O`quvchining odob axloq tarbiyasini rivojlantirishda musiqaning ahamiyati

Автор: Abdullayev M.Yu.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.

Бесплатный доступ

Maqolada o`quvchi ma`naviyatini shakllantirishda musiqaning o`rni va ahamiyati tadqiqotchining bosh mavzusi ekanligi va bu borada olib borilgan tajribalarning natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, musiqaning boladagi xotira, tasavvurni shakllantirish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o`rni xususida so`z boradi.

Musiqa, o`qituvchi, odob-axloq, tarbiya, uslub, tadqiqot

Короткий адрес: https://sciup.org/140289004

IDR: 140289004

Текст научной статьи O`quvchining odob axloq tarbiyasini rivojlantirishda musiqaning ahamiyati

Kirish

Har qancha tebranmasin beshikdagi bolakay sira yig`idan tinmasdi. Yosh holiga ona bo`lgan Nigoraxon aqalli allaning ikki satrini ham bilmasdi. Harqalay Buston momosi beshikka qo`l uzatib alla aytishni boshlashidayoq bolaning yig`isi tindi, beshikning darpardasidan momo bolaning uyquga ketganini ko`rib, allani yanada ko`proq aytaverdi.

“Alla aytay adiga,

Suv keltirsin kadiga,

Kadi ipi uzulsin,

Kuyov bo`lib suzilsin”.

Buston momo erinmadi, ko`p alla aytdi. Buning sababini so`rashganlarida esa bola uyquga ketgan bilan, ma`nan uyg`oq. Alladan ozuqa oladi. Musiqa, alladan odob-axloqi o`zgaradi. Darxaqiqat, musiqa ko`ngillarni birlashtirib qolmay, inson ruhiy olamiga ma`naviy ozuqa beradi. Musiqa bilan ulg`aygan bola jinoyatchi emas, ma`naviy komil inson bo`lib yetishadi. Birgina allani ulug`lagan momolarimiz borki, musiqaning bola rivojida ijobiy ta`siri borligini isbotlaydi. Eng muhimi musiqaning yoshligidan o`quvchidagi fikrlash, xotira, tasavvurni shakllantirishi ham bor gap.

Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega. Inson kayfiyati murakkab hissiyot bo'lib, u hech narsa bilan bog'lanmagan. Kayfiyat umumlashgan xususiyatga ega bo'lib, undan ikkilamchi tomonlar chiqarib tashlanadi va insonning voqelikka bo'lgan tuyg'u munosabatini belgilaydigan eng muhim tomonlari ajratib olinadi. Musiqaning kuch-qudrati Shundaki, u shodlanish, qayg'urish, hayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik va Shunga o'xshash inson ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o'zaro bog'liqlikda, bir-biriga singib ketishida namoyish qila oladi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi

Darhaqiqat, musiqa kayfiyat holatini ifodalaydi. Zotan, inson kayfiyati murakkab hissiyot bo'lib, u hech narsa bilan bog'lanmagan. Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, qayg'urish, hayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik va shunga o'xshash inson ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o'zaro bog'liqlikda, bir-biriga singib ketishida namoyon bo`ladi. Shundan, m usiqaning bola hissiyoti va intilishiga, mazmuniga va his etishiga katta ta’sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqeylikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish ahamiyatlidir. Musiqiy san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asoslidir. Musiqa tovush bilan hamohanglik rivojida dastlab nutq va raqs bilan bog‘liq. Musiqa mehnat harakati ritmi bilan moslashib, bir maqsadga intilayotgan kishilarni bir-birlariga birlashtiradi. Musiqiy tarbiya o`quvchida erta yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional tuyg‘u uyg‘otadi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi.

o`quvchida musiqiy idrokini rivojlantirmay ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, ma’naviy boy va boshqa sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi.

