Konimex tumani qishloqlari toponimlari

Автор: Negmatov S.Q., Quralbayeva A.N.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 2-2 (93), 2022 года.

Бесплатный доступ

Hammamizga ma’lum bizning davlatimiz ko`p millatli. Yurtimizda har xil millat vakillari tinch, ahil bo`lib yashaydi. Navoiy viloyatiga qarashli Konimex, Tomdi tumanlarining ko`pchilik qismini qozoq millati tashkil etadi. Ular azal-azaldan bu hududlarda yashab, chorvachilik bilan shug`illanib kelishadilar. Ular yashaydigan hududlarning joy nomlari ham o`z ona tillaridan, milliy tarixidan kelib chiqqan.

Konimex tumani, konimehr, teri-quduq, besquduq, do'ngalak, yangiqazg'an, o'razjon, qaroq ota, zafarobod

Короткий адрес: https://sciup.org/140292665

IDR: 140292665

Текст научной статьи Konimex tumani qishloqlari toponimlari

Toponimika yunoncha “topos-joy, oynomo-ism, nom” joy nomlari geografik atoqli nomlarni, ularning paydo bo`lish yoki yaratilish qonunyatlarini, rivojlanish va o`zgarishini, tarixiy etimologik manbalarni va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o`rganadi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui-toponimiya alohida olingan joy nomi esatoponim deb ataladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti, relyefi, aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg`uloti, qazilma boyliklar tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi. Toponimlarning kelib chiqishi geografiya, tarix, etnologiya bilan bog`liq holda rivojlanadi. Toponimlar xalqlarning tarixiy o`tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashtirish chegaralarini belgilashga, tillarning o`tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo`llarini tavsiflashga yordam beradi1.

Bizning yurtimizda ham 12 viloytimiz bo`lib, ularning joy-nomlari ham o`ziga xos har xil tarixga ega. Ularning ba’zilari masalan, Navoiy, Buxoro, Samarqand va shu kabilar buyuk ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz nomiga qo`yilgan.

Quyida Konimex tumanidagi ba’zi bir qiziqarli bo`lgan toponimlarni va ularning tarixini ko`rib chiqamiz.

Konimex tumani. Tuman nomining kelib chiqishi haqida bir nechta rivoyatlar mavjud. Eron podshohining og`li Shopur Turan shu o`lkada yashagan Mehribonuning go`zalligiga oshiq bo`ladi va sevgilisiga uylanadi. Sevgilisi hurmatiga Zarafshon daryosidan suv yo`li kanal qozdirib unga Konimehr deb nom beradi. Asrlar davomida Konimehr o`zgarishlarga uchrab Konimex deb atalib ketgan degan rivoyat bor. Ikkinchi rivoyatda Meh Ota koni degan ma’noni beradi. “Kon” so`zi fors tilida “Daryo tarmog`i yoki anhor va suv yo`li ariq” degan ma’noga ega. Shu sabab Konimex deb atalgan deyiladi.

Uchinchi rivoyatda “Konimex” atamasi tilshunoslik jihatdan tahlil qilinsa “Kon” va “Meh” kabi ikki so`zdan kelib chiqqn atama. Atamaning birinchi bo`g`inidagi “Kon”so`zi arna daryo tarmog`i yoki anhor ma’nolarini anglatgan. Ikkinchi bog`inidagi “Meh” birikmasi aslida “moh”, ‘mug” so`zlarini shakli bo`lib, u “otashparast, budparast, o`tparast zardushtiy” ma’nosini anglatgan.

Keltirilgan tahlillarga asoslanadigan bo`lsak, “Konimex” atamasi “Mugdaryo””Zardushtiylar arnosi, otashparastlar anhori “ dean ma’nolarni anglatadi. Xulosa qilib aytganda, tarix fanining darg`alari tomonidan berilgan yakuniy xulosa-“Konimex” so`zidagi “kon”, “kom” so`zi qadimda “katta ariq”, “daryo tarmog`i yoki anhor” ma’nosida, ya’ni mazkur qishloqda “mug`” nomi bilan tilga olingan zardushtiylar diniga sig`ingan kishilar yashganligini bildiradi. XX asrning 20-yillariiga qadar Komi mug` deb nomlangan bu hudud sovet tuzumi o`rnatilishi bilan avval hujjatlarda so`ngra mahalliy tilda “Konimex” atamasi bilan nomlanib ketgan.

