“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan pedagogik jarayonlarni tashkil etish orqali sifat va samaradorlikka erishish yo‘llari

Автор: Musaev I.S.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 7 (86), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada pedagogik jarayonlarni tashkil etuvchi komponentlar, ularning ta’lim jarayonidagi o’rni, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanining maqsadi va vazifalari, fandan talabalar egallashi lozim bo’lgan kompetentsiyalar yoritib o’tilgan.

O’zbek tili, kompetensiya, nutqiy kommunikativ kompetensiya, grammatik kompetensiya, ijtimoiy-madaniy kompetensiya, pedagogik jarayon, pedagogik jarayon komponentlari

Короткий адрес: https://sciup.org/140260678

IDR: 140260678

Текст научной статьи “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan pedagogik jarayonlarni tashkil etish orqali sifat va samaradorlikka erishish yo‘llari

Musaev Isomiddin Saidovich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko‘rsatish bevosita ijtimoiy raqobat muhitini talab etadi. Bu muhit o‘z navbatida yangiliklarga, yuqori sifat va samaradorlikka intilish, ijodkorlik, izlanuvchanlik, ishchanlik kabi ongli faoliyatga asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli yosh avlodda mustaqil ravishda o‘qib o‘rganishga nisbatan ongli munosabat his-tuyg‘usini rag‘bat uyg‘otadi. Pedagogik jarayonda rag’bat uni sifat va samaradorligini kafolatlovchi asosiy omil deb qaraladi. Bundan talabalarda o‘qib o‘rganishga bo‘lgan rag‘bat muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy holdir.

Oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan pedagogik jarayonlarni tashkil etish o‘qituvchidan sohaga oid yetarli bilim, tajriba, amaliy ish faoliyati, shuningdek, fanga oid kompetensiyalarni egallashni talab etadi. Chunki, fanni o‘qitish davomida talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan kompetentsiyalarni pedagogik jarayonlarda ularga yetkaza olishi kerak.

“O‘zbek tilining sohada qo‘lanishi” fani o‘z oldiga quyidagilarni maqsad qilib oladi:

Shuningdek, talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va savodxonliklarini oshirish hamda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida zaruriy bo‘lgan kompetensiyalarini ham shakllantirishdan iborat.

Kompetensiya – ishtirokchilar tomonidan ta’limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig’indisini ifodalaydi.

"O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi" fanining asosiy mazmunida quyidagi kompetentsiyalar talabalarda shakllanishi ko‘zda tutiladi:

  • 1.    Nutqiy kommunikativ kompetensiya - o‘zbek tilida erkin muloqotga kirishish va ish yuritish malakasini egallash.

  • 2.    Grammatik kompetensiya - til materiali va vositalari, xususan, ixtisoslik leksikasini nutqda qo’llay bilish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirish.

  • 3.    Ijtimoiy-madaniy kompetensiya - milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash.

Ushbu mazmun asosan nutqiy-kommunikativ kompetensiyani egallash orqali “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘rgatishning umumta’limiy maqsadini, milliy ma’naviy madaniyatni egallash malakasi esa tarbiyaviy maqsadni ko‘zda tutadi.

Grammatik kompetentsiya fanning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida nutqiy faoliyatning har bir turi yuzasidan til materiali, til vositalari va grammatik bilimlar, hosil qilinadigan zaruriy ko‘nikmalar belgilanadi. Bunda o‘rganilayotgan so‘z va so‘z shakllarini to‘g‘ri talaffuz qilish hamda yozish, ixtisoslikka oid terminologiya va leksikani grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantira bilish, so‘zlarni o‘rinli tanlash va sintaktik - uslubiy jihatdan baholay olish, jumla tuzishda va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalana olish, o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy - idoraviy nutq uslubini puxta egallash talab etiladi.

Ijtimoiy-madaniy kompetensiya milliy ma’naviyatni egallash o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlarini, urf-odatlari va ularni o‘zida aks ettirgan qimmatli adabiy-badiiy meros bilan yaqindan tanishish, uni o‘qib o‘rganish, milliy an’analar, bayramlar, urf-odatlar asosida shakllangan milliy madaniyat, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi. O‘zbek adabiyotining ixcham va go‘zal namunalari, xalqning tarixiy, madaniy hayotiga xos muhim lavhalar, jahon milliy madaniyatiga hissa qo’shgan o‘zbek xalqi vakillarining ijodiy merosini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi.

Fanni o‘qitish jarayonida talabalarda yuqoridagi kompetensiyalarni shakllantirish uchun pedagogik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish lozim bo‘ladi.

Ma’lumki, pedagogik jarayon tizimlilik xususiyatiga ega bo‘lib, ma’lum belgilangan chegarada barqaror qoladigan komponentlarni o‘ziga qamrab oladi. Agar kiritilayotgan yangilik ruxsat etilganidan ortib ketsa, tizim buzilib, uning o‘rniga yangi xususiyatga ega boshqa tizim hosil bo‘ladi.

