Boshlang’ich siflar matematika ta’limi samaradorligini ta’minlashda hamkorlik pedagogikasi texnologiyasidan foydalanish

Автор: Xojaboyeva Z.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-1 (84), 2021 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada matematika o’qitishda o’quvchilarga mavzularni oddiydan murakkabga qarab olib borish lozimligi, eng muhimi, bilimlarning barchasi hamkorlik pedagogikasi asosida berilishi, o‘qituvchi o‘quvchi bilan tillasha olishi, buning uchun bolalarni o‘z bolasidek sevishi, o’quvchilar bilimlarni tayyor holda emas, balki, o’zlari izlanib, harakat qilib olishlari haqida fikrlar yuritilgan.

Boshlang’ich ta’lim, ta’lim, matematika, dars, o’qituvchi, o’quvchi, hamkorlik pedagogikasi

Короткий адрес: https://sciup.org/140260503

IDR: 140260503

Текст научной статьи Boshlang’ich siflar matematika ta’limi samaradorligini ta’minlashda hamkorlik pedagogikasi texnologiyasidan foydalanish

Boshlang’ich sinfda olingan bilimlar kelajakda juda katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinfda matematika o’qitishda o’quvchilarga mavzularni oddiydan murakkabga qarab olib borish lozimligini barchamiz juda yahshi bilamiz, eng muhimi, bilimlarning barchasi hamkorlik pedagogikasi asosida berilishi shart. Chunki, bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo’lib, zamonaviy ta’lim texnologiyasi o’quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlamoqda. Bu bugungi kun talabi ham albatta. Shundagina darslar yanada tushunarli, qiziqarli va samarali bo’lib yetkaziladi. Biz hozirgi kunda hamkorlikda tashkil etiladigan darslarning horij tajribalari va olimlarning fikrlari bilan tanishmoqdamiz. Darslarni bu ko’rinishda tashkil etish chet davlatlarda bizdan ancha oldin takomillashganining guvohi bo’ldik, bu tartibda o’tilgan darslarda bilimlarning o’zlashtirilishi bolalarga birmuncha yengilliklarni berar ekan. Xususan, bola mustaqil harakat qiladi, fikrini erkin bayon qila oladi, ya’ni o’qituvchi buyurmaydi, yo’naltiradi. Bolada o’qituvchiga nisbatan qo’rquv hissi bo’lmaydi, ya’ni hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etilgan darslarda avvalgi darslardan farqli o’laroq topshiriqni bolalarning o’zlari bajaradilar, fikrlar hato bo’lsa ham bolalar hech qachon tanqid ostida qolmaydilar. O’qituvchi avvalgi darslar kabi misol va masalalarning 80% ini bolalarga yetkazib bermaydi, 20-30% ma’lumot beriladi qolganini bolalarning o’zlari izlanib mustaqil ravishda bajaradilar, o’qituvchi esa faqatgina ularning yo’nalishlarini to’g’irlab boradi xolos. Bunday darslarda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida do’stona munosabat o’rnatiladi.

O‘qituvchi o‘quvchi bilan tillasha olishi, buning uchun bolalarni o‘z bolasidek sevishi kerak. To‘g‘ri, hamma bola ham darslarni to‘liq o‘zlashtira olmaydi. Bunday o‘quvchilar bilan dars tugagandan so‘ng alohida shug‘ullanish lozim. Ba’zi o‘quvchilar boshqalar oldida bilganini ayta olmaydi, tortinadi. Shuning uchun ular bilan ko‘proq shug‘ullanish zarur. Ammo ayrim o‘qituvchilar bunga hafsala qilmaydi. Natijada tortinchoq o‘quvchi bilganini ham aytolmasdan, qoloq bo‘lib qoladi. Bunday holatlar ayniqsa matematika darslarida juda ko’p kuzatiladi. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlikka ehtiyoj ham aynan mana shunday holatlarda seziladi. Poydevori mustahkam uy qulamaydi, bilim ham xuddi shunday, bolaga ilk matematikaga oid bilimni yetkazib berish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan katta mahorat talab etadi. U kasbini astoydil sevishi, izlanishi kerak. O‘quvchi bilan do’stona aloqa o’rnata olishi, bolalarning tilini topa bilishi zarur. Shu sababli bugungi kun o‘qituvchilari har tomonlama bilimdon va benuqson bo’lishlari talab qilinmoqda. Matematika darslarida o’qituvchi bolalar tushunmagan misol va masalalarga ularning yoshi va qiziqishlarini inobatga olgan holda yondashishi kerak bo’ladi.

Masala: “Mashinist poyezdni bir shahardan ikkinchi shaharga haydab bormoqda. U 4 soatu 45 minut yurganidan keyin yana 2 soatu 35 minut ortiqroq yuradigan yo’l qoladi. Mashinist poyezdni bir shahardan ikkinchi shaharga qancha vaqtda haydab kelishi zarur?” Masala shartini o’quvchilarga savollar bilan murojaat qilgan holda qisqacha bunday yozish mumkin:

Yurdi – 4 soatu 45 minut

Qoldi – ? Yurganidan 2 soat 35 minut ortiq.

Yechilishi:   4 soat 45 minut

+ 2soat 35 minut

6 soat 80 minut = 7 soat 20 minut.

7 soat 20 minut + 4 soat 45 minut

11 soat 65 minut = 12 soat 5 minut

Bu yerda boshlang’ich sinflar (1,2,3,4-sinflar) matematika darslarida o’tiladigan masalalarning biriga to’xtalib o’tdik. O’quvchilar o’zlashtirishlari lozim bo’lgan darslikdagi misol va masalalarni hamkorlik asosida yechish texnologiyasini ko’rsatib berdik. Misol va masalalar yechimini topishda o’quvchilar yetakchilik qilishdi, o’qituvchi esa yo’naltiruvchi vazifasini bajardi.

Hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etilgan darslarda avvalgi uslubdagi darslardan butkul voz kechilmaydi, albatta, shunchaki o’qituvchi hukmronligiga chek qo’yiladi, darslarda bolalarning rollari oshiriladi. Endi o’quvchilar bilimlarni tayyor holda emas, balki, o’zlari izlanib, harakat qilib olishadi. Bunday ta’lim berish asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtirish, bolalarning erkinligiga erishish ko’zlanmoqda.

Aslida ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi rivojlanib, shakllanib boradi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Hamkorlikda o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni izlab topish, qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashlariga olib keladi va bilimlarning ko’r-ko’rona o’qituvchidan qo’rqqani uchungina yodlash holatlariga chek qo’yadi.

Masalan, kesma uzunligi tushunchasini o‘rganish ustida ish olib borilganda an’anaviy ta’limda o‘qituvchi predmetlarni uzunligi bo‘yicha taqqoslashni bolalarga ikki bo‘lak lentani yoki ixtiyoriy uzunlikdagi ikkita qog‘oz kesimi va hokazolarni ustma-ust qo‘yib ularni taqqoslashni (qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa ekanini) taklif qilishi mumkin. Amaliy ishlar bunda ularning so‘zlar yordamidagi ifodalari bilan kuzatiladi. "Uzunliklari bo‘yicha teng", "Uzunliklari bo‘yicha teng emas" so‘zlarining mazmunlari "bir xil", "uzunroq", "qisqaroq" kabi tushunarliroq so‘zlar orqali aniqlanishini ko’rgazmalar orqali tushuntirib beradi.

Hamkorlik pedagogikasida esa o‘qituvchi o‘quvchilarini shu haqiqatlarni ma’lum vazifalarni bajarish asnosida o‘zlari anglashlariga yo‘naltiradi. Ya’ni, o‘qituvchi har xil uzunlikdagi lentalar, qog‘oz kesmalari, bir qator suratlarni taqdim etadi o‘quvchilarga bularning ichidan istaganini tanlab olishni taklif qiladi. O‘quvchilarning barchasi istagan ikkita bir xil narsani tanlab oladi va ularni o‘zlari taqqoslashadi. O‘qituvchi o‘quvchilariga savollar bilan murojaat qiladi: «Qani, kimda qanday holat paydo bo‘ldi?» O‘quvchilar qo‘llaridagi lenta, qog‘oz kesmalari va suratlar orasidagi farqni o‘zlari aytib beradilar: bittasi uzun, bittasi kalta, ikkalasi ham teng va hk. Kimning javobida «uzun», «qisqa» yoki «teng» so‘zlari ishtirok etgan bo‘lsa, ularni rag‘batlantiradi va bu so‘zlar fikrni qisqa va lo‘nda ifodalash na’munasi ekanini aytib o‘tadi.

Hamkorlik pedagogikasi asosida o’qitish o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham qulayliklarni yaratadi. O’qituvchi hukmronlikni saqlab qolaman deb ortiqcha asabbuzarliklardan holi bo’ladi, o’quvchi esa bilimlarni o’z hohishiga ko’ra, ya’ni o’zgalarning qistovisiz o’zlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. /Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997. 20–49-b.

  • 2.    O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash” milliy Dasturi. /Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. – 63–74-b.

  • 3.    Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T: O`zbekiston, 2017. – 484 b.

  • 4.    Mirziyoev Sh. M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T: O‘zbekiston, 2016. – 432 b.

  • 5.    Mavlonova R., Tўraeva O., Xoliqberdiev K.Pedagogika. (Oliй ўquv yutrlarining boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlarining talabalari, pedagogika litseйlari va kollejlarining ўquvchilari uchun darslik). – T.: Ўqituvchi, 2001.–512b.

  • 6.    Matchonov S. va boshq. O‘qish kitobi. 4-sinfi uchun darslik. – T.: Yangiyo‘lpoligrafservis, 2017. – 216 b.

  • 7.    Matyushkin A. M. Problemnыe situatsii v mыshlenii i obuchenii. – Moskva: Pedagogika, 1992. –168 s.

"Экономика и социум" №5(84) 2021

Список литературы Boshlang’ich siflar matematika ta’limi samaradorligini ta’minlashda hamkorlik pedagogikasi texnologiyasidan foydalanish

  • O‘zbekiston Respublikasi "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni. /Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1997. 20-49-b.
  • O‘zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash" milliy Dasturi. /Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1998. - 63-74-b.
  • Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T: O'zbekiston, 2017. - 484 b.
  • Mirziyoev Sh. M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T: O‘zbekiston, 2016. - 432 b.
  • Mavlonova R., Tўraeva O., Xoliqberdiev K.Pedagogika. (Oliй ўquv yutrlarining boshlang‘ich ta'lim metodikasi fakultetlarining talabalari, pedagogika litseйlari va kollejlarining ўquvchilari uchun darslik). - T.: Ўqituvchi, 2001.-512b.
  • Matchonov S. va boshq. O‘qish kitobi. 4-sinfi uchun darslik. - T.: Yangiyo‘lpoligrafservis, 2017. - 216 b.
  • Matyushkin A. M. Problemnыe situatsii v mыshlenii i obuchenii. -Moskva: Pedagogika, 1992. -168 s.
Статья научная