Mosh navlari hosildorligiga agrotexnik tadbirlar ta’sirini tahliliy o‘rganish

Автор: Idrisov Husanjon Abdujabborovich

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Статья в выпуске: 3 (11), 2022 года.

Бесплатный доступ

Maqolada mosh hosildorligiga ekish muddati va me’yorlari ta’siri tahlil etilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida Navro‘z navining don hosili takroriy 20 iyunda ekilganda bahorgi ekish muddatiga nisbatan ekish me’yorlari bo‘yicha 6,3-9,0% ga oshgan. Mosh navlari iyul oyida ekilganda hosil 2,4-3,9 va 12,8-33,0 % ga kamaygan. Navro‘z navidan may (25,4 s/ga) va iyunda (26,3 s/ga) 300 ming dona urug‘ ekib yuqori hosil olingan.

Mosh, soya, makkajo‘xori, no‘xat, hosil, dukkak, oqsil, tuganak bakteriya, azot, vitamin, o‘tloqi-botqoq, tuproq

Короткий адрес: https://sciup.org/14124756

IDR: 14124756

Текст научной статьи Mosh navlari hosildorligiga agrotexnik tadbirlar ta’sirini tahliliy o‘rganish

Kirish. Dunyoda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ta’minlash borasida respublikamizda qulay tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda har yili boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan bir milliondan ortiq sug‘oriladigan maydonlarida 120-130 kun davomida takroriy ekin sifatida makkajo‘xori, mosh, soya, sholi, tariq, kunjut, yem-xashak ekinlari, kartoshka va turli xil sabzavotlar ekilib, bir yilda ikki martagacha yuqori va sifatli hosil yetishtirish imkoniyatlari mavjud [1].

Hozirgi vaqtda yurtimizda donli, dukkakli, moyli ekinlarga katta e’tibor qaratilib ekin maydonlari kengaytirilmoqda. Dexqonchilikni rivojlantirish va yerdan unumli foydalanish uchun katta imkoniyatlar ochildi. Bugungi kunda eng asosiy muammolardan biri bu oqsil masalasi, ya’ni insoniyatni oqsilga bo‘lgan talabini qondirish. Bu masalani yechishda dukkakli don ekinlaridan mosh o‘simligining ahamiyati katta.

Respublikamiz sharoitida kuzgi bug‘doydan 60-70 s/ga, takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan mosh ekinidan esa 15-20 s/ga don hosili yetishtirilib, bir mavsum davomida yetishtiriladigan don hosilini 75-90 s/ga yetkazish imkoniyatlari mavjud. Yer yuzida dukkakli-don ekinlari 135 mln.gektar may donga ekiladi. Dukkakli-don ekinlari orasida mosh ekiladigan maydon hajmi jihatidan jahonda soyadan (dunyo bo‘yicha soya maydoni 74 mln gektarga yaqin) keyin ikkinchi o‘rin (25 mln gektarga yaqin) ni egallab, uchinchi o‘rinda no‘xot (dunyoda jami 10 mln gektarga yaqin) turadi [2].

Markaziy Osiyo va Kavkazorti respublikalarida moshdan oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. Moshdan tayyorlangan un makaronga qo‘shilsa uning to‘yimliligi yanada ortadi. Mosh dukkakli-don ekinlar guruxiga mansub bolib, donida ko‘p mikdorda 24-28 % oqsil to‘planadi. Undan oziq-ovqat sanoati bilan birga chorva xayvonlari uchun to‘yimli yem-xashak xam yetishtirish mumkin. Shuningdek moshning ildizlarida tuganak bakteriya rivojlanib, erkin azotni o‘zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi [3].

Ilmiy manbalardan ma’lum bolishicha, mosh vegetatsiya davri davomida tuproqda 50-100kg/ga biologik azot va organik moddalar to‘plab, yerning tabiiy unumdorligini oshirishi bilan birga oqsil va vitaminlarga boy bodgan shifobaxsh don beradigan ekindir [4].

Moshning kelib chiqishi Xindiston bilan bog‘liq. Hozirgi paytda mosh juda ko‘p mamlakatlarda ekiladi. Chunonchi, O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gurjiston, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Misr, Efiopiya va boshqa davlatlarda katta maydonlarda yetishtiriladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikamizda har yili takroriy ekin sifatida 23-27 ming gektardan ortiq maydonlarda mosh yetishtiriladi.

