Qo`shimcha mahsulot to`g‘risida turli xil nazariy qarashlar
Автор: Ablaqulov K.B., Oripova Sh.K.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 2-1 (93), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada qо`shimcha mahsulot to`g‘risidagi turli xil nazariy qarashlar, olimlar va iqtisodchi professorlarning qo`shimcha mahsulot to`g‘risidagi fikrlari, qo`shimcha mahsulotning qо`shimcha qiymat tushunchasidan farqi, qo`shimcha mahsulotning ikki tomonlama xarakterga ega ekanligi, ya’ni naflilik va qiymatga ega ekanligi haqida bayon etilgan.
Qo'shimcha mahsulot, qo'shimcha qiymat, zaruriy mahsulot, sof mahsulot, naflilik, qiymat
Короткий адрес: https://sciup.org/140293035
IDR: 140293035
Текст научной статьи Qo`shimcha mahsulot to`g‘risida turli xil nazariy qarashlar
Sobiq sotsialistik davriga kelib, zaruriy va qo`shimcha mahsulot faqat xususiy mulkchilik davriga xos deb tushunildi. Lekin, ular korxonalar olayotgan foyda mahsulotning qaysi qismi ekanligini, davlat boshqaruvi, mudofaa, ta’lim, fan-madaniyat uchun zarur mablag‘lar qayerdan olinishini, bu mablalarning qayerdan olinayotganini hech kim tushuntirib bera olmas edi. Keyinchalik, 1965-yildan so`ng zaruriy va qo`shimcha mahsulot iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo`lib, iqtisodchilarga tushuntirila boshlandi. Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida ham bu tushunchalarni rad qiluvchi kishilar bo`lib, ular mulkdorlar va tadbirkorlar olayotgan foyda, foiz, dividend daromadlari, davlat soliqlari, yer rentasi kabi pul ko`rinishidagi daromadlarning tub manbai zaruriy va qo`shimcha mahsulot ekanligi tushuntira olmadilar.
Arab olimi Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd 1370-yilda yozgan «Kitob-ul-ibar» (Ibratli misollar kitobi)da zaruriy va qo`shimcha mahsulotning farqiga borib, ularni ajratib ko`rsatib bergan edi. Keyinchalik, fiziokratlar maktabining asoschisi F.Kene «Iqtisodiy jadval» asarida boylik savdoda yoki tashqi savdoda ko`paymasligini, u faqat ishlab chiqarishda o`sib ko`payishini, boylikning bu ko`payishi sof mahsulot, ayniqsa, qo`shimcha mahsulot evaziga paydo bo`lishini ko`rsatib berdi. U ishlab chiqarilgan mahsulot bilan qilingan xarajatlar o`rtasidagi farqni, ya’ni qo`shimcha mahsulotni sof mahsulot deb atagan edi. Qo`shimcha mahsulot nazariyasi A.Smit va D.Rikardolar tomonidan rivojlantirilib, yangi qiymat yollanma ishchilar tomonidan yaratilishini, yollanma ishchining ish vaqti ikkiga bo`linib, zaruriy ish vaqtida o`zini va oilasini boqish uchun zarur bo`lgan qiymat yaratishini, ish kunining qo`shimcha ish vaqtida esa qo`shimcha qiymat yaratilishini ko`rsatib berdilar. Karl Marks bu tushunchalarni kengroq boyitdi, lekin u qo`shimcha mahsulotning faqatgina qiymat tomoniga e’tibor berib, qo`shimcha qiymat deb ataydi va ko`proq kapitalizmda ekspluatatsiya darajasini aniqlab ko`rsatish uchun ishlatadi [2].
