Sirdaryo viloyati shaharlari haqida qisqacha tavsif

Автор: Egamov Baxtiyor Do'stnazar ko'mirlari

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Статья в выпуске: 4 (20), 2024 года.

Бесплатный доступ

Maqolada Sirdaryo viloyatida shaharlarning kelib chiqishining tarixiy va geofrafik omillari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari bayon qilingan. Sirdaryo viloyat va tuman kesimidagi shaharlarning aholisi dinamik ko’rinishi ilmiy tahlil qilingan.

Sirdaryo viloyati, aholi, shaharlar, Guliston, Yangiyer, Baxt, Shirin

Короткий адрес: https://sciup.org/14131694

IDR: 14131694

Текст научной статьи Sirdaryo viloyati shaharlari haqida qisqacha tavsif

Jahonda shahar manzilgohlarining shakllanish va rivojlanish omillarini aniqlashga, tegishli toifadagi shaharlarni tasniflashga, ularning ishlab chiqarish va demografik salohiyatidan unumli foydalanish muammolarini o‘rganishga va ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan ijtimoiy geografik tadqiqotlarga alohida e‘tibor qaratilmoqda [1].

Hozirgi rivojlanib borayotgan davrda dunyo aholisi ham keskin ko‘payib bormoqda. Kuchli rivojlanayotgan davlatlarda shahar aholisi migratsiya tufayli ko’payib borayotgan bo‘lsa, ba‘zi sust rivojlanayotgan davlatlarda shahar aholi soni tug‘ilish hisobiga ko‘payib borishini ko‘rishimiz mumkin.

Xususan, O‘zbekistonda ham hozirgi paytda shaharlar aholisi migratsiya hisobiga ko‘payib bormoqda. Bunga misol tariqasida respublikadagi yagona millioner shahri, Toshkent shahrini kursatish mumkin (3 million), ya‘ni mamlakat aholisining qariyb 8 foizi.

Sirdaryo viloyati 1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Shimoldan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubdan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh (1-rasm). Maydoni 4,28 ming km2. Aholisi 922,1 mingga yaqin (2024) . Viloyatda 5 ta shahar mavjud bo‘lib, bular 3 ta viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar (Guliston, Baxt va Yangiyer) va 2 tasi tumanga bo‘ysunadi (Sirdaryo va Shirin).

Guliston - Sirdaryo viloyatining markazi. Shahar 1961-yil 5-avgustda tashkil etilgan, maydoni -36,2 km2 , aholisi - 100,7 ming kishi .

1-rasm. Sirdaryo viloyati siyosiy – ma’muriy xaritasi

Mazkur shahar o‘rnida1895-yilda qurilishi boshlangan Samarqand -Toshkent temir yo‘li yoqasida dastlabki dastlabki turar joylarbarpo etilgan. Keyinchalik bu yerda 2 ta qo‘rg‘on – Duxovskiy (1895 yil) va Krivosheino (1897 yil) tashkil qilindi. Mazkur qo‘rg‘onlar o‘zagida “Golodnaya step” posyolkasi vujudga kelib, 1922 -yilda uning nomi “Mirzacho‘l” deb o‘zgartirildi. 1952-yilda qo‘rg‘on shaharcha maqomini olib, 1961- yil 5-avgustda esa Guliston shahri deb atalgan.

Yangiyer shahriga 1957-yilda asos solingan. Toshkentdan 150 km janubi -gʻarbda, Toshkent - Xovos temir yoʻl, Katta Oʻzbekiston trakti, Janubiy Mirzachoʻl kanali yoqasida temir yoʻl stansiyasi joylashgan . Viloyat markazi (Guliston shahri)dan 30 km uzoqlikda. Aholisi 44,7 ming kishi(2024). Shahardagi 400 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektdan 34 tasi yirik, 46 tasi kichik korxona, 332 ta mikrofirma, 2ta qoʻshma korxona, 2ta aksiyadorlik va 32ta mas‘uliyati cheklangan jamiyatlaridir. Qurilish tashkilotlari, 3 ta avtokorxona, ta‘mirlash mexanika, asfalt-beton, sopol quvurlari, un, non, sut zavodlari, qandolatpazlik fabrikasi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari bor. 11ta umumiy ta‘lim maktabi, gimnaziya,internat, akademik litsey, 3ta kasb-hunar (qurilish, tibbiyot, pedagogika) kolleji mavjud. 2 ta madaniyat uyi, klub, madaniyat va istirohat bogʻi bor. 60 ta sport inshooti, shu jumladan, stadion, sport zallari, 2 ta suzish havzasi, sport maydonchalari, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, bolalar futbol maktabi, „Yangiyer“ futbol komandasi faoliyat koʻrsatadi. Sayyohlik tashkiloti mavjud. Shaharda 1 ta dehqon bozori, 3 ta kasalxona, 4 ta poliklinika, 2 ta xususiy davolash maskani, 1 ta dam olish maskani, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.

Shirin shahri (1972-yilda) tashkil etilgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Farhod (6 km). Viloyat markazi (Guliston shahri) dan 52 km. O‘rtacha baladligi 328 m, aholisi 19,4 ming kishi (2024). Asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, koreys, rus, ozarbayjon, turkman va boshqalar ham yashaydi. Shahar nomi kelib chiqishi toʻgʻrisida turli rivoyat va taxminlar mavjud. Shulardan haqiqatga yaqinrogʻi, shaharning gʻarbiy qismidagi togʻning Farhod qoyasi tagidan oqib oʻtadigan

Shirinqiz soyi nomidan olinganligidir. Shirin shahri Farhod GES qurilishi munosabati bilan ishchilar posyolkasi sifatida 1943-yilda vujudga keldi.

