Xitoy tilida oykonimlar va etnonimlarlarning onomasiologik tasnifi
Автор: Sattorov B.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 2-1 (81), 2021 года.
Бесплатный доступ
Xitoy tilida joy nomlarini o’rganishdagi ayrim muommolar, hamda tarjima qilishda qiyinchilik tug’diradigan jarayonlarni o’rganish. Etnik jihatdan tahlil qilish, hamda muommoli jihatlarini ochib berish.
Oykonimlar, etnaoykonimlar, sulolalar, onomastikindikatorlar
Короткий адрес: https://sciup.org/140260685
IDR: 140260685
Текст научной статьи Xitoy tilida oykonimlar va etnonimlarlarning onomasiologik tasnifi
Xitoy tilida etnooykonimlarni o’rganish uchun tarixdagi qabila-urug’ nomlariga etibor beradigan bo’lsak, ular ham ma’lim bir ma’no anglatadigan so’zlardan yoki etnik jihatlardan tashkil topgan. Masalan: 神农氏 -Shénnóng shì-bu yerda qishloq xo’ jaligi qabilasi 、 有巢氏 -yǒu cháo shì – ichki qabila, 防风氏 -mudofaa shamoli qabilasi, 祝融氏 - Vulqon tushunchasini beruvchi qabila, 轩辕氏 regulus ma’nosini beruvchi qabila. Bu yerda shu ko’rinib turibdiki qabila nomlari ham etnik kelib chiqishidan atab qo’yilgan.
Hozirgi kunda xitoy qishloqlarida hayvon nomlari bilan bog’liq oykonimlar ham bor. Masalan: 亲 - jin- aziz ma’nosini anglatuvchi qishloq, 狗娃 - kuchuk bolasi qishlog’i, 虎娃 - yo’lbars bolasi qishlog’i. Undan tashqari Xitoy hududida katta-kichik xitoy urug‘-qabila vakillari yashaganliklari haqida ma’lumotlar bor. Bularning deyarli barchasi xitoy tili etnooykonimlarida o‘z aksini topgan.
Hozirgi kunda Xitoyda 56 ta millat vakillari mavjud bo`lib, 1.23 million aholining 91.5 foizi Xan millatiga mansub. 8.5 foiz aholini esa qolgan 55 ta etnik qabila vakillari tashkil etadi. Xitoyda Xan millatidan boshqa millatlarni etnik guruhlar deb atash odat tusiga kirgan va ularga Dong, Dai, Xani,Naksi va Yi kabilarni misol keltirishimiz mumkin.
Mavjud 56 millat hattoki, kiyinish uslubi jihatidan ham bir – biridan farq qiladi.Masalan, Hejen qabilasi baliqchilik bilan shug`ullanganligi bois, baliq tanasiga o`xshash palto, shim va oyoq kiyim kiyishadi. Xitoyning shimoliy hududidagi qabilalar o`zlarining mo`ynali kiyimlari bilan ajralib turishadi. Li guruhi odamlari kiyadigan daraxt po`stlog`idan tikilgan kiyimlarni hozirda faqatgina muzeylarda uchratish mumkin. Uyg`ur ayollari esa, o`zlarining atlas nusxali mayin ipakdan tikilgan ko`ylaklari bilan faxrlanishadi. Yi guruhining qora kiyimi esa olijanoblik va qadr – qimmat belgisi hisoblanadi. Koreys guruhi vakillari o`zlarining oppoq kiyimlari bilan mashhur va ular Xitoyning “oq kiyimlilar” guruhi sirasiga kiradi.
Bugun Xitoyning Sinjiang provensiyasida 13 ta kichik – kichik etnik guruhlar yashaydi va ularning ichida aholi jihatidan eng kattasini Uyg`ur etnik guruhi tashkil qiladi. Ular bu provensiyaga IX asrlarda ko`chib kela boshlagan. Dastlab uyg`urlar buddaviylikni o`zlarining muqaddas dini deb hisoblashgan, ammo keyinchalik aholi o`rtasida islom tarqala boshlagan.
Uyg`ur etnik guruhi vakillari yashayotgan hududga tashrif buyurgan har bir kishi ashula va raqs dengiziga g`arq bo`lishi tabiiy, bu san`at uyg`urlarning asosiy daromad manbai hamdir. Ularning shodon raqs va ashulalari, asosan, Sharq va G`arb san`ati elementlaridan tashkil topgan. Uyg`urlarning milliy ashulasi dunyodagi eng katta ashula sifatida “Gennes ” rekordlari kitobiga kiritilgan. Bu ashula “20 maqom” deb nomlanib, bunda 4000 qatorli she`r 360 ohangga moslab bastalanadi va bu ashulani xonanda bir kecha – yu, bir kunduz kuylashi shart.
Uyg`urlarning bunchalik uzundan uzoq qo`shiq kuylashining sababi, ular kuylanayotgan qo`shiqda butun millatning tarixi, o`ziga xos jihatlari va madaniyati aks etadi, deb hisoblashadi.
