Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid qarashlari

Автор: Mominova M.G.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada adabiy til asoschisi Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid qarashlari, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari xususidagi fikrlarimiz va lakuna hodisasi, ta’rifi, bu hodisaning ilk marotaba “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida yoritib o‘tilganligi haqida so‘z yuritildi.

“muhokamat ul-lug‘atayn”, turkiy, sart (fors-tojik), lakuna, bo‘shliq, madaniy bo‘shliq, lakunar birlik, gender farq, tilshunoslik

Короткий адрес: https://sciup.org/140289010

IDR: 140289010

Текст научной статьи Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid qarashlari

Shuningdek, asarda Alisher Navoiyning ijodiy biografiyasi bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlar ham keltirilgan. Xususan, turkiy tilda yaratgan asarlari ro‘yxati ularga asos bo‘lgan anbalar nomi bilan keltirilishi Navoiy asarlarining tub mohiyatini anglashda muhim ahamiyatga ega.

Alisher Navoiy turkiy tilning imkoniyatlarini tavsifiy, qiyosiy, tahliliy usulda ko‘rsatib bergan. Yuqorida aytganimizdek, Navoiy ushbu yondashishini 100 turkiy so‘zni izoh sifatida keltirish bilan oydinlashtiradi. U so‘zlarning bir qismini she’riy o‘rnaklar bilan izohlab, u ifodalaydigan tushuncha va ma’nolarning forschada yo‘qligi, bu tushunchani ifodalash kishining murakkab so‘z yo iboralardan foydalanishga majbur bo‘lishini ko‘rsatadi. Ya’niki, Navoiy ikki tilni solishtirar ekan, turkiy tildagi ayrim tushunchalarning sart (fors-tojik) tilida ifodalanmasligi, madaniy bo‘shliq hosil qilishi xususida fikr yuritadi.

  • -   Va xo ‘blaming ko Z va qoshlari orasinki, qabog’ derlar, forsiyda bu uzvning

oti yo‘qtur.

  • -    Va husn ta ’rifida ulug ‘roq holg ‘akimi, turklar me y ot qo ‘yupturlar , ala rot qo‘ymaydurlar.

  • -    Yana bir adolari borki, ba ’zi alfozning so ‘ngg ‘ida “ch, i” ki, “chi” lafzidur, orttururlar, yo mansabning yo hunarning yo peshaning izhori uchun; forsiyda yo‘qtur, balki alar ham turkcha ayturlar. …Andoqki, qush hunarida dag‘i bu istiloh bordur, andoqki, qozchi va quvchi va turnachi va kiyikchi va tovushqonchi ki, sort lafzida yo‘qtur. Va alar mazkur bo‘lg‘onlarning ko‘pi turkcha ayturlar.i

Lakuna – “nomlanmagan tushunchalar”. Fransuz tilidan olingan ushbu termin “bo‘sh joy”, “chuqurlik”, “bo‘shliq”, “bosh katak” singari m’nolarni anglatadi.

Ushbu lingvistik termin XX asrning 70-8-yillaridan boshlab qo‘llana boshlanganligi qayd etilgan. Lekin aslida hodisa ilk bor Alisher Navoiy tomonidan izohlangan. Fors-tojikcha “xo‘rdan” so‘ziga turkiy “ichmoq” muqobil bo‘lsa, “yemoq” lakunar birlik hisoblanadiva fors-tojik tilida lakunani hosil qiladi, ya’ni tushunchaning mavjudligi, ammo so‘z bilan ifodalanmasligi ma’lum bo‘ladi. “Simirmoq”, “sipqormoq”, “ho‘plamoq”, “tomshimoq” – lakunar birliklar, bu so‘zlar orqali ifodalangn tushuncha fors-tojik tilida nomlanmaganligi uchun lakuna (“bo‘sh joy”, “bo‘shliq”)ni yuzaga keltirdi.

O‘rdakning jo‘rka, erka, suqtur, olmabosh, choqirqanot, temurqanot, aldaldag‘a, olapuka, bog‘chol kabi yetmish turini ifodalovchi turkiy so‘zlar muqobili sart tilida yo‘qligi, leksemalarda gender farqlarning ifodalanmasligi, ularning barchasi uchun birgina murg‘abi so‘z ishlatilishi qayd etilgan: “…anda muqarrar va mashhur ilbosun o‘rdakdur. Va sort el ilbosun ni xud bilmas. Tog‘i turk o‘rdakning erkagin “so‘na” va tishisin “bo‘rchin” der. Va sort munga ham ot qo‘ymaydur. Va nar va moda ikkalasin “murg‘obi” der.ii

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    А. Навоий. Асарлар. Ўн беш томлик. Ўн тўртинчи том. Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти. Тошкент, 1967.

  • 2.    “Navoiy asarlari lug‘ati” (1972)

  • 3.    “Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” (1993-1995)

  • 4.    “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (2006-2008)

  • 5.    “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” (2000)

i Навоий А. Асарлар. Ўн беш томлик. Ўн тўртинчи том. Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти. Тошкент, 1967. 105 б.

ii ii Навоий А. Асарлар. Ўн беш томлик. Ўн тўртинчи том. Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти. Тошкент, 1967. 115 б.

"Экономика и социум" №12(91) 2021

Список литературы Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid qarashlari

  • А. Навоий. Асарлар. Ўн беш томлик. Ўн тўртинчи том. Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти. Тошкент, 1967.
  • “Navoiy asarlari lug‘ati” (1972)
  • “Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” (1993-1995)
  • “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (2006-2008)
  • “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” (2000)
Статья научная