Amir Temur qabrining ochilishi

Автор: Sobitxonov J.Z.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-1 (96), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada Amir Temur qabrini ochilishi va o‘rganilishi haqida ma'lumot berilgan.

Antropolog, temuriy, qabrtoshi, qur'on oyatlar, ekspeditsiya, mironshox, ka'ba, miniatura

Короткий адрес: https://sciup.org/140292999

IDR: 140292999

Текст научной статьи Amir Temur qabrining ochilishi

Коранические стихи, Экспедитция, Мироншох, Каба, миниатюра

Ekspeditsiya a'zolari

Bu ish 1941-yil aprel oyida bo’lgan. Ekspeditsiya tarkibiga akademik Qori-Niyoziy (rahbar), antropolog L.V. Oshanin, tarixchi, sharqshunos, professor A.A. Semyonov, kimyo professori, restavrator V.N. Kononov, me'mor B.N. Zasipkin, antropolg-haykaltarosh M.M. Gerasimov, arxeolog V.A. Shishkin, yozuvchi S. Ayniy, yubiley komissiyasining ilmiy kotibi H.T. Zarifovlar bor edi. Shuningdek, jarayonni tasvirga olish uchun N.A. Kim boshchiligidagi operatorlar guruhi ham ishladi. Ular orasida taniqli o‘zbek rejissori Malik Qayumov ham bor edi.

Jarayonning borishi

Guruh 15-iyun kuni Samarqandga yetib keldi. Shu kuni kechqurun guruhning maslahat yig’ilishi bo’lib o‘tdi va unda qilinajak ishlar kelishib olindi. 16-iyun kuni erta tongda ekispeditsiya maqbaraga yetib bordi.

Dastlab kimning qabrini ochish haqida bahs ketdi. Gerasimov qabrlarni tartib bilan, Shayx Sayyid Umarning qabrini ochishdan boshlashni taklif qildi.Biroq Semyonov maqsad Temuriylarni o‘rganish ekanini aytib, Sayyid Uma rva Sayyid Barakalarning qabriga tegmaslikni taklif qildi. Shu tariqa ikki shayxning qabriga tegmaslikka qaror qilishdi va ishni chekkada turgan birinchi qabr-Mironshox Mirzoning qabridan ochishni boshlashdi. Mironshox 1408-yilning bahorida qoraqo’yunli turkmanlarning sardori Qora Yusuf va Sulton Ahmad jaloirning birlashgan qo’shiniga qarshi Ozarbayjonda mag’lubiyatga uchraydi va jangda vafot etadi. Uning kallasi tanasidan judo etilib, Qora Yusufga jo’natiladi.

Mironshox 41 yoshda edi. Uning qabri borasida aniq ma'lumotlar yo’q edi. Faqatgina qabrtoshidagi yozuvlar orqali bu qabrning Mironshoxga tegishli ekanini aniqlaydi. Uning boshi kesilgani o’rganishlar paytida bosh chanog’idagi suyakning kesilgan joyiga qarab tasdiqlandi. 17-iyun kuni Mironshox qabri tozalanib, Shoxruh Mirzoning qabrini ochishga kirishildi. Maqsadimiz Amir Temur qabri haqida maqola yozish bo’lgani uchun qolgan qabrlarni batafsil yoritishga jazm etmadik. Shu sababdan ular haqida qisqa ma'lumotlar beramiz. Shoxruh Mirzoning qabrdan chiqarilib, Samarqand davlat universitetiga olib kelinib tadqiq etildi. Antropolog Oshanin fikriga ko’ra Shoxruh 70 yoshlarda allaqachon juda qarib qolgan va uning tishlarining bari to’kilib bo’lgan. Gerasimov esa Temurning ayni yoshda juda baquvvat bo’lganini qayd etgan. U jismonan nozik odam bo’lgan bo’lib, bo’yi 157 sm ekanligi oydinlashgan. Antropologlar uning bosh chanog’i otasinikidan farq qilib, Farg’ona-Pomir ko’rinishida ekanini aytishadi. 18-iyun kuni Amir Temurning oyoq tomonida dafn etilgan buyuk asstronom olim Mirzo Ulug’bek qabri ochildi. Qabr ichining uzunligi 210 sm, eni 68 sm, chuqurligi 61 sm. Qabrni yopib turgan marmar plita ustida Ulug’bek haqidagi ma'lumotlar bor. Umuman, har bir qabr tosh ustidagi yozuvlar, asosa, qabr egalari haqidagi malumotlar, Qur'on oyatlari, hadislar va hikmatli so’zlardan tashkil topgan. Ulug’bek jasadini o’rganish jarayonida uning ham boshi kesilgani haqidagi ma'lumot tasdiqlandi. Uning boshi tanasidan uzoqroqda yuzi yerga qaratib qo’yilgan. Bosh chanog’i bilan uchta bo’yin umurtqasi yopishib turgan. Uchinchi umurtqada o’tkir tig’ning izi yaqqol ko’rinib turibdi.

