Увеличение места и значения исторических памятников Центральной Азии в конце XIX и начале XX веков

Автор: Кориев Абдумалик Убайдуллаевич

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 9 (88), 2021 года.

Бесплатный доступ

В статье раскрывается историческое значение архитектурных памятников и современных зданий в городах Центральной Азии в конце XIX - начале XX веков.

Мечеть, медресе, памятник архитектуры, архитектура, традиционный стиль, современный европейский стиль

Короткий адрес: https://sciup.org/140254908

IDR: 140254908

Текст научной статьи Увеличение места и значения исторических памятников Центральной Азии в конце XIX и начале XX веков

Qoriyev Abdumalik Ubaydullayevich

Lecturer, Namangan Regional Center for Retraining and In-Service Training of Public Education Employees

INCRESING THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF CENTRAL ASIAN HISTORICAL MONUMENTS IN THE LATE XIX AND EARLY

XX CENTURIES

Annotation: This article provides insights into the historical significance of architectural monuments and modern buildings in Central Asian cities in the late 19th and early 20th centuries.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar tufayli tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish, arxitektura yodgorliklarini qayta tiklash, tarixiy obidalarni ta’mirlash ishlari davlat siyosati darajasida amalga oshirib kelinmoqda. Hududlarni turistik salohiyatini kuchaytirish, buning uchun tarixiy qadamjoylarni dunyo hamjamiyatiga ma’lum qilish zarurati yanada dolzarb ahamiyatga ega boʻlmoqda. Bu haqida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobida “Yurtimizda 8 ming 200 dan ziyod madaniy meros ob’yekti mavjud boʻlib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi kiritilgan. Ziyorat va an’anaviy turizmni rivojlantirish mumkin boʻlgan marshrutlardagi ob’yektlar sonini 800 taga yetkazish boʻyicha choralar koʻrishimiz kerak. UNESKOning Umumjahon moddiy madaniy merosi va nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga Oʻzbekistondagi yangi ob’yektlarni kiritishni tezlashtirish lozim”[1] degan fikrni ta’kidlab oʻtilganligi ham buning isboti.

Prezident tomonidan ilgari surilgan yangi obyektlar safiga XIX asr oxir XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoda bunyod etilgan tarixiy me’moriy obidalarni ham qoʻshish mumkin. Rus mustamlakachiligi davridagi me’morchilikni anglash va undan bohabar boʻlish zarur omillardan boʻlib, u Oʻzbekistonning zamonaviy shaharlarini tarixiy qiyofasida chuqur iz qoldirgan. Ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Namangan, Andijon kabi shaharlarda ushbu davrda qurilgan, hozirgacha foydalanib kelinayotgan bir qator inshootlar muhim tarixiy ahamiyatga ega yodgorliklar sirasiga kiradi.

XIX asr oxirlarida Chor mustamlakachiligi tomonidan Oʻrta Osiyoda mustamlaka tartibi o`rnatilgach, me’morchilik sohasida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Ibodat inshootlari boʻlgan masjidlar, madrasalar, maqbaralar hamda karvonsaroylar qurilishi kamayib, hatto ayrim shaharlarda to`xtab qoldi. Xonliklar davrida hukmdorlar ruhoniylar mehrini qozonish va ularning qo`llab-quvvatlashiga erishish hamda o`zlaridan xotira qoldirish uchun ulug`vor maqbaralar, madrasa va honaqolar hamda jome masjidlari qurishgan bo`lsa, endi bunday ishlarga juda kam mablagʻ sarflana boshladi. Lekin, arxitekturaviy loyihalar toʻxtab qolgani yoʻq. Ayniqsa, Turkiston general-gubernatorligi hududida me’morchilikda an’anaviy uslublardagi binolardan koʻra, muayyan vazifani bajarishga hizmat qiladigan imoratlar - ma’muriy boshqaruv idoralari, maktablar, saroy va boshqa binolar qurilishi avj oldi. Turkiston hududidagi shaharlarda arxitektura o`ziga xos uslubda rivojlandi. Qadimiy tarixga ega shaharlarning rivojlanishi va yangilarining barpo etilishi muayyan me’moriy tartibni qaror toptirishni talab etardi. XIX asr oxiridan har bir shaharda shahar bosh me’mori(arxitektori) lavozimi tayinlandi, u me’moriy me’yorlarning bajarilishini kuzatib, ularni boshqarib borishi lozim edi. Bu davrda shahar qurilishining metall va betonni joriy etishga asoslangan, davr ruhiga mos yangi shakldagi zamonaviy me’moriy binolar qurilishi rivojlandi.

