Hozirgi zamon ingliz va o’zbek tillarida frazeologik birliklarning ifodalanishi
Автор: Sultonqulova G.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (98), 2022 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada frazeologik birlik, uning tarkibi va sinflarga ajratilishi tog’risida fikr yuritilgan.
Frazeologik birliklar, nazariya, nominativ frazeologizmlar, ko'chma ma'no, so'z birikmasi
Короткий адрес: https://sciup.org/140300535
IDR: 140300535
Текст научной статьи Hozirgi zamon ingliz va o’zbek tillarida frazeologik birliklarning ifodalanishi
Frazeologiya – til sistemasining ajralmas qismidir. Frazeologiyaning tilshunoslikda alohida o‘rin egallashiga V. V. Vinogradov, V.L. Arxangelskiy, N.N. Amosova, I.I Chernishevalarning hissalari kattadir. Chunki ular frazeologiyaning asosiy tushunchasi va kelajakda o‘rganilish yo‘llarini belgilab berishgan.
Frazeologiya nazariyasining asoschisi sifatida shveysariyalik olim Sh.Balli (18651947) hisoblanadi. Balli birinchilardan bo‘lib, o‘zining “Fransuz stilistikasi” va “Stilistika maqolalari” o‘quv qo‘llanmalarida so‘zlarning mosliklarini o‘rganib chiqqan. U stilistika kitoblarida frazeologiya haqida bob kiritgan. U o‘zining birinchi kitobida so‘z birikmalarining 4ta guruhini ajratib ko‘rsatgan: 1) mustaqil so‘z birikmalari, yaʼni turg‘unlikka ega bo‘lmagan so‘z birikmalari, 2) oddiy birikmalar, yaʼni baʼzi o‘zgarishlarni qabul qiladigan birikmalar, 3) frazeologik qatorlar, yaʼni frazeologik birliklardagi so‘zlar umumiy bitta tushunchani anglatadi, 4) frazeologik birliklar, yaʼni so‘zlar o‘zining maʼnosini umuman yo‘qotib, bitta yakka tushunchaga ega birliklar. Shunday qilib, Balli birikmalarni turg‘unlikka nisbatan quyidagicha taqsimlaydi: komponentlar o‘rtasidagi mustaqil bog‘liqlik, va mustaqillikka ega bo‘lmagan birikmalar. Balli bu guruhlarni sxematik tarzda tasvirlagan, lekin ochib ko‘rsatmagan.
50-yillarning boshlarida ingliz frazeologizmlarining semantik klassifikatsiyasi paydo bo‘ldi.(V.V.Vinogradovning rus tili frazeologik birliklarining klassifikatsiyasi asosida tuzildi). Bu klassifikatsiya hamma frazeologizmlarni semantika jihatidan uch bo‘ladi:
-
1 .Frazeologik qo‘shilmalar yoki iboralar- umuman bo‘linmaydigan birikmalar va ularning maʼnolari komponent maʼnolari va leksik tuzilishiga taaluqli emas. Ularning maʼnosi va komponentlar maʼnosi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q . Masalan “Latin is a dead language “
Frazeologik qo‘shilmalar orasida quyidagilar farqlanadi:
-
a) asosida nekrotizm bo‘lgan frazeologik qo‘shilmalar;
-
b) asosida grammatik arxaizmlar mavjud bo‘lgan frazeologik qo‘shilmalar;
-
c) ham leksik, ham semantik jihatdan bo‘linmaydigan frazeologik qo‘shilmalar;
-
d) komponentlarning leksik maʼnosiga umuman taʼsir qilmaydigan yaxlit semantik birlikli frazeologik qo‘shilmalar.
-
2. Frazeologik birliklar, ular birikmalarning vaqtincha joy almashishi yoki semantik jihatdan maʼno almashishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ular o‘zidan ajratilmaydigan semantik yaxlitlikni tashkil qiladi. Bu guruh maʼnoning bo‘rttirib ko‘rsatilishi bilan xarakterlanadi.
-
3. Frazeologik birikmalar- bularning komponentlari qaysidir maʼnoda bir-biri bilan teng huquqlidir.Hattoki shu birikma tarkibidagi biror bir mustaqil bo‘lmagan komponentlarning ham sinonimi bo‘lishi mumkin .Frazeologik birikmalar uchun shu asos so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan sinonimik, parallel konstruksiyalarning borligi xarakterlidir. Masalan, a blind love-yomon ko‘rmoq, ko‘r-ko‘rona sevmoq. Bu yerda semantikaning tahliliyligi xarakterlidir.
-
3. Frazeologik birikmalar- bularning komponentlari qaysidir maʼnoda bir-biri bilan teng huquqlidir.Hattoki shu birikma tarkibidagi biror bir mustaqil bo‘lmagan komponentlarning ham sinonimi bo‘lishi mumkin .Frazeologik birikmalar uchun shu asos so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan sinonimik, parallel konstruksiyalarning borligi xarakterlidir. Masalan, a blind love-yomon ko‘rmoq, ko‘r-ko‘rona sevmoq. Bu yerda semantikaning tahliliyligi xarakterlidir.
