O’zbekistonda hunarmandmandchilikning rivojlanishi tarixi
Автор: Joldasov Ixtiyor Suyindikovich, Toshev Solijon Ahmatjonovich
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 9 (88), 2021 года.
Бесплатный доступ
Maqolada kasb-hunar pedagogikasi tarixi xalq o’g’zaki ijodi namunalari, tarixiy manbalar, tarixiy va didaktik asarlarni tahli etilgan. Yoshlar ongida ilm-ma’rifatga, kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish professional ta’lim samaradorligi uchun muhim omil ekanligi bayon etilgan
Professional ta’lim, kasb-hunar tarixi, xalq hunarmandchiligi, Avesto, Qobusnoma, Abu Nasr Forobiy, Kamila va Dimna, Minerologiya
Короткий адрес: https://sciup.org/140254895
IDR: 140254895
Текст научной статьи O’zbekistonda hunarmandmandchilikning rivojlanishi tarixi
Kalit so’zlar: professional ta’lim, kasb-hunar tarixi, xalq hunarmandchiligi, Avesto, Qobusnoma, Abu Nasr Forobiy, Kamila va Dimna, Minerologiya,
Joldasov Ikhtiyor Suyindikovich
Chirchik Pedagogical Institute, Tashkent region, teacher of history
Toshev Solijon Ahmatjonovich
Chirchik Pedagogical Institute, Tashkent region, teacher of history
HISTORY OF DEVELOPMENT OF CRAFTS IN UZBEKISTAN
Annotation: The article analyzes the history of professional pedagogy, examples of folklore, historical sources, historical and didactic works. It is stated that increasing the interest of young people in science and education is an important factor for the effectiveness of vocational education.
Miloddan avvalgi birinchi mingyillikar boshlarida temirdan turli qurollar va asbob-uskunalar yasashning oʼzlashtirilishi natijasida temir asri boshlanadi [1].
Аyrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shugʼullanadilar. Ular oʼrtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlarini oʼzaro ayirboshlash kengayib bordi. Bu esa, oʼz navbatida, savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz berdi, dastlabki shaharlar paydo boʼldi. Аrxeolog olimlarning soʼnggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan boʼlsak, Oʼzbekiston hududida bronza davridayoq, miloddan avvalgi 2 minginchi yillik oʼrtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.Mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yunaltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan ishlardan biri bulib, oʼz oʼtmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat boʼlib shakllanishini mexnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Odamzod paydo bo’lishidan boshlab mehnat bilan shugʼullangan. Turmush buyumlari yasagan yumushlar bajargan.[2]
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda yaratilgan pandnoma, rivoyat, hikoyat, doston, maqol, g’azal, ruboiy, masnaviy va boshqa ko’rinishlardagi xalq og’zaki ijodiy namunalari va olimlarning ma’rifiy va didaktik asarlarida ta’lim-tarbiya va kasb-hunar o’rganishning afzalligi, halol mehnat bilan yashashning zarurligi to’g’risidagi fikrlar zamonaviy pedagogika uchun ham muhim ahamiyat kab etadi.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto»da moddiy hayotni yaxshilashga urinish yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblanadi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o`rgatmoqchi bo`ladi. Avestoda mehnat qilish, halol kun kechirish to’g’risida shunday satrlar ko’plab keltirilgan: «Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o’z qo’llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratishi lozim». Yana, «Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim qilib, abadul-abad bosh eshib turajaksan, haqiqatdan ham sening yoningda turli xil zirootlarni olib o’tadilar». [1]Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus) tomonidan yozilgan «Qobusnoma» 44 bobdan iborat bo’lib, boshdan oxirigacha o’sib kelayotgan avlodga, axloq, bilimli bo’lish, hayotda o’z o’rnini topish, har kimga o’zining shaxsiy va ijtimoiy hayotni yo’lga qo’ya olish va turmushning boshqa qirralarini yoritib, tahlil qilib berish bilan sug’orilgan.