Shaharda Farhod GES, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari mashinasozlik zavodi, sutkasiga 7 t non va non mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona, spirt zavodi va boshqalar. Shuningdek, 60 tadan ziyod turli shakldagi xususiy va kichik korxonalar bor. Sirdaryo qurilish boshqarmasi ham Shirin shahrida joylashgan. Shaharda 4 ta umumiy ta‘lim maktabi, 1ta musiqa maktabi, 2ta kasb-hunar kolleji, teatr, „Shirin“ shahar bozori, 5ta kutubxona, 2ta muzey, kasalxona (140 oʻrin), bolalar kasalxonasi, vrachlik sogʻlomlashtirish punkti, 2ta qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2ta feldsher-akusherlik punkti, dorixona, „Xavotog’“ sanatoriysi, madaniyat va istirohat bogʻi, xotira bogʻi mavjud. „Shirin sadosi“ gazeta chop qilinadi. Shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi.

2-rasm. Sirdaryo viloyati shaharlari diagramma ko‘rinishda

Jadvalda shaharlar aholisi o‘zgarishining 2010-2024-yil oralig‘idagi davrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davr mobaynida 3 ta viloyat bo’ysunuvidagi shahar aholisi ko‘payib borganini ko‘rishimiz mumkin. Guliston shahrini oladigan bo‘lsak, viloyat markazi yaqin 14 yil davomida deyarli 24 ming aholiga ko‘paygan.

Sirdaryo —shahri, 1971-yilgacha shahar posyolkasi bo‘lgan. Toshkentdan 80 km janubi-gʻarbda, Toshkent — Xovos temir yoʻlidagi stansiya, sirdaryoning chap sohilida joylashgan, viloyat markazidan 40 km. Aholisi 62ming kishidan koʻproq (2024). Sirdaryoda tuman hokimiyati binosi, sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari, banklar mavjud. Paxta tozalash, sut, non, gʻisht zavodlari, MTP, 3 ta qoʻshma, 80 ta xususiy va kichik korxona, 50 dan ziyod firma, qandolatchilik, kvas va limonad ishlab chiqarish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, supermarket, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari mavjud. Umumiy ta‘lim maktablari, pedagogika kolleji, bolalar san‘at maktabi, sport maktablari, kasb-hunar maktabi, markaziy stadion, tuman markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 3ta madaniyat uyi, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari bor. Yangi qurilgan avtovokzal, kasalxona, dorixona va boshqa savdo, maishiy obyektlar ishlab turibdi. Shuningdek, shaharda Xitoy bilan hamkorlikda "Peng-sheng", Germaniya bilan hamkorlikda " Oyna va shisha" ishlab chiqaruvchi sanoat zavodlari, Hindiston bilan hamkorlikda farmasevtika zavodi faoliyat yuritmoqda.

Baxt (1964-yilgacha Velikoalskseevskaya) — Sirdaryo viloyatining shimoliy-sharq qismida joylashgan shahar (1980 yildan). Aholisi 27 ming kishi (2019). Toshkent — Xovos temir yoʻl hamda Katta Oʻzbekiston trakti (Toshkent — Termiz avtomobil yoʻli) yoqasida. Toshkentdan 95 km janubi-gʻarbda. Baxt shahrida paxta tozalash, non zavodlari, qandolatchilik, yaxna ichimliklar sexlari, ishlab chiqarish tijorat firmasi, 4ta umumiy ta‘lim maktabi, kechki ta‘lim maktabi, bolalar va oʻsmirlar markazi, oʻquvchilar ijodiy uyi, markaziy kasalxona, ambulatoriya, madaniyat uyi, 2 ta kutubxona bor [2].

Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlari zamirida shahar aholisining turmush tarzi yanada yaxshilanmoqda. Xususan, Guliston shahar aholi turmush darajasida ko‘rsatgichi bo‘yicha 2010-2024 yillar oralig‘ida o‘sib borayotganini bilib oldik. Viloyadagi shaharlar yildan-yilga aholi soni va shahar maydoni kengayib borishini ma‘lumotlar orqali ko‘rib turibmiz. Sirdaryo viloyatidagi shaharlarda iqtisodiyotning asosiy yoʻnalishlari energetika, qishloq xoʻjaligi, sanoat va xizmat koʻrsatish sohalari hisoblanadi. Viloyat geografik jihatdan qulay joylashgan boʻlib, Oʻzbekistonning boshqa hududlari bilan transport aloqasi yaxshi rivojlangan. Soʻnggi yillarda shaharlarda zamonaviylashtirish ishlari olib borilmoqda, bu esa ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qoʻshmoqda.

ADABIYOTLAR

  • 1.    Ismatov J.  “O‘zbekiston monoshaharlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining omillari,

  • 2.    Vikipediya https://uz.wikipedia.org/wiki/Sirdaryo_(viloyat )

  • 3.    O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi. https://stat.uz/uz/,2024

muammolari va istiqbollari”. [1-bet]

LSA-4-2024

Список литературы Sirdaryo viloyati shaharlari haqida qisqacha tavsif

  • Ismatov J. “O‘zbekiston monoshaharlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining omillari, muammolari va istiqbollari”. [1-bet]
  • Vikipediya https://uz.wikipedia.org/wiki/Sirdaryo_(viloyat)
  • O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi. https://stat.uz/uz/,2024