G`oza poyalarini bir vaqtda yig`ishtirib, bog`lash qurilmasining tavsifi

Автор: Tursunov Oybek Abduxalim ugli

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Статья в выпуске: 4 (12), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada qurilma g`oza poyalarini bir vaqtda yig`ishtirib, bog`lash qurilmasining tavsifi keltirilgan. Ushbu qurilma hozirda foydalanilayotgan qurilmalardan farqli o`laroq, yig`ishtirish ishlarini tezlashtirish va yengillatishga katta yordam beradi. Natijada tez bo`shagan dalalarga kuzgi bug`doyni ochiq usulda ekish imkoni ortadi.

G`o`za poya, korchevatel, bog`lash qurilmasi

Короткий адрес: https://sciup.org/14125188

IDR: 14125188

Текст научной статьи G`oza poyalarini bir vaqtda yig`ishtirib, bog`lash qurilmasining tavsifi

Kirish. Statistik ma’lumotlarga ko`ra, mamlakatimiz jahonda paxta yetishtirish bo`yicha ham va eksport qilish bo`yicha ham sakkizinchi o`rinni egallaydi [1]. Bunday natijaga erishish esa o`z navbatida paxtachilik sohasida yurtimizda talaygina ishlar bajarilib, amaliyotga tadbiq etilganligidan dalolat beradi. Bugungi kunda paxta yetishtirish ishlarining aksariyati qishloq xo`jaligi mexanizatsiyalari yordamida bajarilayotgani fikrimizning isbotidir. Jumladan, chigit ekish, chopiq qilish, o`g`itlash kabi ishlar to`liq mexanizatsiyalar yordamida bajariladi.

Ammo, bu ishlar asosan paxtani yetishtirguncha bo`lgan ishlar bo`lib, paxta terib olingach, g`oza poyalarini yig`ishtirib olish ishlarini mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan izlanishlar juda oz miqdorni tashkil qiladi. Shuning uchun bu ishlar hamon og`ir qo`l mehnatiligicha qolmoqda.

Muammoning dolzarbligi. Bugungi kunda g`o`za poyalari sanoatda fanera va karton qog`ozi olishda arzon hom ashyo hisoblanadi. Bundan tashqari undan uy xo`jaligida quruq yoqilg`i (o`tin) sifatida ham foydalaniladi. Shuning uchun g`o`za poyalarini o`z vaqtida, sifatli yig`ib olish maqsadga muvofiqdir [2]. Bu ustuvor vazifani bajarish - g`o`za poyalarini yig`ishtiruvchi va bo`g`lovchi yangi mexanizatsiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishni taqazo qiladi.

Izlanishlarimizning asosiy maqsadi - g`o`za poyalarini yig`ishtirib olishda qo`l mehnatini kamaytirish, sanoat uchun hom ashyo va uy xo`jaliklari uchun quruq yoqilg`i hisoblanadigan g`o`za poyalarini sifatini buzmay yig`ishtirib oluvchi qurilma yaratishdan iborat.

Tahlil. Taxlillar shuni ko`rsatadiki, bugungi kungacha bu borada mamlakatimizda va horijda qator izlanishlar va amaliy ishlar olib borilgan va ma`lum natijalarga erishilgan. Jumladan: g`o`za poyalarini maydalab sochib yuborish qurilmasi (bu usulda keyingi yilgi ekinlar kasalliklarga chalinishga moyil bo`lib qolishi aniqlangan); poyalarni presslab to`plash qurilmasi (bu usulda poyalar tarkibida namlik bo`lgani uchun presslangandan keyin chirish havfi mavjud, ularni uzoq saqlab bo`lmaydi va quruq yoqilg`i sifatida foydalanishga yaroqsiz holatga keladi); g`o`za poyasi ildizlarini korchevalka qurilmasi yordamida ko`chirish (bu usulda ham ko`chirilgan poyalarni qo`lda yig`ishtirishga to`g`ri keladi)[3,4];

