O'smirlik davrida altruistik xususiyatlarning psixologik ahamiyati
Автор: Berdiqulova M.E.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-1 (82), 2021 года.
Бесплатный доступ
O’smir shaxsida ma’naviy- axloqiy xususiyatlar haqida tushunchalar shakllantirish orqali ularda shaxsiy xatti-harakatlarga nisbatan ma’suliyat hissini ortishiga zamin yaratish mumkin. Altruizm shaxsning ichki olami bilan bog’liq bo’lgan va uning tashqi xulq-atvorida namoyon bo’luvchi ijtimoiy axloqiy sifatlardan biri hisoblanib, o’smirlardagi empatiya hamda irodaviy sifatlarning barqaror shakllanganligi ulardagi altruistik xulq-atvorga zamin bo’lib xizmat qiladi.
O'smir, axloq, altruizm, empatiya, xulq-atvor, ijtimoiy norma, sanksiya, saxiylik
Короткий адрес: https://sciup.org/140260367
IDR: 140260367
Текст научной статьи O'smirlik davrida altruistik xususiyatlarning psixologik ahamiyati
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” -deydi prezidentimiz Sh. Mirziyoyev.
Darhaqiqat, bolaning har jihatdan barkamol rivojlanishida uning ruhiy dunyosining sog’lomligi, xulq-atvorining mukammalligi, xatti-harakatlarining adekvatligi katta ahamiyatga ega. Bu bolaning ijtimoiy muhitda tez moslashuvida, maktabda bilim olishida, axloqiy ko’nikmalarning shakllanishida muhim o’ringa ega.
Jamiyatda har qanday shaxslararo munosabatlar zamirida o‘zaro manfaatdorlik yotadiki, shunga muvofiq altruizm – bu mehr-muhabbat, xurmat, g‘amxo‘rlik kabi psixologik hissiyot va ijtimoiy-psixologik qadriyatlarni o‘zaro almashinishdir. Bunda kishilardagi o‘z-o‘ziga beradigan baho, o‘z-o‘ziga munosabat, emotsional soha muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxs va jamiyat hayotida ijtimoiy ta’sirlarning roli beqiyosdir. Aynan ijtimoiy ta’sirlar, ya’ni, ijtimoiy norma, sanksiya, ijtimoiy ma’suliyat hissi va ijtimoiy rollarning o‘zaro ta’siri natijasida kishilar altruistik xatti-harakatlarni sodir etadilar.
Milliy mintalitetimizga xos bo‘lgan o‘zgalarga xurmat, saxiylik, mehmondo‘stlik, vatanparvarlik, mehr-muruvvatli qilib, boshqacha aytganda A.Navoiyning ta’kidlaganlaridek bolalarni «...yaxshilik, karam – bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko‘tarmoq va o‘sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. [1]
Altruizm jamoatchilik tomonidan ijobiy sifat deb qaraladi va alturistik xatti-harakat ijtimoiy ma’qullangan xulq-atvor shakli sifatida tan olinadi. Chunki, shaxsning altruistik xatti-harakati uni ma’naviy, axloqiy, ruhiy kamolotidan darak beradi. Shaxsdagi bu kabi altruistik xulq-atvorni shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Zero, o’zaro muruvvat, sahovat, o’zaro beg’araz yordam, shaxsiy manfaatlardan jamiyat manfaatlarini ustun qo’yish kabi xulq-atvor elementlari o’zbek xalqining qon-qoniga singib ketgandir. Shu boisdan ham, o’smirlar orasida o’zaro mehr-muhabbat, sahovat, muruvvat kabi altruistik hislarni shakllantirish jamiyat taraqqiyotining zamiri bo’lmish barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omilidir. O’smirlarda altruistik xulq-atvorni tarkib toptirishda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish lozim:
Birinchidan, beg’araz yordam berishga undovchi omillarni bartaraf etish darkor. Buning uchun shaxsda inqirozli vaziyatni aniqlashtirish yoki vaziyatga nisbatan ma’suliyat hissini tarkib toptirish lozim. [2] Bunda o’smirga dakki berish yoki qat’iy talab qo’yish ularda aybdorlik hissini va shaxsiy obro’sini tiklashga bo’lgan intilishni ortishiga olib keladi.
Ikkinchidan, altruizmga o’rgatish mumkin. Ijtimoiy ma’qullangan xatti-harakatlarning ahamiyatini shaxsiy namuna asosida ko’rsatib berish orqali o’smirlarni anglangan xulq-atvorga o’rgatishning imkoniyatlari kengayadi. Oilada altruistik xulq-atvor namunalarini ko’rgan o’smirda o’zgalarga yordam berish, empatiya hislari yuqori darajada bo’ladi.
Uchinchidan, agar biz o’smirlardan altruistik xulq-atvorni kutadigan bo’lsak, muhim jihatni, ya’ni ezgu ishlarni amalga oshirishga undovchi ichki motivatsiyani unutmasligimiz kerak. O’smir o’z altruistik xatti-harakatining ichki imkoniyatlari va motivlarini to’g’ri anglab yeta olsa, u o’zgalarga ongli ravishda beg’araz yordam berishda davom etaveradi.
Umuman olganda, shaxsni altruistik xulq-atvorga qanday motivlar undashi borasida ko’pgina atoqli faylasuf, psixolog, sotsiolog va boshqa sohadagi olimlar uzoq yillardan buyon izlanishlar olib boradilar. [3]
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
-
1. Atabayeva N., Ismoilova N. Bolada altruizm shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar // Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. – Toshkent, 2017. №3 (12). B 139-144
-
2. Umarov B.M. “O`zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik muammolari” Toshkent: Fan, 2008. B 41-42.
-
3. Ильин Е.П Психология помощи. Альтруизм, эгоизм, эмпатия. СПб.: Питер 2013. 304с.
"Экономика и социум" №3(82) 2021
Список литературы O'smirlik davrida altruistik xususiyatlarning psixologik ahamiyati
- Atabayeva N., Ismoilova N. Bolada altruizm shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar // Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. - Toshkent, 2017. №3 (12). B 139-144
- Umarov B.M. "O'zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik muammolari" Toshkent: Fan, 2008. B 41-42.
- Ильин Е.П Психология помощи. Альтруизм, эгоизм, эмпатия. СПб.: Питер 2013. 304с.