Animasion filmlar va milliy ma'naviyat masalalari
Автор: Mamatxonova Sh.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 2-2 (93), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqolada o'zbek xalq ertagi asosida yaratilgan animasion filmlar, uning yutuqlari va kamchiliklari haqida keltirilgan. Keyingi shu kabi filmlarda nimalarga e'tibor berishimiz kerakligi haqida keltirilgan.
Animasiya, fantastika, tabiat, hissiyot, tarbiya, inson, rassom, psixologiya, asar, kelajak
Короткий адрес: https://sciup.org/140292663
IDR: 140292663
Текст научной статьи Animasion filmlar va milliy ma'naviyat masalalari
Uzoq tarixga ega bo'lgan xalqimizning shonli o'tmishi, sharafli kelajakni tarbiyalaydi. Yillar davomida orttirilgan bilimlar-u, kechinmalar ta'sirida bino bo'lgan afsonalar va ertaklar, bugungi kunga qadar davlatimizni odilona boshqarishdan tortib, bolalarimizni tarbiyalashga va kundalik hayotimizdagi barcha zamonaviy texnikalargacha o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmagan.
Vaqtlar davomida sayqallangan, og'izdan-og'izga o'tib kelgan afsona va ertaklar, dostonlarimiz o'ziga hos o'rinda davrimizning va kelajagimizning bolalarini tarbiyalay oladigan darajada umrboqiydir.
Xalq og'izaki ijodi asosida olingan multfilmlarning o'zbek animasiyasida o'rni benihoya kattadir. Jumladan: "Oltin tarvuz", "ur to'qmoq", "sehrli qilich", "sahroda bir kun" kabilar. Har birida milliylik ruhi va barkamollik ufurib turadi. Bolalarning tarbiyasiga juda yaxshi ta'sir qiladi. Xususan: "Oltin tarvuz" (Stsenariy muallifi: M. Mahmudov, postanovkachi rejissor va rassom: S. Silka, bastakor: S. Abdusalomov. Davomiyligi 12-minut, tili: o'zbek, chizma kompyuter, premyera 2012-yil) ertagi asosida olingan animasion filmni olsak.
Film Dehqonboyning ayolini javrashidan boshlangan. Tong azondan non yopib, uy ishlariga sho'ng'ib ketgan ayol erini ham tezroq ishga kuzatish dardida. Undan ham avvaliga dehqonning ayoli non yopgani chiqqanida avval nonni tayyorlab, yopishga tayyor bo'lganda tandirga o't yoqadi. Ungacha hamir qazg'ib qolmasmikan bularda. Narrog'da katta qizi odam bor-yo'qligiga ahamyat bermasdan supurishga tushgan. Musurning bir qismi dadasiga uchayotgan bo'lsa, chiqqan changi usti ochiq hamirga tushyabdi. Mehnatkash xalqni farosati bilan bir butun qilib ko'rsatlishmabdida.
Orqa fonda dalalar, gullagan daraxtlar, , ariqda ham suv limmo-lim bo'lib oqayotgani va uni charxpalak to'ldirib ekinlar tomon to'kayotgani, serquyosh o'lkamizda to'qchilikligini ifodalagan.
Dehqonboy ham ona zaminning obihayotidan ichib, bir oz nafas rostlayotganida qanotlari singan laylakka ko'zi tushadi. Ko'ngli keng, vijdoni tozaligi tufayli qarshiliklarga qaramasdan, hech bir minnatsiz qushni parvarish qiladi va oyoqqa turg'izib uchirib yuboradi. Bunga uning boy qo'shnisi va uni o'zi kabi xasis ayoli ahmoqqa qaragandek qaraydi. Fikricha foyda keltirmasa yordam ham bermaslik kerak. Xatto Dehqonboyning ayoliga achinishadi.
Biroq laylak urug'o'rniga oltin beradigan tarvuz urug'ini berib, hammaga isbotlaydi yaxshilik javobsiz qolmasligini.
Mehribon dehqon shunda ham ochofatlik qilmaydi, bu oltinlarni savob yo'lida ham ishlatadi.
Tomoshabinlarga to'g'ri xulosa chiqarishi uchun xulosAdan yovuz maqsadda foydalanish tarafini ham ekranlashtiradi. Ya'ni xasis boy o'zi qilgan yomonlikka ham yaxshilik kutishi, birovlarga zarar etkaztb ham boyish mumkin deb o'ylaydi. Oqibati o'zingizga ayon, boy va uning ayoli sharmanda bo'lib qoladi. Dehqonboy unga yaxshilab hammasini tushuntirib, hech narsani yashirmay aytgan bo'lsa ham boy to'g'ri xulosa chiqara olmaydi.