Yuqoridagi ma’lumotlarga tayanadigan boʻlsak, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoda qurilgan me’moriy inshootlar 2 turga boʻlinadi: birinchisi, an’anaviy uslubdagi me’moriy obidalar; ikkinchisi, zamonaviy yevropacha uslubdagi binolar.

Ushbu davrda Oʻrta Osiyo shaharlarida an’anaviy uslubda bunyod etilgan binolar kam qurilgan boʻlsada, lekin mustahkam va pishiq qilib bunyod etilgan. Ulardan koʻpchiligi uzoq vaqt yaxshi saqlandi va aholiga hizmat qilib keldi. Hatto ayrimlari bugungi kunda ham foydalanilmoqda. An’anaviy uslubdagi obidalarni bunyod etishda Fargʻona vodiysi shaharlari yetakchilik qilgan. Hususan, Andijondagi uzunligi deyarli 123 metrga teng boʻlgan “Jomeʻ” masjid, Namangandagi Mulla Qirg’iz madrasasi, Atoullixon(Ota Valixon) to’ra masjidi, Sirli masjid, Fargʻonadagi “Jomeʻ” masjidlar ana shunday uslubda bunyod etilgan va hozirgacha foydalanib kelinayotgan me’moriy yodgorliklar sirasiga kiradi.

Zamonaviy yevropacha uslubdagi me’moriy inshootlar barcha shaharlarda ma’muriy tartiblarni amalga oshirish uchun bunyod etilgan, lekin hozirgi kungacha yaxshi saqlanganlarini asosan Toshkent va Fargʻona shaharlarida uchratish mumkin. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Toshkent shahrining “yangi” qismida qurilgan eng mashhur binolardan o’sha davrdagi Davlat banki, ayollar gimnaziyasi (hozirgi Toshkent davlat yuridik instituti), Toshkent erkaklar gimnaziyasi, Kadetlar korpusi (hozirgi I Toshkent tibbiyot akademiyasi hududi), Knyaz Nikolay Konstantinovich saroyi (hozirgi Tashqi ishlar vazirligining qabulxonasi), Real bilim yurti, Kaplan dorixonasi, Toshkent shimoliy vokzali, Turkiston davlat palatasi va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin[2].

Fargʻonadagi Markaziy park yaqinidagi bir qancha binolar Rossiya podsholigi ko‘rinishiga o‘xshaydi. Ular XIX asr oxirida qurilgan bo‘lib, ularning meʼmorchiligi mukammal darajada saqlanib qolgan. Ular orasida rus drama teatri (ilgari harbiy gubernator binosi bo‘lgan), Farg‘ona davlat universiteti (ilgari erkaklar uchun gimnaziya vazifasini bajargan), “Ofitserlar uyi” va Avliyo Sergiy Rodonejskiyning ibodatxonasi bor[3].

Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun avvalo ushbu davrga oid me’moriy obidalarni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni koʻpaytirish va aniq dalillarga asoslangan tarixiy ma’lumotlarni keng jamoatchilik orasida targʻibot qilish kerak. Bunga tarixchilar, turizm va madaniyat maskanlari mutahassislari, tashabbuskor yoshlar hamda boshqa mustaqil tadqiqotchilarni jalb etish, davlat va nodavlat tashkilotlarni homiylik mablagʻlari hisobidan fundamental loyihalar tayyorlash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  • [1]    Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. -T.: Oʻzbekiston, 2021. – B. 174

  • [2]    Исмоилова Ж. XIX асрнинг иккинчи ярми — ХХ аср бошларида Тошкентнинг “янги шаҳар” қисми тарихи: Тошкент: Fan va texnologiya, 2004. Тошкент меъморий ёдгорликлари тарихидан | Shosh.uz

  • [3]     https://uzbekistan.travel/uz/o/jannat-burchagi-fargona/

    "Экономика и социум" №9(88) 2021

Список литературы Увеличение места и значения исторических памятников Центральной Азии в конце XIX и начале XX веков

  • Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. -T.: Oʻzbekiston, 2021. – B. 174
  • Исмоилова Ж. XIX асрнинг иккинчи ярми — ХХ аср бошларида Тошкентнинг “янги шаҳар” қисми тарихи: Тошкент: Fan va texnologiya, 2004. Тошкент меъморий ёдгорликлари тарихидан | Shosh.uz
  • https://uzbekistan.travel/uz/o/jannat-burchagi-fargona/
Статья научная