3.25 а GeV/с impulsli 16Ор-to’qnashuvlarida 6 - hamda 7-nuklonli tizimlar va yadrolar bilan birgalikda hosil bo’ladigan а <=3 massa sonli yengil fragmentlarning va tepki protonlar o’rtacha ko’plamchiligi

Автор: Qurbonov A.R., Mahmudova D.H., Ismoilov S.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-2 (96), 2022 года.

Бесплатный доступ

3,25 А GeV/c impulsli 16Op-to'qnashuvlarda 6 va 7-nuklonli sistemalar hosil bo'lgan kanallari ko’plamchiligini tahlil qilish natijalari keltirilgan. Parchalangan zarrachalarni ajratish uchun massa soni bo’yicha ajratish usuli qo’llanildi.

Ko'p nuklonli, a-klastеr, 6-nuklonli tizimlar, 7-nuklonli tizimlar, o'rtacha ko'plamchlik, to'qnashuv

Короткий адрес: https://sciup.org/140300313

IDR: 140300313

Текст научной статьи 3.25 а GeV/с impulsli 16Ор-to’qnashuvlarida 6 - hamda 7-nuklonli tizimlar va yadrolar bilan birgalikda hosil bo’ladigan а <=3 massa sonli yengil fragmentlarning va tepki protonlar o’rtacha ko’plamchiligi

16О + р→ 6Li + х,(1)

  • 16О + р→ 4Нe + 2Н + х,(2)

  • 16О + р→ 3Нe + 3Н + х,(3)

  • 16О + р→ 3Нe + 3Нe + х,(4)

  • 16О + р→ 3Н + 3Н + х,(5)

  • 16О + р→ 2Н + 2Н + 2H + х,(6)

6-nuklonli tizimlar va yadrolar hosil bo’lishi va

  • 16О + р→ 7Li + х,(7)

  • 16О + р→ 7Be + х,(8)

  • 16О + р→ 4Нe + 3Нe + х,(9)

  • 16О + р→ 4Нe + 3Н + х,(10)

  • 16О + р→ 3Нe + 2Н + 2H + х,(11)

  • 16О + р→ 3Н + 2Н + 2H + х,(12)

7-nuklonli tizimlar va yadrolar hosil bo’lishi. X-sifatida А ≤ 3 massa sonli bir- yoki ikki-zaryadli fragment, tepki proton yoki pion bo’lishi mumkin. Shunday qilib, ya’ni А ≥ 4 massa sonli hamroh yadrolar tug’iladigan tizimlar hosil bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa kanallar muhokama qilinmagan[1-5].

Ushbu tadqiqotning maqsadi yuqorida ko’rsatilgan yarim inklyuziv reaksiyalarning kesimlarini aniqlash, shuningdek barion va elektr zaryadining saqlanish qonunlari kislorod yadrosi parchalanishining α -klasterli tuzilishining shakllanishida ahamiyati aniqlandi. (1) - (12) reaksiyalarda tahlil qilingan ko’p nuklonli tizimlar yakuniy holatda qayd qilingan tizim yig’indi zaryadi Q=2÷4 bo’lgan bir, ikki yoki uchta ko’p nuklonli yadrolarni o’z ichiga oladi.

Zarralar ko’plamchi tug’ilishi va yadro bo’linish jarayonlarini yuqori energiyadagi adron va yadro-yadroli to’qnashuvlarini o’rganishdagi vodorodli pufakchali kamera usuli bir qator afzalliklarga ega, masalan, magnit maydoni bo’lmagan emulsiyalar bilan tajribalar o’tkazishda mumkin emas bo’lgan zarralar va fragmentlarni (yadro-snaryadini) ajratish ehtimoli, 4π-geometriyaga yaqin sharoitlarda ularning impulsini yaxshi aniqlik bilan hisoblanadi. Pufakchali kameralarning asosiy kamchiliklari, birinchi navbatda, ularning past tezlik va tasvirga olishlarni qayta ishlashning jarayonidir; ikkinchidan, kameraning ish hajmida izning uzunligi (L -0.2-0.3 m.) qisqartirilganligi sababli nishon yadroning sekin qismlarini qayd etishning ilojsizligidan iborat.

