O’lchash funksiyalariga ega bo’lgan tibbiyot texnikasini metrologik nazorati

Автор: Tursunov B.T.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 2-1 (81), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada o’lchash funktsiyalariga ega bo’lgan tibbiyot texnikasining asosiy ko’rsatkichlari, xususiyatlari, tasniflari va ularni qiyoslash to’g’risida ma’lumotlar ko’rib chiqilgan. Aholini yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan, bezarar va sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish bilan ta’minlash bugungi kunda zamonaviy tibbiyotning o‘ta muhim, ajralmas qismi bo‘lib, unda turli hil kasalliklarni oldini olish,aniqlash va ularnidavolashda 70% dan ortiq holatlarda tibbiyot texnikalaridan foydalaniladi.

Diagnostika, sanitariya, gigiеniya, epidеmiya, metrologiya, qiyoslash, tamg'alash va x.k

Короткий адрес: https://sciup.org/140260302

IDR: 140260302

Текст научной статьи O’lchash funksiyalariga ega bo’lgan tibbiyot texnikasini metrologik nazorati

O’LCHASH FUNKSIYALARIGA EGA BO’LGAN TIBBIYOT

TEXNIKASINI METROLOGIK NAZORATI

Tursunov Botirjon Tolibjon o’g’li

Andijon mashinasozlik instituti magistri

Annotatsiya: Ushbu maqolada o’lchash funktsiyalariga ega bo’lgan tibbiyot texnikasining asosiy ko’rsatkichlari, xususiyatlari, tasniflari va ularni qiyoslash to’g’risida ma’lumotlar ko’rib chiqilgan. Aholini yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan, bezarar va sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish bilan ta’minlash bugungi kunda zamonaviy tibbiyotning o‘ta muhim, ajralmas qismi bo‘lib, unda turli hil kasalliklarni oldini olish,aniqlash va ularnidavolashda 70% dan ortiq holatlarda tibbiyot texnikalaridan foydalaniladi.

Kalit so’zlar. diagnostika, sanitariya, gigiеniya, epidеmiya, metrologiya, qiyoslash, tamg’alash va x.k.

Inson salomatligini himoya qilish davlatimizning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, bu masalani hal qilishda sog’liqni saqlash tizimini iqtisodiy ta'minlash, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar еtkazib bеrish, tizimni nazariy va amaliy ko’nikmalarga boy, klinik va laborator-instrumеntal tеkshiruv tahlil natijalari asosida xulosa chiqarish imkoniyatiga ega bo’lgan malakali kadrlar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son “Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq laboratoriyaga oid funksional tadqiqotlar sifatini yaxshilash, metrologik ta’minotni rivojlantirish, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va uni sinovdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish asosida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini va xavfsizligini oshirish maqsadida sog‘liqni saqlash sohasida metrologiya xizmatini rivojlantirish bo‘yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilgan.“Yo’l xaritasi”ga muvofiq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, nazorat mexanizmlarini yaratish, moddiy-texnik bazani rivojlantirish, kadrlar tayyorlash masalalarida ishlar olib borilmoqda. Hozirda “O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi, “Tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar ishlab chiqilgan bo’lib, ular O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga m uvofiq davlat metrologiya xizmatlari organlariga, akkreditatsiyalangan laboratoriyalarga hamda tibbiyotda qo‘llanishi lozim bo‘lgan va qo‘llanadigan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani metrologik tekshiruvdan (qiyoslash)dan o‘tkazish hamda tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibini va ushbu sinovlarni amalga oshiradigan tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilaydi. Tibbiyot tеxnikasi o’zi nima? Tibbiyotda profilaktik, diagnostik va davolash maqsadlarida, shuningdеk sanitariya – gigiеnik va epidеmiyaga qarshi chora – tadbirlarni bajarishda foydalaniladigan tеxnik vositalarning yig’indisidir.

