Kompyuter tizimidagi o‘chirilgan ma’lumotlarni tiklash masalalari
Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5 (131), 2026 года.
Бесплатный доступ
Maqolada kompyuter tizimi tashqi xotirasida fayl va ma’lumotlarni saqlash va tiklashning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘chirilgan fayl va ma’lumotlarni tiklash shartlari, usullari ko‘rib chiqilib, saqlanayotgan muhim fayllar, ma’lumotlar tasodifan yoki qasddan o‘chirilganida ularni tiklash uchun zarur bo‘lgan dasturlarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tahlil asosida foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ma’lumotlarni tiklash dasturlari orasidan ularning o‘ziga xos ijobiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Короткий адрес: https://sciup.org/140316086
IDS: 140316086
Текст научной статьи Kompyuter tizimidagi o‘chirilgan ma’lumotlarni tiklash masalalari
Kompyuter tizimining asosiy vazifasi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashdir. Foydalanuvchilar muntazam ravishda o‘zlarining tashqi xotira qurilmalarida yangi fayllarni yaratadilar yoki keraksizlarini o‘chirib tashlaydilar.
Biroq, muhim fayllar (hujjatlar, foto tasvirlar va shu kabilar) foydalanuvchilar tomonidan tasodifan yoki o‘zlari bilmagan holda beparvolik tufayli o‘chirib tashlanadigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu holatda ularni qanday qilib tiklash va buning uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida savollar paydo bo‘ladi.
Albatta, Windows operatsion tizimi vositalari yordamida qattiq diskdan o‘chirilgan faylni odatiy tarzda tiklash muammo emas - shunchaki uni Korzina papkasidan osonlik bilan tiklash mumkin. Biroq, Korzina papkasi maxsus diskni tozalash uchun mo‘ljallangan utilita dasturlari tomonidan muntazam ravishda tozalanadi va fayllar ko‘pincha (vaqt va joyni tejash maqsadida) klaviaturandagi Shift + Del klavishalar kombinatsiyasi yordamida Korzina papkasini chetlab o‘tib o‘chiriladi. Ushbu holda, Windows vositalari yordamida tasodifan o‘chirilgan faylni Korzina papkasidan tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Muhim fayllar tizimning ishdan chiqishi, dasturning noto‘g‘ri ishlashi, ularga viruslarning joriy etilishi diskni formatlash natijasida ham o‘chib ketishi mumkin. Ushbu holatlarning barchasida Windows operatsion tizimi vositalari fayllarni "qayta tiklay" olmaydi.
O‘chirilgan fayllarni tiklashda turli xil holatlar yuzaga kelishi mumkin. Ko‘pincha, barcha o‘chirilgan fayllar asl nomlari va ular saqlanayotgan papka tuzilishi bilan birgalikda tiklanishi mumkin. Boshqa holatlarda, faqat fayl tarkibi tiklanishi mumkin. Boshqa parametrlar, masalan, fayl nomi, ular joylashgan papka tuzilishi va vaqt atributlari tiklanmasligi ham mumkini. Nihoyat, barcha tiklanadigan fayllar buzilganligi haqida ma’lumotlar berilishi bilan bog‘liq holatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun, aksariyat ko‘pchilik foydalanuvchilarda “Nega bunday bo‘ldi?”, degan savolning tug‘ilishi tabiiy holdir.
Ushbu savolga beriladigan javoblar mazmun-mohiyatini tushunish uchun tashqi xotirada fayllarni saqlash va tiklashning o‘ziga xos xususiyatlarin tushunib olish muhimdir.
Ko‘pgina zamonaviy operatsion tizimlarda qattiq disk (vinchester) bir nechta “bo‘limlar” deb ataluvchi mustaqil qismlarga bo‘linadi. Windows operatsion tizimida ushbu bo‘limlar "mantiqiy disklar" deb ataladi. Mantiqiy disklarni nomlash uchun harflardan foydalaniladi. Masalan, ularni C: (Tizim) yoki D: (Ma’lumotlar) deb belgilash mumkin [ Хранение информации на жестких дисках]. Har bir bo‘lim bir xil diskdagi boshqa bo‘limlardan mustaqil ravishda o‘z fayl tizimiga ega. Fayl tizimi –tashqi xotirada mantiqiy bo‘limlarida fayllarning qanday nomlanishi, saqlanishi, o‘qilishi va yangilanishini aniqlaydigan ma’lumotlarni strukturalashtirish va tashkil etish usuli [1]. Masalan, Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan qattiq disk ikkita mantiqiy diskdan (bolimdan) iborat bo‘lishi mumkin: biri NTFS (New file technology system) fayl tizimiga, ikkinchisi esa FAT32 (File allocation table 32) yoki NTFS fayl tizimiga ega bo‘lishi mumkin. Disk bo‘limlari haqidagi ma’lumotlar qattiq diskning boshlang‘ich sektorida, ya’ni bosh yuklovchi yozuv sektorida saqlanadi. Ushbu ma’lumotlar odatda "bo‘lim jadvali" yoki "bo‘lim sxemasi" deb ataladi. Bo‘limlar strukturasi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval. Qattiq disk strukturasi.
