Agrolandshaftlarning xususiyatlari va funksiyalari

Автор: Abdullaev Suyun Ismatovich, Mukumova Husnora Irgashevna

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Статья в выпуске: 2-3, 2020 года.

Бесплатный доступ

Maqolada “agrolandshaft” tushunchasiga berilgan ta’riflar keltirilgan, agrolandshaftlarning vujudga kelishining xususiyatlari bayon qilingan. Shuningdek, unda agrolandshaftlarning asosiy xususiyatlari va funksiyalari yoritilgan.

Landshaft, antropogen ta’sir, antropogen landshaft, agrolandshaft

Короткий адрес: https://sciup.org/14125672

IDR: 14125672   |   DOI: 10.24411/2181-0761/2020-10081

Текст научной статьи Agrolandshaftlarning xususiyatlari va funksiyalari

Asosiy qism. Hozirgi landshaft – o‘zaro ta’sirda bo‘lgan tabiiy va antropogen komponentlarning nisbiy birligi ifodalanadigan, chuningdek kichik taksonomik birlikdagi komponentlarning hamda inson ta‘siri ostidagi hosil bo‘lichiga ko‘ra bir xil tabiiy-antropogen hosila. Sayyoramizning deyarli barcha katta – kichik hududlarida tarqalgan hozirgi landshaftlar inson faoliyati tufayli bevosita yoki bilvosita muayyan darajada o`zgartirilgan; quruqlikning qariyb 68% maydonida landshaftlar o`zgartirilgan. Ms-Kloskey J.Michаel (1989) tomonidаn topogrаfik kаrtаlаr аsosidа olingаn mа’lumotlаrgа ko`rа, jаhondаgi inson fаoliyati tufаyli judа kаm o`zgаrtirilgаn landshaftlаrning mаydoni 48 mln. km2 ni yoki quruqlik maydonining 32% dan ziyodrog`ini tachkil etadi [1].

XX asrning 70-yillaridan boshlab xo`jalik faoliyatining ta’siri ostida o`zgargan, tuzilishi va xossalariga ko`ra tabiiy landsahaftlardan farq qiladigan geosistemalar antropogen landshaftlar sifatida faol o`rganila boshlandi. Antropogen landshaft deb kishilarning faoliyati tufayli o`zgartirilgan, tuzilishi va xossalariga ko`ra tabiiy landshaftdan farq qiladigan landshaftga aytiladi.Tabiiy sharoit va inson xo`jalik faoliyatining xilma-xilligi tufayli Yerda antropogen landshaftlarning ko`p turlari hosil bo`lgan va ilmiy-texnika taraqqiyotiga mutanosib holda ularning yangi-yangi turlari paydo bo`lmoqda (qishloq xo`jalik, sanoat, rekreatsion, aholi manzilgohlari landshaftlari va b.).

Dunyoda antropogen landshaftlar orasida eng katta maydonni tabiiy va qishloq xo`jalik bloklaridan iborat geosistemalar - qishloq xo`jalik landshaftlari egallaydi. Qishloq xo`jalik landshaftlari agrolandshaft (agricultural landscape) deb nom olgan [2,3,5,6]. Agrolandshaftlar sayyoramizda qariyb 16 ming yil ilgari inson dehqonchilik va chorvachilik faoliyatiga bog`liq holda hosil bo`la boshlagan. Hozirgi paytda agrolandshaftlar quruqlik yuzasining 35 % maydonida tarqalgan. Dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar 20 mln. km2 dan ziyodroq maydonni (quruqlikning 15% ga yaqini) ishg`ol etadi. Bu xildagi landshaftlar tarqalishiga ko`ra zonal sajiyaga ega bo`lib, Yer yuzasida deyarli barcha landshaft zonalarida har qanday tabiiy landshaftni o`zgartirish yo`li bilan yaratiladi. Agrolandshaftlar O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasi, xususan O`zbekiston hududi uchun ham juda xos. Bu o`lkaning qishloq xo`jaligi qadimdan an’anaviy tarzda sug`orma dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlarida rivojlanib kelmoqda.

