Tana vazni juda past va oʻta past boʻlgan erta tugʻilgan chaqaloqlarda fosfor-kalsiy metabolizmining buzilishi xususiyatlari
Автор: Nuritdinova Gavxar Taipovna, Atatjanova Shoira Xalilovna, Maxmudova Barno Shamsutdinova
Журнал: Re-health journal.
Статья в выпуске: 2 (22), 2024 года.
Бесплатный доступ
Tadqiqotimizning maqsadi fosfor-kaltsiy almashinuvi buzilishlarini erta tashxislashdir. Muddatdan oldin tugʻilgan 30 nafar bolalarda tadqiqot oʻtkazildi. Ulardan 20 tasi oʻta kam tana vaznli (OʻKTV) boʻlgan bolalar va tugʻilganida va hayotning 2-oyligida extrimal kam tana vaznli 10 bola boʻlgan. Nazorat guruhi 1960-2500 g vaznli va homiladorlik muddati 34-36 hafta boʻlgan 20 ta yangi tugʻilgan chaqaloqdan iborat edi. Bizning ma’lumotlarimizga koʻra, fosfor miqdori 1,7 mmol / l dan kam va / yoki qon zardobida ishqoriy fosfataza faolligining 800 B/l dan oshishi OʻKTV va EKTV boʻlgan yangi tugʻilgan chaqaloqlarda osteopeniyaning erta biokimyoviy belgilari sifatida koʻrib chiqilishi kerak. Aniqlangan biokimyoviy oʻzgarishlar fosfor-kaltsiy almashinuvi koʻrsatkichlarini keyinchalik monitoring qilish, qoʻshimcha instrumental tekshirishlar oʻkazish va korrektsiya ya’ni tuzatish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Muddatidan avval tugʻilganlik, gestatsiya, fosfor, kalsiy, ishqoriy fosfotaza
Короткий адрес: https://sciup.org/14130753
IDR: 14130753