Tadqiqotning maqsadi. Sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni yechadigan, mosh navlarining o‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida yuqori don hosili va sifatini ta’minlaydigan ekish muddati va me’yorlarini aniqlashdan iborat.

Tadqiqot tuproq-iqlim sharoiti va uslublari Tadqiqot ishi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida olib borildi. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent viloyatining janubiy-sharqiy qismida, Chirchiq vohasida, Toshkent shahridan 15 km uzoqlikda, Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Joyning relefi tekis, tajriba olib boriladigan dalalardagi tuproq daryo bo‘yidagi territoriyalar tuprogdga mos, hududning tuproq qatlami odloqi botqoq tuproqdan iborat.

Bu tipdagi tuproqning paydo bodishiga sabab asosan institutga biriktirilgan yerlar Chirchiq daryosining qirg‘ogdga yaqin joylashganligi, atrofidagi xo‘jaliklar ham sholichilik bilan shug‘ullanishi va haddan tashqari tuproqda namlikning ko‘p bo dishidir.

Tajriba maydonidagi tuproq qatlami odloqi botqoq, loysimon qumoq tuproqdir. Ma’lumki bo‘z tuproqlar qatlamlarga kam tabaqalangan bodib, gumusning kamligi bilan xarakterli, bu odloqi botqoq tuproqlarda bodadigan o‘ziga xos rangidan ham ко‘rinib turadi.

Ilmiy tadkikot ishlarida olib borilgan fenologik kuzatuvlar va biometrik odchovlar “Metodika Gosudarstvennogo sortoispitaniya selskoxozyaystvennix kultur”, “Dala tajribalarini odkazish uslublari” (O‘zPITI, 2007) asosida odkazilgan.. O‘simlik va tuprok agrokimyoviy taxlillari «Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax» (1963) va N.N.Tretyakov uslubi bo‘yicha (M.: «Kolos», 1982) fotosintez sof mahsuldorligini aniqlash, olingan natijalar Microsoft Excel dasturi, B.A.Dospexov (1985) uslubida asosida statistik matematik tahlil kilindi [5,6].

Tadqiqot natijasi va muxokamasi 0‘rganilgan texnologik tadbirlar mosh navlarining hosildorligiga ta’sir ko‘rsatgan. O‘rtacha uch yilgi tajribalardan olingan Navro‘z navning hosildorligi eng kam me’yorda ekilganda 23,8 s/ga ni tashkil qilgan. Ekish me’yori 300 ming dona bodganda hosil 2,4 s ga yoki 6,7 % ga oshgan. Ekish me’yori 400 ming dona bodganda hosil birinchi variantga nisbatan 7,6% ga kamayganligi aniqlandi. Navro‘z navi takroriy 20 iyunda gektariga 200 ming dona urug‘ ekilganda hosil 6,3% oshgan. Ekish me’yori 300 ming/ga bodganda hosil 9% ga oshganligi kuzatilgan. Ekish me’yori 400 ming dona bodganda hosil 1,7 s.ga oshgan, yoki bu 7,7 % ni tashkil qiladi. Ekish muddati kechiktirilib 1 iyulda ekilganda kam ekish me’yorida hosil oldingi ekish muddatiga nisbatan 2,4 % ga kamaygan; ekish me’yori o‘rtacha 300 ming dona urug‘ ekilgandaoldingi muddatga nisbatan 2,7 % ga kamayganligi kuzatilgan. Eng yuqori ekish me’yorida gektarga 400 ming dona urug‘ ekilganda 3,8% ga kamaygan. Oxirgi ekish muddati 10 iyulda 200 ming dona urug‘ ekilgan 21,2 s./ga hosil olingan, bu oldingi ekish muddatiga nisbatan 14,2% ga, 300 ming dona urug‘ ekilganda 23,9% va 400 ming urug‘ ekilganda 19,3% ga kamaygan. Navro‘z navi may (25,4 s/ga) va iyunda (26,3 s/ga) 300 ming dona urug‘ ekib yuqori hosil olingan.