Ayni paytda fanda agrolandshaft nima degan masala yechimini topganicha yo`q. V.A.Nikolayev (1987) tomonidan taklif qilingan agrolandshaft konsepsiyasiga ko`ra, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishiga jalb qilingan landshaft batamom yangi hosila sifatida qaraladi [2]. D.B. Van Berkel va , P.H.Verburg (2014) nisbatan past ekologik ishonchlilik va o`z-ozini tartibga solishning buzillgan mexanizmlariga ega bo`lgan tabiiy antropogen geosistemani agroladshaft deb ta’riflashadi [3]. Agrolandshaftlar qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini oqilona va iqtisodiy jihatdan samarali olib borish va uning tabiiy asoslarini muhofaza qilish uchun maxsus konstruksiyalanadigan, loyihalashtiriladigan va yaratiladigan tabiiy-antropogen geosistemalardir. Agrolandshaft – bu biotik qismida inson tomonidan sun’iy shakllantirilgan va hududning katta qismida tabiiy fito- va zoosenozlarni o`rnini egallagan jonli organizmlar turkumi (agrobiosenozlar) ustivorlik qiladigan antropogen landshaft. Torroq ma’noda agrolandshaft deb katta qismida tabiiy o`simlik qishloq xo`jalik o`simliklarining ekinlari bilan almashtirilgan va tabiiy chegaralarini saqlab qolgan landshaft tushuniladi.Bu ta’rifga binoan agrolandshaft maqsadli yaratilgan o`simlikka nisbatan sifat jihatdan bir xil bo`lgan hudud bo`lib, unda inson tomonidan iqlim, relyef, tuproq va biotik sharoitlar o`zgartiriladi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi vositalarini o`z ichiga oladigan va mehnat predmeti bo`lgan agrolandshaft dastavval ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining mahsulidir.

Shunday qilib, agrolandshaft antropogen landshaftning bir turi bo`lib, insonning qishloq xo`jalik faoliyati ta’siri ostida shakllanadi. Agrolandshaft muayyan ko`rinish va tuzilmaga ega bo`lgan, o`zaro ta’sirdagi tabiiy komponentlar majmuasidan, va shuningdek qishloq xo`jalik ishlab chiqarish (dehqonchilik) tizimi elementlaridan iborat bo`lgan murakkab uyushgan ko`p o`lchamli antropogen geosistema. Binobarin, agrolandshaft tuzilmasida hudud uyushuvidan va dehqonchilik tizimidan shakllangan uning elementlari ifodasini topishi lozim.

“Agrolandshaft” tushunchasiga bo`lgan yangi yondoshuvlarni hisobga olgan holda agrolandshaft tuzilmasini tabiiy va ishlab chiqarish-sotsial kichik tizimlarga ajratish lozim.

Agrolandshaft boshqa antropogen landshaftlar kabi quyidagi xususiyatlari bilan tabiiy geosistemalardan farq qiladi:

  • • agrolandshaft qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi ta’sirida bo`ladi;

  • •    agrolandshaft band qilgan hududning katta qismida agrofitosenoz hukumronlik qiladi;

  • •    agrolandshaftda uni tashkil etuvchi deyarli barcha komponentlar insonning xo`jalik faoliyati tufayli o`z xususiyatlarini o`zgartiradi va o`zaro muvofiqlashadi;

  • •    barcha ekosistemalar soddalashadi;

  • •    tabiiy va sotsial-iqtisodiy geosistemalar birgalikda mavjud bo`ladi;

  • •    tabiiy jarayonlar va hodisalar hamda sikllar tabiiy muhitdagiga nisbatan tezroq kechadi;

  • •    jarayonlarning noritmliligi xos;

  • •    agrolandshaftda kimyoviy muvozanat (kimyoviy o`g`itlardan foydalanish va zararli kimyoviy moddalarning top`lanishi) buziladi.

Agrolandshaftshunoslikda hozirgi bosqichda agrolandshaftlarni tasnif qilish muammosi batamom yechilganicha yo`q. Agrolandshaftlarning taksonomik birliklarining ancha mukammal tizimi F.N. Milkov (1984) tomonidan taqdim etilgan. Bu tasnifda makrorelyef asosida ikki sinf – tog` va tekislik sinflari va ularning har birida dalachilik, bog`dorchilik, bog`-park va o`tloq-yaylovchilik kichik sinflari ajratiladi [4]. Agrolandshaftlar kishilarning qishloq xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lib, Yer resurslari bilan foydalanish sharoitlariga bog`liq holda xilma-xil (lalmikor yerlarning agrolandshaftlari, bog`lar va tokzorlarning agrolandshaftlari, sug`oriladigan yerlarning agrolandshaftlari va b.) bo`ladi. Markaziy Osiyoning qurg`oqchil iqlim sharoitlarida sug`orma dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik, mol boqiladigan yaylovlar, hashak tayyorlanadigan o`tloqlar va, bog`larning agrolandshaftlari keng tarqalgan.