Amir Temur qabrining ochilishi

Amir Temurning qabrini ochish ishlari 19-iyunda boshlandi. Uning qabri qolgan qabrlardan o’z salobati bilan ajralib turadi. Qabr 20 sm qalinlikdagi marmartosh bilan berkitilgan bo’lib qabrning uzunligi 245 sm, eni 90 smdir. Bu qabrtosh ustiga boshqa yupqa yozuv bitib ishlangan oniks toshi yopishtirilgan. Qalin toshning tagida o’n sm qalinlikda ganch qatlam bo’lib, bu qatlam tagida lahadning og’zini yopib turgan beshta qalin toshtaxta tortqizilgan. Qabrning lahadi taroshlangan tosh taxtalardan yasalgan bo’lib, uzunligi uch metr, eni va chuqurligi bir metrdandir.

Nihoyat lahad ichida Sohibqironning archadan yasalgan tobuti ko’rindi. Tobutning ustiga qoramtir ko’kish rangli gazlama yopilgan edi. Tobutning rangi qoramtir, yog’ochlari baquwat silliqlangan, taxtalardan yasalgan bo’lib, alohida qopqog’i ham bor edi. Tobut archadan yasalgani sababli uzoq vaqt o’tgan bo’lsa-da, juda yaxshi saqlangan. Shuningdek, unga suv bosishi ham zarar keltira olmagan. Jasad uzun qilib yotqizilgan, yuzi Makkaga qaratib qo’yilgan. Suyaklarning ba'zi joylarida kafan qoldiqlari, bosh, bo’yin, oyoq tomonlarda mo’miyolangan muskullar, teri parchalari yotardi. Jasad ohistalik bilan qabrdan chiqarib olindi va bosh chanoq uch soat soya joyda quritildi. Shundan keyingina unga kimyoviy ishlov berishga imkon paydo bo’ldi. Sochi va soqolining rangi sarig’imtir bo’lib, xuddi zanglagan temir rangiga o’xshar edi. Uning bo’yalgan yoki bo’yalmaganini tekshirib ko’rishganida, ranglar tabiiy ekani oydinlashdi. Temurning tashqi qiyofasi haqida XV asr miniatyuralarida saqlanib qolgan tasvirlar, tarixchilar yozib qoldirgan tavsiflardan farq qiladi. Shu sababli ekspeditsiya oldiga uning tashqi qiyofasini ham qayta tiklash vazifasi qo’yilgan edi. Jasadning uzunligi 170 smdan yuqori edi. Shuningdek, suyaklarni o’rganish jarayonida uning o’ng qo’li tirsagidan bukilmaydigan bo’lib bitib qolgani aniqlandi. Ammo yelka mushaklari butunligi sabab bemalol harakat qila olgan va hatto barmoqlar harakatiga qarab bu qo'1 ancha kuchli bo’lganini ham payqash mumkin. Uning o’ng qo’liga 1362-yili Seistonda o’q tegib yaralaydi. Lekin nima sababdan qo'l bukilmaydigan bo’lib qolgani haqida aniq dalillar mavjud emas. Tibbiy mutaxassislar uning suyak silidan bukilmay qolgani bo’lishi mumkinligini aytishadi. O’ng oyoq suyaklari ham yaxshilab tadqiq etilganidan so’ng, uning haqiqatda oqsoq bo’lgani oydinlashdi. Yana bir muhim faktni e'tiborga olish kerak. Ya'ni uning boshidan topilgan sochlarining uzunligi 3 smdan yuqori bo’lgani rivoyatlarda keltirilganidek, qishda sochini oldirib, daryoda cho’milgani oqibatida kasal bo’lgani haqidagi fakt o’zini oqlamaydi. Temur va Temuriylar islomning barcha qonun qoidalariga amal qilingan holda dafn etilgani ekspeditsiya davomida o’z tasdig’ini topdi. 22-23-iyun kunlari so’nggi qabr - Muhammad Sultonning qabri ochildi.

Amir Temur va Muhammad Sultonlarning qabrlari boshqa qabrlardan ko’ra hashamdorligi bilan ajralib turgan.

Xulosa:

Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar qabrlarining ochilishi sovuq urush, ya'ni 2-jahon urushiga olib keldi. Agarda Amir Temur qabri ochilmaganda shu urush bo’lmagan bo’lardi. Amir Temur qabri ochilishi uning ruhi bezovta bo’lishiga olib keldi. Amir Temur qabrini ochish vaqtida bir muddat havo yetishmay qolgan, texnikalar, asboblar ham qabr ochilishida qo'l bermagan. Bir muddat tanafus e'lon qilingan va odamlar tashqariga chiqqanlar. Shunda S. Ayniyni oldiga 3 ta nuroniy oqsoqollar kelib, unga Amir Temur qabrini ochmanglar, qabrni ochsangiz boshingizga katta kulfat yog’iladi ya'ni 2-jahon urushi bo’lishini ogohlantirgan. So’ngra nuroniy oqsoqollar odamlar ko’zidan g’oyib bo’lganlar va hech qayerdan topilmagan. Shunda odamlar urush bo’lmasligini oldini olish uchun, ogohlantirgani kelgan farishtalar deb o’ylaganlar, afsuski bu paytda kech edi. Amir Temur aytgan kelajakda kim meni qabrimni kovlab, ruhimni bezovta qilsa shuni lanatlayman, ya'ni qarg’ish tegadi degan edi. Bu ish XX asrning eng katta xatosi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hamidbek Yusupov, "Temur tinchi buzilganda" Toshkent, 2015 y 21b 2. Amiriddin Berdimurodov, "Go’ri Amir maqbarasi" Toshkent, 1996y 80b

Internet saytlari.

"Экономика и социум" №5(96) 2022