Milliy kurash - milliy qadriyatlar bo‘lagi
Автор: Saidov G.K.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (98), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ayni paytda yuqori malakali sportchilar va kurashchilarni tayyorlash har bir murabbiyning sharafli burchidir. Jahon sport maydonlarida xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib yurishda yurtimiz polvonlarining xizmatlari beqiyos. Maqolada umumta’lim maktablarida milliy kurash bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etish haqida so‘z boradi.
Sport turlari, milliy kurash, rivojlanish, tarbiya, kurash usullari
Короткий адрес: https://sciup.org/140300533
IDR: 140300533
Текст научной статьи Milliy kurash - milliy qadriyatlar bo‘lagi
Yangi O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
O‘zbek xalqi o‘zining milliy sport turlari bilan faxrlansa arziydi. Mamlakatimiz rahbariyatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda qilayotgan g‘amxo‘rligi natijasida milliy sport turlarimiz yanada rivojlanib ommaviylashib bormoqda.
O‘zbek milliy kurash usullari qadimgi tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda bu kurash usullari Osiyoni barcha mamlakatlarida hamda bir qator Yevropa xalqlari orasida keng tarqalgan. Kurash usullari, ularni shakllanishi, turlari hamda moxir kurashchilar haqida Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida yozib qoldirgan.
Milliy kurash turlari jismoniy barkamol, ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda milliy kurash turlari keng ommaviylashib rivojlanib kelmoqda. Respublikamiz sportchilarmimiz esa Osiyo, Yevropa va jahon birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar.
O‘zbekiston milliy kurashi hisoblangan Buxorocha kurash usuli yetuk mutaxassislarni harakatlari ilmiy va uslubiy va amaliy izlanishlari natijasida Xalqaro o‘zbek kurash usuliga aylandi. Bu bilan kurash yanada jozibali va zavqli ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Hozirgi kunda milliy kurash usullariga o‘rta maktablar, kasb hunar kollejlari, oliy ta’lim tizimi jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatilmoqda. Sport maktablarining kurash to‘garaklarida mutaxassis sportchilar tayyorlashning pedagogik jarayoni davr talabiga muvofiq takomillashib bormoqda. Malakali sportchi kurashchilar tayyorlash jarayoni ko‘p bosqichli va kurashchilardan muntazam jismoniy, texniktaktik va nazariy hamda ma’naviy iroda tayyorgarligi, mashaqqatli mexnat talab etadigan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Istiqlol tufayli o‘zbek kurashi yer kurrasining barcha qit’alariga kirib borishi, barcha millat va elatlarning o‘zbek tilidagi kurash, halol, to‘xta va boshqa so‘zlarining jaranglashi O‘zbekiston Respublikasini, o‘zbek xalqini butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinganligining yaqqol na’munasidir. O‘zbek kurashining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, yoshlarimizning har tomonlama barkamol, sog‘lom, ma’naviy Yetuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
-
1. Ta’lim muassasalarida kurash mashg‘ulotlari darslari soatini ko‘paytirish.
-
2. O‘zbek kurashi bo‘yicha darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va kerakli adabiyotlarni chop ettirilishini jadallashtirish.
-
3. O‘zbek kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida viloyatlar tumanlarida musobaqalarni tashkil etishni ko‘paytirish.
-
4. O‘zbek milliy kurash turlari bo‘yicha yagona o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalar o‘tkazish uchun yagona dastur, nizom va darsliklar, qo‘llanmalar yaratish.
-
5. O‘zbek milliy kurashi turlarini yoshlar va aholi o‘rtasida ommaviylashtirish uchun muntazam mintaqaviy va xalqaro musobaqalar tashkil etish, televideniya va radiodagi ko‘rsatuv, eshittirishlar olib borish, ommaviy matbuotda chiqishlar uyushtirish, gazeta va jurnallarda ilmiy-ommabop maqolalar nashr ettirib borish maqsadga muvofiq.
Kurash bo‘yicha oliy toifali murabbiylar, yuqori malakali sportchilar tayyorlash tizimi shakllanib kelmoqda. Kurash sporti bilan olimlarning ta’kidlashicha 10-12 yoshdan shug‘ullanish mumkin. Bu yoshda bolalarning ruhiy, axloqiy fazilatlari shakllangan xarakter ko‘rinishlari vujudga kelgan bo‘ladi. Ularning kurash bo‘yicha bellashish, malaka va ko‘nikmalarini egallashda muhim rol o‘ynaydi. Axloqiy fazilatlardan qo‘rqmaslik, botirlik, mardlik, o‘z imkoniyatlarini baholash, rahim-shavqat, izzat va hurmat, qo‘rqinchlarni enga olish qobiliyati va fazilatlari kurash sportida etakchi o‘rinda tutadi. SHunga qaramay boshqa sport turlari kabi kurash ancha yosharib ketgan. Bolalarning jismoniy qobiliyatlari, shaxsiy qiziqishlari hamda ruhiy tayyorgarliklari va shaxsiy xarakterlarining xususiyatlariga muvofiq 6-7 yoshdan xam shug‘ullanish mumkin. Bu yoshdagi bolalarning sport mashg‘ulotlari, kurash sporti xarakatlarini egallashga hamda jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bu yoshdagi kurashchilarni bellashish harakatlari, manikenlarni uloqtirishlar shakllantirilib va rivojlantiriladi. Kurashchilarning asosiy harakatlari uloqtirish mashqlarini egallashga qaratilgan bo‘ladi.