Biz ta’kidlaymizki, protonlarning energiya spektrlarini hodisalarni massa bo’yicha aniq ajratish uchun tahlil qilayotganda, kameraning ish hajmida tezkor bir tekis zaryadlangan zarralarning uzunligi 35 sm dan oshgan o’lchovlarni ko’rib chiqdik. Bu bo’limda tajriba natijalarini olish uslubi atroflicha tavsiflangan, birlamchi yadro dastasi va bir metrli vodorodli pufakchali kamera (VPK) asosiy xarakteristikalari berilgan, impuls va burchaklarni o’lchash xatoliklari, eksperimental materiallar statistikasi, noelastik kesimi, fragmentlarning massa sonlari bo’yicha taqsimotlari, izotoplar tarkibi va 3.25 А GeV/c impulsli 16Ор-to’qnashuvlarida Zfr = 1-4 zaryadli fragmentlar hosil bo’lishi inklyuziv kesimlari keltirilgan. Massalari bo’yicha fragmentlar identifikatsiyasi uchun laboratoriya koordinatalar sistemasidagi quyidagi impuls oraliqlari kiritilgan. Oxirgi fragmentlarni massa soniga ko’ra ajratish uchun eksperimental sharoitlarga ko’ra, fragmentning o’rtacha tezligi massa bilan mutanosib bo’ladi. Ushbu tanlov bilan impuls o’lchashdagi o’rtacha xato 1H, 2H-lar uchun 3 % va 3H-uchun 5 % dan kamni tashkil qiladi. [6,8,9,11-16] ishlarga muvofiq impuls spektrlarning berilgan chegaralarini qabul qildik, bu esa zaryadli va massali qismlarni ishonchli tarzda aniqlash imkonini beradi.

Parchalangan zarrachalarni ajratish uchun massa soni bo’yicha ajratish usuli qo’llaniladi, eksperimentning bu usulida fragmentlarning o’rtacha impulsli uning massa soniga proportsional bo’ladi. Belgilab qo’yamizki, protonlarning energetik spektrida biz qarayotgan hodisalarda ajratilgan parchalarning o’lchash aniqligini oshirish uchun tezkor bir zaryadli zarralar izlarini o’lchashda izlarning kameradagi uzunligi 35 sm dan ortig’ini olamiz. Bunday tanlashlarda impulsini o’lchaganda o’rtacha chetlanish 1Н, 2Н uchun 3 % va 3Н uchun 5 % dan [1,4,5] oshmaydi.

  •    Bir zaryadli fragmentlar:1.75 <р<4.75 GeV/c oralig’dagi bir zaryadli fragmentlar protonlar hisoblanadi, 4.75<р<7.75 GeV/c oralig’idagilar 2Нga vaр>7.75 GeV/c oraliqdagilar3Н yadrosiga tegishli bo’ladi. Bunday ajratish jarayonida protonlar vaπ+-mezonlarning aralashib ketish jarayoni 1.25 <р<1.75 GeV/c impuls oraligida kuzatiladi, 2.4-paragrafda protonlar va π+-mezonlarning 1.25<р<1.75 GeV/c impuls oralig’ida ajratish statistikasi ko’rsatilgan. Bunday tanlash р≥1.75 GeV/с dan yuqori impulsda protonlari bilan π+-mezonlar aralashuvi e’tiborsizlanishi mumkin, chunki π+-mezonlar hosil bo’lishi, bunday impulsda kinematik ravishda mumkin emas.

  •    Ikki zaryadli fragmentlar: р< 10.75 GeV/c oraliqdagi ikki zaryadli fragmentlar 3Нe ga tegishli,р> 10.75 GeV/c oraliqdagilar esa 4Нe yadrosiga tegishli hisoblanadi. Bunday fragmentlarni aniqlashda (L>35 sm) massa izotoplarning aralashib ketishi 4-5% dan oshmaydi.