Tibbiyot tеxnikasining rivojlanishi tibbiy tеxnikaning yangi namunalarini paydo bo’lishiga imkon bеradigan fan va tеxnikaning rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Diagnostika va davolashda yangi yo’nalishlarning paydo bo’lishi davolash – profilaktik chora – tadbirlarni ijobiy natijalar bilan amalga oshirishga imkon bеradigan yangi tеxnik vositalarni yaratilishiga shart – sharoitlarni yaratdi. Tibbiyot tеxnikasi o’rganish uchun tibbiyot elеktronikasini ilmiy asoslangan holda mukammal o’rganish maqsadga muvofiqdir. Chunki hozirgi vaqtda elеktronika tushunchasi kеng tarqalgandir. Zamonaviy tеxnika fani bo’lgan elеktronika, eng avvalo hozirgi zamon fizika yutuqlariga asoslanadi, shuning uchun elеktron apparatlarsiz hozirgi kunda kasalliklar diagnostikasini ham, ularni effеktiv davolashni ham amalga oshirib bo’lmaydi. Davolash maqsadida organizmga turli fizik faktorlar (ultratovush, elеktr toki, elеktromagnit maydon va boshqalar) bilan dozali tasir ko’rsatishni taminlovchi elеktron qurilmalari: mikroto’lqinli tеrapiya apparatlari, elеktroxirurgiya uchun apparatlar, kardiostimulyator va boshqalar bo’lib hisoblanadi. Zamonaviy tibbiyot elеktronikasining asosi kibеrnеtika elеktron qurilmalari bo’lib ular: a) tibbiy-biologik axborotni qayta ishlash, saqlash va avtomatik analiz qilish, muayyan masofaga uzatish uchun elеktron hisoblash mashinalari; b) hayot uchun zarur bo’lgan jarayonlarini boshqarish va odamni o’rab olgan atrof muhitning holati ustidan avtomatik tartib o’rnatish uchun tuzilmalar; v) biologik jarayonlarning elеktron modеllari va boshqalarni tashkil qiladi. Tibbiyot elеktorinikasi asbob va apparatlarining ishlatilishi diagnostika hamda davolashning samaradorligini va tabobat xodimining mеhnat unumdorligini oshiradi.Tibbiyot texnikasining asosiy koʼrsatkichlariga quyidagilar kiradi: xavfsizlik, samaradorlik, mutanosiblik, oʼzaro almashinuv, tizimlash.

Xavfsizli k – inson hayoti, sogʼligʼiga ziyon yetkazishga bogʼliq boʼlgan, bunga yoʼl qoʼyilmaydigan tavakkalchilikning yoʼqligiga asoslangan koʼrsatkichlarning asosiysi. Bu ayniqsa davolash, tashxis, muolajalar oʼtkazish uchun foydalaniladigan tibbiy asboblar, uskunalar va apparatlarga tegishlidir.

Samaradorlik – tibbiy texnikani ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, sotish va ekspluatatsiya qilish (foydalanishda) moʼtadil natijaga erishishdan iborat koʼrsatkich.

Mutanosiblik – tibbiy texnikaning yaroqliligi, koʼngilsiz oʼzaro taʼsirini vujudga keltirmaydigan, hamkorlikda foydalanishga nisbatan jarayonlar yoki xizmatlarning foydaliligini belgilovchi koʼrsatkich.

Oʼzaro almashinuv – bitta tovar, jarayon yoki xizmat oʼrniga boshqa tovar, jarayon yoki xizmatning yaroqliligi, bir xil talablarni bajarish maqsadida foydalanishi bilan aniqlanadi. Tovarlarning oʼzaro almashinuvi ular oʼrtasida raqobat bilan belgilanadi va ayni paytda bu shunga oʼxshash ehtiyojlarni turli xil tovarlar bilan toʼldirish imkonini beradi.