1-jadval

Navro‘z navining hosildorligi (yillar bo‘yicha)

Ekish muddati

A

Ekish me’yori ming/ga

Tadqiqot yillari

O‘rtacha

2016

2017

2018

12 may

200

24.6

23.1

23,7

23.8

300

26.0

24.9

25,3

25.4

400

22.6

21.8

21,8

22.0

20iyun

200

26.0

25.3

24,8

25.3

300

27.0

25.9

26,2

26.3

400

24.4

23.4

23,4

23.7

01 iyul

200

25.4

24.2

24,7

24.7

300

26.2

25.3

25,5

25.6

400

23.2

22.3

22,9

22.8

10 iyul

200

21.8

20.6

21,4

21.2

300

20.2

18.6

19,9

19.5

400

19.2

17.5

18,7

18.4

NSRos s/ga %

1.06

4.40

0.61

2.65

1.43

3.51

A omil s/ga %

0.53

2.21

0.35

1.52

0.83

3.10

В omil s/ga %

0.61

2.54

0.31

4.35

0.71

2.70

Xulosalar Navro‘z navining don hosili takroriy 20 iyunda ekilganda bahorgi ekish muddatiga nisbatan ekish me’yorlari bo‘yicha 6,3-9,0% ga oshgan. Mosh navlari iyul oyida ekilganda hosil 2,4-3,9 va 12,8-33,0 % ga kamaygan. Navro‘z navidan may (25,4 s/ga) va iyunda (26,3 s/ga) 300 ming dona urug‘ ekib yuqori hosil olingan.

ADABIYOTLAR:

methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.

agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).

Список литературы Mosh navlari hosildorligiga agrotexnik tadbirlar ta’sirini tahliliy o‘rganish

  • Atabaeva X.N, Xudoyqulov J.B O‘simlikshunoslik. T “Fan va texnologiya”. 2018, 407 bet.
  • Atabaeva X.N, Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug‘oriladigan maydonlarda mosh yetishtirishning intensiv texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma. 2019 yil.Toshkent
  • Atabaeva H.N. O‘simlikshunoslik.T.; Mehnat, 2000. 134-136 b.
  • Jumaev Z, Sirimov A. Moshni ang‘izda ekish agrotexnikasi. //Sug‘oriladigan yerlarda boshoqli g‘alladan keyin ekiladigan takroriy ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar Toshkent, 1995. 18-22 b.
  • Dospexov B,A, “Metodika polevogo opita”, Izd-vo «Kolos» Moskva 1985g
  • Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari.Toshkent.2007 y.
  • Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O ‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseo1is aireis piper) ning o ‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.
  • Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko ‘chatzorida o ‘tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.
  • Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug ‘oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me‘yorining ta’sirini o‘rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.
  • Abdujabborovich, I. X., o’gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo’z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.
  • Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.
  • Idrisov, X. A., & oʻgʻli Soliyev, a. M. (2022, may). Sug ‘oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).
  • Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).
  • Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko’chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.
  • Abdujabborovich, i. X., & o‘g‘li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o‘rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.
  • Abdujabborovich, i. X., o‘g, p. J. G. A., o‘g‘li, e. K. E., & o‘g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.
  • Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.
  • Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)–biologic xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144-148).
  • Abdujabborovich, i. X., o’gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo’z tuproqlar sharoitida mosh (Rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.
  • Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko’chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.
  • Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).
  • Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko ‘chatzorida o ‘tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.
  • Abdujabborovich, i. X., o‘g, p. J. G. A., o‘g‘li, e. K. E., & o‘g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.
  • Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo‘yicha o ‘tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.
  • Idrisov, x. A., & oʻgʻli soliyev, a. M. (2022, may). Sug ‘oriladigan maydonlarda mosh (Phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).
  • Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). Soyaning seleksiya ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini o'rganish. Models and methods in modern science, 1(12), 22–25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183
  • Soyaning nazorat ko’chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo’jalik xususiyatlarini tahliliy organish. https://academicsresearch.com/index.php/rnsr. “Results of national scientific rasearch” scientific-methodical journal Volume 1, Issue 4, ISSN:2181-3639, Toshkent 2022 y 5-son,.134-139 betlar, https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/ind.
  • Khojamkulova Yulduzoy Jahonkulovna, Kashkaboeva Chulpanoy Tulkunovna, Ibragimov Feliks Yuldashevich. In rice (oriza sativa) varieties the plant grows at different water thicknesses, water consumption during development periods, m 3, solution of social problems in management and economy International scientific-online conference. https://doi.org/10.5281/zenodo.7028149.
Еще
Статья научная