National platform of educational processes is developing once more
Автор: Ismanova O.T., Azimova Sh.A., Azimova D.A., Rustamova K.Q.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 11 (78), 2020 года.
Бесплатный доступ
Abstact: This article states that this decree issued by the President of the Republic of Uzbekistan will serve to further improve education and upbringing for the next 50 years and will not lose its scientific and practical significance.
Developing education, quality education, continuos professional education
Короткий адрес: https://sciup.org/140251552
IDR: 140251552
Текст научной статьи National platform of educational processes is developing once more
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan “Mamlakatimizda ta`lim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilim fan soxasini rivojini jadallashtirishga oid qo`shimcha chora – tadbirlar to`g`risida” gi farmoni ko`p qirraliligi va ko`p tizimliligi bilan barchani o`ziga jalb qila oldi. Shu bilan bir qatorda zamon talabi bo`lgan talim va tarbiya jarayonlarini uzluksiz muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Muhtaram Prizedentimizning ilm fan va ta`lim vakillari bilan birga o`tkazib kelayotgan uchrashuvlari hozirgi kunda ta`lim tizimini takomillashtirishga berilayotgan chuqur e`tibor deyish mumkun. Prezidentimiz farmonining keng jamoatchilik ishtirokchilari ,ota-onalar ayniqsa yoshlarni chuqur xayajonga soldi. Mamlakatimizda ta`lim tarbiya tizimidagi sifatini va samaradorligini yanada oshirish, maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyalanuvchilari, o`quvchi va talaba yoshlarga zamonaviy va sifatli bilim ko`nikmalarni shakillantirib boorish to`g`risida hozzirgi kunlarda tizimli o`zgarishlar olib borilmoqda. Farmonga ko`ra asosiy nazar yosh avlodga qaratilgan. Yurtimiz taraqqiyoti uchun yangi g`oya va tashabbuslar bilan chiqayotgan yoshlarni qo`llab quvatlash va ularga yaratilayotgan qulay sharoitlar kun yoshlarini oldinga intilishga asos bo`la oladi. Yoshlarimiz esa bu sharoitlardan yetarlicha foydalana olishyapdi desak muoblag`a bo`lmaydi. Ayniqsa dunyo miqyosiga bardosh bera oladigan sifatli tizim joriy qilish pedagog xodimlarni kasbiy maxorati va ish faoliyati samaradorligini oshirishni talab qiladi. Xozirgi kunda maktab o`quvchilari tanlagan kasb yo`nalishi bilan band bo`lib boshqa fanlarni bir chetga surib qo`ygani barchamizga sir emas. Bu holatni yaxshilash farmonda ko`rsatib o`tildi. Maktab o`quvchilarini baxolari oliy talimga kirishda inobatga olinishi etirof etildi. Bu esa maktab o`quvchilarini masuliyatini oshirishga, har bir fanga e’tibor bilan qarashga undaydi. Bu holat ham pedagoglarni ham o`quvchilarni hushyorlikka chaqiradi. Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga asosan muallif va tuzuvchilar tanlab olishi xamda darslik va o`quv metodik majmualarning maketlari yaratilishi ta’lim sifatini yanada oshirishni taminlaydi. Maktab darsliklarini yanada keng ko`lamda bo`lishi hamda tushunarli va sifatli bo`lishi zarurligi aytildi.
Shu bilan birga umumta’lim bitiruvchilarini ish bilan taminlash eng dolzarb muammolaridan biri edi. Bu farmon orqali yoshlar bandligi taminlanadi va turli jinoyatlar soni kamayishiga asos bo`ladi. Hamda muhtaram prezidentimiz qayta-qayta takrorlayotgan gaplari kambag`allikni yo`q qilishga yahshigina sabab bo`la oladi.
Prezidentimiz farmoniga ko`ra bugungi kun yoshlarini xayajonga sola olgan quyidagi jumlalar barchaga birdek manzur bo`ldi. 2021 yildan boshlab mamlakatimizning olis va chekka hududlarida kamida 100 nafar iqtidorli yoshlarni nufuzli olimlarga biriktirish uchun grantlar ajratilsin deb takidladilar. Bu esa yoshlarni yanada oldimlashga sabab bo`la oladi
Ta`lim sifatini yaxshilashda asosiy ro`l pedagog qo`lida ekanligi barchaga ma`lum. Shu bois ham pedagogda yetarlicha bilim va ko`nikma bo`lishi zarur.Shu maqsadda 2021 yil 1 mayga qadar xalq ta`lim xodimlarini malakalarini uzluksiz oshirib borish “Uzluksiz kasbiy ta`lim” maxsus elektron platformasini ishga tushirish farmonda nazarda tutildi.
Yangi O`zbekistonning kelajagi chin ma`noda bugungi yoshlar, maktab bitiruvchilari hamda maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyalanuvchilariga bog`liqligi hammaga ma`lum. Bularni barchasi ertaga oliy ta’lim talabasiga aylanishadi. Shu boisdan ham yoshlarni barchasini bog`cha paytidanoq oliy ta`lim tizimiga tayyorlash, istedodlarini kashf qilish, xorijiy tillarni mukammal o`rganishga tayyorlash, dunyoni rivojlangan davlatlari qatoridagi tizimlar bilan tanishtirish zarur. Bu masuliyatli masalani hal qilish pedagoglarimiz zimmasidagi yuk. Aslida har bir yoshda oz bo`lsada istedod bo`ladi. Buni kashf qilish va rivojlantirish pedagog mahoratiga bog`liq. “Mamlakatimiz ta`lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan soxasi rivojini jadallashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirla to`g`risida’’ gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni aynan ta’lim va tarbiya soxasida tub burulish yasashiga ishonamiz. So`zga chiqqanlar ham bu farmon tarixiy xujjatga aylanishini takitladilar. Bu yoshlar hayotida tub o`zgarishlar yasashini va yurtimiz ravnaqi uchun katta o`zgarishlar sari qo`yilayotgan ildam qadam ekanligini to`lqinlanib gapirdilar. Buyuk allomamiz Yusuf Xos Xojibning “O`quv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`ladi, bilim qayda bo`lsa , buyuklik bo`ladi” degan hikmatli so`zi yuqoridagi farmonni ayni haqiqat ekanini tasdiqlaydi. Mazkur farmon shunchaki qog`ozda qolib ketmasligi uchun farmon ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslaxatchisi A. A. Abduvoxitov va O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri B.A.Musaev zimmasiga yuklatilgani farmon ijrosi amalga oshishini taminlaydi. Umumta’lim maktab bitiruvchilari o`zining iqtidori va qiziqishlaridan kelib chiqqan holatda mos kasbni tanlay olishi va mehnat bozorida o`z o`rniga ega bo`lishi va muvaffaqqiyatlarga erishishi yurtimiz rivojiga o`z xissasini qo`shishi zarur. Barchamiz xalqimizni gullab yashnashiga, dunyoni rivojlanyotgan davlatlari qatoriga aylanishi uchun barchamiz munosib hissamizni qo`shaylik.
Foydalanilgan adabiyotlar
Список литературы National platform of educational processes is developing once more
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti M.Sh.Mirziyoyev farmoni "Mamlakatimiz ta'lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan soxasi rivojini jadallashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirla to'g'risida''