Boshlang`ich sinflar nutqini o’stirishning lug’atlar bilan ishlash tomoni

Автор: Mavlonova D.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 11-1 (90), 2021 года.

Бесплатный доступ

Maqolada, avvalo, boshlang‘ich sinflar nutqini o‘tirishning ahamiyati; ona tili, o‘qish va matematika darslarida lug‘atlarni boyitish orqali erishiladigan samara integratsion yondashish orqali ochib berilgan.

Boshlang‘ich sinf, nutq, juft so‘zlar, takroriy so‘zlar, gapning ta‘sirchanligini oshiruvchi badiiy ifodalar, adabiiy til, lug‘at.

Короткий адрес: https://sciup.org/140261106

IDR: 140261106

Текст научной статьи Boshlang`ich sinflar nutqini o’stirishning lug’atlar bilan ishlash tomoni

Fan-texnika tezkor rivojlanayotgan bugungi zamon ta`lim tizimi oldiga ham bir qator vazifalarni qo`yadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berishdagi vazifalarning asosiy qismi o`qish darslarida amalga oshiriladi.

Darhaqiqat, insonning fikr-maqsadi – uning ongli ishlari va axloqining harakatalantiruvchi kuchidir. Ana shu fikr-maqsadlar nutq vositasida bayon qilinadi.

Nutq nafaqat xayoldagi o`y-fikrlarni bayon qiladi, balki uning shakllanishi uchun ham xizmat qiladi. Fikrlar esa nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o`stirishning sharti fikrni boyitish hisoblanadi. O`quvchilar nutqini o`stirish ularning aqliy faoliyatini rivojlantirish va lug`atini boyitish bilan amalga oshiriladi.

Aynan lug`atlar ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, ularning asosiy yo`nalishlarini ajratish va asoslash maktablarda bolalar nutqini o`stirish jarayoniga qo`yilgan muhim vazifalardandir. Maktablarda lug`at ustida ishlash metodikasi to`rt asosiy yo`nalish bilan belgilangan:

O`quvchilar lug`atini boyitish, ya`ni yangi so`zlarni, shuningdek, bola lug`atida bo`lgan ayrim so`zlarni yangi ma`nolarini o`zlashtirish;

O`quvchilar lug`atiga aniqlik kiritish;

Lug`atlarni faollashtirish, ya`ni o`quvchilar ma`nosini tushunadigan, ammo o`z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug`atlardagi so`zlarni faol lug`atga o`tkazish;

Adabiy tilda ishlatilmaydigan so`zlarni o`quvchilar faol lug`atidan nofaol lug`atiga o`tkazish.

Hozirgi kunda lug`atlar ustida ishlash uchun maxsus darslar ajratilmaydi. Lug`atlar bilan ishlash, asosan, ona tili va o`qish darslari bilan bog`liq holda olib boriladi. Boshlang`ich sinflar uchun izohli va imlo lug`atlarining ishlab chiqilmaganligi lug`at ustida olib boriladigan ishlarni to`gri uyushtirishda ba`zi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Agar lug`at ishlari qat`iy bir reja asosida yo`lga qo`yilsa, o`qituvchilardan ham, o`quvchilardan ham ortiqcha mehnat talab qilinmaydi va ko`zlangan natijaga oson erishiladi. Aytaylik, to`rtinchi sinf «O`qish kitobi « darsligining birinchi bo`limi «Istiqlolim - istiqbolim» deb nomlangan. Bu bo`lim nima haqida ekanligi tog`risidagi tasavvurga ega bo`lishi uchun o`quvchida ushbu jumla tarkibidagi so`zlar haqida ma`lumot bo`lishi kerak. To`rtinchi bo`limi esa – «Ma`naviyat -qalb quyoshi». Bo`lim mavzusidagi «ma`naviyat» so`zi haqida boshlang`ich sinf o`quvchilarigina emas, ba`zan kattalarning o`zlari ham aniq tushunchaga ega emasligi ko`zga tashlanadi. Shuningdek, o`quvchilar Vatanimiz tarixiga bag`ishlangan mavzularni o`rganish davomida eskirgan qatlamga oid so`zlarga duch keladilar. Bu esa so`zlarning tushunilishi qiyin bo`lganligi sababli o`quvchilarda mazkur yo`nalishdagi asarlarga nisbatan zerikish kayfiyatini paydo qiladi.

