Bo’lajak pedagoglarda muloqot-madaniyatini tarbiyalash

Автор: Mamurova F.T., Abdullayеva N.X., Qodiraliyev N.G.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 4-2 (95), 2022 года.

Бесплатный доступ

Maqolada bo’lajak pedagoglarni muloqot madaniyatiga ega bo’lishlari va u kelajakda o’quvchilar bilan ishlashda asosiy omil ekanligi o’rganib chiqilgan. Muloqot madaniyati kishining yetuklik, komillikka erishganlik belgisi ekanligi keltirilgan.

Muloqot, talaba, o'qituvch-o'quvchi munosabatlari, muloqot madaniyati, yomon o'qituvchi, tarbiya maqsadi, jamoatchi talaba

Короткий адрес: https://sciup.org/140292876

IDR: 140292876

Текст научной статьи Bo’lajak pedagoglarda muloqot-madaniyatini tarbiyalash

Annotatsiya: Maqolada bo’lajak pedagoglarni muloqot madaniyatiga ega bo’lishlari va u kelajakda o’quvchilar bilan ishlashda asosiy omil ekanligi o’rganib chiqilgan. Muloqot madaniyati kishining yetuklik, komillikka erishganlik belgisi ekanligi keltirilgan.

Kalit so’zlar: muloqot, talaba, o’qituvch-o’quvchi munosabatlari,muloqot madaniyati, yomon o’qituvchi, tarbiya maqsadi, jamoatchi talaba

Muloqot kishilarning birgalikdagi faoliyatining muxim shartlaridan biridir. Muloqot – bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashish jarayonidir. Insonning tabiiy extiyojidir, chunki odamlar bir-biri bilan gaplashmasdan, axborot almashmasdan yashay olmaydilar. Muloqot tufayli kishilar bir birini tushunadilar, mehnat jarayonida xamkorlik, hamjixatlikka erishadilar, o’zaro fikr va tajriba almashadilar.

Inson uchun bilim, ko’nikma va malakalarni qanchalik hayotiy zarurat bo’lsa, muloqot madaniyatini egallash ham shunchalik zarurdir. Chunki muloqot madaniyati kishining yetuklik, komillikka erishganlik belgisi bo’lib hisoblanadi.

Muloqot madaniyatini egallash bo’lg’usi pedagoglar uchun ayniqsa axamiyatlidir. Chunki o’qituvchi faoliyati xamisha o’quvchilar bilan muloqotda kirishishni, o’zaro munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Muloqot jarayoni tufayli o’quvchilarga ta’lim beradi, pedagogik ta’sir ko’rsatadi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuksak e’tiqodni shakllantiradi, ijobiy axloqiy sifatlarni tarkib topdiradi. Lekin institutni tamomlab pedagogik faoliyatga yo’llanma olayotgan barcha talabalarni ham muloqot madaniyatini puxta egallagan, o’z fikrini boshqalarga erkin bayon qila oladigan ,sof adabiy tilda so’zlaydigan mutaxasislar bo’lib yetishyapti, deb ayta olmayamiz. Shunday ekan, talabalarda muloqot madaniyatini, ayniqsa, pedagogik muloqotni tarbiyalash pedagogika institutlaridagi ta’lim tizimining ajralmas qismi, eng muxim vazifalaridan biri bo’lishi lozim.

Pedagogik muloqot o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasidagi muloqot bo’lib, bu jarayonida o’zaro axborot almashish tufayli o’qituvchi o’quvchilarga bilim beradi , ularga tarbiyaviy tasir ko’rsatadi, o’zaro bir-birini tushunishga, idrok qilishga erishiladi. O’qituvchi pedagogik jarayonda o’quvchilar bilan xamkorlikni to’g’ri tashkillay olsa, ya’ni tarbiya maqsadi va vazifalariga mos keluvchi o’zaro ta’sir, o’zaro tushunishga yo’lga qo’ya olsagina ko’zlagan maqsadiga erishadi. Buning uchun bo’lajak o’qituvchi pedagogik muloqotga qo’yiladigan talablar, uning qonuniyatlarini puxta egallagan bo’lishi lozim.

Lekin bugungi kunda maktablardagi o’qituvchi va o’quvchi munosabati tarbiyaviy ishning eng og’ir nuqtalaridan biri bo’lib qolayotganligini xech kimga sir emas. Ayrim o’qituvchilar bilan o’quvchilarning bir birini yaxshi tushunmasligi turli ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.

Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatmoqdaki, o’quvchilar ko’pincha “yomon o’qituvchi” deganda o’z fanini yaxshi bilmaydigan yoki qattiqqol o’qituvchini emas, balki o’quvchilar bilan yaxshi munosabat o’rnata olmaydigan, muloqotda qo’pol , o’quvchi shaxsini hurmat qilmaydigan o’qituvchilarni tushunadilar.

O’quvchilarning o’qituvchilar bilan o’zaro muloqotdan qoniqmasliklariga asosiy sabab o’qituvchi tomonidan o’quvchi shaxsini yetarli tushunmasligi, uni hurmat qilmasligi, har bir o’quvchini alohida, o’ziga xos shaxs deb emas, balki bo’ysunuvchi, itoat etishi shart bo’lgan shaxs deb qabul qilishlarida deb o’ylaymiz. O’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasidagi muloqotning samarali bo’lishi avvalo muloqot odobiga, o’zaro hurmat, bir-birini tushunishga intilishiga bog’liqdir. Chunki bu shartlar muloqotning muvaffaqqiyatli, samarali kechishini ta’minlaydi, uning asosiy vazifalarini to’g’ri amalga oshirishga yordam beradi. Muloqot odobi o’qituvchiga o’z fikrini o’quvchilar qanday qabul qilayotganini kuzatib borish, ularning yuz ifodalaridagi o’zgarishlarga e’tibor qilish, muloqotning borishiga o’z vaqtida tegishli o’zgarishlar kiritish imkonini ham beradi.

O’zaro muloqotda ovozni ko’tarmaslik, osoyishta gapirish, suhbatdosh gapini bo’lmaslik, uni diqqat bilan tinglash muloqot madaniyatining muxim shartlaridandir. Muloqot jarayonida bazi bir noo’rin xatti-xarakat, o’ylamay aytilgan gap, ortiqcha imo-ishora odobsizlik belgisidir.

Pedagogik muloqotning samarali bo’lishi o’qituvchi nutqiga, so’zlarni to’g’ri tanlashi, ularni ifodali bayon etishi, jumlalarning mantiqiy jixatdan izchil bo’lishiga xam bog’liqdir. Pedagog tili o’quvchilarning his-tuyg’ularini uyg’otadigan, ularda mavzu mazmuniga qiziqish uyg’otadigan, diqqat e’tiborni tortadigan bo’lsagina u tarbiyaviy kuchga ega bo’ladi. Shunday ekan pedagogning nutqi ta’sirli, jozibali, jarangdor, badiiy bo’yoqlarga boy bo’lishi lozim.

Talabarda pedagogik muloqotni tarbiyalashning yo’l va usullari xilma-xildir. Avvalo ularni kitob o’qishga, ayniqsa, badiiy kitob o’qishga o’rgatish lozim. Kitob tufayli talabaning nutqi o’sadi, so’z boyligi ortadi, adabiy tilda so’zlashga o’rganadi.

Bu esa muloqot jarayonida kerakli so’zlarni tanlay olish, jumlalarni to’g’ri va ta’sirli qilib tuza olish imkonini beradi. Buning uchun talaba kitob o’qiyotganda jumlalarning tuzilishiga, fikrlarning izchilligiga e’tibor berib o’qishi lozim. O’ziga yoqqan chiroyli, ta’sirli jumlalarni ko’chirib olib ulardan o’zaro muloqotda foydalanish xam yaxshi natija beradi.

Pedagogik muloqotni egallashda turli psixologik treninglar xam muhum ro’l o’ynaydi. Masalan, metodika fanlarini o’rganish jarayonida talaba o’qituvchi roliga kirib o‘quvchilarga dars berishi ham o‘qituvchi va o‘quvchilar o’rtasida bo’ladigan muloqotini o’zlashtirishga yordam beradi.

Seminar va amaliy mashg’ulotlar davrida mavzu bo’yicha so’zga chiqish, o’z fikrlarini bayon qilish va ularni boshqalarga yetkaza olish, bir birlari bilan mulohaza qila olish kabilar ham edagogik muloqotni egallashning muhum shartlaridir.

Institutda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda o’qilgan ilmiy anjumanlarda o’qilgan ma’ruzalar muhokamasida ishtirok etish, majlislarda so’zga chiqish kabilar orqali ham pedagogik muloqot madaniyatini egallashi yoki shakllantirish mumkin. Muloqot madaniyatini egallashning eng muhim samarali yo’llaridan biri talabaning jamoat ishlarida faol ishtirokidir. Chunki jamoatchi talaba turli toifadagi, turli yoshdagi kishilar bilan muloqotda bo’ladi, ularning har birini eshitishga, tushunishga va muammolarini hal qilishga intiladi. Bular esa muloqotning yangi- yangi qirralarini ijod qilish va o’zlashtirib olishga yordam beradi.