  •    Uch zaryadli fragmentlar: р< 21.25 GeV/c impulsli uch zaryadli fragmentlar 6Li yadrosiga tegishli, 21.25<р< 24.5 GeV/c oraliqdagilar 7Li yadrosiga, р ≥ 24.5 ГэВ/c oraliqdagilar esa 8Li yadrosiga tegishli bo’ladi.

  •    To’rt zaryadli fragmentlar: p< 25.75 GeV/c impulsli to’rt zaryadli fragmentlar 7Be yadrosiga tegishli, impuls spektri boshlanishi 7Be yadrolari impuls spektri oxiri bilan yopilishi mumkin bo’lgan berilliy yadro izotoplari orasida 8Be turg’un yadrolari mavjud emas. Hamda 25.75

    9Вe yadrosiga tegishli va p> 30.75 GeV/с –10В yadrosiga tegishli bo’ladi.

Zfr ≥ 5 zaryadli ko’p zaryadli fragmentlar uchun ularning uzunligi bo’yicha taqiqlash kiritilmagan, chunki bunday fragmentlar uchun massa bo’yicha identifikatsiya qilinmagan. Bitta va ikkita zaryadli fragmentlarning o’rtacha ko’plamchiliklarini aniqlashda ushbu fragmentlarning yo’qolishi kameraning ishchi suyuqligi (vodorod) bilan o’zaro ta’siriga bog’liqligi uchun L ≤ 30 sm masofada amalga oshirildi[15-21].

Belgilaymizki, snaryad yadrosining barcha ko’p zaryadli fragmentlari zaryadli qiymati bilan aniq belgilangan. Bu parchanish jarayonini alohida topologik kanal bo’yicha kelgusida tadqiq qilish imkonini beradi.

1 - jadval (6-nuklonli tizimlar uchun) va 2 - jadval (7-nuklonli tizimlar uchun) larda ko’p nuklonli konfiguratsiyalar 6- hamda 7-nuklonli tizimlar bilan birgalikda hosil bo’ladigan А ≤ 3 massa sonli yengil fragmentlarning va tepki protonlar o’rtacha ko’plamchiligi va yig’indi zaryadi (Q) keltirilgan.

1-jadval

6-nuklonli tizimlar bilan birgalikda hosil bo’luvchi yengil fragmentlar va ptep-tepki protonlar o’rtacha ko’plamchiligi va tizimlar yig’indi zaryadi (Q).

Sistema tipi

Q

Kuzatiladigan zarralar

1H

2H

3H

3He

p tep

6Li

3

3.42±0.12

0.74±0.08

0.28±0.05

0.32±0.05

0.49±0.05

4He+2H

3

3.02±0.05

0.83±0.03

0.34±0.02

0.32±0.02

0.53±0.02

3He+3H

3

3.36±0.10

0.63±0.05

0.30±0.04

0.39±0.05

0.51±0.04

3He+3He

4

2.50±0.13

0.71±0.08

0.32±0.04

0.31±0.04

0.48±0.04

3H+3H

2

3.84±0.18

0.85±0.10

0.23±0.05

0.36±0.05

0.60±0.05

2H+2H+2H

3

3.69±0.14

0.67±0.07

0.32±0.05

0.23±0.05

0.49±0.05

Hamroh zarralar o’rtacha ko’plamchiligi tahlili (1- va 2-jadvallarga qarang) 6-nuklonli tizimlar uchun eng yuqori protonlar ko’plamchiligi 2H+2H+2H dastlabki tuzilishining maksimal yemirilish kanalida va 2H+2H+3H – 7-nuklonli tizimlar uchun esa 3H+3H –minimal yig’indi zaryadlar (2) kanalida kuzatilishini ko’rsatadi. 3He+3He va 6Li – 6-nuklonli tizimlar uchun protonlar o’rtacha ko’plamchiligi bu tizimlar zaryadlarining farqi qo’shimcha protonlar hosil bo’lishi bilan kompensatsiyalanishini, xuddi shunday boshqa hamroh zarralar o’rtacha ko’plamchiligi bir- biriga yaqinligini ko’rsatgan holda 0.9 ga farq qiladi.