Make an elephant of a fly- Pashshadan fil yasamoq.
Make an elephant of a fly- Pashshadan fil yasamoq.
Keyinchalik 60-yillarda semantik klassifikatsiya o‘rnini fuksional klassifikatsiya egallaydi . Ular ikkita katta guruhga bo‘linadi:
-
1. Nominativ frazeologizmlar (faqatgina nominativ funksiyani bajaradi);
-
2. Nominativ –ekspressiv frazeologizmlar ( nominativ –ekspressiv funksiyani bajaradi).
Birinchi guruh, birinchidan, atoqli leksik maʼnoli komponentlar asosidagi semantik butunlikka ega nominantli mukammal birikmalarni o‘z ichiga oladi .Ikkinchidan , tarkibidagi biror bir komponentning ko‘chirma maʼno asosida yasaladi. Uchinchidan, mukammal feʼlli birikmalar.
Ikkinchi guruh esa o‘z ichiga birikmali va butun bir gap strukturali semantik hosil bo‘lgan frazeologizmlarni oladi.
-
I. I. Chernishevaning quyidagi kriteriylar asosida ishlagan kompleksi frazeologizmlarning yangi struktural semantik klassifikatsiyasini keltirib chiqaradi .
-
1 .Grammatik struktura:
-
a).so‘z birikmasi; b) predikativ birikma va so‘z.
-
2 .Yasalish turlari:
-
a) komponentlarning yagona yo‘l bilan birikishi;
-
b) namuna asosida yasalishi;
-
s) bir necha yo‘l orqali yasalish .
-
3. Mukammal birikmalar asosidagi semantik siljishning borligi yoki yo‘qligi natijasida maʼnoning paydo bo‘lishi:
-
a) komponentlarning semantik yasalishi natijasidagi maʼno;
-
b) atoqli leksik maʼno komponentlari asosidagi maʼno;
-
c) tip strukturasidagi maʼno.
Leksik –sintaktik klassifikatsiyada frazeologizmlarning quyidagi turlari mavjud:
-
a) verbal frazeologizmlar. Funksional jihatdan feʼllar bilan bog‘liq, yaʼni asosiy qismini feʼl komponentlari tashkil etgan frazeobirliklar bu guruhga taaluqli bo‘ladi .Verbal frazeolgizmlar har xil gap bo‘laklari funksiyalarini, yani kesim , ega va hol funksiyalarini bajaradi . Verbal frazeologizmlar tarkibiga idiomalar va frazeologik birliklar kiradi .
-
b) Adverbial frazeologizmlar . Funksional jihatdan ravish bilan bog‘liq frazeologik birliklar adverbial frazeologik birliklar guruhiga taaluqli bo‘ladi . Masalan , “ in a full mouth “- “og‘zini to‘ldirib”.
Adverbial frazeologizmlarning umumiy hajmdagi qismi katta maʼnoga ega emas.
-
s) Substantiv frazeologizmlar. Funksional jihatdan ot bilan bog‘liq frazeologizmlar substantiv frazeologizmlar guruhiga taaluqlidir, yaʼni ularning asosiy komponenti ot hisoblanadi. Substantiv frazeologizmlarga idiomalar ( iboralar ) va boshqa turdagi frazeologik birliklar kiradi .
-
d) Pronominal frazeologizmlar . Xuddi olmoshga o‘xshab ular ham yaxlit noaniqlikni bildiradi. Masalan, this and that- ham bu, ham u;
ye) Bog‘lovchili xarakterga ega bo‘lgan frazeologizmlar : here it is – ana xolos.
-
f) Gaplar bilan bog‘lik frazeologizmlar. Bu guruhga maqollar kiradi .Masalan , Men may meet , but mountains never – Tog‘ – tog‘ bilan uchrashmaydi, odam – odam bilan uchrashadi.
Grammatik struktura jihatidan frazeobirliklar birikmalar, predikativ birikmalar va gap hollarida bo‘ladi .Maʼno jihatidan ko‘rib chiqilganda , frazeologizmlarning struktural –semantik klassifikatsiyasi kelib chiqadi .Ular uchta guruhga bo‘linadi:
-
1. frazeologik birliklar; 2. frazeologik birikmalar; 3. frazeologik tushunchalar;
-
1. Frazeologik birliklar. Frazeologiyaning asosiy bo‘limlaridan biridir. Ularning asosida semantik transformatsiya yotadi. Komponentlar guruhining maʼnosi o‘zgarganda, frazeologik maʼno paydo bo‘ladi. Bu guruhga bir –biri bilan ergashish yo‘li orqali bog‘langan birikmalar kiradi. Frazeobirliklar guruhiga, M. D. Stepanova va I. I.Chernishevaning aytishicha, so‘z juftliklari va komparativ frazeologizmlar kiradi. Ular bularni struktural xususiyatga ega frazeobirliklar deb atashadi.