Yangi qurilmaning tavsifi. Yangi taklif etilayotgan loyihada hozirgi kunda mavjud bo`lgan va foydalanilayotgan korchevalka qurilmasiga o`zgartirish kiritilib, uning ildiz ko`chiruvchi tishlari o`rniga ikkita bir-biriga tegib turuvchi va qarama qarshi aylanuvchi g`ildiraklar (1-rasm, 1) o`rnatiladi. Bu g`ildiraklar poyalarni yerdan ko`cherish vazifasini bajaradi. Ularning orqa tomoniga har bir qatorga ko`chirilgan poyalarni to`plovchi ikki qator sterjenlar konussimon toraygan holatda o`rnatiladi. Ushbu sterjenlar poyalarni ko`chirilgandan so`ng tik holatda to`planishini ta`minlaydi. Ko`chiligan poyalarni ikkita bir-biriga qarama qarshi aylanuvchi yulduzsimon surgichlar (2) surib, orqa tarafga to`playdi. Poyalar kerakli miqdorda to`plangach, bog`lovchi nina (4) harakatga keladi va poyani siqib ip o`tkazadi. Ayni vaqtda bog`lovchi mexanizm (3) ham harakatga keladi va nina o`ragan ip uchini bog`lab kesib yuboradi. Ip uzilgach poya alohida bog` sifatida tushirib qoldiriladi. Ushbu g`ildiraklar, mexanizm va ninalarga traktordan kardan val (5) orqali burovchi moment beriladi va ularning ishlash jarayoni to`planayotgan poyalarning miqdoriga qarab sozlanadi.

Qurilmaning umumiy sxemasi quyidagi rasmda berilgan:

1-rasm. Qurilmaning sxematik ko`rinishi.

1-ko`chiruvchi g`ildiraklar, 2-to`plagich, 3-bog`lash mexanizmi, 4-bog`lovchi nina, 5-kardan val.

2-rasm. Qurilmaning umumiy ko`rinishi.

1-kardan vali, 2- ko`chiruvchi g`ildirak, 3- bog`lash mexanizmi, 4- to`plagich

Xulosa . Qurilmani joriy etish natijasida g`oza poyalarini yig`ishtirib olish uchun ketgan vaqt sezilarli darajada tejaladi. Shu bilan birga qisqa muddatda yig`ishtirib bo`shatilgan maydonlarga kuzgi bug`doyni ochiq usulda ekish imkoni tug`iladi. Bu esa g`o`za qator oralariga ekiladigan bug`doy hosildorligidan ancha yuqori hosil olish garovi hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, taklif etilayotgan loyiha orqali qishloq xo`jaligidagi qo`lda bajariladigan ishlar hajmi kamayadi va dalalarni poyalardan tozalab, bo`shatish uchun sarflanadigan vaqt keskin qisqaradi. Bu esa keyingi yillik ekinlarni ertaroq va ochiq maydonlarga ekish imkonini beradi.

ADABIYOTLAR:

  • 1.     http://www.statista.com/statistics/263055/cotton-production-worldwide-by-top-countries/

  • 2.    Xudayberdiev T.S. Traktor va avtomobillar. Toshkent, O`qituvchi, 2015-111 b.

  • 3.    Rahimov A. Traktorlar va mexanizatsiyarni loyihalash. Toshkent, O`zbekiston,1996-208 b.

  • 4.    

Список литературы G`oza poyalarini bir vaqtda yig`ishtirib, bog`lash qurilmasining tavsifi

  • http://www.statista.com/statistics/263055/cotton-production-worldwide-by-top-countries/
  • Xudayberdiev T.S. Traktor va avtomobillar. Toshkent, O`qituvchi, 2015-111 b.
  • Rahimov A. Traktorlar va mexanizatsiyarni loyihalash. Toshkent, O`zbekiston,1996-208 b.
  • http://www.indexmundi.com/agriculture/?commodity=cotton&graph=exports
Статья научная