Bugungi kunda milliy va umuminsoniy ruhda tarbiya topgan, yuksak ma’ naviyatga ega, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisopdiy taraqqiyoti yo’nalishini modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi keng qamrovli vazifalarni hal qila olishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashmasalasi xalqimiz oldiga qo’ygan ulkan maqsadlarni amlga oshirishda muhim va asosiy vazifa hisoblanad. Shu sababli ham yorqin kelajagimiz uchun munosib xizmat qila oluvchi yetuk kadrlarning yetishib chiqishida ta’lim tizimining har bir yo’ nalishi va har bir jabhasiga chuqur e’tibor qaratilmoqda. Zamon talabidan kelib chiqib ta’lim tizimining maqsad va vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda boshlang’ich ta’lim vakillaridan sohaga chuqur mas’uliyat bilan yondashish talab qilinmoqda. Boshlang’ ich ta’ lim o’qituvchisi o’quvchining savodini chiqarish bilan birgalikda ularning nutqini ham, albatta, rivojlantirib borishi zarur.

Matematika darslarida ham bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko’p atamalar bilan o’z nutqini boyitadilar, soda va qo’shma gap tuzishni o’rganadilar. Masalan, besh soni uch sonidan katta yoki uch soni besh sonidan kichik; bitta o’ nlikka ikkita o’nlik va beshta birlikni qo’shsak, uchta o’nlik va beshta birlik hosil bo’ladi.

’’Quyidagi juftlab berilgan birikmalarni o’qing. Ma’nosidagi farqni ayting.

Katta bola- kap-katta bola.

Yashil qir- yam-yashil qir.

Oq ko’ylak- oppoq ko’ylak.

Tiniq suv- tip-tiniq suv.’’

Topshiriq muhokama qilingandan so’ng o’quvchilar juft so’zlarning nutq ta’sirchanligini oshiruvchi vosita ekanligi haqida xulosaga keladilar. Boshlang’ ich sinfda o’quvchilar nutq haqida kengroq tushuncha beruvchi dastlabki ma’ lumotlarni ham 2-singf ona tili darsligi hamda 3-4-sinf ona tili darsliklaridagi ’’Takrorlash’’ bo’limiga kiritilgan ’’NUTQ.MATN’’, ’’NUTQ. GAP. SO’Z’’ mavzularidan oladilar. Shu paytgacha o’y-xayollaridagi fikrlarni yuzaga chiqarishda foydalanayotgan vositasi nutq, shu fikrning qog’ozga tushirilishi, ya’ni nutqning yozma shakli matn deyilishini bilib oladilar; ’’Nutq-gaplar orqali bildirilgan fikrdir. Nutq gaplardan, gaplar esa so’zlardan tuziladi’’, ’’Matn-nutqning yozma shakli. Matn- mazmun jihatdan bog’ langan gaplardir. Matn gaplardan tuziladi.’’ 3-sinf ona tili darsligi.

Umuman olganda, boshlang`ich sinflar uchun alohida izohli va imlo lug`atlarini tuzib chiqish, lug`atlar ustida olib boriladigan ishlarning tartibga solinishi o`quv jarayonlarining sifatini oshiradi, o`quvchilar uchun o`rganilishi kerak bo`lgan bilimlarni egallash birmuncha osonlashadi. Bundan tashqari, kelajak avlodning nutq madaniyatini yuksaltiriladi, milliy tilimizning sehri va jozibasini to`la his etgan insonlar bo`lib yetishishi ta`minlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1)    Qosimova K. Ona tili o‘qitish metodikasi.-Toshkent, 2009.

  • 2)    Ikromova R. va boshqalar Ona tili (4-sinf uchun darslik).- T.:”O‘qituvchi “, 2020.

  • 3)    Fuzailov S. va boshqalar Ona tili(3-sinflar uchun darslik).- T.:”O‘qituvchi “, 2019

  • 4)    markaz.tdi.uz/ uzedu.uz

    "Экономика и социум" №11(90) 2021

Список литературы Boshlang`ich sinflar nutqini o’stirishning lug’atlar bilan ishlash tomoni

  • Qosimova K. Ona tili o‘qitish metodikasi.-Toshkent, 2009.
  • Ikromova R. va boshqalar Ona tili (4-sinf uchun darslik).- T.:”O‘qituvchi “, 2020.
  • Fuzailov S. va boshqalar Ona tili(3-sinflar uchun darslik).- T.:”O‘qituvchi “, 2019
  • markaz.tdi.uz/ uzedu.uz
Статья научная