M.V.Lomonosov nomli Moskva Davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetining “А.И.Чупров — великий сiн России” nomli konferensiyasida A.G.Xudokormovning “А.И.Чупров как историк eкономической мысли место А.И.Чупрова в российской и мировой eкономической науке” nomli maqolasida A.I.Chuprovning marksizmga munosabati aks etganligini aytgan. U o`zining asarlarida K.Marksni sotsializmning eng yangi vakillaridan ajratib, uning mehnatini batafsil yoritib bergan. A.I.Chuprovning asarlarida K.Marksning qiymat nazariyasi, qo`shimcha qiymat, shu jumladan, ular o`rtasidagi farqlar, uning mutlaq va nisbiy shakllari hamda juda qisqacha ta'limotlari, Marks kapitalistik jamg‘armaning tarixiy tendensiyasi haqida yoritgan [3,4].
M.V.Lomonosov nomli Moskva Davlat universitetining “Iqtisodiyot fakulteti”ning professori A.A.Poroxovskiyning “Eкономическаya система современной России: пути и сели развития” nomli monografiyasida qo`shimcha qiymatni yanada ko`paytirish maqsadida insonning aqliy mehnati haqida so`z boradi. Sanoatda demokratiyani rivojlantirishda barcha ishchilarning mehnat munosabatlarini boshqarish va demokratlashtirishda ishtirok etish mexanizmini kengaytirishdan iborat. Ijtimoiy va mehnat munosabatlarining har ikki tomoni qo`shimcha qiymatni yaratish va taqsimlashda, shu jumladan, sheriklik asosida tadbirkorlar va xodimlarning ikkalasi ham ishtirok etishi kerak. Zamonaviy iqtisodiy nazariya insonni iqtisodiy faoliyat sub'ekti sifatida kengroq tushunishni talab qiladi. Bu birinchi navbatda XXI asrda "Sanoat kapitalisti" inson kapitalini qo`shimcha qiymat olish uchun o`z-o`zidan o`sib borayotgan inson resursi sifatida talqin qiladi. Ishchining ekspluatatsiyasi hisobi endi sanoatdan keyingi iqtisodiyotning realliklari va ehtiyojlariga mos kelmaydi. Bu insonni funksional kapital - "mashinaning qo`shimchasi" sifatida emas, balki insonning aqliy mehnati sifatida tushunishni talab qiladi. Ko`p qirrali, ijodkor shaxs, u nafaqat ishlaydigan qo`llari va miyalari, kapitali, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy-madaniy fazilatlar tizimiga ham ta'sir qiladi. Iqtisodiy ong va xulq-atvorlarning holati zamonaviy iqtisodiyotda odamning kapitallashuvi deb hisoblanishi mumkin va shakllanishini o`z imkoniyatlarini o`z-o`zini o`sishi sifatida ko`rsatishi sub’ekt omil hisoblanadi. Biroq, boshqa tomondan, postindustrial iqtisodiyotda zamonaviy shaxsning ishlash xususiyatlari bilan belgilanadi. U qo`shimcha mahsulot (foyda) olish vositasi rolidan tobora kamroq qoniqayotganligi, o`zini ijtimoiy, shu jumladan, iqtisodiy hayotning maqsadi sifatida tobora ko`proq qo`shimcha mahsulot olishga intilishga harakat qiladi. Ammo ishlab chiqarish asboblarining vazifasini ham o`zgarganini his etadi. Bu murakkablikni talab qiladigan ushbu iqtisodiyotning sifati ishlab chiqarishning ilg‘or ishtirokchilarining funksiyalari ekanligi bilan bog`liq. Kapitalning ko`payishi zamonaviy shaxsning ijodiy rivojlanishi va kasbiy harakatchanligi ehtiyojlarini ham shakllantiradi. Bu qiymatni oshiradi, ijodiy ishda insonning bir maqsadga sintez qilish qobiliyatini yanada oshiradi va yangi texnologiyalardan foydalanishga imkon beradi. Bunda oddiy ishlab chiqarish funksiyalarga yoki mashinalarga hamda arzon, past malakali ishchi kuchiga o`tadi, bu zamonaviy yuqori texnologiyali iqtisodiyotda boyitish vositasi sifatida klassik inson kapitalining hayotiyligini ko`rsatadi.[5]