Ko’rinib turibdiki, institutda talabalarning pedagogik muloqotni puxta egallashlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanish zarur. Buning uchun esa avvalo talabaning o’zida istak va xohish bo’lishi lozim.

Adabiyotlar ro’yxati

  • 1.    Давлетшин M.G., С.Tўтчиева "Умумкасбий психология". Ўқув қўлланма. T. 2002.

  • 2.    Mamurova F. T., Abdullayeva N. K., Qahhorovna S. M. INNOVATIVE APPROACH AND MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF

    SCIENCE AND EDUCATION //Journal of Critical Reviews. – 2020. – Т. 7. –

    №. 7. – С. 1061-1063.

  • 3.    Мамурова Ф.Т., Абдуллаева Н.К., Маллабоев Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДА «ОЦЕНКА» ПРИ ОЦЕНКЕ ЗНАНИЙ СТУДЕНТОВ //

    Теоретические и прикладные науки. - 2019. - №. 11. - С. 80-83.

  • 4.    Маъмурова Ф., Абдуллаева Н. ТРЕНИНГ РАЗВИТИЯ СПОСОБНОСТИ МЫШЛЕНИЯ РЕБЕНКА //Экономика и социум. – 2019. – №. 4. – С. 501504.

  • 5.    Абдуллаева Н., Мамурова Ф. ВНЕДРЕНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ //Экономика и

    социум. – 2018. – №. 4. – С. 931-935.

  • 6.    Mamurova F. T., Abdullaeva N. K. CHOOSE A SPECIAL STUDENT

    PSYCHOLOGICAL METHODS //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 3. – С. 525-529.

  • 7.    Н Абдуллаева, Ф Маъмурова, Н Тожимуродов, НЕОБХОДИМОСТЬ ПРИМЕНЕНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

    В ОБРАЗОВАНИИ, Актуальные научные исследования в обществе …, 2021

  • 8.    Курбанова С.М., Мадрахимова М.Б., Абдуллаева Н.К., В УСЛОВИЯХ

    ПОНИМАНИЯ


  • 9.    Ф Маъмурова, Н Абдуллаева ТРЕНИНГ РАЗВИТИЯ СПОСОБНОСТИ МЫШЛЕНИЯ РЕБЕНКА, - Экономика и социум, 2019

И     ЭФФЕКТИВНОГО     ПРИМЕНЕНИЯ

ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ.- Теоретические и прикладные науки,

2020,

"Экономика и социум" №4(95) 2022

Список литературы Bo’lajak pedagoglarda muloqot-madaniyatini tarbiyalash

  • Давлетшин M.G., С.Tўтчиева "Умумкасбий психология". Ўқув қўлланма. T. 2002.
  • Mamurova F. T., Abdullayeva N. K., Qahhorovna S. M. INNOVATIVE APPROACH AND MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION //Journal of Critical Reviews. - 2020. - Т. 7. - №. 7. - С. 1061-1063.
  • EDN: BCHXKF
  • Мамурова Ф.Т., Абдуллаева Н.К., Маллабоев Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДА "ОЦЕНКА" ПРИ ОЦЕНКЕ ЗНАНИЙ СТУДЕНТОВ // Теоретические и прикладные науки. - 2019. - №. 11. - С. 80-83.
  • Маъмурова Ф., Абдуллаева Н. ТРЕНИНГ РАЗВИТИЯ СПОСОБНОСТИ МЫШЛЕНИЯ РЕБЕНКА //Экономика и социум. - 2019. - №. 4. - С. 501-504.
  • EDN: EAYKUD
  • Абдуллаева Н., Мамурова Ф. ВНЕДРЕНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ //Экономика и социум. - 2018. - №. 4. - С. 931-935.
  • EDN: OVWFDJ
  • Mamurova F. T., Abdullaeva N. K. CHOOSE A SPECIAL STUDENT PSYCHOLOGICAL METHODS //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 3. - С. 525-529.
  • Н Абдуллаева, Ф Маъмурова, Н Тожимуродов, НЕОБХОДИМОСТЬ ПРИМЕНЕНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАНИИ, Актуальные научные исследования в обществе …, 2021.
  • Курбанова С.М., Мадрахимова М.Б., Абдуллаева Н.К., В УСЛОВИЯХ ПОНИМАНИЯ И ЭФФЕКТИВНОГО ПРИМЕНЕНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ.- Теоретические и прикладные науки, 2020.
  • Ф Маъмурова, Н Абдуллаева ТРЕНИНГ РАЗВИТИЯ СПОСОБНОСТИ МЫШЛЕНИЯ РЕБЕНКА, - Экономика и социум, 2019.
Еще
Статья научная