarixi va tabiati haqda ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, tumanning tabiatidagi muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha ba’zi taklif va tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ishsizlikning ko’payishiga sabab bo’layotgan omillar haqida ma’lumotlar taqdim etilgan.

Nurobod tumani, Sovetobod, Qarnob cho’li, suv resurslari, Hazrati Dovud, turizm, sanoat, qishloq xo’jaligi

Короткий адрес: https://sciup.org/14131695

IDR: 14131695

Текст научной статьи Nurobod tumaniga umumiy geografik tavsif

„Yujniy“deb nomlandi, keyinroq aholi punktiga kon nomini „Sobirsoy” deb berish masalasi koʻrib chiqildi, biroq OʻzSSR KPSS Komiteti uning nomini Sovetobod nomi bilan tasdiqladi. Sovetobod tarixi 1964-yilga borib taqaladi, dastlab Sobirsoy uran rudasi koni hududida geologik qidiruv ekspeditsiyasi (partiya) mutaxassislarining kichik qishlogʻi shaklida boʻlib, uni qidirish va qazib olish uchun Janubiy kon, keyinchalik Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati maʼmuriyati tuziladi, keyin esa shahar quriladi. 1983-yilgacha shahar tipidagi Sovetobod posyolkasi, 1975-yildan Samarqand viloyatidagi shu nomdagi eng yirik tuman markazi boʻlib kelgan. Sovetobod 1983-yilgacha metallni qazib olish bilan shug’ullanuvchi yopiq maxfiy strategik obyekt maqomiga ega edi. Uran rudasini yer osti qazib olish va keyinchalik yer osti yuvish yoʻli bilan qazib olish hajmining tez oʻsishi tufayli shahar faol rivojlana boshladi. Qadimdan tuman turlicha nomlar bilan atalgan. 1992-yildan buyon esa Nurobod deb atala boshlandi. Nurobod tumanining hozirgi nomi, ehtimol, uning geografik joylashuvi va tabiati bilan bog’liq. “Nurobod” nomi ikki qismdan iborat bo’lib, “Nur” va “bod” so’zlaridan tashkil topgan. Ya’ni “Nur” so’zi o’zbek tilida “yorug’lik”, “nurli” ma’nolarini anglatadi. “Bod” esa turkiy tillarda “joy”, “hudud” yoki “mintaqa” ma’nosini anglatadi. Shu sababli tuman nomi “yorug’ joy” degan ma’noni anglatishi mumkin. Bu esa tumanning tabiati va tarixiy kelib chiqishini ifodalaydi.

Geografik joylashuvi o’ziga xos. Relyefi, asosan, yassitogʻlik, tekislik, adir va qirlardan iborat boʻlib, sharqdan gʻarbga nishab. Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va izg’irinli, yozi esa iliq va quruq o’tadi. Yillik oʻrtacha harorat 14°, eng yuqori harorat 43°. Harorat farqlari katta ya’ni kechasi va kunduzgi harorat orasidagi harorat bir-biridan ancha farq qiladi. Vegetatsiya davri 180 kun. Yillik yogʻin miqdori 275 mm. Yogʻinning asosiy qismi qishda va bahorda tushadi. Sharqidan Eski Anhor va Moskva kanallari, tuman markazidan Galabek-Sobirsoy oqib oʻtadi. Qoratepa togʻlaridan Oqsoy, Anjirli, Omondara soylari oqib tushadi. Tumandagi suv resurslari qishloq xo’jaligi va aholi ehtiyojlari uchun juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda aholi suv resurslaridan tartibsiz foydalanishi tufayli ko’plab ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Tuman hududida yerusti suvining kamligi uchun qishloq xo’jaligida va boshqa sohalarda asosan, yerosti suvlaridan (masalan, quduq, artizan) keng foydalaniladi. Oxirgi yillar davomida aholi tomonidan juda ko’p artizan quduqlar qazilib kelinmoqda. Haddan ortiq artizan quduqlar qazilishi esa yer osti suvlarining pasayishiga va cho’llashish muammolariga sabab bo’lishi mumkin.

