Oftalmologiyani o‘qitishda sun’iy intellektning o‘rni: tibbiy ta’limning zamonaviy imkoniyatlari va istiqbollari

Автор: Kaharova D.M.

Журнал: Re-health journal @re-health

Статья в выпуске: 1 (29), 2026 года.

Бесплатный доступ

Zamonaviy tibbiy taʼlim ilmiy axborot hajmining tez ortishi va klinik texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida oʻqitish samaradorligini oshirish zarurati bilan yuzma-yuz kelmoqda. Vizual yoʻnaltirilgan va yuqori texnologiyali fan sifatida oftalmologiya innovatsion taʼlim yondashuvlarini joriy etishni talab etadi. Soʻnggi yillarda klinik fanlarni oʻqitishda sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu sharh maqolada oftalmologiyani oʻqitishda SI dan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari, jumladan intellektual oʻquv tizimlari, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish, simulyatsion texnologiyalar va virtual bemorlar koʻrib chiqiladi. SI ni tibbiy taʼlim jarayoniga integratsiya qilishning afzalliklari, cheklovlari va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

Еще

Oftalmologiya, tibbiy taʼlim, sunʼiy intellekt, oʻqitish, simulyatsion texnologiyalar, raqamli taʼlim

Короткий адрес: https://sciup.org/14134392

IDR: 14134392