Jahonda tug`ilganda kutilayotgan umr davomiyligi masalalarining hududiy tafavutlari

Автор: Muxammedova N.J., Norquvvatova U.I., Umarova O.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Maqolada jahon mamlakatlarida kutilayotgan umr davomiyligi holati statistik tahlil qilingan. Unga ko`ra eng yuqori va eng past umr davomiyligi kuzatilgan hududlar o`rganilgan. Shu bilan birga umr davomiyligi yuqori va past ko`rsatkichlari geografik omillarning ta`siri aniqlangan.

Umr davomiyligi, geografik omillar, ijtimoiy omillar, iqtisodiy omillar, aholi

Короткий адрес: https://sciup.org/140300392

IDR: 140300392

Текст научной статьи Jahonda tug`ilganda kutilayotgan umr davomiyligi masalalarining hududiy tafavutlari

Aholi - yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qit’a, mamlakat, tuman, shaharda istiqomat qiluvchi odamlar majmui hisoblanadi1. Aholini tadqiq etish bilan asosan demografiya fani shug’ullanadi. Aholi orasida sodir bo’layotgan jarayonlarning barchasi biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, geografik omillar natijasidir. Ammo aholi rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omil bu- iqtisodiy-ijtimoiy omildir. Ushbu iqtisodiy va ijtimoiy omillar tibbiy xizmat sifati, turmush tarzi, iqlim sharoiti, davlatning ekologik jihatdan qulaylik ko’rsatkichlarida yaqqol namoyon bo`lib, aholi umr davomiyligiga hamda uzoq umr ko’rishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Tug`ilganda kitilayotgan umr davomiyligi muhim demografik ko’rsatkich hisoblanib, ma’lum bir hudud aholisining o’lim darajasini tavsiflaydi. Boshqacha qilib aytganda, insonning tug’ilishdan to o’limigacha bo`lgan o’rtacha umr ko’rishini anglatadi. Umr davomiyligi ehtimollik nazariyasi qonunlariga muvofiq aniqlanadi. Umr davomiyligi – bu organizm yashash davrining davomiyligi bo’lib, u ko’p jihatdan ijtimoiy muhit bilan bog’liq bo’ladi. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti aholining o’rtacha umr davomiyligini hisoblashda «hayot jadvali»2 natijalaridan foydalanib, ularning natijalarini aniqlaydi. Ushbu jadvalni ilk bor ingliz statisti 1621-yil Jon Graunt tadqiqotlarida hisoblab chiqqan. Bunga ko’ra ma’lum bir davr tanlanib, o’sha davrda tug`ilganlar hamda yoshga ko`ra o`lganlar soni orqali bir nechta demo-statistik formulalar asosida ishlab chiqiladi. Mazkur jadval natijasi esa hisoblangan davrdagi umr davomiyligi ko’rsatkichini bildiradi. O’racha umr ko’rish yoshi mamlakatlarda har xil bo`lib ularga sog’liqni saqlash darajasi, atrof-muhit holati, iqtisodiy va ijtimoiy muhit hamda siyosiy vaziyat kabi omillar o`z ta’sirini o`tkazadi.

1-jadval

Dunyo mintaqalarida aholining umr davomiyligi dinamikasi

Mintaqalar

2010 yil

2015 yil

2020 yil

jami

ayol

erkak

jami

ayol

erkak

jami

ayol

erkak

Dunyo

69

71

67

71

73

69

73

75

70

Afrika

55

57

54

60

61

58

64

65

62

Amerika

75

78

72

76

79

74

77

80

74

Osiyo

70

72

68

72

74

70

73

75

71

Yevropa

76

80

72

78

81

74

79

82

75

Avstraliya va Okeaniya

76

78

74

77

80

75

79

81

77

Muayyan mintaqada o’rtacha umr ko’rish darajasining o’zgarishiga harbiy to`qnashuvlar, davlat to`ntarishlari va urushlar ta’sir etadi. Yuqoridagi holatlar faqatgina umr davomiyligiga emas, umumiy aholi qisqarishiga hamda iqtisodiy va ijtimoiy muhitning ta’sirida boshqa demografik jarayonlarning o`zgarishiga sabab bo`ladi.