Мулоҳаза ва таклифлар

Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqiy asardan o‘rinli foydalanish alohida muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, o`quvchini musiqiy-estetik tarbiya uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:

  • -    Musiqiy-estetik faoliyatni atrof muhit hamda zamon bilan hamohangligi;

  • -    Musiqaning san’at sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;

  • -    o`quvchining musiqiy rivojlanishlarida uzviylikni ta’minlash;

  • - o`quvchini quvnoq, g‘amgin, yengil va vazmin musiqani tinglashga past va yuqori registrni eshita olishga, musiqa tilini tushunishga, past ovozli va baland ovozli musiqaga mos chapak chalish orqali musiqa dinamikasini ajratishni o‘rgatish;

  • -    kattalar ketidan musiqani taqlid qilib, intonatsion mos ravishda

  • q aytara olish;

  • -    musiqiy rahbar boshchiligida raqs harakatlarini bajarish;

  • -    kompozitorlar, musiqiy cholg‘u asboblari haqida gapirib berish orqali

o`quvchida musiqa san’atiga muhabbat uyg‘otish;

  • -    o`quvchini musiqani diqqat bilan tinglashga o‘rgatish, yengil va oson xalq qo‘shiq hamda kuylarini musiqasiga mos ritmik harakatlar bajarib ijro etishga o‘rgatish. Musiqa sur’atiga mos chapak chalish yoki oyoq bilan jo‘r bo‘lish orqali qo‘shiqni ijro eta olish.

Avvalo, musiqiy tarbiyaning quyidagi vazifalari bor:

  • 1.    Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish.

  • 2.    O`quvchining musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).

  • 3.    O`quvchini oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa

  • 4.    O`quvchida emotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm

  • 5.    Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).

  • 6.    O`quvchida ijodkorlikni o‘stirish (barcha faoliyatlar asosida).

tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.

tuyg‘usini o‘stirish va harakatni o‘tirish.

Xulosa o`rnida, musiqa o`quvchining salomatligiga va ularning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shunday qilib, perinatal davrda tengdoshlariga qaraganda klassik musiqaga biriktirilgan o`quvchi o'tirishga, suhbatlashish va gapirishga kirishadilar. Musiqa tovushi eshitilganda, inson miyasi musiqiy yozuvlarga mos keladigan tovushlarni qabul qiladi. Shu bilan birga, ba'zi bir nerv hujayralari tovush to'lqinlariga reaktsiyaga kirishadi, buning natijasida asab kuchlanishini yo'qotish, tinchlantirish. Musiqani bolaning ruhiga ijobiy ta'siri ham, bu dunyoga nisbatan sezgirlik va hissiy oshkoralikni keltirib chiqaradi. Keyinchalik chaqaloq atrofdagi odamlarning kayfiyatini baholab, ular bilan o'zaro munosabatlarni sezilarli darajada engillashtiradigan vakolatga ega bo'ladi.

Adabiyotlar ro`yxati:

  • 1.    Qodirov R. G‘. “Musiqa psixologiyasi” T: Musiqa. 2005- yil 7-b

  • 2.    Sharipova G., Yakubova Sh. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa

    o‘qitish metodikasi Toshkent-Cho‘lpon nashriyoti -2007 yil

  • 3.    Bola ma’naviyatini shakllantirish. (Yo‘ldoshev J.tahriri ostida.) – Toshkent:

  • 4. o`quvchini tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi

    konsepsiyasi. –Toshkent: Rahbar, 1998. –15 b.

  • 5. Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent Musiqa

    nashriyoti 2009 yil

    • 6.    Soliyev N Musiqa savodi ailifbosi T.:G’ofur G’ulom 2003 y

    • 7.    Umarov.E. Estetika T.: “O‘zbekiston”, 1995y., -210–bet

    • 8.    Ushinskiy K.D. Sbor, soch. —M.: L., 1988.

    • 9.    Shimanovskiy K. Tanlangan maqola va xatlar. L., 1993, 80–bet.

Sharq, 2000. – 301 bet.

"Экономика и социум" №12(91) 2021

Список литературы O`quvchining odob axloq tarbiyasini rivojlantirishda musiqaning ahamiyati

  • Qodirov R. G‘. “Musiqa psixologiyasi” T: Musiqa. 2005- yil 7-b
  • Sharipova G., Yakubova Sh. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi Toshkent-Cho‘lpon nashriyoti -2007 yil
  • Bola ma’naviyatini shakllantirish. (Yo‘ldoshev J.tahriri ostida.) - Toshkent: Sharq, 2000. - 301 bet.
  • o`quvchini tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi. -Toshkent: Rahbar, 1998. -15 b.
  • Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent Musiqa nashriyoti 2009 yil
  • Soliyev N Musiqa savodi ailifbosi T.:G’ofur G’ulom 2003 y
  • Umarov.E. Estetika T.: “O‘zbekiston”, 1995y., -210-bet
  • Ushinskiy K.D. Sbor, soch. -M.: L., 1988.
  • Shimanovskiy K. Tanlangan maqola va xatlar. L., 1993, 80-bet.
Статья научная