Vitiligo bilan og’rigan bemorlarda metabolik sindromning tarqalishi
Автор: Halimova Zamira Yusupovna, Mirsaidova Umida Akmalovna
Журнал: Re-health journal.
Рубрика: Метаболический синдром
Статья в выпуске: 4 (20), 2023 года.
Бесплатный доступ
Vitiligo o’ziga hos klinik ko'rinishga ega kasalliklardan bo’lib, odatda tashxis qo'yish qiyinchilik tug’dirmaydi. O'z navbatida, ushbu patologiya bilan og'rigan bemorlarda turli xil immunologik, fermentativ va boshqa biokimyoviy o’zgarishlar ichki a’zolar va tizimlarning patologik jarayonga qo’shilishi va natijada dermatologik ko’rinishlarning ularning faoliyatidagi buzilishlar bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi metabolik sindrom va vitiligo o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish edi. Materiallar va usullar. Biz vitiligo bilan og’rigan 80 nafar hamda nazorat guruhiga kiruvchi 20 ta vitiligosiz bemorlarning klinikbiohimik va gormonal ko’rsatkichlarini o'rganib chiqdik. Jins bo’yicha taqsimot qilinganda ayollar 43 (% ), erkaklar 37 (%); o'rtacha yoshi 40,1±11,8 yosh va 20 sog'lom yosh mos keladigan nazorat guruhini tashkil etdi (10 ayol, 10 erkak; o'rtacha yoshi 40,3±10,3 yosh). Natijalar. Kasallikning o'rtacha davomiyligi va zararlangan vitiligo foizi mos ravishda 9,5±8,1 (1-40) yil va 20,9±11,8% (10-80) ni tashkil etdi. Metabolik sindromga 38 (47,5%) ayol va vitiligo bilan kasallangan 20 (25%) erkak, vitiligo bo'lmagan 15 bemorda tashxis qo'yilgan. Vitiligo guruhlari va nazorat guruhi (p=0,04) o'rtasida metabolik sindromdan tashqari yosh, jins yoki boshqa demografik yoki klinik xususiyatlarda sezilarli farqlar aniqlanmagan. Xulosa. Ushbu tadqiqot vitiligo bilan og'rigan bemorlarda metabolik sindromning tarqalishini baholash maqsadida o'tkazildi, chunki vitiligodagi metabolik sindromni uning prognostik omillari bilan taqqoslash va baholash ilgari o'rganilmagan. Biroq, HOMA-IR ballari qo'shimcha materiallar va taqqoslashlarni taqdim etishi mumkin. Bizning tadqiqotimiz shuni ko'rsatadiki, vitiligo bilan og'rigan bemorlarda metabolik sindrom rivojlanish xavfi ortadi.
Metabolik sindrom, vitiligo, tarqalish, xavf
Короткий адрес: https://sciup.org/14130701
IDR: 14130701