Dehqonboy - samimiy, to'g'ri so'z inson. Dehqonchilik orqali zo'rg'a kun ko'radi. Ozg'in, soqol-mo'ylovli, novcha kishi.
Dehqonboyning ayoli - chiroyli, qosh-ko'zlari qora, mehnatkash, lekin o'ylamasdan eridan noliyveradigan ayol.
Boy - ziqna va ayyor savdogar. Domboq, burinlari katta qilib tasvirlangan.
Boyning ayoli - kambag'allarni yoqtirmaydi ham mensimaydi ham, ovvora bo'lib gaplashib ham o'tirmaydi. To'lachadan kelgan, qosh-ko'zlari Tim qora istarali ayol. Biroq filmDa eriga bee'tibor, unchalik ham PaRVO qilavermaydi ishlariga, faqat dokonga borib kelishiga ahamyat beradi xolos.
Qissadan hissani chiqarib olish oson qilib olingan. Xulosa chiqarish uchun voqea chiroyli yoritilgan.
Biroq multfilm kartinalarida biroz kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. Masalan: qanoti singan laylakni bo'yni ham singanga o'xshab harakatlantirilgan. Birgina qanotini emas bo'ynini ham ko'tara olmagan. Yana uni Dehqonboy ham boshini avaylash o'rniga qo'ltiqlaganicha boshini osiltirib ko'tarib kelavergan.
Buning ustiga boyning ham yotoqxonasini derazasi qo'shnisiga qaratilgan. Bemalol derazadan boshini chiqarib qo'shnisini hovlisini kuzatib o'tiraveradi. Bunga Dehqonboy ham hech bir inkorsiz, tabiiy qaraydi. Bu holat hech bir taraflama o'zini oqlay olmaydi. Birinchidan uylarning qurilishida hechqachon qo'shni tarafga deraza qo'yilmagan, ayniqsa er-xotin yotoqxonasi tarafdan, ikkinchidan erkak kishiga birovning hovlisiga ko'z tashlashini o'zi dahshatli manzarani hosil qiladi. Axir u hovlida qo'shnisining ayoli, bo'yi etgan qizi yuradi, bolalari yuradi.
Yana shunday sahiy, oqko'ngil dehqoning ayoli hech narsadan ko'ngli to'lmasdan, avval so'rab surishtirmasdan baqiraveradi. Juda kaltafaxm qilib gavdalantirilgan.
Laylak bergan tillalardan boyib ketgan Dehqonboyning bozordagi holati biroz tushunarsiz chiqqan. U buyumlarni harid qilgani emas balki soliq olgani kelgan kabi. Oilasi bilan aravada o'tirishadi, boshqalar esa yordam uchun rahmat aytish tariqasida o'zlari olgan foydadan ma'lum qismini ularga tashlab ketishadi.
Bu holatni kuzatib turgan boy Dehqonboyni gap olish maqsadida do'koniga taklif qiladi. Ular suhbatlashish uchun do'konning ichkarisiga kiradi. Shu erda orqa fonga etarlicha e'tibor berilmagan, sababi, tashqarida ichkaridagidan ancha ko'p sotiladigan mollar turibdi. Biroq, ichkarisi deyarli bo'm-bo'sh. Rastalari hatto ko'za chizib qo'yishsa bo'lardi. Xonani bir chetida 3-4 ta gilam turibdi xolos. Savdogar ish olib borayotgan joyga sirada o'xshamagan. Bundan kambag'alning uyi tuzuk edi.
Boy eshitganlari emas o'z bilgancha ish tutib laylakni davolagani olib kelganida ham unga oddiy suvmi yoki choy berganmi noma'lum, ammo choynagi bilan og'zidan quygani juda qo'pol ko'ringan.
Hammasidan ham hech narsadan habari yo'q bo'lgan ayolini eriga qo'shilib ari chaqqani biroz hatoroq chiqqan. Voqea davomida hech kimga zarari tegmaydi, erini qabix rejasidan ham xabari bo'lmaydi. Ishtaxa bilan tarvuz eyman deb turgan joyida erini kasriga qolib ketdi.
Filmning ijrosida epizodlar harakati juda sust ishlangan. Filmda personajlarning ko'zlari harakatlangan, ammo yuz ifodasi, lablaridan chiqayotgan so'zlar hech narsani anglatmay, huddi muzlagan odamga o'xshab qolgan. Qadamlari noaniq, yon tomoni bilan yurayotgan odamga o'xshab qolgan. Gavda to'g'riga qaragan oyoqlar esa yonga.
Qo'g'irchoq multfilmida personajlarning yuzini harakatlantirish cheklangan, asosan ovoz yordamida etishmagan qismini boyitishgan. Ammo bu chizma kompyuter usulida bo'lsa ham, imkonyati cheksiz bo'lsa ham bundan to'laqonli foydalanilmagan.
