Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi yer maydonlaridan foydalanish dinamikasi

Автор: Abdurahmanov S.T., Ergashev A.N.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (94), 2022 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada Namangan viloyati yer resurslarini holati, hududiy tarkibi, qishloq xo’jaligi maydonlaridan foydalanish darajalari, axolining qishloq xo’jaligi yer maydonlaridan foydalanishida yuzaga kelayotgan muammolar o’rin olgan.

Qishloq xo'jaligi, dehqonchilik, ekin maydonlari, bog'dorchilik, polizchilik, sabzavotchilik, sho'rlanish, eroziya, iqtisodiy samaradorlik

Короткий адрес: https://sciup.org/140292702

IDR: 140292702

Текст научной статьи Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi yer maydonlaridan foydalanish dinamikasi

НАМАНГАН ВИЛОЯТИДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕР

МАЙДОНЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ДИНАМИКАСИ (инглизчаси)

Abdurahmanov Sohibjan Turdialiyevich

Ergashev Akmal Nematovich

Annotation:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer va boshqa tabiiy resurslar o‘sha hududda yashaydigan xalqlar hayoti va faoliyatining asosi sifatida foydalanilishi va muhofaza etilishi belgilab qo‘yilgan.

Hozirgi paytda O‘zbekiston yer fondining 9,7 % (4315,7 ming gektar) sug‘oriladigan dehqonchilik bilan band, 2 % ga yaqini (756,3 ming gektar) tog‘ oldi lalmikor yerlari, 47 % (21128 ming gektar) dasht va yarim dasht yaylovlari, 8 % ga yaqini (3434 ming gektar) o‘rmonzorlar.

Keyingi yillarda respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlash va yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solishda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Namangan viloyati mehnat taqsimotida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va yer resurslaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Viloyatning umumiy maydoni 7,44 ming km2 ni tashkil etib, shundan 390300 ga qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar hisoblanadi. SHu jumladan, viloyat yer fondi tarkibida ekin yerlar 237800 ga, ko’p yillik daraxtzorlar 37078 ga, bo’z yerlar 2342 ga, yaylovlar 152217 ga ni egallaydi.

Namangan viloyati yer resurslari asosini qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar tashkil etadi. Mavjud yer resurslaridan uzoq yillar davomida asosan paxtachilikka ixtisoslashtirilgan bo’lsa, bugungi kunda respublikada don mustaqilligi ta’minlash maqsadida viloyatda bug’doy ekilishi kengaytirilmoqda. Bundan tashqari, shimoliy tumanlardagi bir qancha xo’ jaliklarda bog’dorchilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik, yem-xashak ekinlari va kartoshkachilik sohalari ham rivojlantirilishi yaqqol ko’zga tashlanmoqda.

Viloyatda yer resurslardan foydalanish imkoniyatlari bevosita axoli sonini o’sishi va uning orqasida oziq-ovqat mahsulotlarini ta’minlash hususiyatlari bilan xarakterlanadi. Viloyatda keyingi o’n yillikda qishloq xo’jali maqsadida foydalanayotgan maydonlar xamjmi 8.3 % ga qisqarganligini ko’rishimiz mumkin. Ekin maydonlarini qisqarishiga sabab bo’layotgan asosiy jihatlar sifatida qo’yidagilarni olish mumkin. Xususan, aholi uchun uy-joy va infratuzilmalarni shakllanishi, transport yo’llari va ishlab chiqarish sohalarini kengaytirilishi, davlat ulushidan aholiga tomorqa tizimga o’tkazilishi, sho’rlanish va rekultivatsiyaga muxtoj yer maydonlarini kengayishi kabi omillar sabab bo’lmoqda.

Qishloq ho`jaligi ekin maydonlari

2010  2011  2012  2013  2014  2015  2016  2017  2018  2019  2020

Qishloq ho`jaligi ekin maydonlari

Rasm-1. Namangan viloyati qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini yillar kesimida o’zgarishi

Namangan viloyati yer resurslaridan xalq xo’jaligining turli soahalarida foydalanishda joyning geografik o’rni muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu jarayonni viloyat tarkibidagi tumanlar kesimda xam ko’rish mumkin.