Qattiq disk va 1- Bo‘lim 2 - Bo‘lim … N - Bo‘lim uning bo‘limlari (mantiqiy disk) (mantiqiy disk) (mantiqiy strukturasi haqida disk)
xizmatchi ma’lumotlar
1-jadvaldagi qattiq disk haqidagi xizmatchi ma’lumotlar va bo‘limlar strukturasi haqidagi ma’lumotlar "metama’lumotlar" deb ataladi. Bular diskdagi ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlardir (saqlanayotgan ma’lumotlarning o‘zidan farqli o‘laroq). Xuddi shunga o‘xshash, har bir bo‘lim yoki mantiqiy disk ikki qismga bo‘linadi: birinchisi disk haqidagi ma’lumotlarni (papka tuzilishi, fayl tizimi va boshqalar), ikkinchisi esa fayllarni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Metama’lumotlar, bo‘limlar haqidagi ma’lumotlar disk sohasin optimallashtirish, fayllarni tezroq qidirish va tizimning fayllar bilan ishonchli ravishda ishlash imkoniyatini oshiradi. 2-jadvalda mantiqiy disk strukturas keltirilgan.
2-jadval. Mantiqiy disk strukturasi.
|
Disk |
Fayllar |
1-fayl |
Fayllar |
2-fayl |
Fayllar |
Fayllar |
Taqsim- |
N-fayl |
|
haqida |
va |
ma’lu- |
va |
ma’lu- |
va |
va |
l |
ma’lu- |
|
xizmachi |
papkala |
motlar |
papkala |
motlar |
papkala |
papkala |
anmagan |
motlar |
|
ma’lumo |
r haqida |
i |
r haqida |
i |
r haqida |
r haqida |
soha |
i |
|
t |
ma’lu- |
qo‘shim- |
qo‘shim- |
ma’lu- |
||||
|
motlar |
cha ma’- |
cha ma’- |
motlar |
|||||
|
lumotlar |
lumotlar |
|
Disk va fayl tizimi haqida ma‘lumotlar |
Saqlanayotgan fayllar haqida ma‘lumotlar |
2-jadvaldagi disk haqidagi xizmatchi ma’lumotlar bo‘lim hajmi, fayl tizimi turi va boshqa shu kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kompyuter tizim uchun bo‘limga oid kerakli ma’lumotlarni to‘g‘ri aniqlash muhimdir.
Fayl va papka haqidagi ma’lumotlar - bu fayl nomlari, hajmlari, sana/vaqt parametrlari va boshqa texnik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan fayl yozuvlaridir
Shuningdek, ushbu ma’lumot fayllarning diskdagi aniq jismoniy joylashuvini (manzillarini) ham o‘z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotlarning zaxira nusxas odatda o‘sha diskda saqlanadi.
Turli fayl tizimlari bu ma’lumotni turlicha saqlaydi. Masalan, FAT fayl tizimida u Fayllarni taqsimlash jadvalida (File Allocation Table), NTFS fayl tizimida esa Asosiy fayl jadvalida (Master File Table (MFT)) saqlaydi.
Kompyuter tizimi faylni o‘qishi kerak bo‘lganda, avval fayl tizimidagi fayl va papka ma’lumotlariga murojaat qiladi va fayl yozuvini qidiradi. Keyin, u fayl manzilini qidiradi va diskdagi ko‘rsatilgan muayyan manzilga o‘tadi so‘ngra esa ushbu fayl ma’lumotlarini o‘qiydi.