Bir xil yig’indi zaryadli (4) 7Be, 4He+3He va 2H+2H+3He – 7-nuklonli tizimlar uchun protonlar o’rtacha ko’plamchiligi statistik xatoliklar chegarasida mos keladi. Birinchi ikki kanal uchun statistik xatoliklar chegarasida 2Н, 3Н va 3Нe yadrolari ko’plamchiliklari mos keladi. 3He yadrosi eksperimental o’rtacha ko’plamchiligining sezilarli farqi 6Li, 3He+3H, 3He+3He va 3H+3H hosil bo’lish kanallarida kuzatiladi. Eksperimentda tepki protonlar o’rtacha ko’plamchiligi 6-nuklonli tizimlar uchun ko’plamchilik 0.52 ± 0.02 ni, 7-nuklonli tizimlar uchun 0.53 ± 0.02 ni tashkil qiladi. statistik xatoliklar chegarasida eksperiment qiymatlariga mos keladi.

2-jadval

7-nuklonli tizimlar bilan birgalikda hosil bo’luvchi yengil fragmentlar va ptep - tepki protonlar o’rtacha ko’plamchiligi va yig’indi zaryad (Q) tizimlari.

Sistema tipi

Q

Hamroh zarralar

1H

2H

3H

3He

p tep

7Li

3

3.34±0.14

0.77±0.09

0.27±0.05

0.28±0.05

0.58±0.05

7Be

4

2.76±0.14

0.71±0.07

0.28±0.05

0.33±0.05

0.53±0.05

4He+3He

4

2.71±0.06

0.68±0.04

0.27±0.02

0.37±0.03

0.51±0.02

4He+3H

3

3.32±0.07

0.76±0.04

0.30±0.02

0.30±0.02

0.57±0.02

3He+2H+2H

4

2.76±0.15

0.44±0.06

0.23±0.05

0.37±0.05

0.42±0.05

3H+2H+2H

3

3.69±0.13

0.58±0.07

0.25±0.04

0.24±0.05

0.51±0.05

Bir xil yig’indi zaryadli (3) 7Li, 4He+3H – 7-nuklonli tizimlar uchun statistik xatoliklar chegarasida barcha hamroh zarralar o’rtacha ko’plamchili mos keladi. Shuningdek,6Li va 7Li yadrolari hosil bo’lishida hamroh zarralarning eksperimental o’rtacha ko’plamchiligi mos kelishini ko’rish ham qiziqarli, ya’ni oxiridagi ortiqcha neytron o’rtacha ko’plamchiliklar kattaliklariga ta’sir ko’rsatmaydi.

2H yadrosi hosil bo’lishi eksperimental olingan o’rtacha ko’plamchiliklari shuni ko’rsatadiki, ular dastlabki yadrolar α -klasterlari yemirilishidan deytronlar hosil bo’lishining mumkin bo’lgan kanallarini ko’rsatishimiz mumkin. 3H yadrosi hosil bo’lish hollari uchun xuddi shunday mos qo’yish 4He+2H, 3He+3H va3He+3He, shuningdek, 7Be,4He+3He, 4He+3H va 2H+2H+3He tizimlar uchun eksperiment qiymatlari uchun o’rinli ekanligini ko’rsatadi.

Bizning qarashlarimizga ko’ra, eksperimentdagi hisoblangan proton fragmentlar va tepki protonlarning o’rtacha ko’plamchilikdagi farqlari yadrodagi kaskadli jarayonlarning rivojlanish darajasini aks ettiradi. Eksperimentda protonlarning o’rtacha ko’plamchiligi 6-nuklonli tizimlar uchun 3.15 ± 0.04 ni tashkil qiladi va 7-nuklonli tizimlar uchun esa 3.05 ± 0.04 ni tashkil qiladi[13-15].