Teri-quduq2 qishlog`i- bu qishloq nomining kelib chiqishi albatta, shu qishloqda yashaydigan aholisigagina ma’lum. Bu yerda yashaydigan aholining aytilishlaricha, qozoq tilidan tarjima qilganda, qadimda qishloq atrofidagi bir quduqdan qo`y terisi topilgan ekan. Yuqorida aytib o`tkanimizdek bu yerdagi qozoqlar chorvachilik ya’ni qo`y va echki boqish bilan shug`ullanishadi. Bu qishloqning nomi nimaga Teri-quduq deb qo`yilgan deb savol berganimizda, teri topilganligi uchun deb javob berishdi. Ba’zi bir qishloq odamlarining aytishlariga qaraganda bu nomning qo`yilishiga qishloq yaqinida chuqur quduq bo`lgan ekan, ular shu sabab deyishadi.

Uchtepa qishlog`i. Ovul fuqoralar yig`ini 1997 yil 8 iyulda tashkil topgan. Bu qishloq ham qozoqlar yashashadi va aholisi boshqa qishloqlarga qaraganda nisbatan ko`proq. Bu yerdagi aholi qishloq atrofida uchta tepalik bo`lgan shuning uchun shunday nom bilan atab ketishgan deyishdi. Bu yerlarning tuproqlari shag`al qumlar, tepalik va barxanlar ko`p. Shunday qilib uchta katta tepaliklarning uchrab turishi tabiiy hol.

Besquduq qishlog`i- bu qishloq nomining kelib chiqishi, qadimda ba'lki bu yerda quduq bo`lmagandir, ba'lki uzoqda bo`lgandir, yozning jazirama issig`ida beshta qiz suv izlab kelishgan va suvsizlikdan chanqab xalok bo`lishgan. Shuning uchun bu qishloqni Besquduq ya'ni beshta qiz quduq izlagan deb atashar ekan.

Do`ngalak qishlog`i bu so`z qozoq tilidan tarjima qilganda yumaloq degan ma'noni anglatadi. Bu qishloq nomining kelib chiqish tarixi shunday ekan, tepalikka chiqib bu qishloqqa qaralsa, huddu yumoloqday bo`lib, ko`rinar ekan. Shu sababli ko`rinishiga qarab Do`ngalak deb nom berishgan.

Sarjal ovuli. Ovul 1994 yil dekabrda Konimex tumani qarori bilan tashkil etilgan.Bu qishloq nomining kelib chiqishi tog`risida ikki xil qarashlar mavjud. Ulardan biri qishloqdan salgina uzoqda bo`lgan tepalik bo`lgan ekan. Jal so`zini qozoqchadan tarjima qilganda tepalik degan ma’noni bildiradi. O`sha tepalik uzoqdan sariq bo`lib ko`ringan shunga Sarijal deb atalgan deyiladi. Ikkinchisida esa sariq yolli ot ya’ni yilqi shu qishloqqa kelgan. U ot juda o`zgacha bo`lib hammani o`ziga jalb qila olgan, birinchi bo`lib otning yoli ko`zga tashlanadigan bo`lgan. Shuning uchun ham odamlar bu qishloqqa Sarjal deb ya’ni sariq yolli ot uchun shunday nomlashgan.

O`razjon3 qishlog`I bu qishloqning ham o`ziga yarasha tarixi mavjud.Dastavval bu yerlarda hechkim yashamaydigan paytlari O`razjon degan kishi birinchi bo`lib ko`chib kelgan. O`z oilasi bilan yashab bu yerda ekinchilik bilan shug`illanib qovun ekishgan. Shundan keyin bu yerga boshqa aholi ham ko`chib kela boshlagan. Bu yerdagi aholi soni ko`payib butun bir qishloqqa aylangan. Hozirda birinchi ko`chib kelgan odamning avlodlari hozirgacha yashab kelmoqda. U kishining hurmatiga qishloqni O`razjon deb nomlashgan.

Baymurat. “ Baymurat “ ovuli fuqoralar yig`ini 1997 yil 8 iyulda tashkil etilgan. Ovulning bunday nom bilan atalish sababi ushbu hududda yashayotgan oqsoqollarning aytishicha, Qizilqum cho`lida yashagan asli qozoqlarning bojbon urig`idan chiqqan Baymurat botir ismli kishi bo`lib, u hududni tashqi dushmanlardan, bosqinchilardan himoya qilib turgan va uning ismi keyinchalik toponim sifatida xalq tilida qolgan. Ovul fuqoralaryig`ini tarkibiga “Eltoy”, “Qalmurat”, hamda Qozog`iston Respublikasi bilan chegaradosh “Qosquduq” va “Yangi turmush” ovullariham kiradi. Mazkur ovul aholisi ko`p millatli bo`lib, ularda o`zbek, qozoq, qoraqalpoq, tatar millatiga mansub 2800 nafardan ziyod fuqoralar o`zaro totuvlikda yashaydilar.

