Hozirgi kun pedagogikasida go‘zallik va tabiatning ardoqlanishi

Автор: Norboev U.M.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 10-1 (101), 2022 года.

Бесплатный доступ

Maqolada pedagogikada axloqiy go‘zallik bilan bir qatorda tashqi go‘zallik - til, do‘stlik, kiyim-kechak, yuz, ko‘z, ovqatlanish, choy ichish, ziyorat qilish, uxlash, jamoat joylarda odob-axloq qoidalariga ham e’tibor berilishi zarurligi haqida fikr bildirilgan.

Ta'lim, tarbiya, ma'naviyat, ma'rifat, odob, ahloq, tiabiat, go'zallik, mehr, muruvat, shavqat, urf-odat, meros

Короткий адрес: https://sciup.org/140300218

IDR: 140300218

Текст научной статьи Hozirgi kun pedagogikasida go‘zallik va tabiatning ardoqlanishi

O‘zbek xalqi azaldan go‘zallikning, tabiatning haqiqiy shaydosi bo‘lgan, uni e’zozlagan va ardoqlagan. Har qanday go‘zallikdan zavqlangan va go‘zallik yaratishga intilgan. Bolalarda go‘zallik to‘g‘risidagi dastlabki tushunchalar ularni o‘rab turgan tevarak-atrofdagi turmush ashyolari: kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, oila a’zolarining o‘zaro madaniy, samimiy munosobatlari, saranjom hovli, gulzor, san’at asarlari, musiqa, ashula, rasm asosida tarkib toptiriladi [1].

Oila go‘zallikning birinchi maktabi. Oila a’zolarining o‘zaro munosobati, uyning jihozlari, o‘sha narsalarning uyg‘unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik bolaning go‘zallikka munosobatini tarbiyalaydi.

Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go‘zal bo‘lsagina haqiqiy go‘zallik, kamolotga erishishi mumkin. Orastalik va ozodalik eng olijanob go‘zallikdir. Siyratini go‘zal sifat va xulqlar bezamagan odam, qanchalik chiroyli kiyinmasin, baribir ko‘rkam bo‘la olmaydi.

O‘zbek xalqi go‘zallik, go‘zal tuyg‘ular, go‘zal xulq va odob to‘g‘risida o‘z qarashlariga, mezonlariga ega. Bu qarashlarni xalq og‘zaki ijodi misolida ko‘rish mumkin. O‘zbek xalq ertaklari va dostonlari o‘ziga xos o‘zbekona go‘zal siymolarga boy [2].

O‘zbek xalq og‘zaki ijodida ertaklar kuchi, ayollar go‘zalligi ideal sifatida kuylanadi. Shuning uchun ham ularda ko‘pincha ajoyib pahlavonlar, tengi yo‘q go‘zallar gavdalanadi. Ertak va dostonlarda tasvirlangan qiz va ayollarning husni-jamoli kishini shunchalik hayratga soladiki, ertak qaxramonlari ularni ko‘rgan zahoti lol bo‘lib qoladilar. Chunki qizlar oy desa oyday, kun desa kunday, ko‘zi yulduzday, qoshi qunduzday, o‘zi hurday, tishlari durday, yuzi qaymoqday, og‘zi o‘ymoqday, qomati niholday, beli qilday, suv ichsa tomog‘idan, sabzi yesa biqinidan ko‘rinadigan nozik – navnihol go‘zal qilib tasvirlanadi, xalq og‘zaki ijodida. Yigitlar esa, “Na’ra tortsa qular tog‘lar cho‘qqisi, tikilsa quriydi daryoning gumi”, “To‘qson qo‘yning terisidan telpagi, sarhovuzdan katta uning kosasi” kabi mubolag‘alar bilan nihoyatda kuchli, pahlavon qilib tasvirlanadi [3].

Xalq qahramonlari nafaqat tashqi go‘zalligi, balki ichki dunyosi – xulqi, odobi, aqli, farosati bilan ham kishini maftun qiladigan darajada go‘zal qilib tasvirlanadi.

Xalq o‘z qahramonlarini ahloqli, aqlli, or-nomusli, g‘ururli, oriyatli, sadoqatli va saxovatli kishilar timsolida gavdalantiradi, ko‘z o‘ngimizda.