Ko’p nuklonli tizimlarning o’rtacha zaryadini o’rganish qiziqarli, chunki bu bilan ko’p nuklonli tizim va nishon proton o’rtasidagi zaryad almashuv jarayonlarining xususiyatlarini o’rganish mumkin. 6-nuklonli tizimlarning o’rtacha elektr zaryadi eksperimentda olingan qiymati (3.03 ± 0.03), mos keladi [1-3]. 7-nuklonli tizimlarning zaryadi eksperimentda olingan qiymati (3.51 ± 0.03), ham bir-biriga juda yaqin. 6- va 7- nuklonli tizimlar o’rtacha elektr zaryadining farqi eksperimentda 0.48 ± 0.04 ni tashkil qilib, bu eng katta ehtimol 0.5 ga yaqin bo’lib, u dastlabki kislorod yadrosining proton va neytronlar sonining teng bo’lishidan kelib chiqadi.

Мassa sonli A = 6-7 oxirgi ko’p nuklonli tizimlar va yadrolarning shakllanishi bo’yicha qisqacha xulosalarni quyidagi tarzda keltirishimiz mumkin. Kislorod yadrosi α-klasterli tuzilishining А ≤ 7 massa sonli ikkilamchi ko’p nuklonli yadrolarning shakllanishida hamda elektr va barion zaryadlari saqlanish qonunlaridagi yetarli darajada roli haqida ko’rsatma olindi. Bu bir qancha faktlar orqali o’z tasdig’ini topib, bulardan α-zarralar hosil bo’lishi bilan kuzatiladigan 6- va 7-nuklonli tizimlar kanallari ko’ndalang kesimlarining α-zarralar hosil bo’lmaydigan kanallar kesimlariga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligini aytish mumkin. Dastlabki ko’p nuklonli tizimlar zaryadlaridagi farqlanish asosan qo’shimcha protonlar hosil bo’lishi bilan to’ldiriladi. Hamroh tizimlar va yadrolar hosil bo’lishi bilan kuzatiladigan zarralar xarakteristikalari asosan ko’p nuklonli holat zaryadi va yig’indi massa soni A orqali aniqlanadi va bu u bitta yadromi yo ikki yoki uch yadroning tarkib holatidan tashkil topganligidan bog’liq bo’lmaydi.

Adabiyotlar

  • 1.    Olimov K., Qurbonov A. 3.25 A GeV/c impulsli 16Op-to’qnashuvlarida kislorod yadrosi parchalanish kanallarida A ≤ 7 massa sonli fragmеntlar chiqish kеsimi //Физико-технологического образование. – 2022. – №. 1.

  • 2.    Olimov K. et al. Formation of multinucleon systems and nuclei with mass numbers of 6 and 7 in 16Op-interactions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. – 2009. – Т. 72. – №. 4. – С. 596-600.

  • 3.    Olimov K. K., Sattarov A. R., Kurbanov A. Correlation effects in production of stable isotopes containing 2-7 nucleons in {sup 16} Op-interactions at the momentum 3.25 GeV/s per nucleon; – 2008.

  • 4.    Olimov K. et al. Production of mirror nuclei 7Li and 7Be in 16Op- interactions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. – 2011. – Т. 74. – №. 2. – С. 268-271.

  • 5.    Olimov K. et al. Formation of six-nucleon systems and nuclei in 16Op- collisions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. – 2014. – Т. 77. – №. 3. – С. 325-329.

  • 6.    Olimov K. K. et al. ABOUT CROSS-SECTIONS OF YIELD OF EXCITED 6Li*, 7Li*, 9B* AND 10B* NUCLEI AND THEIR CONTRIBUTIONS TO FORMATION OF MULTINUCLEON SYSTEMS INVOLVING 4 He NUCLEI IN 16Op COLLISIONS AT 3.25 A GeV/c //International Journal of Modern Physics E. – 2013. – Т. 22. – №. 08. – С. 1350057.

  • 7.    Юлдашев Б. С. и др. Некоторые особенности образования зеркальных семинуклонных систем и ядер в 16Ор-соудрениях при 3.25 А ГэВ/с //Узбекский физический журнал. – 2017. – Т. 19. – №. 2. – С. 120-123.

  • 8.    Olimov K. et al. Contributions of excited 6 Li and 7 Li nuclei to the production of 4He+ 2H and 4He+ 3H systems in 16O p collisions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. – 2013. – Т. 76. – №. 7. – С. 881-882.