Viloyatning eng yirik tumani hisoblangan Pop tumanini umumiy yer maydoni 2,94

ming km2 ni tashkil etsada, tumanning qishloq xo’ jaligida foydalanadigan maydonlari qo’yidagicha ko’rinishga ega. Xususan, tumanda qishloq xo’jaligi maqsadida foydalaniladigan maydonlar tumanning umumiy yer maydonini 9% ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Kosonsoy tumanida 10%, Mingbuloq tumanida 7,5, Uychi va CHortoq tumanlarida 10 %, CHust tumanida 9,7 %ni tashkil etmoqda. Bundan tashqari tuman axoli soniga nisbatan qishloq xo’jaligi maqsadida foydalaniladigan yer maydonlari nisbatan barqaror va barqaror bo’lmagan xududlarni ham ko’rish mumkin. CHust tumanida 1 ta axoli soniga nisbatan to’g’ri keladigan qishloq xo’ jaligi maydonlari 0,43 ga, CHortoq tumanida 0,21 ga, Pop tumanida 1,48 ga, Mingbuloq tumanida 0,45 ga, Norin tumanida 0,13 ga, Uychi tumanida 0,16 ga, Kosonsoy tumanida 0,28 ga to’g’ri kelmoqda. Tumanlar kesimda bunday holatlarni yuzaga kelishida ma’muriy xududga birligiga aholi sig’imini ta’siri bilan ifodalash mumkin. Pop va Mingbuloq tumanlaridagi foydalaniladigan yer maydonlarining kattaligi va aholi sonini nisbatan ozligi axoli jon boshiga to’g’ri keladigan maydonni barqaror bo’lishini ta’minlaydi. Ammo Norin, Uychi va CHortoq tumanlarida axoli jon boshiga to’g’ri keladigan foydalaniladigan yerlar maydoni nisbatan past hamda nobarqaror ko’rinishga ega bo’lib bormoqda.

Bugungi kunda axolining daromadlarini oshirishda yer va suv resurslarini barqarorligi xududlar ko’lamida yaxshilash, har bir unumli yerlardan samarali va maqsadli foydalanish, yer resurslarini muhofaza qilish bo’yicha ta’sirchan choralarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

SHu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida» 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq hamda qishloq xo’jaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohaga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar jalb etishni rag’batlantirish, qishloq xo’jaligida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan sug’oriladigan, foydalanilmayotgan bo’z va yaylov, shuningdek, o’rmon fondi yerlarini foydalanishga kiritish va ulardan samarali foydalanishni sinov tariqasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 dekabrь, 972 –sonli qarori ishlab chiqildi.

Qarorga muvofiq Pop tumanining 13 ta hududidan 476 ta kontur asosida 7164,6 ming ga, Mingbuloq tumanining 4 ta hududidan 231 ta konturda 986,6 ming gektar maydonlarda qishloq xo’ jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug’oriladigan, foydalanilmayotgan bo’z yerlarni va yaylovlarni, shuningdek, o’rmon fondi yerlarini foydalanishga kiritish va ulardan samarali foydalanish vazifalari yuklatildi va amalda bajarish bo’yicha dasturlar ishlab chiqildi.

Bu kabi keng ko’lamli agrar sohadagi islohotlari amalga oshirishda viloyatdagi bir qator hususan, CHortoq va Yangiqo’rg’on tumanlarida tuproq eroziyasini oldini olish, Norin, Uychi va Namangan tumanlarida sho’rlanishni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurdir.

Фойдаланилган адабиётлар:

  • 1.    З.Исоқов. Фарғона водийсида анъанавий деҳқончилик маданияти. – Тошкент: Янги нашр. – 2011 й.

  • 2.    Маҳмудова М., Абдурахманов С.Т. Наманган вилоятида узумчиликнинг ривожланиши // Ўзбекистон ГЖ ахбороти. -44-жилд. -Тошкент. 2014. -5860 б.

  • 3.    Баратов А.С. Наманган вилоятида сув ҳўжалигини ташкил этиш ва унинг самарадорлигини ошириш масалалари. Kанд. диссертацияси авторе-ферати. Т.: НИГМИ.-2007. 26 б.

"Экономика и социум" №3(94) 2022

Список литературы Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi yer maydonlaridan foydalanish dinamikasi

  • З.Исоқов. Фарғона водийсида анъанавий деҳқончилик маданияти. -Тошкент: Янги нашр. - 2011 й.
  • Маҳмудова М., Абдурахманов С.Т. Наманган вилоятида узумчиликнинг ривожланиши // Ўзбекистон ГЖ ахбороти. -44-жилд. -Тошкент. 2014. -58-60 б.
  • Баратов А.С. Наманган вилоятида сув ҳўжалигини ташкил этиш ва унинг самарадорлигини ошириш масалалари. Kанд. диссертацияси авторе-ферати. Т.: НИГМИ.-2007. 26 б.
Статья научная