Go‘zal hislarni tarbiyalashning eng muhim vositasi – bu tabiatdir. Xalq ertaklarida bolalar o‘sib katta bo‘lgan tabiatdan olingan narsalar va ko‘rinishlar ko‘p. Ular bolalarning bilim darajalarini, ularning aql-idroki, zehnining o‘tkirligini xuddi oynadek aks ettiradi, bolalarda go‘zal tuyg‘ularni tarbiyalaydi [4].

Ota-onalar bolalarda tabiatga havas tuyg‘usini o‘stirish, ularni foydali odatlarga o‘rgatish maqsadida uyqu oldidan ularga cho‘pchaklar aytishgan. Shu yo‘l bilan ular bolalarni atrof-muhit, tog‘lar, qir-adirlar, daryolar, hayvonlar, parrandalar bilan tanishtirgan. Bolalar yilning to‘rt fasli, tabiat hodisalari, yaxshi va yomon xulqli odamlar haqida tasavvurga ega bo‘lganlar.

Tabiat go‘zallik timsolidir. Ona tabiat xalq uchun o‘ziga xos betakror ilhom manbaidir. O‘tmishda ota-bobolarimiz bolalarni tabiat bilan tanishtirish, tabiat hodisalari orqali tabiatga, uning go‘zalligiga havas, tabiatni e’zozlash va go‘zallik yaratishga ishtiyoq uyg‘otishgan.

Bolalarda go‘zallik hissini, tabiatga muhabbatni tarbiyalashda hadislar ham muhim tarbiya vositasi hisoblanadi.

Hadislarda ezgulik, iffat, sabr-qanoat, shukronalik kabi go‘zal xislatlar ulug‘lanadi: «Yaxshi siyrat, chiroyli hay’at va har bir ishda iqtisodchilik yetmish xislatdan bir bo‘lagidir» deyiladi hadislarda [5]. (468 - hadis).

Yaxshi siyrat – yaxshi muomala, chiroyli hay’at – bu tashqi ko‘rinishni yaxshilab yurish, iqtisod – har bir harakatda me’yorni ko‘zlash tushuniladi.

Bolalarda go‘zallikka munosobatni tarbiyalashda Sharq mutafakkirlarining asarlari, ularning fikrlari ham salmoqli o‘rinni egallaydi.

Buюk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy uyg‘unlikni go‘zallik va nafosatning asosi deb hisoblaydi. U kishining ichki dunёsi bilan tashki go‘zalligi, turmush tarzidagi go‘zallikning uyg‘un bo‘lishini talab эtgan. Я’ni insonning kiяdigan kiyimidan tortib, kundalik turmushdagi юrish-turishi, so‘zi, qalbi, qilgan ishi – hammasining go‘zal bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi.

Har bir kishida sharm-haё, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuxanlilikning tarkib topishi turmushning яnada go‘zal bo‘lishiga olib keladi.

Beruniy inson ham ichki, ham tashqi tomondan go‘zal bo‘lsagina, haqiqiy kamolotga эrishishi mumkin, deydi.

A.Avloniy aytganidek: “Haё dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shu ma’naviy nurning ziёiga muhtojdir. Iffatning pardasi, vijdonning niqobi haёdir” [6]. Demak, insoniяt o‘lchovining эng go‘zal namunasi haё va adabdir. Insonning haё tuyg‘usi uning ahloqiy go‘zalligi bilan o‘lchanadi. Zero, o‘zbek xalqi jahonda haёsi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham biz haёsizlikdan uzoqlashaylik.

Ota-bobolarimiz bolalarni go‘zal xulqli, muhabbatda sodiq, sharmu haёli, sabru qanoatli, shirin so‘z va tavoze’li qilib tarbiяlashga harakat qilganlar.

Pedagogikada bolalarda go‘zallikka havas tuyg‘ularini o‘stirishda ularning ahloqiy go‘zallik bilan birga, tashqi go‘zallikka – til, do‘stlik, kiyinish, юz, ko‘z, taom eyish, choy ichish, ziёrat, uyqu, ko‘pchilik o‘rtasida o‘zini tutish odoblarini эgallashlariga ham ahamiяt suhbati, shaxsiy namunalari berganlar. Bunda kattalarning bolalar bilan muhim rol o‘ynaydi.