Jadval ma`lumotlariga ko`ra dunyo mintaqalarida umr ko`rish yoshi turlichaligi kuzatiladi. Bu holatni aholining turmush tarzi, iqtisodiy ahvoli hamda salomatlik tarzi bilan baholash o`rinlidir. Ma`lumotlarga ko`ra dunyoning Yevropa hamda Avstraliya va Okeaniya mintaqalarida umr davomiyligi qisman yuqori. Bu holatni hududning iqtisodiy darajasi hamda tabiiy muhitning saqlanib qolganligi bilan baholash o`rinli. Ma`lumki, Afrika mintaqasida aholi umr davomiyligining pastligiga asosan tibbiy xizmatning yaxshi emasligi hamda turmush darajasining pastligi sabab bo`ladi.

2-jadval

O`rtacha umr ko’rish darajasi eng yuqori bo’lgan mamlakatlar monitoring (2020 yil)

Mamlakat nomi

Aholi soni (mln kishi

Tug`ilish darajasi

O`lim darajasi

Umr davomiyligi, yosh

1

San- Marino

0,03

7

7

85

2

Gonkong

7,5

7

6

85

3

Avstraliya

25,8

13

6

85

4

Makao

0,7

9

3

84

5

Yaponiya

126

7

11

84

6

Lixtenshteyn

0,04

10

7

84

7

Shveysariya

8,6

10

8

84

8

Singapur

5,8

9

5

83

9

Koreya Respublikasi

51,8

6

6

83

10

Normandiya orollari

0,2

9

8

83

11

Islandiya

0,4

12

6

83

12

Norvegiya

5,4

10

8

83

13

Shvetsiya

10,4

11

9

83

14

Fransiya

64,9

11

9

83

15

Italiya

60,3

7

11

83

16

Malta

0,5

9

8

83

17

Ispaniya

47,6

8

9

83

18

Isroil

9,2

20

5

83

19

Quvayt

4,7

14

2

82

20

Finlandiya

5,5

8

10

82

Dunyo aholisi turlichaligi uning demografik jarayonlarining ham har xil bo`lishiga sabab bo`ladi. Aholi joylashuvi tabiiy sharoit, iqtisodiy va ijtimoiy muhit bilan bog`liq bo`lib, ularning tarqalishi demografik hodisa sanaladi. 2021-yil ma’lumotiga ko`ra Xitoy Xalq Respublikasiga dunyo aholisi (7,8 mlrd)ning 18 foizi to`g`ri keladi. Umr davomiyligi esa ushbu hududda 77 yoshni tashkil etadi.

Ushbu jadval ma’lumotiga ko`ra Yevropa hududida joylashgan San-Marino davlati mitti mamlakat bo`lishiga qaramay, aholisi eng uzoq umr ko`ruvchi hudud hisoblanadi.

2016-yilda BMTning Taraqqiyot Dasturi ma’lumotlariga ko’ra, Gonkong umr ko’rish davomiyligi eng yuqori bo’lgan mintaqalardan biriga aylandi. Bu yerda odamlar o’rtacha 85 yil yashaydi. Rasmiy ravishda Gonkong Xitoyning mintaqalaridan biri bo’lishiga qaramay, o’z qonun va an’analariga ega, Xitoydan farq qiladi. Bu yerda sanoat ishlab chiqishning kamligi Xitoyning boshqa provinsiyalariga qaraganda umr davomiyligining yuqori bo’lishiga olib keladi. Gonkongda atrof-muhit kam ifloslangan va aholi iste`moli asosan dengiz mahsulotlaridan iborat. Bu esa tana holatiga ijobiy ta’sir etadi va tozalaydi.

Avstraliya materigi sanoati sust rivojlangan, ayniqsa qishloq xo`jaligiga ixtisoslashgan hudud hisoblanadi. Hududda qariyalarni e’zozlash siyosiy dasturi amal qilishi sababli so`nggi yillarda umr davomiyligi ortib bormoqda.

Makao Xitoy tarkibidagi hudud hisoblanib, tabiiy sharoiti to`liq saqlab qolingan joydir. Aholisi asosan yer va dengiz mahsulotlaridan iste’mol qilishi umr davomiyligi uzunligini saqlab qolishiga sabab bo`ladi.

