Bag'dod tumanida xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishning geografik jihatlari

Автор: Madaminov Z.X., Vahobjonov A.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 1-1 (92), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqola Bag'dod tumanida xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish va ko'rsatkichlarni tahlil qilishga bag'ishlangan.

Ixtisoslashuv, dehqonchilik, geografik joylashuv, yerning tuprog'i

Короткий адрес: https://sciup.org/140292577

IDR: 140292577

Текст научной статьи Bag'dod tumanida xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishning geografik jihatlari

BAG'DOD TUMANIDA XALQ ISTEʼMOL MOLLARI ISHLAB CHIQARISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI

Madaminov Zafarjon Xudoyberdiyevich

Farg`ona davlat universiteti o'qituvchisi

Vahobjonov Akbarjon Adhamjon o’g’li

Farg`ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti

Geografiya yo’nalishi talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqola Bag'dod tumanida xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish va ko'rsatkichlarni tahlil qilishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: Ixtisoslashuv, dehqonchilik, geografik joylashuv, yerning tuprog'i

Dehqonchilik insoniyatning qadimiy faoliyat turlaridan bo'lib, ekinlarni yetishtlrishga oid dastlabki ma'lumotlar qadimgi yunon olimi Gesiod (mil. avv. 776 y.) va faylasuf olim Aristotel (mil. avv. 384 y.) asarlarida keltiriladi. Rus olimi Vergiliy (mil. avv. 70-19 y.) dehqonchilik to'g'risidagi asarida tuproq xususiyatlari, shudgorlik, ekinlami dalada navbatlab ekishning ahamiyati haqida to'xtalib, yerga ishlov berishga oid tavsiyalar yozib qoldirgan.

Shuningdek Bag'dod tumani ham o'zining xalq iste'mol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi bilan boshqa tumanlardan ajralib turadi.

1 - jadval

So'yish uchun boqiladigan mollar va parrandalar soni. (2020 yil)

Hududlar

Soni

Foiz hisobda

1.

Farg'ona viloyati

34,767.0

100

2.

Farg'ona tumani

3,444.0

9.9

3.

Oltiariq tumani

2,481.0

7.1

4.

O'zbekiston tumani

2,305.0

6.6

5.

Bog'dod tumani

2,254.0

6.4

6.

Farg'ona shahri

2,233.0

6.4

7.

Quva tumani

2,132.0

6.1

8.

Buvayda tumani

2,021.0

5.8

9.

Beshariq tumani

2,005.0

5.7

10.

Uchko'prik tumani

1,934.0

5.5

11

Qo'qon shahri

1,910.0

5.4

12

Qo'shtepa tumani

1,712.0

4.9

13

Rishton tumani

1,697.0

4.8

14

Dang'ara tumani

1,636.0

4.7

15

Quvasoy shahri

1,593.0

4.5

16

Marg'ilon shahri

1,428.0

4.1

17

Furqat tumani

1,333.0

3.8

18

Toshloq tumani

1,272.0

3.6

19

Yozyavon tumani

855.0

2.4

20

So'x tumani

522.0

1.5

Manba: Jadval statistik ma’lumotlar asosida muallif tomonidan ishlangan

Tumanda achchiq qalampir yetishtirish Qo'qon xonligi davridan buyon mavjud bo'lib bu yerning tuprog'i geografik jihatdan olib qaraganda achchiq qalampir yetishtirish uchun qulay hisoblandi. Ya'ni Bag'dod tumani vodiyning geografik jihatdan eng past joylaridan biri bo'lib asli zax bo'lishiga qaramay, shu yerdagi mavjud zovurlarning ko'pligi tuprogning zaxini qochirib va vaqtida suv berilganligi sababli tuproq unumdorligi yuqori. Hozirgi vaqtda achchiq qalampir nafaqat o'zimizning bozorlarga, balki Rossiya davlatiga ham eksport qilinmoqda. Tumanning cho'l hududida kartoshka yetishtirish bir necha yillardan buyan viloyatda kartoshkaga bo'lgan ehtiyojni sezilarli darajada taminlab kelinmoqda. Buni tumanning viloyat tumanlari orasida kartoshka yetishtirish bo'yicha 1 o'rindaligidan ko'rishimiz mumkin. (2 - jadval ).

2-jadval

Farg’ona viloyatida kartoshka yetishtirish (2020 yil)

Hududlar

Tonna

Foiz

1.

Farg'ona viloyati

298107.1

100

2.

Bog'dod tumani

25903.6

8.68

3.

Toshloq tumani

23129.5

7.7

4.

Beshariq tumani

20662.5

6.9

5.

O'zbekiston tumani

20139.8

6.7

6.

So'x tumani

19937.4

6.6

7.

Buvayda tumani

19521.1

6.5

8.

Quva tumani

19500.1

6.5

9.

Qo'shtepa tumani

18871.6

6.3

10.

Dang'ara tumani

17962.9

6.0

11

Yozyavon tumani

17506.8

5.8

12

Farg'ona tumani

17407.3

5.8

13

Oltiariq tumani

17012.2

5.7

14

Uchko'prik tumani

13715.9

4.6

15

Furqat tumani

13521.5

4.5

16

Rishton tumani

12759.3

4.2

17

Quvasoy shahri

12490.2

4.1

18

Farg'ona shahri

4062.5

1.3

19

Marg'ilon shahri

3600.9

1.2

20

Qo'qon shahri

402

0.13

Tumanda paxta tozalsh zavodi, don mahsulotlari va qurilish materiallari, mebel fabrikasi va qo’shma korxonalar mavjud. Qishloq xo'jaligida asosan paxtachilik, bog'dorchilik, pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik rivojlangan.

Tumanda xalq iste'mol mollari ishlab chiqariladi. Bu qadimdan o'zbek xalqining urf odatlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan supurgidir. Supurgi bilamizki ko'p joylarda o'sadi. Lekin Bag'dodda ekiladigan supurgi o'zining pishiq ekanligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Geografik jihatdan olib qaraganda supurgi yetishtriladigan hudud tuprog'i supurgi yetishtirish uchun qulay bo'lganligi uchun supurgi yetishtirishga ixtisoslashgan.

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda dunyoda aholi soni kundan kunga ko'payib boryapti. Global muammolar avj olmoqda shularda biri bu Afrika qit'asidagi ocharchilik muammosidir. Umuman olganda dunyoda xalq iste'mol mollariga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Biz hozirdan bunga tayyorgarlik ko'rib borishimiz xalq iste'mol mollari yetishtirishni yuksak darajaga olib chiqishimiz kelajakda kelajak avlod uchun bu muammolarni yechimini topib yechishimiz burchimizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

Список литературы Bag'dod tumanida xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishning geografik jihatlari

  • "Bag'dod va Bag'dodliklar " kitobi. Karima Ashurova 2016-yil.2".Ta'limda islohot: o'zgarishlarni o'zimizdan boshlaylik" mavzusidagi iqtidorli o'qituvchilar konferensiyasi. Bag'dod tumani. 2020. 567- bet.
  • Z.A.Ortiqmetov. Qishloq xo'jaligi asoslari. "O'zbekiston faylasuflari milliy ja'miyati" nashriyoti. Toshkent. 2012.
Статья научная