Idiolekt - muallif uslubi sifatida
Автор: Xurramova D.R.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 2-1 (81), 2021 года.
Бесплатный доступ
“Muallif idiolekti va tarjima muammosi” bo‘lib,ishning dolzarbligi idiolektni tarjimada to‘la-to‘kis yetkazib muammosidir. Uning tor va keng ma’nodagi uslubi. Muallif idiolektining badiiy matnda aks etish yo‘llari ochib berishga qaratilgan.
Idiolekt, tarjima muammosi, uslub, muallif
Короткий адрес: https://sciup.org/140260307
IDR: 140260307
Текст научной статьи Idiolekt - muallif uslubi sifatida
Umuman, uslub masalasining murakkabligi haqida akademik V.V. Vinogradov to‘g‘ri fikrni aytdi: «San’atshunoslik adabiyotshunoslik va tilshunoslikda uslub termini, uslub tushunchasi kabi va juda ko‘p ma’noli, bir-biriga qarama-qarshi, hali o‘ziga mos ta’rifga ega bulmagan, chigal, subyektiv-noaniq bir termin yoki tushunchani topa olmaymiz. Shuning bilan birga, hech bir san’at nazariyasi stilsiz yashay olmaydi, uni chetlab utolmaydi. ...Uslub kategoriyasi ko‘pincha ilmiy-tarixiy nazariyaning muhim asoslaridan biri hisoblanadi» [29,7].
Stilistika o‘zi alohida bir fan bo‘lib, uni ba’zi bir olimlar «tilshunoslik ilmining bir qismi» deydilar (masalan, V. V. Vinogradov), ba’zilar esa «yo‘q uslub adabiyotshunoslikning bir bo‘lagi» (L.I. Timofeev) deydilar. Stilistikaning qaysi fanga kirishidan qat’iy nazar, bu masalani jiddiy o‘rganish kerak stilistika, bizning fikrimizcha, umumfilologiyaning bir bo‘lagidir.
Uslub haqida buyuk munaqqid V.G. Belinskiy shunday degan edi: «Uslub – bu talant, tafakkurning o‘zi demakdir, uslub-bu fikrning bo‘rtib chiqishi va yaqqol sezilishidir. Uslubda odamning o‘zi butunlay ko‘rinadi, uslub hamma vaqt shaxs kabi, xarakter kabi originaldir. Shuning uchun har bir ulug‘ yozuvchining o‘z uslubi bo‘ladi» [26,64].
Darhaqiqat, har bir ulug‘ yozuvchi va shoirning o‘ziga yarasha uslubi-stili borligini ko‘hna tarix bizga aytib beradi. Biz klassik adabiyotni o‘rganar ekanmiz, ulug‘ siymolar Firdavsiy, Nizomiy, Sa’diy, Navoiy, Shota Rustaveli, Pushkin, Tolstoy, Chexovlarning o‘ziga xos stili-uslubi borligini bilamiz. Rus adabiyotida o‘ziga xos individual uslub yaratgan yozuvchilar, ayniqsa XIX asrda ko‘p yetishib chiqishdi. Masalan, Dostoevskiy, Saltikov-Shchedrin, Nekrasov, Turgenev va boshqa klassiklar shular jumlasidandir. Rus adabiyoti klassiklari Gorkiy, Mayakovskiy, Fadeev, Sholoxovlarning ham o‘ziga xos stili bor, xuddi shu kabi o‘zbek-rus adabiyoti namoyandalari – Hamza Hakimzoda Niyoziy, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, A. Qahhorlar ham o‘ziga xos uslub yaratganlar. Uslub yaratgan yozuvchi asariga nomi qo‘yilmasa ham uning avtorini bilib olish mumkin. Misol qilib zo‘r talant egasi F.M. Dostoevskiyni ko‘rsatish mumkin. Garchand Dostoevskiy o‘z asariga familiyasini qo‘ymasa ham uning asari o‘qilganda u Dostoevskiyniki ekanligi ma’lum bo‘lib qoladi. Pushkin, Karamzin, Dostoevskiylar o‘sha zamonlarda ba’zi bir sabablarga ko‘ra o‘z asarlariga ism, familiyalarini qo‘ymasdan nashr qilganlar, ko‘pgina olimlar bu masalani aniqlash uchun bosh qotirganlar va ijobiy natija chiqara olmaganlar, har qaysi yozuvchining uslubini bilgan, stilistika qonunlarini yaxshi o‘rgangan akademik V.V. Vinogradov ko‘p mehnat sarf etib, o‘sha asarlarning avtorini aniqlab berdi va bu bilan rus adabiyoti fondini boyitdi.