IX-XI asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, halkimizning xorijiy davlatlar bilan iktisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Аyrim manbalarda qayd etilishicha, 32 xil xunar turi mavjud boʼlgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. 1897 yili birinchi aholi ro’yxati vaqtida katta shaharlarda aholining koʼpchilik qismi hunarmandlar hisoblangan. Masalan, Namangan axolisining 64 foizi, Quqonning 52 foizi, Chustning 54 foizi, Margilonning 50 foizi, mustaqil kasb-hunar egasi hisoblangan.[3]
O’rta asr Sharqining buyuk allomasi abu Nasr Farobiy o’zining qator asarlarida ilm va ta’limning muqaddasligi, xushaxloqlik, sadoqat, insoniylik, tarbiya mehnat va kasb-hunar o’rganish to’g’risidagi falsafiy, ilmiy g’oyalarni ilgari surdi.[4] Uning «Risola fit-tanbix asbob as-saodat» (Baxt-saodatga erishuv yo’llari haqida risola), asarlarida o’zining yaxshi, mukammal, baxtli jamiyat haqidagi orzularini batafsil bayon qiladi. Asarda ta’lim-tarbiya, mehnat va kasb-hunar kishisining fazilatlari to’g’risida shunday fikr yuritadi: «Ta’lim faqat so’z va o’rganish bilangiga bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bulgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo’lishi, o’rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga berilgan bo’lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, kasb-hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar». [5]
Asrlar mobaynida o’zining ilg’or madaniyati, milliy qadriyatlari, o’zligining noyob belgilari, ko’rinishlari bo’lgan urf-odatlari, amaliy san’ati, xalq hunarmandchiligining boy merosi bilan xalqimiz faxrlanib, e’zozlab, uluglab keladi. Turli olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilib, xalq ustalari, hunarmandlari, tomonidan rivojlantirib, kengaytirilgan, xalq milliy amaliy san’ati, xalq bezak san’ati, badiiy san’at kabi juda kup xildagi nomlanib kelgan xalq hunarmandchiligi asoslarini hozirgi zamon xalq ta’limi tizimidagi o’rta (umumta’lim, hunar, maxsus) maktablari o’quv dasturlarida mustaqil predmet sifatida o’z aksini topmagan. Xalq hunarmandchiliginingturli sohalarini, yo’nalishlarini, qirralarini turli davlatlarda olimlarimiz ilmiy tadqiqotlarini yoritdilar.
Prezidentining 1997 yil 31 martidagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʼli bilan qoʼllab-quv-vatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi farmoni va boshqa tadbirlar Oʼzbekistonda Hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan baʼzi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega boʼldi. Hunarmandchilikni rivojlantirish xalq farovonligining muhim omili sifatida davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida isloh etilayotgani bilan birga, ta’lim jarayonida kasb hunar pedagogikasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va yoshlarni kasb-hunarga o’rgatish iqtisodiy taraqqiyot nuqtai nazardan samarador, yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashda muhim sanaladi.
Adabiyotlar
-
1. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. Oʼzbekiston tarixi. Darslik. – T., 2005. -24-b.
-
2. Unsur al-Maoliy, Qobusnoma, T., 1973 (toʻldirilgan 3-nashri), T., 1994. B 18
-
3. Исо Жабборов Ўзбек ҳалқ этнографияси. Т.:1993 й. Б.63
-
4. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida.”Mutafakkir” xalqaro xayriya jamg’armasi. Toshkеnt ”Yozuvchi”.2002 ,37-b
-
5. M.A.Maksumova, Q.M.Abdullayeva. Xalq hunarmandchiligi.- Т.: TDPU, 2008. b.205
-
6. Q.M.Abdullayeva, M.A.Maksumova, M.Raximjanova. Gazlamaga badiy
ishlov berish.- Т.: “Cho‘lpon”, 2011
"Экономика и социум" №9(88) 2021
Список литературы O’zbekistonda hunarmandmandchilikning rivojlanishi tarixi
- Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. Oʼzbekiston tarixi. Darslik. – T., 2005. -24-b.
- Unsur al-Maoliy, Qobusnoma, T., 1973 (toʻldirilgan 3-nashri), T., 1994. B 18
- Исо Жабборов Ўзбек ҳалқ этнографияси. Т.:1993 й. Б.63
- Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida.”Mutafakkir” xalqaro xayriya jamg’armasi. Toshkеnt ”Yozuvchi”.2002 ,37-b
- M.A.Maksumova, Q.M.Abdullayeva. Xalq hunarmandchiligi.- Т.: TDPU, 2008. b.205
- Q.M.Abdullayeva, M.A.Maksumova, M.Raximjanova. Gazlamaga badiy ishlov berish.- Т.: “Cho‘lpon”, 2011