-
2. Frazeologik birikmalar –Komponentlarning maʼno jihatidan o‘zgarib, bitta yagona maʼno beruvchi frazeologik birliklardir. Bunday frazeologik birliklarning semantikasi uchun tahliliy qarash va komponentlarning alohida semantik o‘rganilishini saqlash joizdir. Masalan “an iron lady”-“temir ayol” .
-
3. Frazeologik tushunchalar – bunday birliklar o‘z grammatik tuzilishi jihatidan gap yoki predikativ birliklar bo‘lishi mumkin .Kommunikativ maʼno jihatidan ularning quyidagi xillari mavjud :
So‘z juftliklarining asosiy struktural belgisi bu ularning binar xususiyatga ega birikma bo‘lishidir, yaʼni ular ikkita bir gap bo‘laklariga taalluqli bo‘lgan leksemalardan iborat. Semantika nuqtai nazaridan olib qaralganda , so‘z juftliklar umumlashgan xarakterga ega.
Frazeologik birikmalar terminologik va noterminologik xarakterga ega. Masalan “The black market “- “ chayqovchilar bozori “
-
a) ko‘p ishlatiladigan maqollar: In Rome as the Romans do- Ko‘rlar shahriga borsang, bir ko‘zingni qisib yur.
-
b) Mukammal va hosil qilingan modal tushunchalar , masalan “ Damn it up.”-“ Ha, qurib ketsin !”
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, frazeologik birliklar nafaqat ingliz tilida, balki boshqa tillarda ham keng qo‘llaniladi. Frazeologik birliklar ingliz tilida quyidagi asos bo‘yicha tahlil qilinadi:
-
1. Frazeologik birliklarning soniga nisbatan boshqa tillar bilan qiyoslanishi;
-
2. Aspektual va funksional moslikka nisbatan taqqoslash;
-
3. Stilistik bo‘yoqqa egaligi nuqtai nazaridan.
Bu nuqtai nazar orqali o‘rganilgan frazeologik birliklarda hamma stilistik qatlamlarga mos frazeologik birliklar mavjudligi ham o‘rganildi.
Bundan tashqari biz tahlil qilgan frazeologik birliklarning asosiy qismi inson xarakteri, uning ichki va tashqi dunyosini ochib tahlil qiluvchi frazeosemantik guruhga mansub frazeologik birliklardir. Ularda emotsional-ekspressiv bo‘yoq, ishlatilishning stilistik xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular tilning madaniy xususiyatlarini ochib beradi va bu birliklarda milliy bo‘yoq, o‘rganilayotgan tilning yorqinligi va his-hayajoni aniq va ravon aks ettirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Arnold I. V. Leksikologiya sovremennogo angliyskogo yazыka. – M.: Izd-vo literaturы na inostrannыx yazыkax, 1959. – 352s.
-
2. Valgina N.S., Rozental D.E., Fomina M.I. Sovremennыy russkiy yazыk, pod red. N.S. Valginoy, - M.: Uchebnik dlya vuzov, izd. 6-e, dop. i pererab. Logos, 2006. -S. 317-319
-
3. Bushuy A. M. Suщnost yazыka kak problema obщey lingvistiki. Tekstы leksiy. – Samarkand: SamGIIYa, 2004, - 90s.
-
4. Bushuy A. M. Yazыk i deystvitelnost. – Tashkent. Fan, 2005. – 150 s.
-
5. Vakurov V.N. Frazeologicheskiy kalambur v sovremennoy publitsistike. // Russkaya rech, 1994, №6. -340 s.
6.
"Экономика и социум" №7(98) 2022
Список литературы Hozirgi zamon ingliz va o’zbek tillarida frazeologik birliklarning ifodalanishi
- Arnold I. V. Leksikologiya sovremennogo angliyskogo yazыka. - M.: Izd-vo literaturы na inostrannыx yazыkax, 1959. - 352s.
- Valgina N.S., Rozental D.E., Fomina M.I. Sovremennыy russkiy yazыk, pod red. N.S. Valginoy, - M.: Uchebnik dlya vuzov, izd. 6-e, dop. i pererab. Logos, 2006. -S. 317-319.
- Bushuy A. M. Suщnost yazыka kak problema obщey lingvistiki. Tekstы leksiy. - Samarkand: SamGIIYa, 2004, - 90s.
- Bushuy A. M. Yazыk i deystvitelnost. - Tashkent. Fan, 2005. - 150 s.
- Vakurov V.N. Frazeologicheskiy kalambur v sovremennoy publitsistike. // Russkaya rech, 1994, №6. -340 s.
- www.referat.uz.