  • 9.    Kurbanov A. R., Petrov V. I., Yuldashev A. A. The formation seven-nucleon mirror systems and nuclei in 16Op collisions at 3.25 A GeV/c. – 2013.

  • 10.    Qurbonov A. 3.25 A GeV/c impulsli 16Op-to’qnashuvlarida ko’zguli (3H, 3He, 7Li, 7Be) yadrolar va mezonlar (π+, π-) ning birgalikda hosil bo’lishi //Физикотехнологического образование. – 2020. – №. 1.

  • 11. Olimov K. et al. Comparative analysis of properties of channels of deuteron and tritium production in 16Op- collisions at a projectile momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. – 2014. – Т. 77. – №. 12. – С. 1456-1462.

  • 12.    Olimov K. et al. The formation of six-nucleon systems and nuclei in {sup 16} Op collisions at 3.25 A GeV/s; Obrazovanie shestinuklonnykh sistem i yader v {sup 16} Op-soudareniyakh pri 3.25 A GeV/s. – 2013.

  • 13.    Olimov K. K., Sattarov A. R., Kurbanov A. Correlation effects in formation of stable isotopes with 2-7 nucleons number in 16Op-collisions at 3.25 GeV/s impulse on nucleon. – 2008.

  • 14.    Olimov K. K. et al. About Transverse Momentum Distributions of Negative Pions in p12C and π–12C Collisions at High Energies //Ukrainian Journal of Physics. – 2020. – Т. 65. – №. 2. – С. 97-97.

  • 15.    Olimov K. et al. The formation of six-nucleon systems and nuclei in 16Op collisions at 3.25 A GeV/c. – 2013.

  • 16.    Olimov K. et al. Contributions of excited [sup. 6] Li and [sup. 7] Li Nuclei to the production of [sup. 4] He+[sup. 2] H and [sup. 4] He+[sup. 3] H systems in [sup. 16] Op collisions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. – 2013. – Т. 76. – №. 7. – С. 881-883.

  • 17.    Olimov K. et al. Cross sections of semi inclusive channels with formation of 6-and 7-nucleon systems and nuclei's in 16Op-reactions at 3.25 A GeV/s. – 2012.

  • 18.    Olimov K. et al. Average multiplicities of fragments with A≤ 3, associated with formation of 6-and 7-nucleon systems and nuclei in 16Op-collisions at 3.25 A GeV/s. – 2012.

  • 19.    Olimov K. et al. Disintegration of 16O nuclei with 3.25 A GeV/s impulse in the interactions with protons on light fragments of A= 3 and 4. – 2010.

  • 20.    Olimov K. et al. Singularities of mirror nuclei {sup 7} Li and {sup 7} Be production in {sup 16} Op-interactions at 3.25 A GeV/s. – 2009.

  • 21.    Olimov K. et al. Singularities of mirror nuclei 7Li and 7Be production in 16Op-interactions at 3.25 A GeV/s. – 2009.

"Экономика и социум" №5(96) 2022

Список литературы 3.25 а GeV/с impulsli 16Ор-to’qnashuvlarida 6 - hamda 7-nuklonli tizimlar va yadrolar bilan birgalikda hosil bo’ladigan а <=3 massa sonli yengil fragmentlarning va tepki protonlar o’rtacha ko’plamchiligi