M.V.Lomonosov nomli Moskva Davlat universitetining “Iqtisodiyot fakulteti”ning «Потенсиал eкономической науки для развития России» nomli tezislar to`plamida Bugayan Ilya Rubenovichning “Место науки в хозyaйстве и условия их взаимодействия” nomli maqolasida qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarilishining rivojlanishini fan va axborot texnologiyalariga bog‘laydi. Bunda rivojlanayotgan ilmiy-texnikaviy inqilob va ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida tadbirkorlik ishlab chiqarish omillari tizimida ustunlik qiladi. Qo`shimcha mahsulotlarni yaratishda yangi axborot texnologiyalarining roli kattadir. Ushbu texnologiyalarga egalik qilish va ularni zamonaviy tadbirkorlik tomonidan boshqa ishlab chiqarish omillari bilan uyg‘unlashtirish mehnatga, yerga yoki kapitalga nisbatan eng katta qo`shimcha mahsulotni ma'lum xarajatlar bilan o`zlashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga, fan faqat tadbirkorlik shaklida bevosita ishlab chiqaruvchi kuch sifatida harakat qilishi mumkin, bu esa boshqa mavjud ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanishga yordam beradigan axborot texnologiyalarining ishlashini ta'minlaydi.[6,7]
Malseva Yelena Semenovna o`zining “Формирование и распределение прибили предприятий в альтернативних системах хозяйствования: Вопросы теории и методики” nomli dissertatsiyasida foyda shaklini oladigan qo`shimcha mahsulotni shakllantirish bilan bog‘liq bo`lgan jarayonlarni tizimli tahlil qilgan. Korxonada foyda hosil bo`lishining asosini, asosan qo`shimcha mahsulot tashkil etadi, bunda zaruriy mahsulotning alohida qismlari qator omillar ta’sirida foyda orqali ham ifodalanishi mumkin. Qo`shimcha mahsulotni ob’ektiv ravishda ikki turga bo`lish mumkin:
-
■ Qo'shimcha qiymat;
-
■ Sinergik (kombinatsion) iqtisodiy samara.
Bularning barchasi kapitalda ham joriy qilinishi mumkin, bunda kapitalda qo`shimcha mahsulotning ikki tomoni borligi ko`rsatilgan:
-
■ Tabiiylik;
-
■ Qiymat.
Shuning uchun naturada qo`shimcha mahsulot quyidagilar uchun ishlatiladi: ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, noishlab chiqarish sohasining mazmuni (mudofaa, huquq-targ‘ibot va boshqalar), ishchilarning shaxsiy iste'molining talab qilinadigan mahsulotdan oshib ketishi, jamiyatning ekspluatator qatlamlari, shuningdek, rentachilarning imtiyozli yashashini ta'minlash va boshqalarga qaratilgan. Qo`shimcha mahsulot qiymatidan fondlarni shakllantirishda juda ko`p foydalaniladi, masalan: jamg‘arish fondi; noishlab chiqarish sohasini moliyalashtirish fondi; shaxsiy iste'molni erishilgan ehtiyojdan ortiq miqdorda oshirish fondi; kapitalistlarning iste'mol fondlari va boshqalar ishlab chiqarishda qo`shimcha mahsulotning to`g‘ri shakllantirilganidan fond uchun bebaho xizmat qiladi.[15,16]