Xulosa o‘rinda shuni aytib o‘tish joizki, o‘zbek xalqi o‘g‘il va qizlarda go‘zallikka havas hissini tarbiяlashda musiqa, qo‘shik, эrtak, dostonlar, donishmandlar hikmati va o‘yinlaridan foydalangan.

FOYDALANILGAN ADABIЁTLAR:

  • 1.    B.N.Gapparov “NamDU ilmiy axborotnomasi” jurnali. Namangan. 2021 yil, 6-son, 501-504 betlar. // B.N. Gapparov "NamDU Scientific Bulletin" magazine. Namangan. 2021, Issue 6, Pages 501-504.

  • 2.    B.N.Gapparov “NamDU ilmiy axborotnomasi” jurnali. Namangan. 2022 yil. 3-son, 664-668 betlar. // B.N. Gapparov "NamDU Scientific Bulletin" magazine. Namangan. 2022 year. Issue 3, pp. 664-668.

  • 3.    G.A.Haydarova,  K.U.Pardaeva,  B.N.Gapparov “Xalq pedagogikasi”,

    “Tafakkur” nashriёti, Toshkent. 2009 yil, 250-253 betlar. // G.A.Haydarova,

    K.U.Pardaeva, B.N.Gapparov "People's Pedagogy", "Tafakkur" publishing house, Tashkent. 2009, pp. 250-253.

  • 4.    B.N.Gapparov NamDU ilmiy axborotnomasi. Namangan. 2022 yil. 4-son, 609-612 betlar. // B.N. Gapparov scientific newsletter of NamSU. Namangan. 2022 year. Issue 4, pp. 609-612.

  • 5.    Imom Ismoil al-Buxoriy «Al Adab al-Mufrad» (“Adab durdonalari”), Toshkent – 1990 yil, 137 – bet. // Imam Ismail al-Bukhari "Al Adab al-Mufrad" ("Masterpieces of manners"), Tashkent - 1990, p. 137.

  • 6.    A.Avloniy. Turkiy guliston ёhud ahloq. Toshkent, O‘qituvchi, 1992 yil, 31-bet. // A.Avloni. Turkish culture and ethics. Tashkent, Teacher, 1992, p. 31.

"Экономика и социум" №10(101) 2022

Список литературы Hozirgi kun pedagogikasida go‘zallik va tabiatning ardoqlanishi

  • B.N.Gapparov "NamDU ilmiy axborotnomasi" jurnali. Namangan. 2021 yil, 6-son, 501-504 betlar. // B.N. Gapparov "NamDU Scientific Bulletin" magazine. Namangan. 2021, Issue 6, Pages 501-504.
  • B.N.Gapparov "NamDU ilmiy axborotnomasi" jurnali. Namangan. 2022 yil. 3-son, 664-668 betlar. // B.N. Gapparov "NamDU Scientific Bulletin" magazine. Namangan. 2022 year. Issue 3, pp. 664-668.
  • G.A.Haydarova, K.U.Pardaeva, B.N.Gapparov "Xalq pedagogikasi", "Tafakkur" nashriёti, Toshkent. 2009 yil, 250-253 betlar. // G.A.Haydarova, K.U.Pardaeva, B.N.Gapparov "People's Pedagogy", "Tafakkur" publishing house, Tashkent. 2009, pp. 250-253.
  • B.N.Gapparov NamDU ilmiy axborotnomasi. Namangan. 2022 yil. 4-son, 609-612 betlar. // B.N. Gapparov scientific newsletter of NamSU. Namangan. 2022 year. Issue 4, pp. 609-612.
  • Imom Ismoil al-Buxoriy "Al Adab al-Mufrad" ("Adab durdonalari"), Toshkent - 1990 yil, 137 - bet. // Imam Ismail al-Bukhari "Al Adab al-Mufrad" ("Masterpieces of manners"), Tashkent - 1990, p. 137.
  • A.Avloniy. Turkiy guliston ёhud ahloq. Toshkent, O‘qituvchi, 1992 yil, 31-bet. // A.Avloni. Turkish culture and ethics. Tashkent, Teacher, 1992, p. 31.
Еще