撒马尔罕(乌兹别克语:Samarqand或Samarqand) Samar意为 “肥沃”,qand 意为“土地”,撒马尔罕意为“肥沃的土地”。
耶律楚材说:“寻思干者西人云肥也,以地土肥饶故名之。” ((蒙古)耶律楚材《西游录》)乌兹别克斯坦第二大城,撒马尔
罕州首府。在国境东南部泽拉夫尚河谷地。人口 37.1 万 (1985)。中亚历史名城,有2,500年的历史。为古代索格德、帖
木儿帝国的古都。1868 年并入帝俄。1924--1930 年曾为乌兹别克
行政中心。铁路和公路枢纽。工业以轧棉、丝织和食品加工为主,
还有机械制造和化学工业。建有电梯和电影机制造、家用冰箱制
造、化肥、罐头厂等。乌兹别克斯坦的文化中心,设有高等院校多 所和考古研究所及中亚著名的卡拉库尔绵羊养殖研究所。附近有建 于14至17世纪的清真寺、陵墓等许多历史古迹。撒马儿罕,即汉
朝罽宾地,隋朝曰漕国,唐朝复名罽宾,皆通中国。元太祖荡平西
域,尽以诸王、驸马为之君长,易前代国名以蒙古语,始有撒马儿 罕之名。去嘉峪关九千六百里。元末为之王者,驸马帖木儿也。
Bu yerda Samarqand haqida xitoyliklar qisqacha shunday ma’lumot bermoqda, ya’ni Samarqand “unumdor yer ” ma’nosini hamda Buyuk ipak yo’lining markazi degan ma’nolarda kelayapti.
Demak shuni ma’lum qilish kerakki xitoyliklar Samarqand nomini azaldan bilishgan faqat yillar davomida bu nom o’zgarib kelgan. Tan dinastiya yilnomalarida Kan (samarqand) deb nomlashgan. Bu shuni ko’rsatadiki xitoyliklar talaffuz jarayonida “Samar- kan” ya’ni oddiygina qilib Kan deb nomlashgan.
Atoqli otlarni tarkibiga ko‘ra tahlil qilish usuli ancha keng tarqalgan. Ayniqsa, bu toponimlar, antroponimlar, etnonimlar tadqiqi misolida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, atoqli otlar ham til birligi bo‘lganligi bois, ularning tarkibiy tahlili ham so‘zlarnikidan farq qilmasligi kerak. Atoqli otlarning tuzilishi deganda uning morfologik tarkibi nazarda tutiladi. Nomning morfyemalardan, ya’ni, lug‘aviy asos va yasovchi vosita (ba’zan affiks vazifasini bajaruvchi birlik) yoki lug‘aviy asos va formantdan iborat tarkibi uning tuzilishini tashkil qiladi.
Nomlarni morfologik jihatdan tadqiq qilish atoqli otlarning bir qator o‘ziga xos lisoniy xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Avvalo, onomastik birliklar o‘z xarakteri bilan oddiy so‘zlardan farq qiladi. Garchi so‘zning morfologik tarkibini belgilash so‘z va morfemaning (o‘zak morfema va affiks morfema) munosabatlarini belgilashdan iborat bo‘lsa, atoqli otlarning morfologik tarkibida bu jarayon ancha murakkabdir. Atoqli otlarning ko‘pchiligi sinxron planda morfemalarga ajralmaydi. Ularning aksariyat ko‘pchiligi tarixiy taraqqiyot jarayonida har xil fonetik va tarkibiy jihatdan o‘zgarishga uchragan.
Qo‘shma tarkibli nomlar birdan ortiq lug‘aviy asoslardan hosil bo‘ladi. Ularning tarkibida nomning qaysi onomastik guruhga taalluqli ekanligini ko‘rsatuvchi onomastik indikatorlar ishtirok etadi. Bizningcha, nomlar tarkibida keladigan bunday birliklar atoqli otlarnig barcha turlari (toponim, antroponim, gidronim kabi) ga xosdir. Shuning uchun ularni onomastikindikatorlar deb nomlash va ma’lum bir tizim asosida o‘rganish maqsadga muofiq deb hisoblaymiz.
FOYADALANGAN ADABIYOTLAR
-
1. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-2-жилдлар. М, 1981.-Б 222.
-
2. Ўринбоев Б. Самарқанд топонимларининг изоҳи.-Самарқанд:Ун-т., 1997. -202 б.
-
3. Фомина М.И. Лексика современного русского литературного язика. -М.: Висш.шк. 1973.- 152 с.
-
4. Хитой тили сўзлари коеффитсенти луғати” Пекин. «Хитой тили катта луғатлар” нашриёти 1991.- Б.255.
-
5. 上海译文出版社, 2006 。 111
-
6. 中国社会科学院语言研究所词典编撰室编,现代汉语词典: 2002 年 增 325
-
7. 中国社会科学院语言研究所词典编辑室《现代汉语词典》 456
-
8. 夏征农,大辞海:语言学卷,上海,上海辞书出版社, 2003 。 451
-
9. 夏征农《辞海》 ( 中 ), 上海辞书出版社,上海, 1999. P2818.
-
10. 大俄汉词典(修订版),北京,商务印书馆, 2001 。 214
-
11. 孙维张《汉语熟语学》长春 : 吉林教育出版社 ,1989. 523
"Экономика и социум" №2(81) 2021
Список литературы Xitoy tilida oykonimlar va etnonimlarlarning onomasiologik tasnifi
- Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-2-жилдлар. М, 1981.-Б 222.
- Ўринбоев Б. Самарқанд топонимларининг изоҳи.-Самарқанд:Ун-т., 1997. -202 б.
- Фомина М.И. Лексика современного русского литературного язика. -М.: Висш.шк. 1973.- 152 с.
- Хитой тили сўзлари коеффитсенти луғати" Пекин. "Хитой тили катта луғатлар" нашриёти 1991.- Б.255.
- 上海译文出版社, 2006。111