Yurtimizda turizmni rivojlantirishda surhandaryo manzilgohlarining tutgan o`rni
Автор: Akabirova U.I.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (86), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada Surhandaryoning qadimiy manzilgohlari va yurtimizda turizmni rivojlantirishda ushbu tarixiy manzilgohlarning o`rni va ahamiyati haqida so`z boradi.
Turizm, ziyorat, ko`lbuloq, teshiktosh, o`rta va so`nggi paleolit, arxeologik ziyorat
Короткий адрес: https://sciup.org/140260651
IDR: 140260651
Текст научной статьи Yurtimizda turizmni rivojlantirishda surhandaryo manzilgohlarining tutgan o`rni
Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo‘l gan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yerdan xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan usta-xona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan. Viloyatdagi qadimgi odamlarning dastlabki manzilgohlari turli yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o’simliklar bilan qoplangan tog’ o’rmonlarida, Boysun tog’laridan oqib tushuvchi daryo etaklarining bo’ylarida paydo bo’lgan. Ularning ichida eng qadimiylari sifatida o’rta va so`nggi paleolit davriga mansub ( Mil av 100-12 ming yillar ) Teshiktosh va Machay g’orlari e`tirof etiladi. Teshiktosh g’oridan neandertal bolaning suyaklari topilgan bo’lib, ushbu kashfiyot O’rta Osiyo hududi hozirgi odamlarning shakllanish mintaqalaridan biri bo’lgan degan ilmiy xulosaga olib keldi. Ko’hitang tog’larida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari esa mezolit yoki neolit (Mil av 12-5 ming yil) davriga borib taqaladi. Zarautsoydagi uncha katta bo’lmagan g’or shiftlari va devorlarida 200 dan ortiq rasmlar aniqlangan bo’lib, ular oxra bo’yog’i yordamida g’or devorlarida katta mahorat bilan tasvirlangan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi ho’kizlarni sehr-jodu yo’li bilan ovlash manzarasini aks ettiradi. Milodga qadar II-ming yillikning I-yarmida O’zbekiston janubida Shimoliy Afg’onistondan o’troqlashgan qabilalar dehqonchilik an’analarini o’zida ifoda etgan Sharq madaniyatini olib kiradi. Ular
Ko’hitang va Boysun tog’ oldi hududlarini o’zlashtirib, Sopollitepa, Jarqo’ton, Molalitepa singari muhim aholi manzilgohlariga asos soladilar. Ushbu davrga xos xususiyat sifatida oddiy xom g’isht qo’llanilgan va monumental arxitektura (ibodatxona, saroy) murakkab inshootlar va istehkomlarni qurish, primitiv usuldagi sun’iy sug’orish, uy hayvonlarini saqlash, hunarmandchilikning rivojlanishi (metall va sopol buyumlaridan foydalanish) hamda san’atning paydo bo’lishi singari taraqqiyot bosqichlarini ko’rsatish mumkin.
O’rta Osiyoda milodga qadar I-ming yillikning birinchi yarmi ilk temir asri va davlat shaklidagi yirik birlashmalarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ushbu jarayon Shimoliy Baqtriya hududida joylashgan Surxondaryo viloyatiga ham to’la taalluqlidir. Milodga qadar 539-330 yillarda O’rta Osiyo, shu jumladan Baqtriya (Bunga Surxondaryo hududi ham kirgan.) satraplik huquqi bilan Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. Keyinchalik u (Mil.av. 329-327y.) Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olinadi. Milodga qadar 306-yilda uning tuzgan davlati parchalanib ketgach, Aleksandr Selevka davlati tarkibiga kiradi.
Milodga qadar II-asr o’rtalarida saklar zarbasi ostida Yunon-Baqtriya podsholigi qulaydi, keyinchalik esa yuechji-toxarlar bosqini tufayli butunlay parchalanib ketadi. Yuechji-toxarlarning Kushonlar qabilasidan bo’lmish Kudzula Kadfiz milodiy I asrning birinchi yarmida buyuk Kushonlar imperiyasini tuzadi.
Shimoliy Baqtriya (Surxondaryo) ham kushonlar imperiyasi tarkibiga kiritilib, shimoliy-g’arbiy chegarasidan kirib keladigan tog’ yo’lida ko’chmanchilar hujumidan saqlanish uchun Temir darvoza va qudratli mudofaa istehkomlari quriladi (Temir darvoza hozirgi Boysun tumanida joylashgan) Kushon podsholigi hukmronligi davrida Surxondaryo tarixi hayotining barcha sohalarida taraqqiyotning yuksalganligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, Sharq va g’arb xalqlari o’rtasida ma’naviy va madaniy qadriyatlarning o’zaro almashinuvida muhim rol o’ynagan. Buyuk Ipak yo’lining ikki asosiy yo’nalishi kushonlar davlati hududidan o’tgan. Surxondaryo viloyati hududidagi Kushonlar davriga oid arxeologik yodgorliklar nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Dalvarzintepa va Xolchayonda o’tkazilgan qazilmalar kushonlar shahri yuksak madaniyat o’choqlari bo’lganligini ko’rsatadi. Bu davrda xunarmandchilik va qishloq xo’jaligining intensiv ravishda rivojlanishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi arxitektura, monumental haykaltaroshlik va rassomchilik, koroplastika va gliptika san’atining yuksalishi kuzatiladi. Kushon shaharlari shuningdek, yirik targ’ibot markazlari ham bo’lgan. Ayritom, Dalvarzintepa va Ko’hna Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari va stupalar, Baqtriya-Toxariston madaniyati ellinistik va hind buddaviylik madaniyatining kuchli ta’siri ostida mahalliy baqtriyaga xos tarzda shakllanadi.
Surxondaryo viloyatining hozirgi hududi milodiy III-IV asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, dastlab xioniylar, so’ngra esa eftaliylar davlati tarkibiga kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
-
2. Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
-
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-mayidagi “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 332-sonli qarori
-
4. A.S. Sagdullayev, V.A.Kostetskiy 6- sinf tarix darsik
-
5. www.uza.uz
"Экономика и социум" №7(86) 2021
Список литературы Yurtimizda turizmni rivojlantirishda surhandaryo manzilgohlarining tutgan o`rni
- Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
- Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-avgustdagi "2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-mayidagi "Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 332-sonli qarori
- A.S. Sagdullayev, V.A.Kostetskiy 6- sinf tarix darsik
- www.uza.uz