  • Olimov K., Qurbonov A. 3.25 A GeV/c impulsli 16Op-to'qnashuvlarida kislorod yadrosi parchalanish kanallarida A < 7 massa sonli fragmentlar chiqish kesimi //Физико-технологического образование. - 2022. - №. 1.
  • Olimov K. et al. Formation of multinucleon systems and nuclei with mass numbers of 6 and 7 in 16Op-interactions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. - 2009. - Т. 72. - №. 4. - С. 596-600.
  • Olimov K. K., Sattarov A. R., Kurbanov A. Correlation effects in production of stable isotopes containing 2-7 nucleons in {sup 16} Op-interactions at the momentum 3.25 GeV/s per nucleon; - 2008.
  • Olimov K. et al. Production of mirror nuclei 7Li and 7Be in 16Op- interactions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. - 2011. - Т. 74. - №. 2. - С. 268-271.
  • Olimov K. et al. Formation of six-nucleon systems and nuclei in ^Op-collisions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. - 2014. - Т. 77. - №. 3. - С. 325-329.
  • Olimov K. K. et al. ABOUT CROSS-SECTIONS OF YIELD OF EXCITED 6Li*, 7Li*, 9B* AND 10B* NUCLEI AND THEIR CONTRIBUTIONS TO FORMATION OF MULTINUCLEON SYSTEMS INVOLVING 4 He NUCLEI IN 16Op COLLISIONS AT 3.25 A GeV/c //International Journal of Modern Physics E. - 2013. - Т. 22. - №. 08. - С. 1350057.
  • Юлдашев Б. С. и др. Некоторые особенности образования зеркальных семинуклонных систем и ядер в 16Ор-соудрениях при 3.25 А ГэВ/с //Узбекский физический журнал. - 2017. - Т. 19. - №. 2. - С. 120-123.
  • Olimov K. et al. Contributions of excited 6 Li and 7 Li nuclei to the production of 4He+ 2H and 4He+ 3H systems in 16O p collisions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. - 2013. - Т. 76. - №. 7. - С. 881-882.
  • Kurbanov A. R., Petrov V. I., Yuldashev A. A. The formation seven-nucleon mirror systems and nuclei in 16Op collisions at 3.25 A GeV/c. - 2013.
  • Qurbonov A. 3.25 A GeV/c impulsli 16Op-to'qnashuvlarida ko'zguli (3H, 3He, 7Li, 7Be) yadrolar va mezonlar (n+, n-) ning birgalikda hosil bo'lishi //Физико-технологического образование. - 2020. - №. 1.
  • Olimov K. et al. Comparative analysis of properties of channels of deuteron and tritium production in 16Op- collisions at a projectile momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. - 2014. - Т. 77. - №. 12. - С. 1456-1462.
  • Olimov K. et al. The formation of six-nucleon systems and nuclei in {sup 16} Op collisions at 3.25 A GeV/s; Obrazovanie shestinuklonnykh sistem i yader v {sup 16} Op-soudareniyakh pri 3.25 A GeV/s. - 2013.
  • Olimov K. K., Sattarov A. R., Kurbanov A. Correlation effects in formation of stable isotopes with 2-7 nucleons number in 16Op-collisions at 3.25 GeV/s impulse on nucleon. - 2008.
  • Olimov K. K. et al. About Transverse Momentum Distributions of Negative Pions in p12C and n-12C Collisions at High Energies //Ukrainian Journal of Physics. - 2020. - Т. 65. - №. 2. - С. 97-97.
  • Olimov K. et al. The formation of six-nucleon systems and nuclei in 16Op collisions at 3.25 A GeV/c. - 2013.
  • Olimov K. et al. Contributions of excited [sup. 6] Li and [sup. 7] Li Nuclei to the production of [sup. 4] He+[sup. 2] H and [sup. 4] He+[sup. 3] H systems in [sup. 16] Op collisions at a momentum of 3.25 GeV/c per nucleon //Physics of Atomic Nuclei. - 2013. - Т. 76. - №. 7. - С. 881-883.
  • Olimov K. et al. Cross sections of semi inclusive channels with formation of 6-and 7-nucleon systems and nuclei's in 16Op-reactions at 3.25 A GeV/s. - 2012.
  • Olimov K. et al. Average multiplicities of fragments with A< 3, associated with formation of 6-and 7-nucleon systems and nuclei in 16Op-collisions at 3.25 A GeV/s. - 2012.
  • Olimov K. et al. Disintegration of 16O nuclei with 3.25 A GeV/s impulse in the interactions with protons on light fragments of A= 3 and 4. - 2010.
  • Olimov K. et al. Singularities of mirror nuclei {sup 7} Li and {sup 7} Be production in {sup 16} Op-interactions at 3.25 A GeV/s. - 2009.
  • Olimov K. et al. Singularities of mirror nuclei 7Li and 7Be production in 16Op-interactions at 3.25 A GeV/s. - 2009.
Еще
Статья научная