Har bir mohir yozuvchi o‘ziga yarasha individual uslub yaratish kerakligini biladi, boshqa yozuvchilardan ajralib turadigan xususiyatlarni qidiradi va uni topishga harakat etadi. Talantli yozuvchilar bunga muyassar bo‘ladilar. Hamid Olimjon bilan G‘afur G‘ulom she’rlarini solishtirib ko‘ring, ular bir-biriga hech ham o‘xshamaydi, har qaysisining o‘ziga xos xususiyati bor. Yoki Oybek bilan Abdulla Qahhorning nasriy asarlarini chog‘ishtirsangiz har ikki san’atkorni bir-biridan ajratib turadigan farq borligini bilib olasiz, har ikkovining o‘ziga xos yo‘li mavjud, jumla tuzilishlari har xil, majoz, istiora, o‘xshatishlari bir-biridan tamom ajralib turadi, bundan tashqari, har ikkovining temasi, obrazlar sistemasi, syujeti, kompozitsiyasi, butunlay boshqachadir. Basharti Oybekning nomi qo‘yilmagan asarini o‘qir ekansiz, uni Abdulla Qahhorniki deb ayta olmaysiz va aksincha, Abdulla Qahhorning asarini Oybekniki deb hukm chiqarib bo‘lmaydi. Demak ularning o‘ziga xos uslub-stili bor.
Stilning ikki xil ma’nosi bor: tor ma’nodagi uslub va keng ma’nodagi uslub. Yozuvchilardagi uslub bu tor ma’noga kiradi. Keng ma’nodagi uslub esa o‘z ichiga katta-katta masalalarni oladi, masalan, oddiy nutq stili, tashviqot-targ‘ibotchilar nutqi stili, gazeta maqolalalari stili, ilmiy, fan, texnika asarlari stili, rasmiy va ish yuritish hujjatlari stili va hokazolar. Bundan tashqari, yumoristik uslub, satirik uslub, intim-ichki hissiyot stillari borki, bularning har biri ma’lum xususiyatlarga ega, har qaysisining o‘ziga yarasha ichki tuzilishi (strukturasi), termin leksikalari mavjud [ 29,8].
Uslub so‘zini san’atga nisbatan ham ishlatadilar, masalan, arxitektura stili, musiqa stili, rassomchilik stili va boshqalar. Har qaysi tarixiy davrning o‘z stili bo‘lib, bular ma’lum bir metod va metodologiya bilan bog‘langan. Uslub va stilistika tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. Masalan, Rossiyada XVI asrning ikkinchi yarmidan XVIII asrning oxirigacha adabiyotda uch asosiy uslub xukmron edi, ular yuqori uslub, o‘rta uslub, tuban stilga bo‘linardi. Bu uch uslub sistemasini nazariy jihatdan Lomonosov asosladi va har qaysi stilga kiradigan so‘zlarni guruhlarga ajratdi. Birinchi chex-slavyan tilida boru, lekin rus tilida yo‘q so‘zlar, ikkinchi guruhga esa faqat rus tilida bor, lekin cherkov-slavyan yodgorligida bo‘lmagan so‘zlarni kiritdi. Yuqori stilda chex-slavyan tilidagi so‘zlar ishlatilsa, tuban stilda esa chex-slavyan tili so‘zlari ishlatilmas edi. Bu uch stilning o‘z janrlari bo‘lib, yuqori stilda qaxramonlik dostonlari, qasida (oda), tantanali nutqlar yozilardi, o‘rta stilda satira, elegiya, tarixiy asarlar, tuban stilda esa komediya, qushiq o‘rtoqlik xatlari yozilardi [48,9].