Undagi biror komponentni almashtirsak, albatta natija o‘zgarib ketadi. Tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki, bir paytning o‘zida uning ko‘p parametrlarini birdaniga yaxshilash mumkin emas. Shuning uchun ham tizimga yangiliklarni asta-sekinlik bilan kiritib, uning foydaliligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng har tomonlama tekshirish, keyingi o‘zgartirishlar haqida o‘ylash zarur.

Shu o‘rinda biz avval pedagogik jarayonning komponentlari (tashkil etuvchilari) haqida to‘xtalib o‘tsak. Chunki, pedagogik jarayonning samaradorligi faqat uning tashkil etish shakligagina emas, balki uning barcha tashkil etuvchi komponentlari va ko‘plab omillarga bog‘liq.

Pedagogik jarayon ko‘p qirrali bo‘lib, unga tarixiy, ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, tashkiliy boshqaruv, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy, mafkuraviy, huquqiy mehyoriy va shu kabi nuqtai nazarlardan yondoshish mumkinligi ko‘p sonli olimlar va amaliyotchilar tomonidan tahkidlangan.

Shunday bo‘lsada, pedagogik jarayonlarni quyidagicha ifodalash mumkin:

1-chizma. Pedagogik jarayon tuzilmasi

Pedagogik jarayon unda ishtirok etuvchi sub’ektlarga bevosita bog‘liq bo’lib, u qanday tashkil etilib, o‘tkazilishidan qat’iy nazar quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi[2]:

  • -    pedagogik jarayon samaradorligi va sifatini oshirish;

  • -    pedagogik jarayon ishtirokchilari orasida ongli muloqot va munosabatlarni qaror toptirish;

  • -    talabalar tomonidan bilim, xatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarni har tomonlama mukammal o‘zlashtirilishini tahminlash;

  • -    talabalarda ongli faol, mustaqil, ijodiy fikrlash va xatti-harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • -    talabalarning o‘z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanini o‘qitishda, pedagogik jarayonlarni tashkil etishda o‘qituvchiga qo‘yilgan asosiy talab olib boriladigan mashg‘ulotning mavzusidan kelib chiqqan holda, uning (kognitiv, psixomotorik, affektiv) maqsadlarini to‘g‘ri qo‘ya olishi zarur. Maqsadga muvofiq ravishda esa ta’lim shaklini, metodini va vositasini ishlata olishi lozim bo‘ladi. Shundagina, u ortiqcha (ruhiy va jismoniy) zo‘riqish, kuch, vaqt sarf etmagan holda yuqori sifat va samaradorlikka erishishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5850 – sonli Farmoni

  • 2.    Абдуқудусов О.А, Рашидов Ҳ.Ф. Касб-ҳунар педагогикаси. Тошкент. ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2010 -270 бет

  • 3.    Ишмухамедов Р.Ж. Инновацион технологиялар ёрдамида таълим

    самарадорлигини оширишнинг йўллари. – ТДПУ, 2004. - 44 б.

  • 4.    Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари: қўлланма. – Т.: “Ўқитувчи”, 2004. - 104 б.

  • 5.    Mahmudov N.,Rafiyev A.,Yo‘ldoshev I.Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. Darslik –Toshkent, Cho‘lpon. 2013.

  • 6.    Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma). – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. 456 b.

  • 7.    Ходжабоев, А.Р., Аноркулова, Г. М., & Парпиев, О. Т. (2011). Касбий таьлимда укитиш воситаларидан фойдаланиш методикаси. Услубий кулланма.

  • 8.    Парпиев, О.Т. (2015). Построение учебного процесса в системе повышения квалификации педагогических кадров. Молодой ученый, (21), 822-823.

"Экономика и социум" №7(86) 2021

Список литературы “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan pedagogik jarayonlarni tashkil etish orqali sifat va samaradorlikka erishish yo‘llari

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi "O‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5850 - sonli Farmoni
  • Абдуқудусов О.А, Рашидов Ҳ.Ф. Касб-ҳунар педагогикаси. Тошкент. ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2010 -270 бет
  • Ишмухамедов Р.Ж. Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини оширишнинг йўллари. - ТДПУ, 2004. - 44 б.
  • Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари: қўлланма. - Т.: "Ўқитувчи", 2004. - 104 б.
  • Mahmudov N.,Rafiyev A.,Yo‘ldoshev I.Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. Darslik -Toshkent, Cho‘lpon. 2013.
  • Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma). - Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. 456 b.
  • Ходжабоев, А.Р., Аноркулова, Г. М., & Парпиев, О. Т. (2011). Касбий таьлимда укитиш воситаларидан фойдаланиш методикаси. Услубий кулланма.
  • Парпиев, О.Т. (2015). Построение учебного процесса в системе повышения квалификации педагогических кадров. Молодой ученый, (21), 822-823.
Статья научная