Yaponiyada aholi umr davomiyligi dunyo bo`yicha oldingi o`rinda turadi. Bu holat so`nggi XX asrning 80-yillaridan keyin boshlandi. 1800-yillarda yaponlarning o’rtacha umr davomiyligi 37 yosh bo`lgan. Umr davomiyligi yuqori hisoblangan Yaponiyada turmush tarzini to`g`ri tashkil etish uzoq umr ko`rishga bo`lgan holatni yuqori pog`onaga chiqardi. Bunga to’g’ri ovqatlanish, sog’lom turmush tarzi, yurish va yugurish, itoatkorlik- shifokorning aytganlariga amal qilish, gigiyena qoidalariga rioya qilish, keksalikka hurmat bilan qarash, davlatning iqtisodiy darajasi va tibbiyotga e’tibori kabi omillar ta’sir etadi.

Singapurda qariyalarni qo`llab-quvvatlashga alohida e’tibor beriladi. Chunki ularda ’’Har kim o`z mehnatiga yarasha’’ degan tamoyilga amal qilinadi. Singapur sayyoramizdagi eng samarali taraqqiyot va ijtimoiy o`sish formulasini ishlab chiqqan mamlakatdir. Shuning uchun bu davlatda o`rtacha umr davomiyligi 83 yosh bo`lib, bu ko`rsatkich erkaklarda 81 yosh, ayollarda esa 85 yoshni tashkil etadi.

Yevropa hududida joylashgan mitti davlat hisoblangan Lixtenshteynda aholi turmush darajasining yuqoriligi, tibbiyotning rivojlanganligi umr davomiyligiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.

Shvetsiya dunyodagi pensiya tizimi eng ijtimoiy kafolatlangan davlat hisoblanadi. 1992-yilda “Keksalarga yordam ko`rsatish” milliy dasturi qabul qilindi va hozirgi kunda davlatda umr davomiyligi 83 yoshga yetdi. Mamlakatning qariyalarga ijtimoiy ko`mak tizimi, tibbiyoti juda ham oldinda turadi. Keksalarga ovqat tayyorlash, uy-joyni yig`ishtirish, kiyim yuvish uchun va boshqa ishlar uchun yordamchilar ajratiladi.

Fransiya dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo`lib, tibbiyot tizimi juda ham yaxshi yo`lga qo`yilgan. Yoshi ulug` va ehtiyojmand qariyalarga ko`mak ko`rsatish uchun “Uy yordamchilari” xizmati joriy etilgan. Bu davlatda pensionerlar qo`mitasi tomonidan 5 ta tamoyil ilgari suriladi:

  • - shaxs qadr-qimmati;

  • - tanlov erkinligi;

  • - yordamning muvofiqlashtirilishi;

  • - yordamni eng muhtojlarga ko`rsatish;

    -keksalarning sog`lig`i birinchi bosqichda ekanligi.

Italiya ko`pchilikni hayratda qoldiradigan mamlakat bo`lib, bu yer aholisi boshqa yevropaliklarga qaraganda uzoqroq umr ko`radi. O`rtacha umr 83 yoshdan oshib, bu odamlar uchun hayot tarziga aylanib ulgurgan. Aholi turmush tarzi birinchi darajali sog`liqni saqlash tizimi bilan birgalikda, barcha odamlarning turmush sharoitini yaxshilashga yordam beradi.

Malta tabiatining go`zalligi, yashash uchun qulay iqlim hamda narx-navoning arzonligi bilan qariganda bir umrga ko`chib keluvchilarni o`ziga jalb etadi. Shuning uchun ham mamlakatda o`rtacha umr davomiyligi 83 yosh bo`lib, 1988-yilda ta’sis etilgan BMTning Keksalik xalqaro instituti ham aynan Maltada joylashgan.

Isroilda alohida pensiya tizimi yo`q, ammo bu davlatda ham keksalarni ijtimoiy himoya qilishga alohida e`tibor beriladi. Mamlakatda umr davomiyligi 83 yosh bo`lib, har bir fuqaroga nafaqaga chiqishidan oldin bir martalik mukofot to`lanadi. 2030-yilga borib, 60 yoshdagilar ulushi 20 foizga yetishi bashorat qilinmoqda. Shuning uchun davlatda ularga maksimal sharoitlar yaratishga harakat qilinyapti. Bu borada Pensionerlar jamiyati, Qarilikka xizmat-qonun uyushmasi va qariyalar uyi faoliyat yuritmoqda.