Nurobod tumanining florasi, tabiiy va iqlim sharoitiga mos holda juda xilma-xildir. Oʻsimlik qoplami efemeroid rivojlanish sikliga ega boʻlib, butun vegetatsiya davomida oʻsadigan koʻp yillik oʻsimliklar hamda chala butalar bilan aralash oʻtlardan iborat.

Tuproqlari va iqlimiga mos ravishda yantoq, shuvoq, karrak, oqquray, qoʻziquloq, chitir va boshqa oʻsimliklar o’sadi. Hayvonot dunyosi tumanning geografik va ekologik sharoitlariga mos ravishda xilma-xil va boy. Asosan, boʻri, tulki, quyon, jayron, qushlardan chumchuq, chugʻurchiq, bedana, zargʻaldoq, tustovuq, oʻrdak, qargʻa, kaptar, sudralib yuruvchilardan kaltakesak, toshbaqa, ilon, echkemar, kemiruvchilardan yumronqoziq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kalamush va boshqalar uchraydi. Tuman tog’li va yaylovli hududlardan iborat bo’lganligi sababli ko’plab yovvoyi hayvonlar va chorva mollarining turli turlari yashaydi. Nurobod tumani aholisining asosiy qismi chorvachilik bilan shug’ullanadi. Qo’y va echkilar bu hududda eng ko’p tarqalgan. Bundan tashqari qishloq aholisi yilqichilik bilan shug’ullanadi. Otlardan asosan, tog’li hududlarda transport vositasi sifatida foydalanishadi.

Nurobod tumanining tuproqlari o’zining turli xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Tuman hududi tog’li va tog’ oldi zonasida joylashgan bo’lib, asosan, boʻz va qum tuproqlar uchraydi. Bo’z tuproqlar — choʻldasht mintaqasidagi oʻt oʻsimliklar bilan qoplangan, togʻ etaklari qiya tekisliklarida tarqalgan tuproq tipi. Oʻrta Osiyodagi choʻldashtlarda keng tarqalgan boʻlib, shagʻalli yotqiziqlar ustidagi lyoss va lyossimon qumoqlarda hosil boʻladi. Bo’z tuproqlar yil davomida qisqa nam va iliq, uzoq davom etuvchi issiq va quruq davrning keskin navbatlanib kelishi sharoitida rivojlanadi. Nurobod tumani hududining bir muncha kattaligini hisobga olsak, bir joydan ikkinchi joyga nisbatan tuproqlari farq qilishi mumkin. Ayrim hududlarida uchraydigan qumli tuproqlar tez quriydigan va suvni yaxshi ushlamaydigan xususiyatlarga ega.Ular suvsizlanish va qishloq xo’jaligi uchun muammo bo’lishi mumkin, lekin ba’zi ekinlar (masalan, qovun, uzum ) uchun aynan mos keladi.Hozirgi kunda tumanda tuproqlar bilan bog’liq bo’lgan juda ko’p muammolar mavjud.Masalan, tuproq eroziyasi, sho’rlanish va kimyoviy ifloslanish.Eroziya asosan, tog’larda o’rmonlarning kesilish va yerlardan noto’g’ri foydalanishdan yuzaga kelsa, sho’rlanish sug’orishning noto’g’ri va tartibsiz amalga oshirilishi tufayli paydo bo’ladi.Bu muammolar esa tuproq unumdorligini pasaytirish bilan birga suv resurslarini ham ifloslaydi. Mineral o’g’itlardan va pestitsidlardan haddan tashqari foydalanilish, tuproqning ekotizimini buzishga va uzoq muddatli ekologik muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo’lishi mumkin. Tumanda ekologik qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun kimyoviy o’g’itlar va pestitsidlarning miqdorini kamaytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Qarnob cho’li- bu O’zbekistonning janubi-sharqida joylashgan bo’lib, Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga yaqin hududda joylashgan.U o’zining tabiiy landshafti,o’simlik va hayvonot dunyosidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qarnob choʻli - Suv manbalarining Zarafshon daryosi oʻrta oqimining chap sohilidagi toʻlqinsimon tekislik. Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarida joylashgan.Qarnob cho’li Samarqand viloyati Nurobod tumaniga yaqinligi tufayli mahalliy shamollar yordamida aholi va ekin maydonlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Qarnob cho’lida sug’orish uchun ishlatiladigan suv resurslari cheklangan. Suv manbalarining ifloslanishi, ayniqsa kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, iqlimning o’zgarishi, o’simlik va hayvonlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli suvni tejash va undan samarali foydalanishga katta e’tibor qaratish lozim. Masalan, tomchilatib sug’orish tizimini takomillashtirish, zamonaviy inshootlarni qurish hamda suvni qayta ishlash tizimlarini yaratish kerak.

