Odam savdosi-millatga xiyonat

Автор: Sayfiddinova X.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 11 (78), 2020 года.

Бесплатный доступ

O’zbekiston avlodlari, sog’lom fikrlilik, odam savdosi, yoshlar, jinoyat

Короткий адрес: https://sciup.org/140251659

IDR: 140251659

Текст статьи Odam savdosi-millatga xiyonat

Zamonamiz ancha yuksalgani, ong-u tafakkurimiz kengaygani, innovatsion g’oyalar bizni qurshab olgani barchamizga ma’lum. Imkoniyatlar kengligi, davrimizning maksimal darajada rivojlanib borayotganiga qaramay, fikrimizni ozdiruvchi, biz yoshlarni yo’ldan chalg’ituvchi, turli jinoyat va aldovga yo’llovchi ko’chalar ham afsuski yo’q emas.

Yosh O’zbekiston avlodlaridan biri sifatida shuni tushuna olamanki, biz , men ya’ni yoshlar har qanday kichik fikrni kattasigacha tahlil qila olamiz, agarki, tafakkurimizda ma’naviy ozuqalilik, sog’lom fikrlilik yetilgan bo’lsa. Hayotimizning yorug’ kunlari ko’p bo’lgani kabi, unga xavf solib, xavotirga qo’yadigan inson hayotini jaholatga yetaklab boradigan muammolar ham bizni chetlab o’tmaydi.

Tinchligimizga raxna solib turgan “Odam savdosi, giyohvandlik va shu kabi razilliklar xoh o’zimizda xoh dunyoning bir chetida sodir bo’lsa-da, qalbimizni tahlikaga solib keladi.

Bugungi davrda qullikning yangi ko’rinishi bo’lgan odam savdosi jahon hamjamiyatiga tahdid solayotgan jinoyat deb baholanmoqda .Tarix kitoblarda qolib ketgan “qullik” tushunchasi hozirga kelib majburiy mehnat shakliga o’tib olgan. Odam savdosi bilan shug’ullanuvchi jinoiy guruhlar insonlarni nafaqat jinsiy shuningdek, majburiy mehnat uchun yoki ularning ichki organlarini transplantatsiya qilish, narkotik moddalarni tarqatish, boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etish uchun ham yollab majburlamoqdalar. Bu jinoyatning asosiy qurbonlari esa ayollar va bolalar bo’lishadi. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo miqyosida har yili 600 mingdan 800 ming nafargacha ayollar va bolalar aldov yo’li bilan sotib yuboriladi.

Izlangan manbalarimdan bilishimcha, odam savdosining katta bo’limi Sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlari fuqarolari bo’lgani aytib o’tiladi. Bu hududlarda ushbu jinoyat uchun javobgarlik ham qoniqarsiz ekani ma’lum. Zamonaviy qulchilikka qarshi olib borilgan choralarning asosan so’nggi 10 yilda kuchayganini ma’lum qilgan UNODC rahbari Federov “Davomli rivojlanish maqsadlariga yetish uchun barcha davlatlarni texnik jihatdan dastaklash va hamkorlikni rivojlantirishning zaruratini ko’rsatmoqda” deb mulohaza bildirdi.

Yosh ongim bilan shuni aytishim mumkinki, siz, men, bizlar-barchamiz har nafasda yonib yashasak, yangicha fikrlash, yangicha g’oyalar bilan jamiyatga kirib borsak, hayotimizni tahlikaga qo’yayotgan har qanday to’siqni ijobiy salohiyatimiz bilan yenga olamiz!

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  • 1.    Fledu.uz sayti

  • 2.    Adu.uz sayti…

  • 3.    Shavkat Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob

  • 4.    Ma’naviyat asoslari darsligi

    "Экономика и социум" №11(78) 2020

xalqimiz bilan quraylik.” asari

Список литературы Odam savdosi-millatga xiyonat

  • Fledu.uz sayti
  • Adu.uz sayti…
  • Shavkat Mirziyoyev "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quraylik". asari
  • Ma'naviyat asoslari darsligi
Статья