Kurash mashg‘uloti – yosh sportchilarni kurash turlariga xos bo‘lgan mashqlar va harakatlarga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Kurash mashg‘ulotining maqsadi yosh kurashchilarni yuqori malakali sportchi qilib tarbiyalash va kurash turlarida sportdagi eng yuksak natijalarga erishish bilan birga ma’naviy etuk hamda jismonan barkamol inson qilib tarbiyalash hisoblanadi. Kurash mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarning sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy fazilatlarini rivojlantirish jarayonlari ham muhim vazifalar bo‘lib belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
"Экономика и социум" №7(98) 2022
Список литературы Milliy kurash - milliy qadriyatlar bo‘lagi
- Ф.С. Фазлиддинов ВИДЫ СОРЕВНОВАТЕЛЬНЫХ НАГРУЗОК В ФУТБОЛЕ- Web of Scientist: International Scientific Research..., 2022
- FS Fazliddinov PSYCHOLOGICAL TRAINING OF ATHLETES- E-Conference Globe, 2021
- Ф.С. Фазлиддинов ОСОБЕННОСТИ МОЛОДЕЖНОЙ ПОЛИТИКИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН- Научный редактор, 2021
- DZ Safarov, BX Xamroev, MM Mavlonov. Ispolzovanie pedagogicheskix texnologiy v protsesse obucheniya gimnastike - Voprosbi nauki i obrazovaniya № 14 (139), 2021
- Xamroyev B. X, Safarov D. Z. BELBOG 'LI KURASHCHINING FUNKSIONAL QOBILIYATI OSHIRISH YO'LLARI. «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
- Xamroyev Behruz Xalimovich. DEVELOPING STUDENT'S READINESS TO USE ADAPTIVE PHYSICAL CULTURE. International Journal of Advanced Research in Management and Social Sciences. Vol. 11 | No. 2 | February 2022
- Xamroyev Behruz Xalimovich Talabalarining adaptiv jismoniy madaniyat vositalaridan foydalanish tayyorgarligini rivojlantirish."Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini oshirish muammolari: innovatsiya, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribalar". 13.05.2022
- Sabirova Nasiba Rasulovna. THE MECHANISM OF IMPROVING THE PRIMARY TRAINING METHODS OF BASKETBALL SPORTS, TRAINING SKILLED BASKETBALL PLAYERS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. DOI: https://doi.org/10.17605/OSF.IO/YMRTH Published: Feb 28, 2022
- SN Rasulovna. TOOLS FOR DEVELOPING SPECIAL PHYSICAL TRAINING AND PHYSICAL QUALITIES IN SPORTS GAMES. E-Conference Globe, 2021
- SN Rasulovna - Web of Scientist: International Scientific Research ..., 2021. STAGES OF MODELING AND AGE INDICATORS IN THE OPTIMIZATION OF THE PROCESS OF SPORTS ACTIVITIES
- The Importance of Three-Stage Model in Developing the Functional Status of Athletes. SN Rasulovna - International Journal on Economics, Finance and ..., 2021
- Rasulovna S. N. THE MECHANISM OF IMPROVING THE PRIMARY TRAINING METHODS OF BASKETBALL SPORTS, TRAINING SKILLED BASKETBALL PLAYERS //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2022. - Т. 3. - №. 02. - С. 1085-1091.
- Abdullaev M. J. Fizkulturno-ozdorovitelnye podkhody v protsesse fizicheskogo vospitaniya studentov vuzov // Sistema menedjmenta kachestva v vuze: zdorove, obrazovannost, konkurentosposobnost. Sb. nauch. tr. VII Mejdunar. nauch.-practice. konf. - 2018. - S. 10-14.
- Abdullaev M. J. O nekotoryx osobennostyax kinematiki metaniya diska s mesta // Sistema menedjmenta kachestva v vuze: zdorove, obrazovannost, konkurentosposobnost. Sb. nauch. tr. VII Mejdunar. nauch.-practice. konf. -2018. - S. 7-10.
- Abdullaev M. J. Characteristics, forms and methods of extracurricular activities with athletes of different ages // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2020. - Т. 8. - №. 11.
- Национальные переживания, связанные с ходом спортивной борьбы НМ Мухитдинова, МЗ Джураева Вестник интегративной психологии, 4950
- Healthy lifestyle in perfect generation's upbrining МЗ Джураева Scientific researches for development future, 75-77
- Xarakteristika emotsionalno-volevoy gotovnosti lichnosti k sportivnoy deyatelnosti.