Qaroq ota4. Qaroq ota ovul fuqoralar yig`ini 1997 yilda tashkil etilgan. Ovul fuqoralar yig`inining nomi Yassaviya tariqatining mashhur namayondasi, donishmand, orif, sohib karomat Qaroq-ota nomi bilan bog`liq. Qaroq ota ovul fuqoralar yig`inining hududi 392,086 gektarni tashkil etib, Qaroq ota, Parloq, Shontibay, Nurbuloq, Aksay, Madaniyat, Shengeldi,

Balaqaraq kabi ovullardan iborat. Qaroq ota ovulida yashovchi aholi asosan chorvachilik bilan shug`illanadi.

Madaniyat. Madaniyat ovuli hududida joylashgan Aristontov yuzlab yillar mobaynida bugingi konimexliklarning qadim ajdodlarga zamin bo`lgan maskan sanaladi. Tog` bag`rida joylashgan qariyib 2-3 gektar maydonni egallagan qadimiy qabriston bu yerda uzoq davrlar mobaynida insonlar yashagnini isbotlaydi. Shuningdek qabr toshlaridagi yozuvlar ham bunga dalil sanaladi. Sababi ayrim ko`xna toshlarda arabiy imloda o`yib yozilgan bitiklrga ko`zingiz tushadi.

Bugingi kunda “Madaniyat” ovulida yashovchi eng keksa kishi 75 yoshli muallim Asubay bobo Aristontovda tug`ilgan kishilardan. Otaxonning aytishicha, Aristantovga XVI-XVII asrlarda bugingi Qozog`iston hududidan odamlar ko`chib kelgan. Tog` nomi ham bu yerga ilk bor ko`chib kelgan. Tog` nomi ham bu yerga ilk bor ko`chib kelgan kishi nomi bilan bog`liq. Bugingi kunda konimexliklar saxovatli kishilarni “Taueliboy” deb atashadi. “Tog`” eli “boy”, degan jumla esa aynan Aristontovda yashagan boy chorvador aholi faolyatidan kelib chiqqan,degan fikirlar bor.

Zafarobod5. Zafarobod mahalla fuqoralar yig`ini 1972 yil tashkil topgan bo`lib, mahallada 18 millat vakillari ahil inoqlikda yashaydi. Mahallaning “Zafarobod” deb nomlanishi “Zafar” va “G`alaba” degan ma'nolardan kelib chiqib qo`yilgan. Hozirda hududda 5 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  • 1.    J. Mustafaoev, U. Narzullayev, L. Berdimuratova, Z. Safarov, “ Konimex tumani Kecha va bugun”- T; SAHHOF 2021.

  • 2.    Серік Шұқын, Құлмахан Қали, Кенимех нұр өлкем. Т; “ Turon- Iqbol”. 2005-Б-24.

  • 3.    Eshonqulov H,” Qizilqum alplari”. – T; “Sharq” 2004.-Б-20.

  • 4.    Серік Шұқын “Құт дарыған Қылылқұм”. Т;- “Абдулла Қадыри атындағы халық мұрасы” баспасы. 2004.-Б-113.

  • 5.    Нарбай Тоғайұлы Қожахмет немересі Кенимех және менің кейіпкерлерім. Жетінші кітап, Шымкент; 2019, -Б. 100

"Экономика и социум" №2(93) 2022

Список литературы Konimex tumani qishloqlari toponimlari

  • J. Mustafaoev, U. Narzullayev, L. Berdimuratova, Z. Safarov, " Konimex tumani Kecha va bugun"- T, SAHHOF 2021.
  • Серiк Шұқын, Құлмахан Қали, Кенимех нұр өлкем. Т, " Turon- Iqbol". 2005- Б-24.
  • Eshonqulov H," Qizilqum alplari". - T, "Sharq" 2004.-Б-20.
  • Серiк Шұқын "Құт дарыған Қылылқұм". Т,- "Абдулла Қадыри атындағы халық мұрасы" баспасы. 2004.-Б-113.
  • Нарбай Тоғайұлы Қожахмет немересi Кенимех және менiң кейiпкерлерiм. Жетiншi кiтап, Шымкент, 2019, -Б. 100.
Статья научная