Nurobod tumanida turizm sohasi ham bir qancha rivojlangan. Masalan, har yili minglab ziyoratchilarni o’ziga jalb qiladigan Hazrati Dovud ziyoratgohi mavjud. U Nurobod tumanidagi Oqsoy va Mehnatkash shahridan 30 kilometr janubi-sharqda joylashgan. G’or dengiz sathidan taxminan 1250 metr balandlikda joylashgan. G’orga chiqish uchun 1303 zinapoyadan o’tish kerak va ular tog’ yonbag’riga qurilgan. G’orga borishdan oldin tog’ cho’qqisida joylashgan masjidga kirib, ibodat qilish tavsiya etiladi. So’ngra, g’orning kirish qismiga yetib borish uchun qarama – qarshi yonbag’irdan tushib, yana 200 pog’onadan pastga tushish kerak. Kengligi 0.5-04 metr, uzunligi taxminan 60 metr bo’lgan g’or qorong’u tunnel bo’lib, bir nechta chiroqlar bilan yoritilgan, uning oxirida Dovudning kafti va oyoq izlari ko’rinib turadi.

Xulosa. Nurobod tumani o’zining boy tabiati, tog’li hududlari va suv resurslari bilan ajralib turadi. Tumandagi tabiiy sharoitlar qishloq xo’jaligi uchun qulay imkoniyatlarni taqdim etayotgan bo’lsa-da, ekologik muammolar va iqlim o’zgarishlari ushbu resurslardan samarali foydalanishga imkon bermaydi. Suv manbalarining cheklanganligi va qishloq xo’jaligidagi mineral o’g’itlar va pestitsidlardan ko’p miqdorda foydalanish, tuproq unumdorligining pasayishi, sho’rlanishiga va cho’llanishga olib kelmoqda. Bu kabi muammolarni oldini olish uchun suv resurslaridan samarali foydalanish va daraxtzorlarni kengaytirish kerak. Nurobod tumanidagi suv resurslari bilan bog’liq bo’lgan ba’zi muammolarni hal qilish uchun zamonaviy sug’orish texnologiyalarini joriy qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, tomchilatib sug’orish tizimi va boshqa zamonaviy sug’orish usullarini joriy qilish. Bu usullar suvni tejashga va samarali foydalanishga yordam beradi. Tumanidagi hayvonlar hamda o’simliklarni saqlash, ko’payishiga zamin yaratish uchun bioresurslarni saqlash va tiklash bo’yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

ADABIYOTLAR

  • 1.    Boboxo’jayev I., Uzoqov P.-«Tuproqshunoslik», Mehnat, T.1995

  • 2.    Qodirova G.A. Hayitov M.A. “Mineral o‘g‘it me’yorlarining kuzgi bug‘doy unib chiqishi va dala unuvchanligiga ta’siri”O‘zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari

  • 3.    Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi.Samarqand,2022.B.58 ,61.

  • 4

    .

  • 5.     https://uz.wikipedia.org/wiki/Nurobod

  • 6.     https://samstat.uz

  • 7.     https://stat.uz

  • 8.     https://Samarqand.uz

    LSA-4-2024

Список литературы Nurobod tumaniga umumiy geografik tavsif

  • Boboxo’jayev I., Uzoqov P.-«Tuproqshunoslik», Mehnat, T.1995
  • Qodirova G.A. Hayitov M.A. “Mineral o‘g‘it me’yorlarining kuzgi bug‘doy unib chiqishi va dala unuvchanligiga ta’siri”O‘zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari
  • Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi.Samarqand,2022.B.58 ,61.
  • https://www.openconference.us/index.php/germany/article/view/1050/944
  • https://uz.wikipedia.org/wiki/Nurobod
  • https://samstat.uz
  • https://stat.uz
  • https://Samarqand.uz