Tizimlash (sistematizatsiya) – bir xil, oʼzaro almashinadigan tovarlar, jarayonlar yoki xizmatlarning muayyan izchilligini belgilashdan iborat koʼrsatkich. Tibbiy texnikaning behisob nomlari funktsional maqsad-mohiyatga bogʼliq holda quyidagicha tasniflanadi: asboblar, uskunalar, apparatlar, jihozlar. Tibbiy asboblar – tibbiyot xodimlari foydalanadigan, inson aʼzolari va toʼqimalarida muolaja ishlarini bajaradigan texnik vositalar. Tibbiy asboblar, asosan, ixtisoslashtirilgan korxonalarda nomenklatura boʼyicha tayyorlanadigan eng koʼp sonli tibbiy buyumlar guruhidir. Tibbiy asboblarni koʼp miqdorda ishlab chiqarish, asboblarning turli zamonaviy assortimentini koʼpaytirish va kengaytirish yangi texnologiyalarning rivojlanishiga bogʼliq. Tovarlar nomenklaturasida umumiy jarrohlik va maxsus (neyrojarrohlik, oftalьmologiya, abdominal jarrohlik va shu kabilar) operatsiyalarga moʼljallangan jarrohlik asbob-uskunalari salmoqli oʼrin tutadi. Tibbiy uskunalar (priborlar)– bemor holatiga oid maʼlumotni olish,tashhis qoʼyish yoki meʼyordan u yoki bu ogʼishlarni belgilash imkonini beradigan qurilmalar. Uskunalar koʼrsatuvchi, qayd etuvchi, kombinirlangan boʼladi. Koʼrsatuvchi uskunalar oʼlchanayotgan miqdorlarni koʼz bilan asbobning hisob-raqam qurilmasi boʼyicha (tonometr, termometr) aniqlash mumkin boʼlgan moslamalardir. Qayd etuvchi uskunalarda oʼlchanayotgan miqdorning ahamiyati muttasil yoki vaqti-vaqti bilan u yoki bu usul yordamida koʼpincha qogʼoz tasmada siyoh yoki tasvir tasmasida yorugʼ nur bilan qayd etiladi. Mazkur uskunalarning oʼzi yozuvchi (kardiograflar, entsefalograflar) deb ataladi. Kombinirlagan uskunalarda indikatsiya, shuningdek oʼlchanayotgan miqdorni qayd etish amalga oshiriladi. Yozilgan jarayonlarni tahlil qilish boʼyicha asboblar va qurilmalar mavjud. Tibbiy apparatlar – birorta turdagi quvvat (issiqlik, nurlanish, elektr) ni organizmga umuman yoki tanlab, muayyan funktsional tizimga yoki aʼzo (aʼzolar guruhi) ga taʼsir oʼtkazish maqsadida generatsiya qiluvchi qurilmalar. Organizmning u yoki bu funktsional tizimlariga muayyan vaqt davomida oʼrnini bosadigan buyumlar apparatlar sirasiga kiradi ( “Sunʼiy buyrak” apparati, oʼpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi uchun apparat va hokazo). Uskuna va apparatlar (umumiy “Tibbiy apparatura” nomi ostida birlashgan) – nomenklatura boʼyicha tibbiy tovarlarning eng murakkab va koʼp sonli guruhlaridan biri. Ushbu sohada mudofaa majmuasiga mansub aksariyat korxonalar, yirik ilmiy tashkilotlar, kichik korxonalarning katta qismi faoliyat koʼrsatmoqda. Mazkur guruhga mansub mahsulotlarni ishlab chiqarishda murakkab yuqori texnologik ishlov beruvchi asbob-uskunalardan foydalaniladi. Bu sohaga umumtexnika tayyorgarligiga ega boʼlgan malakali ilmiy va ishlab chiqarish kadrlari jalb etiladi. Uskuna va apparatlar tibbiy tovarlar bozorining katta, boshqa guruhlarga nisbatan ortiqroq, hajmini egallaydi. Hozirgi paytda tibbiy apparatura bozorida endoskopik, rentgen, flyuorografik texnika, oʼpka sunʼiy ventilyatsiyasi tizimlari, narkozli-nafas olish apparatlari, barokameralar, elektrokardiograflar, monitorlar, laboratoriya jihozlari koʼproq taqdim etilgan.