Pushkin rus adabiy tilini qayta ishlab, uni rus xalq jonli tili, leksikasi bilan boyitdi, shu bilan butun rus xalqining faxriga aylandi.
O‘zbek adabiyotida uslub tarixi hali o‘rganilgani yo‘q. Navoiy davrigacha bo‘lgan adabiy uslub, Navoiy davri adabiy stili va undan keyingi davr adabiy stillari o‘rganilishi kerak
Ulug‘ shoir Navoiy o‘zbek adabiy tilining asoschisi bo‘lib, olamshumul asarlar yaratdi. U o‘zbek tilining ravnaqi uchun mardonavor ko‘rashib, avlodlarga o‘zbek adabiy tilini asoslovchi qimmatli ilmiy asarlar qoldirdi. Alisher Navoiy adabiyotimizda kattakon adabiy maktab yaratdi. Navoiy maktabi keng tomir yoyib, undan keyin ham davom etdi. Klassik adabiyotimiz namoyandalari Navoiy ta’siri ostida, Navoiy an’analaridan foydalanib ish qurdilar. Afsuski, bular haqida, ya’ni o‘zbek adabiyotidagi uslub tarixi haqida haligacha maxsus bir ilmiy asar vujudga kelganicha yo‘q.
Badiiy tarjimada uslub masalasi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, uslub va stilistika to‘g‘risida aytilgan yuqoridagi gaplarga ham e’tibor qilishimiz kerak bo‘ladi.
Tarjimon biror yozuvchining asarini tarjima qilar ekan, uning stilini albatta berishi kerak. Bu adabiy tarjimaning asosiy qoidalaridan biri, tarjimonning ustaligi esa original asarning stilini bera bilishidadir. Agar tarjimon o‘sha yozuvchining stilini bermasa, u vaqtda tarjima bo‘sh chiqadi va nursiz, rangsiz, qonsiz, chala jonday bo‘lib ko‘rinadi. Eng mohir tarjimonlarning asarlari shuning uchun ham o‘lmas asarlar bo‘lib qoladiki, ular original asar avtorining ruhi va uslubini bera oladilar. Bu og‘ir vazifani bajarish uchun tarjimon har turli yo‘llarni axtaradi, o‘z qalamini charxlab o‘tkirlaydi, natijada mashhur tarjimonga aylanadi. Mashhur yozuvchi, tarjimon, filologiya fanlari doktori Korney Chukovskiy «Asl nusxaning stilini bera olgan badiiy tarjimagina aniq tarjima bo‘la oladi», - deb yozgan edi [36].
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
-
1. 1.Виноградов В.В. Основные понятия русской фразеологии как лингвистической диcциплины. – М.: ГИХЛ, 1946. – 461 c.
-
2. Виноградов В.В. Проблема авторства и теория стилей. – М.: ГИХЛ, 1961. – 614 с.
-
3. Salomov G‘. Tarjima tashvishlari.Toshkent, 1983.
-
4. Isaqov.U. Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at.T., 2013.
-
5. Xolmirzayev.T. Urducha-o‘zbekcha lug‘at.Islomobod, 2003.
"Экономика и социум" №2(81) 2021
Список литературы Idiolekt - muallif uslubi sifatida
- Виноградов В.В. Основные понятия русской фразеологии как лингвистической диcциплины. - М.: ГИХЛ, 1946. - 461 c.
- Виноградов В.В. Проблема авторства и теория стилей. - М.: ГИХЛ, 1961. - 614 с.
- Salomov G‘. Tarjima tashvishlari.Toshkent, 1983.
- Isaqov.U. Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at.T., 2013.
- Xolmirzayev.T. Urducha-o‘zbekcha lug‘at.Islomobod, 2003.