Agrolandshaftlar quyidagi funksiyaga ega:

  • 1 .Ishlab chiqarish: a) barqaror dehqonchilik sharoitlarining shakllanishi; b) qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish.

  • 2.    Hududiy: a) o`simliklar va hayvonlarning yashash sharoitlarini yaratish; b) ekinzorlarning nisbatini oldindan aniqlash; c) hududni ishlab chiqarish – ekologik zonalashtirishni amalga oshirish.

  • 3.    Meteorologik: a) tuproqning suv va harorat rejimini tartibga solish; b) havoning suv va harorat rejimini tartibga solish; c) Quyosh energiyasi va radiatsiyasini to`plash; d) tabiiy anomaliyardan (sovuqlardan) ogohlantirish.

Agrolandshaftlаr uchun biologik аylаnmа hаrаkаt, suv–issiqlik bаlаnsi, tuproq jаrаyonlаri, jonli orgаnizmlаrning soni vа turlаr tаrkibining qаytа tuzilichi xosdir. Аgrolandshaftlаrning rivojlanishi tub tаbiiy landshaftlаrning o`z–o`zidаn rivojlаnishigа nisbаtаn аnchа tezroq sodir bo`lаdi. Аntropogen landshaftlаrning bu xususiyati ulаrdаn foydаlаnish jаrаyonidа bir tomondаn noxush o`zgаrishlаrgа jiddiy e’tibor berishni, boshqа tomondаn esа qisqа vаqt dаvomidа (bir аvlod hаyoti dаvomidа) landshaftlаrni tаrtibgа solib turish vа qаytа tuzish imkoniyatlаri mаvjudligini ko`rsаtаdi.

Landshaft asosida yerdan qishloq xo`jalik foydalanilishini tashkil etish tabiiy resurslarni eng yuqori darajada hisobga olish va ularni asrash hamda atrof muhit holatiga nomaqbul ta’sir etadigan antropogen ta’sirni cheklasni nazarda tutadi. Hozirgi paytda yerdan foydalanishni optimallashtirish va geosistemalarning tabiiy asosini asrash muhim.

Adabiyotlar:

  • 1.    Mc-Closkey J.Michael. A Recconaissanse-level inventori of the amount of wilderness remaining in the world. Spalding Heather. AMBIO. – 1989,18. N 4 .

  • 2. Николаев В.А. Концепция агроландшафта // Вестник МГУ. Сер. 5. География. 1987. №2. С.22-27.

  • 3.    Van Berkel D.B., Verburg P.H. Spatial quantification and valuation of cultural ecosistem services in an agricultural lanndscape // Ecological indicators, 2014.

  • 4. Мильков Ф.Н. Сельскохозяйственные ландшафты, их специализация и классификация // Вопросы географии. 1984. №124. С.24-34.

  • 5.    Солнцев В.Н. Полиструктурная концепция агроландшафта // Изменение природной среды: глобальный и региональный асректы. М., 1987. С.17-19.

  • 6.    Benoit M. Landscape agronomy: a new field for addressing agricultural landscape dynamics // Landscape ecology. 2012. Vol. 27. No 10. P. 1385-1394.

Список литературы Agrolandshaftlarning xususiyatlari va funksiyalari

  • Mc-Closkey J.Michael. A Recconaissanse-level inventori of the amount of wilderness remaining in the world. Spalding Heather. AMBIO. - 1989,18. N 4.
  • 2.Николаев В.А. Концепция агроландшафта // Вестник МГУ. Сер. 5. География. 1987. №2. С.22-27.
  • Van Berkel D.B., Verburg P.H. Spatial quantification and valuation of cultural ecosistem services in an agricultural lanndscape // Ecological indicators, 2014.
  • 4.Мильков Ф.Н. Сельскохозяйственные ландшафты, их специализация и классификация // Вопросы географии. 1984. №124. С.24-34.
  • Солнцев В.Н. Полиструктурная концепция агроландшафта // Изменение природной среды: глобальный и региональный асректы. М., 1987. С.17-19.
  • Benoit M. Landscape agronomy: a new field for addressing agricultural landscape dynamics // Landscape ecology. 2012. Vol. 27. No 10. P. 1385-1394.