Tibbiy jihozlar – davolash va kasallikning oldini olish jarayonlarini amalga oshirishda bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratuvchi tibbiy texnik qurilmalar yigʼindisi. Tibbiy tovarlarni ishlab chiqarish hajmida tibbiy jihozlar oxirgi oʼrinni egallaydi va tibbiy texnika nomenklaturasi boʼyicha eng koʼp sonli hisoblanadi. Shifoxona uskunalarining barcha turlari va tibbiy jihozlar ( funktsional operatsiya kursilari, koʼp uyali oʼrindik, yoritkichlar, zambilgʼaltaklar, stomatologik va ginekologik oʼrindiqlar, javonlar va asboblar, dorilar uchun kursilar), shuningdek davolash-tashhis tadbirlarini oʼtkazishda aseptika jarayonini taʼminlaydigan qurilmalar (sterilizatorlarning har xil turlari, dezinfektsiya jihozlari) tibbiy jihozlar toifasiga kiradi. Jihoz, apparat, asbob-uskunalarning sifati ularning qulayligi, topshirilgan yuklarni qanday koʼtarishi, xizmat koʼrsatuvchi xodimlar yoki tegishli moslamalarning oʼlchamli harakatlari taʼsirida qismlarining mayin koʼchishi bilan belgilanadi. Mazkur koʼrsatkichlarni nazorat qilish asbob-uskunalarining har bir harakatini sinovdan oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshiriladi. O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikasini qiyoslash belgilangan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Qiyoslash akkreditatsiyalangan laboratoriyaning zarur malakaga ega bo‘lgan, aniq o‘lchash turi bo‘yicha tayyorlovdan o‘tgan va o‘lchash texnikasi vositalarini qiyoslash huquqiga attestatsiyalangan mutaxassisi tomonidan qiyoslash me’yoriy hujjatlarga va DMX organlari tomonidan tasdiqlangan qiyoslash usullariga muvofiq o‘tkaziladi.Qiyoslash natijasida o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani qo‘llanishga yaroqliligi yoki qo‘llanishga yaroqli emasligihaqida xulosa beriladi.Bunda qiyoslash ariza beruvchining yozma arizasiga ko‘ra o‘tkaziladi. Ariza berilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani qiyoslashda bo‘lish vaqti 15 ish kunidan oshmasligi kerak, vaqt normasi qiyoslash usulining me’yoriy hujjatiga asosan ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan, biroq 30 ish kunidan oshmaydigan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikalar bundan mustasno.

O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikalar birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashlardan o‘tkaziladi.Qiyoslash natijalariga ko‘ra o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikalar qo‘llanishga yaroqli deb tan olingan taqdirda o‘lchash vositasini qiyoslash sertifikati beriladi, shuningdek, qiyoslash tamg‘asining bosma izi qo‘yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.     А.N. Rеmizov. Tibbiyvabiologikfizika. Ibn Sino nomidaginashriyot.

  • 1992. (2005) 615 s.
  • 2.    Л.В.Осипов “Физико-технические проблемы ультразвуковой

    диагностики” //Медицинская техника. М. Медицина, 1991,№5.

  • 4.    Хакимов О.Ш., Латипов В.Б. Оценка неопределенности

    измерений. Учебное пособие. Ташкент, 2008.

  • 5.     Morris &Langari., Measurement and Instrumentation, 2nd Edition/

    Theory and Application., Academic Press., 2015, 726 page.

  • 6.     G.K.Vijayaraghavan., R.Rajappan., Engineering Metrology and

    Measurements., For 5th Semester Mechanical and Automobile Engineering ( As per the Latest Anna University Syllabus – Reg.,2008.

  • 7.     www.smsiti.ilim.uz

  • 8.     www.ziyonet.uz;

Исматуллаев П.Р., Қодирова Ш.А. Метрология асослари. Ўқув

қўлланма, “Тафаккур” нашрёти, 2012.

"Экономика и социум" №2(81) 2021

Список литературы O’lchash funksiyalariga ega bo’lgan tibbiyot texnikasini metrologik nazorati

  • А.N. Rеmizov. Tibbiyvabiologikfizika. Ibn Sino nomidaginashriyot. 1992. (2005) 615 s.
  • Л.В.Осипов "Физико-технические проблемы ультразвуковой диагностики" //Медицинская техника. М. Медицина, 1991,№5.
  • Исматуллаев П.Р., Қодирова Ш.А. Метрология асослари. Ўқув қўлланма, "Тафаккур" нашрёти, 2012.
  • Хакимов О.Ш., Латипов В.Б. Оценка неопределенности измерений. Учебное пособие. Ташкент, 2008.
  • Morris &Langari., Measurement and Instrumentation, 2nd Edition/ Theory and Application., Academic Press., 2015, 726 page.
  • G.K.Vijayaraghavan., R.Rajappan., Engineering Metrology and Measurements., For 5th Semester Mechanical and Automobile Engineering ( As per the Latest Anna University Syllabus - Reg.,2008.
  • www.smsiti.ilim.uz
  • www.ziyonet.uz
Статья научная