The use of game learning methods in the development of the visual abilities and creative abilities of preschoolers

Автор: Aliyeva S.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 7 (86), 2021 года.

Бесплатный доступ

This article discusses the use of playful teaching methods in the development of children's visual skills and creativity. Here are the scientific views of scientists who have revealed the importance of play in the development of the child's personality.

Drawing, role-playing, using the product of labor in play activities, children's imagination is formed and developed during the game

Короткий адрес: https://sciup.org/140260657

IDR: 140260657

Текст научной статьи The use of game learning methods in the development of the visual abilities and creative abilities of preschoolers

Tasviriy faoliyatda o‘yin momentlaridan foydalanish ko‘rgazmali amaliy o‘rgatish usuliga kiradi. Bola qancha kichik bo‘lsa, o‘yin uning tarbiyasida shuncha katta o‘rin tutadi. O‘yin usullari qo‘yilgan masalaga nisbatan bolalarning ishga diqqatini yaxshi jalb qiladi va xayol bilan tafakkurning ishini yengillashtiradi. O‘yin usullari kichik guruh uchun birinchi marta E.A. Flerina tomonidan tashkil qilingan. Keyinchalik A.A. Volkova, T.G . Kazakova tomonidan davom ettirilgan. T.G.Kazakova tomonidan kichik bog‘cha bolalari uchun har bir mashg'ulotni o‘yin obrazi bilan bog’lashning katta bir sistemasi ishlab chiqildi.

Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin mashqlaridan rasm chizishda keng foydalaniladi. Maqsad bolalarning oddiy chiziqli shakllarni chizishga o‘rgatish hamda qo‘l harakatlarini rivojlantirishdir. Bolalar tarbiyachining ortidan qo‘llari bilan havoda, so‘ngqog‘ozda turli chiziqlarni chizadilar. Tarbiyachi: «Bolakay yo‘ldachopib ketyapti», «Buvijon» va hokazo, degan iboralar bilan tushuncha hosil qiladi. Obraz bilan harakatning birlashuvi bola tomonidan chiziqlarni va sodda shakllarni tasviriy malakasiga ega bo‘lishni ancha tezlatadi. Kichik guruhda predmetlarni tasvirlashda ham o‘yin usullaridan foydalaniladi. Masalan, qo‘g‘irchoq mehmonga keladi va bolalar unga noz-u ne’matlar yasaydilar, non, pirog, pechenye va hokazo. Bunday ish mobaynida bolalar sharni yassilashga urinadilar.

O‘rta guruhda bolalar ayiqni yumshoq o‘yinchog‘iga qarab chizishlari kerak. Shunda qiziqarli o‘yin o‘tkazish uchun, ayiqcha eshikni taqillatadi, so‘ng bolalar bilan salomlashib, bolalardan uning rasmini chizib berishlarini iltimos qiladi. Mashg‘ulot yakunida u rasmlarni baholashda qatnashadi va yaxshi rasmlarni o‘zi tanlaydi. 6 yoshli bolalar bilan ham tasviriy faoliyat davomida o‘tkaziladi. Lekin kichik guruhga qaraganda bu o'yinlar ancha kamayadi.Masalan, sayrda bolalar o‘zlarinig «fotoapparatlari» bilan atrofni rasmga oladilar: daraxtlar, qushlar, hayvonlar va hokazo. Bog‘chaga kelib, o‘zlari olgan «rasmlarni to’g’rilaydilar va chiqaradilar», ya’ni ko‘rganlarini qog‘ozga tushiradilar. Tarbiyachi o'yindan foydalanganida butun mashg‘ulotni o‘yinga aylantirib yubormasligi kerak. Chunki bu bolalarning diqqatini topshiriqni bajarishdan tortib, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lish tizimigacha buzishi mumkin.

Список литературы The use of game learning methods in the development of the visual abilities and creative abilities of preschoolers

  • Rasm, buyumlar yasash va tasviriv faoliyat metodikasi. M.Sh.Nurmatova http://kutubxona.adu.uz/kutubxona/53rasmbuyumlaryasashpdf.pdf
  • Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi:o‘quv qo‘llanma / Sabohat Xalilovna Jalilova,Sayyora Mirsoatovna Aripova.310-312 betlardan foydalanildi. http://library.ziyonet.uz/ru/book/24904
Статья научная