Finlyandiyada qariyalar salomatligiga alohida e’tibor beriladi. Chunki pensiya yoshidagi fuqarolar o`z farzandlari bilan yashashmaydi. Ularga davlat tomonidan maxsus turar-joylar va qariyalar uylari qurilgan. Har bir qariyaga ijtimoiy xodim ajratiladi. Barcha sog`lomlashtirish markazlarida 50 foizlik chegirmalar mavjud. Shuning uchun ham bu yerda umr davomiyligi 82 yoshni ko`rsatmoqda.

Bundan ko`rinib turibdiki, jahon aholisi notekis joylashuviga qaramay aholi turmush darajasi va tabiiy muhitni saqlab qolgan hududlarda umr davomiyligining yuqoriligi kuzatildi. Bularga dunyoning rivojlangan davlatlari hamda dengizbo`yi hududlarni keltirish mumkin. Aholi salomatligi umr davomiyligiga o`z ta’sirini o`tkazib, tibbiyotning ham rivojlanishiga sabab bo`lmoqda.

XX asrning 50-yillarida bu ko`rsatkich sezilarli tarzda o`zgardi. Ayniqsa, aholi orasidagi o`lim jarayonining 8-9 marotaba kamayganligi fikrimiz dalilidir. Buning bosh sababi - aholi turmush tarzidagi ijobiy o’zgarishlar, tibbiy xizmat sifati va salmog`ining tubdan yaxshilanganligidir. Ilgarilari tibbiy xizmatning yomonligi, yashash va mehnat qilish sharoitining og`irligi tufayli aholi orasida vabo, bezgak, rishta va boshqa kasalliklar keng tarqalgan edi. O`lkadagi og`ir turmush sharoiti aholi orasidagi o`limning ko`payishiga, o`rtacha umr ko`rish davrining pasayishiga olib keldi. O`tmishda O`zbekiston aholisining o`rtacha umr ko`rish davri 32-33 yosh bo`lgan.3 Ushbu raqam esa O`zbekistonda 2020-yilga kelib 73,4 yoshga, erkaklarda 71,2 yosh ayollarda esa 75,5 yoshga yetdi.Aynan biz tadqiq etayotgan mintaqada esa 73,4; 74,0;73,7 yosh (Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari)ni tashkil etgan. Bu o’zgarishlar onalar va chaqaloqlar o’limining pasayishi, spirtli ichimliklar iste’molining kamayishi va tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishi bilan bog’liq bo`ladi. Vaholanki, insonlarning qanday yashashi turli hududlarda turli xilligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay har bir davlat uchun o’rtacha umr ko’rsatkichlari BMT statistik ma’lumotlariga tayangan holatda ishlab chiqiladi. Dunyoning ba’zi hududlarida 100 yoshdan oshish jamiyat tomonidan odatiy hol sifatida qabul qilingan bo`lsa, boshqa mamlakatlarda aholi 45 yosh o`rtacha umrni tashkil etadi. Bunga asosiy sabab ocharchilik, yuqumli kasalliklar,harbiy to’qnashuvlar va urushlardan vafot etadi.

Dunyoning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi aholining umr davomiyligiga o`z ta’sirini o`tkazib, qoloq davlatlar esa bunga aks holatda shakllangan. Masalan, Afrika qit’asining ko`plab mamlakatlari iqtisodiy qoloq davlatlar bo`lib, demografik holati ham shunga mos tarzda vujudga kelgan.

3-jadval

O`rtacha umr ko’rish darajasi eng past bo’lgan mamlakatlar monitoringi (2020 yil)

Mamlakat nomi

Aholisi mln kishi

Tug`ilish darajasi

O`lim darajasi

Umr davomiyligi, yosh

1

Markaziy Afrika Respublikasi

4,8

35

12

53

2

Lesoto

2,1

23

14

54

3

Nigeriya

206,1

37

12

55

4

Serra-Leone

8,0

33

12

55

5

Mozambik

31,2

39

11

55

6

Somali

15,9

42

11

57

7

Kot-d’Ivuar

26,2

35

10

58

8

Janubiy Sudan

11,2

35

10

58

9

Chad

16,9

42

11

58

10

Svazilend

1,1

25

10

58

2008-yilda Mavrikiy qarilik sohasida yangi milliy siyosat tayyorladi. Unga muvofiq qariyalarda o`zlariga ishonchni uyg`otuvchi o`quv dasturlari ishlab chiqish yo`lga qo`yildi. Marokash esa 2008-2010–yillarda keksalar uchun daromad, pensiya, sog`liqni saqlash, turar-joy va boshqa xizmatlarni qamrab oluvchi strategiyani ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi.