Windows operatsion tizimida faylni o‘chirish buyrug‘i bajarilishida uning ma’lumotlari darhol yo‘q qilinmaydi. Buning o‘rniga, fayl tizimidagi fayl va papka haqidagi ma’lumotlariga fayl o‘chirilganligini bildiruvchi mos belgi kiritiladi. Ammo barcha o‘chirilgan fayl metama’lumotlari yangi fayl haqidagi metama’lumotlar bilan qayta yozilmaguncha saqlanib turaveriladi. Ya’ni, agar diskka boshqa fayllar yozilmasa, fayl haqidagi ma’lumotlari va uning tarkibiy ma’lumotlari saqlanib qolinadi [2]
Diskdagi fayl ma’lumotlari saqlanadigan joy fayl va papka haqidag ma’lumotlarining zaxira nusxasini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu zaxira nusxasi diskdagi turli klasterlarda joylashgan fayllar va papkalarning tuzilishi haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Fayllarni tiklash usullari
Agar diskdagi o‘chirilgan fayl ma’lumotlari ustiga yangi fayl ma’lumotlari yozilsa, uni biron bir dastur yoki ma’lum usul bilan tiklab bo‘lmaydi.
Shuning uchun, ma’lumotlarni tiklashdan oldin diskka hech qanday ma’lumot yozilmasligi juda muhimdir.
O‘chirilgan fayl ma’lumotlari ustidan yangi fayl ma’lumotlari yozilmagan bo‘lda, bunday fayllarni tiklashning ikkita usuli mavjud. O‘chirilgan fayllarn tiklash dasturlarining barchasi ulardan birini yoki ikkalasini ham ishlatadi.
1-usul: Fayl va papka ma’lumotlarini tahlil qilish orqali fayllarni tiklash
Bu ma’lumotlarni tiklash dasturlari tomonidan qo‘llaniladigan birinch usul, chunki muvaffaqiyatli qo‘llanilganda, u fayllarni asl nomlari, yo‘llari sana/vaqt belgilari va tarkibiy ma’lumotlarning o‘zi bilan tiklaydi.
Fayllarni tiklash dasturi fayl va papka haqidagi ma’lumotlarining birinch nusxasini o‘qish va qayta ishlashga urinishdan boshlanadi. Ba’zi hollarda (masalan, fayl tasodifan o‘chirilganida), fayllarni tiklash uchun bu kifoya.
Agar fayl va papka haqidagi ma’lumotlarining birinchi nusxasi jiddiy shikastlangan bo‘lsa, dastur diskni skanerlaydi, so‘ng fayl va papka haqidag ma’lumotlarining ikkinchi nusxasini qidiradi. Shuningdek, u papka va fayl tuzilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun chuqur (batafsil) qidiruvni amalga oshiradi, bu ma’lumotlar diskning ma’lumotlar saqlanadigan joyida joylashgan bo‘lishi mumkin. So‘ng topilgan barcha ma’lumotlar qayta ishlanad va asl papka va fayl tuzilishi qayta yaratiladi.
Agar diskning fayl tizimi jiddiy shikastlanmagan bo‘lsa, butun papka va fayl tuzilishi tiklanishi ehtimoli katta.
Agar fayl tizimi jiddiy shikastlangan bo‘lsa, bu usul butun papka tuzilishini qayta tiklay olmaydi. Bu holda, tiklangan fayllar virtual nomlar berilgan papkalarda joylashgan bo‘ladi.
2-usul: Ma’lum fayl turlarini (formatlarini) skanerlash orqali fayllarni tiklash (signatura bo‘yicha fayllarni qidirish).
Agar birinchi usul kerakli natijaga erishish imkonini bermasa, o‘chirilgan fayllarni signaturasi bo‘yicha qidirish kerak. Ushbu usul foydalanuvchilarga ko‘proq ma’lumotlarni tiklash imkonini beradi, lekin u asl fayl nomlarini sana/vaqt parametlarini yoki diskdagi to‘liq papka va fayl tuzilishini qaytarib tiklay olmaydi.
Ma’lum fayl turlarini skanerlash (signatura bo‘yicha fayllarni qidirish) disk tarkibini tahlil qiladi va "fayl signaturalarini" qidiradi. Fayl signaturasi - bu faylning boshida yoki oxirida joylashgan ma’lum bir fayl turiga xos bo‘lgan ma’lumotlar andozasidir. Deyarli har bir fayl turi uchun kamida bitta fayl signaturasi mavjud. Masalan, barcha PNG (portable network graphics - ko'chma tarmoq grafikasi) fayllari "‰PNG" belgilar ketma-ketligi bilan boshlanadi va ko‘plab MP3 fayllari "ID3" belgilar ketma-ketligi bilan boshlanadi. Ushbu fayl signaturalari diskdagi ma’lumotlarni ma’lum bir fayl turi sifatida tasniflash va keyin uni tiklash imkonini beradi [3].
