Oʻtkir COVID-19 davrida metabolik kasalliklar

Автор: Mirzaeva Umida Zohidovna, Xalimova Zamira Yusupovna, Nasyrova Xurshidaxon Qudratullaevna, Muhamedaminova Diora Timurovna, Maqsudova Dilyafruzxon Ravshanovna

Журнал: Re-health journal.

Рубрика: Диабетология

Статья в выпуске: 4 (20), 2023 года.

Бесплатный доступ

Arterial gipertenziya, 2-turdagi QD va semirish kabi metabolik sindrom komponentlari keng tarqlgan boʻlib, bemorlarda kasalxonaga yotqizilish va oʻlim xavfini oshiradi. COVID-19 kasalligining oʻtkir bosqichida boʻlgan bemorlarda metabolik buzilishlarning xususiyatini aniqlash. Maqolada kasallikni oʻtkazgan bemorlarda metabolik buzilishlarning xarakterini oʻrganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotda COVID-19 infektsiyasining oʻtkir davrida 31 nafar bemor ma’lumotlaridan foydalanildi. Bemorlarning oʻrta yoshi 56,4-12,8 yil (32 yoshdan 80 yoshgacha), shu jumladan 13 (41,9%) erkaklar va 18 (58,1%) ayollarni tashkil etdi. Olingan ma’lumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, semizlik va dislipepidemiyasi bor bemorlarda kasallikning oʻrta ogʻir kechishi koʻproq uchraydi. Biroq, ayrim metabolik buzilishlar 1,2-1,6 barobar koʻproq oʻrta ogʻir kechuvchi kasallarda qayd etiladi, yengil kechuvchiga nisbatan. (AQB≥ 140/90 mm.t.st: 14,3% ga nisbatan 23,5%; TG – 1,7 mmolь/l: 28,6% ga nisbatan 47,1%; LPYZ < 1,0 mmol/l: 28,6% ga nisbatan 64,7; glyukoza ≥ 6,1 mmol/l: 35,3%, 28,6%). Shu tariqa, semirish, arterial gipertenziya, dislipepidemiya, uglevod almashinuvning buzilishi kabi metabolik buzilishlar mavjud boʻlishi koronavirus infektsiyasining yanada ogʻir kechishi bilan bogʻliq.

Еще

Koronavirus, COVID-19, uglevod almashinuvi, lipid almashinuvi

Короткий адрес: https://sciup.org/14130692

IDR: 14130692

Статья научная