Afrika davlatlari o`z konstitutsiyalarida qariyalarga tobora ko`proq e’tibor qaratgan holda o`zgartirishlar kiritmoqdalar. 2010-yilda Keniyada yangi qonun qabul qilindi. Unga ko`ra qariyalarga yordam ko`rsatish uchun hamma rahbar va mansabdor shaxslar jalb etildi. Mozambikda 35 yillik ish stajiga ega bo`lgan deputatlar pensiyaga chiqadi. Qariyalar uchun davlat byutjetidan alohida mablag` ajratiladi.

Nigeriyada qariyalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Avvallari faqat. 2004-yilga qadar davlat tashkilotida ishlaydiganlargina nafaqa olgan bo`lsa, keyinchalik o`tkazilgan pensiya islohotiga ko`ra esa norasmiy tashkilotlar ham o`z ishchilariga nafaqa bera boshladi. Lekin hamon moliyaviy yetishmovchilik bois, aholiga to`liq nafaqa berilmayapti.

Svazilend Afrikaning eng mitti davlatlaridan biri bo`lib, bu yerda aholi o’rtacha 58 yil yashaydi. Bu ko’rsatkich ko’proq odamlarning to’liq antisanitariya sharoitida yashashga majbur bo’lganligi bilan izohlanadi. Ijtimoiy xavfsizlik amalda yo’q, tibbiyot kam rivojlangan, ishsizlik 40 foizdan oshadi, shuning uchun odamlar o’zlarini va oilalarini boqishga qodir emaslar. Bu yerda bolalar o’limi eng yuqori ko’rsatkichlar qatoriga kiradi. Ko’pincha oilalarda 5-8 nafar bola tug’iladi, ammo ularning hammasi ham voyaga yetmaydi.

Lesotada aholi o’rtacha 54 yil yashaydi. Bu Janubiy Afrika Respublikasi hududi bilan to’liq o’ralgan yana bir kichik davlat. Bu yerda ham eng katta muammo tibbiyotning rivojlanmagani va iqtisodiy jihatdan qoloqlik hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatning ikki million aholisi orasida har to’rtinchisi OITS bilan kasallangan, bu ko’rsatkich yildan yilga ortib bormoqda.

Aholi soni bo’yicha jahonda ikkinchi o’rinda turuvchi Hindistonda 1950-yili o’rtacha umr ko’rish yoshi ayollarda 31,7 yosh, erkaklarda esa 32,4 yoshni tashkil etgan. 1960-yil ayollarning umr ko’rishi salkam 9 yilga uzaydi va 40,5 yoshni, 2009-yilda esa bu ko’rsatkich 65 yosh kuzatildi. 1950-1960-yillarda erkaklarning umr ko’rishi esa 9,5 yoshga uzaydi va 41,9 yoshni, 2009-yilda esa 63 yoshni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich 2020-yilga kelib 69 yoshga yetdi. Bunday holni Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyodagi qator davlatlarda ham kuzatish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, aholining umr davomiyligi aholining turmush sharoiti, davlatning iqtisodiy holatiga bog`liq. Shunday ekan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishigina aholini yaxshi yashash hamda umrning uzayishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  • 1.    Bo`riyeva M.R., Tojiyeva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. T.:2011.

  • 2.    Komilova N.Q. Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari.T.: 2016. B-86.

  • 3.    demoscope.ru. ma`lumotlari.

"Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы Jahonda tug`ilganda kutilayotgan umr davomiyligi masalalarining hududiy tafavutlari

  • Bo'riyeva M.R., Tojiyeva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. T.:2011.
  • Komilova N.Q. Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari.T.: 2016. B-86.
  • demoscope.ru. ma'lumotlari.
Статья научная