G‘o‘zadagi oq sikadalar bioekologiyasi, rivojlanishi, tarqalishi va zarari

Автор: Abduraxmonov D.M., Kodiraliyev E.K.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-2 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Oq sikadalar polifaglar - xammaxo‘r xashorat tarqalishi, bioekologiyasi, zarari avlod berishi, qarshi kurash choralari.

Oq sikadasi g'o'za nixollariga, beda, makkajo'xori, oq jo'xori, lavlagi, karam, baqlajon, kartoshka

Короткий адрес: https://sciup.org/140300514

IDR: 140300514

Текст научной статьи G‘o‘zadagi oq sikadalar bioekologiyasi, rivojlanishi, tarqalishi va zarari

O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy iqlim sharoitlari shuningdek, o‘simliklarni o‘sish davridagi havo xaroratining qulay bo‘lishi ko‘plab zararli jonzotlarni rivojlantirishiga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun xam qishlok xo‘jalik ekinlaridan minglab xasharotlar, kanalar, kasalliklar rivojlanib, xosil mikdoriga xamda sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Oq sikadasi – Austroagallia zachvatkini vilb Shimoliy Afrikada, Yevropa, Kipr, Turkiya, Isroil, Suriya, Iroq va Afg‘oniston, Rossiya xududida esa Yevropa zonasining janubida, Moldaviya, Gruziya, Armaniston, Azerbayjon, Turkmaniston, Kopet-Tog‘ning tog‘ oldi qismlari Murg‘ab voxasi Repetek qo‘riqxonasi O‘zbekiston janubida Tojikiston Xorazm va Qoraqalpog‘iston, Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida uchratish mumkin.

Austroagallia zachvatkini vilb ni 3 bo‘g‘imdan iborat kalta mo‘ylovlari, 1 juft 3 bo‘g‘imdan iborat oldi qanotlari orqa oyoqlariga qaraganda mustaxkamroq. Lichinkalari 5 yoshni o‘taydi va imago simon ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Oq sikadasi asosan polifag – xammaxo‘r xashoratlardan xisoblanadi.

Farg‘ona vodiysida o‘simliklarda yashab, oziqlanadigan 42 turi aniqlangan.

Bizning Andijon viloyatida Cicadinea ni 46 turini uchratish mumkin. Bulardan 3 turi paxta dalalarida oziqlanib yashaydi. U quyidagilardir: Empoasca meridian ZachKyboasca bipuncnana Osh va Austroagallia zachvatkini vilb.

Austroagallia zachvatkini oq sikadasi tanasi, rangi va genitaliy apparatining tuzilishi bilan boshqa turlardan farq qiladi. Ular biroz yirik bo‘lib, erkaklari 3,4 – 3,6 mm urg‘ochilari esa 3,7 – 4,0 mm ga teng. Ularda dumaloq shakldagi to‘rtta, boshning tana va old yelkaning keyingi qismlarida ikkitadan dog‘larining bo‘lishi xarakterli belgi xisoblanadi.

Oq sikadalar polifaglar bo‘lib, g‘o‘za nixollariga, beda, makkajo‘xori, oq jo‘xori, lavlagi, karam, baqlajon, kartoshka va boshqa ekinlarga zarar yetkazadi. Shuningdek, ular stolbur va boshqa viruslarni tarqalishida xam ishtirok etadi.

G‘o‘zadan tashqari ularni beda, loviya, mosh, lavlagi, kartoshka, baqlajon, karam, makkajo‘xori va oqjo‘xorilarda xam uchratish mumkin. Oq sikadalarning qishlash dozasi xozirgi kungacha tuxumlar. Ularning tuxumlari qishlasa kerak, deb taxmin qilinadi. Chunki kuz davriga kelib, oktabr va noyabr oylarining birinchi yarimlarida yuqori formalari dalalarda umuman uchramaydi, shuningdek qish davrida birorta xam imagolar uchratilmagan. Baxor vaqtida voyaga yetgan individlar boshqa turlarga nisbatan ancha kech paydo bo‘ladi. Baxor vaqtida ularning lichinkalari meteorologik sharoitga bog‘liq xolda martning oxirigi yoki aprel oyining boshlarida paydo bo‘ladi.

Lichinkalar rivojlanishi 45-50 kun davom etib, mayning birinchi yarmida tugallanadi. Ular dastlab qo‘ng‘ir-sarg‘ish dog‘li, biroz tukli bo‘ladi. Beshinchi yoshga o‘tgach, erkak lichinkalarda genitaliy plastinkasi, urg‘ochilarida esa “tuxum qo‘ygich” yo‘li shakllana boshlaydi. Lichinkalarning qanot xosil qilib,imago davriga o‘tish davri ancha cho‘zilib, aprelning oxiridan may oyining boshlarigacha davom etadi.

Imagolar ma’lum vaqt o‘tgach, erkin oziqlanib, juftlashib tuxum qo‘yishga kirishadi. Tuxumlar soni 10 tadan tortib 18 tagacha bo‘lishi mumkin. Tuxumlar yaltiroq-tiniq bo‘lib, bo‘yi 1,02 – 1,12 mm, eni esa 0,27 – 0,28 mm ni tashkil qiladi.

Ikkinchi generatsiya lichinkalari iyun oyining birinchi o‘n kunligida paydo bo‘lib, iyulning birinchi yarmigacha uchraydi. Lichinkalarning rivojlanishi taxminan 40 kun davom etadi. Uchinchi generatsiya lichinkalari avgust oyining boshlarida paydo bo‘lib, sentabrning o‘rtalarigacha uchraydi. Ularning rivojlanishi xam 40-45 kun davom etadi. Shunday qilib, oq sikada Shaxrixon tumani sharoitida uch generatsiya nasllarini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

"Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы G‘o‘zadagi oq sikadalar bioekologiyasi, rivojlanishi, tarqalishi va zarari

  • Turdieva, G. A., Kambarova, M. A., & Ergasheva, X. I. (2019). Primenenie gerbitsida Zeta v vыraщivanii ozimogo nuta. Innovatsionnaya nauka, (5).
  • Xaydarov, J., Mamadaliev, M., Ergashova, X., & Orifjonova, U. (2021, August). USE OF BIOLOGICALLY ACTIVE SUBSTANCES IN PEST CONTROL: 10.47100/conferences.v1i1.1353. In RESEARCh SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).
  • Ergashova, X. I., & kizi Abdulazizova, O. I. (2022). Tamaki tripsi (thrips tabaci lind) ning rivojlanishi va unga qarshi kurash chorasi. science and education, 3(3), 123-127.