Eng boshidan olsak dehqon charchab yuz-qo'lini yuvgandagi harakat bilan suv ichgandagi holati farqsiz. Ovozi orqali nima qilayotganini tushunish mumkin.
Laylakning ham butun tanasi sinib birgina qanoti qolgandek harakatlantirilgan. Joyidan ham siljimagan, oldinga harakat ham qilmagan. Bir qanoti singan qushni holati va harakatini bera olishmagan.
Dehqonning ayolini qo'lidagi bolani ko'targan joyida bola qo'g'irchoqqa o'xshab qolgan. Qo'lda turgan bolani holati ancha boshqacha bo'ladi. Qo'lda turgan bola o'tiradi qo'lga, oyoqlari bukilib, biridan-biri uzunroq bo'ladi. Bunda esa bola erda qanday tursa huddi shu holatda ko'tarib turibdi. Boy ov uchun tayyorgarlik ko'rayotganida ham zinalardan hech bir bukilishlarsiz chiqib tushgan. Qadamini ko'tarilib tushgani, balandlikka chiqayotgandagi odamni bo'ynini biroz oldinga chiqarib olishi, oldinga engashibroq harakatlanishi kabi holatlar boyda ko'rinmagan.
Boyning xotinini ham boydan dodlab ayuhannoz solishi ham ovozsiz tushunib bo'lmaydi. Shunchaki ko'zlar tepaga-pasga qaragan, qo'llar hamin qadar ko'tarilgan holos.
Savol tug'iladi, nega filmning boshidan oxirigacha ayollarni befaxm qilib ko'rsatilgan-? Oddiy narsalarga ham baqiraverishgan-? Axir o'zbek ayollari haqida mutloqo boshqacha ta'rif ketadiku...
Film so'ngida ham kambag'al hech bir o'zgarishsiz eski uyida qolib ketgan qilib ko'rsatgan. Boyiganini deyarli sezdirmagan.
Multfilm ssenariysi ayni shu turdagi ertaklar orasidan ari chaqishi bilan jazolangan bilan tugallangan ertak tanlanibdi. Bundan tashqari huddi shu ertakning boshqa birida tarvuz ichidan ajdar chiqib er-xotinni paqqos tushiradi.
Ertak asosida yaratilgan filmga ham biroz o'zgartirishlar kiritgan. Ertakda boyning xotini ham ayyor va yovuz niyatli xasis qilib ko'rsatilgan bo'ladi. Boy ayoli bilan birgalikda ish ko'radi. Asosan boyning xotini undaydi. Filmda esa, boyning niyatidan ham xabarsiz qoladi. Ertakda laylak gapiradi, rahmat aytadi. Multfilmda laylak gapirmaydi, haqiqiy laylak ro'lida bo'ladi. Biroz kamchiliklari bo'lsada ilgari surilgan g'oya ochib berilgan. Qissadan xissa aniq. Kimdir tushuntirishi shartmas, tomoshabin o'zi anglab oladi. Shu kabi multfilmlarni yanada ko'proq ishlab, efirga uzatilaversa, farzandlar tarbiyasiga albatta o'z tasirini ko'rsatadi. Bolaning chiroyini ko'rsatadigan odobini o'z filmlarimiz orqali ham bersak bu albatta samaralidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
[1] Haydarova N. T. “O'zbekiston animatsion filmlari” 126 bet;
-
[2] Mirzamuhamedova M. “O'zbekanimatsiya” 93 bet;
-
[3] Izzat Sulton. “Adabiyot nazariyasi” b. 406;
-
[4] Ernazarov O. E. “Karikaturalarning rivojlanish istiqbollari” Fan va texnologiya nashriyoti. 2021. 456 ta sahifa;
-
[5] ‘O'zbekkino Milliy agentligi kino jamg'armasi va multfilm studiyasi” rejissyorlari Mavluda Mahmudov va Aziz Muhammadjonov bilan suhbat.
"Экономика и социум" №2(93) 2022
Список литературы Animasion filmlar va milliy ma'naviyat masalalari
- Haydarova N. T. "O'zbekiston animatsion filmlari" 126 bet.
- Mirzamuhamedova M. "O'zbekanimatsiya" 93 bet.
- Izzat Sulton. "Adabiyot nazariyasi" b. 406.
- Ernazarov O. E. "Karikaturalarning rivojlanish istiqbollari" Fan va texnologiya nashriyoti. 2021. 456 ta sahifa.
- ‘O'zbekkino Milliy agentligi kino jamg'armasi va multfilm studiyasi" rejissyorlari Mavluda Mahmudov va Aziz Muhammadjonov bilan suhbat.