Qo‘qon xonligi vа rossiya o‘rtаsidаgi diplomаtik vа sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаr
Автор: Lapasov M.X.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4-1 (95), 2022 года.
Бесплатный доступ
Qo‘qon xonligi qulay geografik sharoitda, karvon yo‘llari ustida va dehqonchilik qadimdan rivojlangan hududda joylashganligi sababli taraqqiy etgan edi. Qo‘qon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning ayni paytda O‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. Qo‘qon xonligida keng tarmoqli hunarmandchilik sohasining rivojlanganligi uning qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalari o‘rnatishga imkon yaratgan.
Savdo-sotiq, karvon yoʻllari, umarxon, hunarmandchilik, qogʻoz, moʻyi muborak
Короткий адрес: https://sciup.org/140292864
IDR: 140292864
Текст научной статьи Qo‘qon xonligi vа rossiya o‘rtаsidаgi diplomаtik vа sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаr
Kirish
Qo‘qon xonligi qulay geografik sharoitda, karvon yo‘llari ustida va dehqonchilik qadimdan rivojlangan hududda joylashganligi sababli taraqqiy etgan edi. Qo‘qon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning ayni paytda O‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. Qo‘qon shahri xonlikning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylantirilgan. Xonlikda Qo‘qon, Toshkent, Аndijon, Namangan kabi yirik shaharlar mavjud bo‘lib, ularda xo‘jalik tarmoqlaridan hunarmandchilik sohasi keng ko‘lamda taraqqiy topgan edi. Masalan: Qo‘qonda hunarmandchilikning quyidagi turlari bo‘lgan. Misgar, zargar, o‘ymakor, qurolsoz, kulol, qog‘ozgar, to‘qimachi, do‘ppi tikuvchi, kashtakach, ko‘priksoz, temirchi, nonvoy, aravasoz, baxmalbof. bujgun, bo‘yoqchi, gilkor, dorikash, jibachi, devorzan, degrez, yormado‘z, kutay, miltiqsoz, najjor, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po‘stindo‘z, taqachi, tubrez, paranjido‘z, chodirchi, chevar, chitgar, gilamchi va hokozolar. Qo‘qon shahrida haftaning chorshanba va yakshanba kunlari bozor bo‘lgan. Qo‘qon xonligida keng tarmoqli hunarmandchilik sohasining rivojlanganligi uning qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalari o‘rnatishga imkon yaratgan[1].
Qo‘qon xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar boshdqa xonliklarga nisbatan kechroq boshlangan. Qo‘qon xonligining Rossiyadan ancha olisda joylashganligi aloqalar o‘rnatilishiga imkon bermagan. Vaholanki, Qo‘qon xonligi O‘rta Osiyo xonliklari, qo‘shni Xitoy, Hindiston, Qirg‘iz dashtlari bilan jadal diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlari o‘rnatgan. XIX asr boshlaridan Rossiya Qo‘qon xonligiga katta qiziqish bilan qaray boshlagan.
XVIII-XIX asrlarda Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish tanazzulga ketayotgan davrda Qo‘qonda qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qoʻyila boshlangan. Bu tovar tayyorlash Samarqandlik qog‘oz ishlab chiqaruvchi ustalarning Qo‘qonga ko‘chib kelishi bilan bog‘liq. Buning natijasida Qo‘qon Orol dengizidan Xitoygacha qog‘oz ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi monopoliyaga aylanib qolgan desak xato bo‘lmas. Qo‘qon qog‘ozi Qoshg‘ar, hattoki shimoliy Аfg‘onistonga ham olib borilgan. Qog‘oz ustaxonasi Qo‘qon shahrining Mo‘yi muborak darvozasi orqasidagi maqbara yonida joylashgan. Qog‘oz juvozi oddiy saroydan iborat bo‘lib, sathi 25-30 kvadrat metr, ayvonning bir tomonida juvozxona, boshqa tomonida qog‘oz hamiri uchun katta moslama joylashgan. Usta o‘z xalfalari yordamida bir kunda 300 varoq qog‘oz tayyorlangan. Qo‘qondan tashqari boshqa joylarda ham qog‘oz ishlab chiqilgan. Аmmo Qo‘qon qog‘ozi o‘zining sifati va ko‘pligi bilan ulardan ancha ustun bo‘lgan. O‘rta Osiyolik olimlar, tarixchilar, shoirlar o‘z asarlarini Qo‘qon qog‘oziga yozganlar. Bu qog‘ozlardan devonxonada ham keng foydalanilgan. Mahalliy qo‘lyozma asarlar va turli xil diplomatik hujjatlar Qo‘qon qog‘ozida yozilgan. XIX asr boshlarida Toshkentda bo‘lgan sibir kazaki Maksimov qog‘oz Qo‘qon va Toshkentda tayyorlanadi, deb yozgan edi[2].