Odatda, amaliyotda yuqorida tavsiflangan fayllarni tiklash usullar birgalikda qo‘llaniladi: ba’zi fayllar birinchi usul yordamida, qolganlari esa ikkinchi usul yordamida tiklanadi.
Maqolada o‘chirilgan ma’lumotlarni tiklashda foydalaniladigan RS Partition Recovery, Recuva, EaseUS Data Recovery Wizard, R.Saver, R-Studio kabi dasturlarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
RS Partition Recovery dasturi
RS Partition Recovery - tashqi xotiradan o‘chirilgan fayllarni tiklashning funksiyalri to‘plamini taqdim etuvchi dastur [4]. Dastur yordamida disk formatlanganidan so‘ng ham undagi o‘chirilgan fayl va papkalarni tiklash mumkin.
1-rasm. RS Partition Recovery dasturi o‘chirilgan fayllarni tiklash jarayoni.
RS Partition Recovery dasturi keng ko‘lamli fayl formatlarini, shu jumladan Microsoft Office paketi (Word, Excel, PowerPoint va shu kabi) dasturlarida yaratilgan fayl formatlarini, PDF-fayllarni, ma’lumotlar bazalari grafik, audio, video, arxiv fayllarini qo‘llab-quvvatlaudi.
Xususiyatlari:
-
- foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan interfeys oynasi;
-
- keng ko‘lamlli fayl formatlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari;
-
- fayllarni tez va samarali tiklash;
-
- tiklanadigan o‘chirilgan fayl tarkibini oldindan ko‘rish rejim mavjudligi.
Recuva dasturi
Recuva dasturi dastlab Buyuk Britaniyaning Piriform Limited kompaniyasida yaratilgan, so‘ng CCleaner kompaniyasida takomillashtirilgan
-
[5]. Ushbu dastur oddiy va tushunarli interfeysi, ishlash qulayligi bilan ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan ijobiy baholangan.
Мастер Recuva
2-rasm. Recuva dasturi bilan ishlash jarayonidagi dastlabki oynalar
3-rasm. Recuva dasturida aniqlangan o‘chirilgan fayllarni tiklash oynalari.
Xususiyatlari:
-
- narxi bepul, pullik pro versiyasi narxi 1600 rubl.
-
- o‘chirilgan fayllarni aniqlash maqsadida chuqur skanerlash rejimin taqdim etadi;
-
- fayllar o‘chirilganida, disk formatlanganida, tizim nosozligi tufayl yo‘qolib qolgan fayllani tiklash imkoniyatlari;
-
- tiklanadigan o‘chirilgan fayl tarkibini oldindan ko‘rish rejim mavjudligi
-
- kengaytirilgan funksiyalaridan faqat Pro versiyasida foydalanish mumkin.
EaseUS Data Recovery Wizard dasturi
EaseUS Data Recovery Wizard – o‘chirilgan fayllarni Windows va macOS operatsion tizimlari muhitida tiklash imkonini beruvchi dastur [6]. Ushbu dastur o‘chirilgan va yo‘qolib qolgan fayllarni tiklashning keng ko‘lamkli funksiyalari va rejimlarini taqdim etadi.
4-rasm. EaseUS Data Recovery Wizard dasturida aniqlangan o‘chirilgan fayllarni tiklash oynalari
Xususiyatlari:
-
- narxi bepul, biroq pullik versiyasi narxi yiliga 99,95$.
-
- qulay interfeys oynasidan foydalanib, foydalanuvchiga tiklash jarayonini tashkil etish bo‘yicha qadamma-qadam ko‘rsatmalar beradi;
-
- o‘chirilgan fayllarni aniqlash maqsadida chuqur skanerlash rejimin taqdim etadi;
-
- fayllar o‘chirilganida, disk formatlanganida, tizim nosozligi tufayl yo‘qolib qolgan fayllani tiklash imkoniyatlari;
-
- tiklanadigan o‘chirilgan fayl tarkibini oldindan ko‘rish rejim mavjudligi
-
- kengaytirilgan funksiyalaridan faqat pullik versiyasida foydalanish mumkin;
-
- bepul versiyasida 2 Gigabaytgacha ma’lumotlarni tiklash mumkin.
R.Saver dasturi