Qo‘qon qog‘ozining hajmi uzunligi 58 sm, eni 50 sm bo‘lgan. Uning 240 varog‘i bir bog‘ bo‘lib, birinchi jahon urushi arafasida va boshlarida birinchi navi 6 rub., ikkinchi navi 4 rub. va uchinchi navi 3 rub. turgan. Qo‘qonda ipakdan tayyorlangan, juda sifatli qog‘oz ham bo‘lgan. Ipak qog‘ozi juda qimmat bo‘lganligi uchun ehtiyoj kam bo‘lgan. Ipak qog‘ozi maxsus buyurtma asosida tayyorlangan[3].
Rus hukumati Rossiyadan O‘rta Osiyoga jo‘natilayotgan ekspeditsiya va elchiliklarga maxsus topshiriqlar bergan. Xususan, 1813 yili Sibir korpusi tarjimoni Filipp Nazarov maxsus topshiriqlar bilan, Qo‘qonga, ya‘ni Petropavlovskda Peterburgdan kelayotgan Qo‘qon xoni elchisining o‘ldirilishi natijasida kelib chiqqan mojaroni hal qilish maqsadida kelgan. F.Nazarovning
1813-1814 yillarda Qo‘qon xonligiga qilgan sayohati natijasida, 1821 yilda “Записки о некоторых народах и землях средней части Азии” kitobi nashrdan chiqqan. Аsar tarixiy-etnografik xarakterga ega bo’lib qo‘qonliklarning Qoshg‘ar, Xitoy, Xiva, Buxoro va Sharqiy Eron bilan savdo aloqalari haqida xabar beriladi. U Qo‘qon xonining elchilarni qabul qilish marosimida ishtirok etib, qabul marosimi chog‘ida Xitoy, Xiva, Buxoro va boshqa o‘lkalardan kelgan elchilarini ko‘rgan[7]. F.Nazarov O‘ratepa shahri haqida yozib, u yerda aholi loy (paxsa) uylarda yashab, xonadonlarida pux ro‘mollar to‘qiydi, deb e‘tirof qiladi. Аsarda O‘ratepa aholisi turkmanlar, eroniylar, Buxoroga qarashli bo‘lgan joylardagi ko‘chmanchi arablar bilan savdo qilishadi, deb ta‘kidlanadi.
1826-yili Азиатский Вестник jurnalida e‘lon qilingan maqolada Qo‘qon aholisi paxta va ipak yetishtirish bilan shug‘ullanishi, Qo‘qonliklar Xitoy, Xiva va Eron bilan savdo qilishi haqida ma‘lumot berilgan[8]. 1828-yilda Omsk shahriga Qo‘qonlik elchilar Sadr Gamal‘dar Tursunxo‘ja Nayzaxo‘ja va Xo‘ja Mir Qurbon Mamat Qosimovlar Rossiya podshosi Nikolay I ga ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatish taklifi bildirilgan Qo‘qon xoni yorlig‘ini topshirish uchun kelgan. Osiyo departamentida elchilar juda yaxshi kutib olingan hamda ularga Qo‘qon xonligidan keladigan elchilar va savdogarlarni imperiya o‘z himoyasiga olishi bildirilgan, shuningdek Rossiya-Qo‘qon munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish taklif qilingan.
Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga asosan 1829-yil 12-avgustda Omskdan Qo‘qonlik elchilar bilan hamrohlikda N.I.Potanin Qo‘qonga elchi qilib jo‘natiladi. U Qo‘qon shahrida besh oy bo‘ladi va 1830-yilda yurtiga qaytish uchun yo‘lga chikadi. N.I.Potanin sayohati davrida o‘zi shohid bo‘lgan voqea-hodisalarni yozib qoldirgan[9]. Uning asarida Qo‘qon xonligi viloyatlaridagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, mahalliy yo‘llar, harbiy qo‘shin tuzilishi, diniy urf-odatlar, o‘simliklar dunyosi to‘g‘risidagi turli xil ma‘lumotlar qamrab olingan.
XULOSA
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarga asoslanib Qo‘qon va Rossiya ikki davlat o‘rtasida do‘stona savdo-iqtisodiy aloqalar o‘rnatilishidan manfaatdor bo‘lgan.
Manfaatdorlik hissi ular o‘rtasida elchilik va savdo-sotiqning rivojlanishiga xizmat qilgan, deyish mumkin. Ammo, XIX asr boshlarida Rossiya bilan Qo‘qon xonligi o‘rtasida boshlangan do‘stlik muhitidagi aloqalar asr o‘rtalariga kelib dushmanlik kayfiyati bilan almashinadi. Rossiyaning O‘rta Osiyo hududlarini egallab, so‘ngra afsonaviy Hindistonga chiqish orzusi uni janub tomonga bosqinchilik yurishlarini boshlashga sabab bo‘ldi. Rossiyaning O‘rta Osiyo hududlariga dastlabki yurishi aynan Qo‘qon xonligiga qaratilgan bo‘lib, bu harakat xonlikning tugatilishi bilan yakun topgan edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Р.Р.Алимова.
Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари. Т. 2017. Б.94
-
2. Потанин В. Показание сибирского козока Максимова о Кокандском владениии// ИРГО.1860. С.28
-
3. Разводовский В.К. Кустарное производство бумаги в Узбекистане//Советская этнография. М. 1940. С. 147
-
4. Н.А.Халфин. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX века). М. 1974. С.223
-
5. Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари. Т. 2017. Б.97
-
6. Х.Зияев. Средняя Азия и Сибирь (вторая половина XVI-XIX вв.). Т.1964. С.50-51
-
7. Филипп Назаров. Записки о некоторых народах и землях средней части Азии. М.1968
-
8. О нынешнем состоянии некоторых областей и городов в Средней Азии// Азиатский Вестник. Т.1. СПб. 1826. С.229-230
-
9. Записки и Кокандском ханстве, хорунжего Потанина (1830 года) // Вестник Русского географического общества за 1856 год. КН. VI. СПб. 1857
"Экономика и социум" №4(95) 2022
Список литературы Qo‘qon xonligi vа rossiya o‘rtаsidаgi diplomаtik vа sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаr
- Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари. Т. 2017. Б.94.
- Потанин В. Показание сибирского козока Максимова о Кокандском владениии// ИРГО.1860. С.28.
- Разводовский В.К. Кустарное производство бумаги в Узбекистане//Советская этнография. М. 1940. С. 147.
- Н.А.Халфин. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX века). М. 1974. С.223.
- Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари. Т. 2017. Б.97.
- Х.Зияев. Средняя Азия и Сибирь (вторая половина XVI-XIX вв.). Т.1964. С.50-51.
- Филипп Назаров. Записки о некоторых народах и землях средней части Азии. М.1968.
- О нынешнем состоянии некоторых областей и городов в Средней Азии// Азиатский Вестник. Т.1. СПб. 1826. С.229-230.
- Записки и Кокандском ханстве, хорунжего Потанина (1830 года) // Вестник Русского географического общества за 1856 год. КН. VI. СПб. 1857.