Biz qo`shimcha mahsulot haqida gapirar ekanmiz, bunda o`z o`rnida aytish kerakki, klassik misol sifatida o`zining vatani AQShni boyitish asosida iqtisodiy imperiyasini qurgan Genri Fordni keltirish mumkin. Genri Fordning nazariyasi bo`yicha qo`shimcha mahsulot yollanma mehnatni ekspluatatsiya qilish asosidagina yaratilishi mumkin emas, balki uning manbai sifatida ham sinergik (kombinatsion ya’ni iqtisodiy samara) ta'sir ko`rsatishi mumkin. Bunda mamlakatning kapitalist-tadbirkorining faoliyati sezilarli sinergik effekt shakllanishiga olib keladigan bo`lsa, butun jamiyat farovonligini oshirish orqali o`zini shaxsan boyitadi deb, o`zining g‘oyalarini berdi. Bunday kapitalistik tadbirkorlar jamiyat va davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlashga loyiqdir.[8]
TDIU professori, i.f.d. Sh.Sh.Shodmonovning “Qo`shimcha mahsulot iqtisodiy taraqqiyotning mezoni va manbai sifatida” nomli maqolasida qo`shimcha mahsulotni iqtisodiyot nazariyasi fanining markaziy bo`g‘inlaridan biri deb hisoblab, shunchaki bir iqtisodiy kategoriya bo`lib qolmasdan, balki jamiyat taraqqiyotining asosi, uning rivojlanish darajasini ko`rsatib va izohlab beruvchi, o`zining rivojlanishi orqali ijtimoiy mahsulotning yaratilishi, taqsimlanishi va iste’mol qilinishi jarayonlarining taraqqiyot darajasini aks ettiruvchi muhim markaziy tugunlardan biri, - deb hisoblaydi. Qo`shimcha mahsulotning paydo bo`lishi bilan insoniyatning nafaqat yashab qolishi, balki taraqqiy etishi uchun moddiy asos yaratildi. Ming yillar davomida qo`shimcha mehnat miqdori va binobarin, qo`shimcha mahsulot hajmini oshirishga bo`lgan xatti-harakatlar, urinishlar pirovardida turli elatlar va mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, asta-sekinlik bilan bo`lsa-da, inson erkinligining shakllanishiga, aholi turmush darajasining oshishiga olib keldi. Biroq, o`z o`rnida ta’kidlash lozimki, iqtisodiy tizimlarning o`zgarishidagi ba’zi bir holatlar hamda ob’ektiv iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyatiga yuzaki sub’ektiv yondashuvlar, qo`shimcha mahsulotning umumiqtisodiy kategoriya ekanligini unutish, uni qo`shimcha qiymat shaklida tasavvur qilib, faqat kapitalizmga xos degan noo`rin tasavvurlar tufayli qo`shimcha mahsulotning mazmuni, uning ob’ektiv asoslari, amal qilish shakllari to`g‘risidagi nazariy tadqiqotlar ma’lum darajada cheklanib qoldi. Bu esa nafaqat fanda, balki iqtisodiy rivojlanish amaliyotida ham taraqqiyotning real asosi to`g‘risidagi tasavvurlar, foyda, renta, foiz, soliqlar kabi muhim moliyaviy ko`rsatkichlarning ishlab chiqarish jarayonidagi asl manbalarini tushunishga salbiy to`siq sifatida ta’sir ko`rsatdi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo`shimcha ish vaqtida qo`shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo`shimcha mahsulot deyiladi. Qo`shimcha mahsulotning mazmuni va uning qo`shimcha qiymatdan farqini tushunish uchun uning ikki tomonlama tabiatiga e’tibor berish lozim bo`ladi. Qo`shimcha qiymat qo`shimcha mahsulotdan farq qilib, uning faqat bir tomonini, ya’ni qiymat tomonini ifodalaydi, qo`shimcha mahsulot esa har ikkala tomonni – ham qo`shimcha naflilik, ham qo`shimcha qiymat va ularning o`zgarishini ifodalaydi. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi natijasida mehnat unumdorligining o`sishi (zaruriy mahsulot o`zgarmagan holatda) qo`shimcha mahsulot miqdorining o`sishiga olib keladi, qo`shimcha qiymat esa o`zgarmay qoladi. Boshqacha qilib aytganda, qo`shimcha mahsulot qo`shimcha qiymat va mehnat unumdorligining ko`paytmasiga tengdir. Demak, qo`shimcha mahsulot miqdor jihatidan qo`shimcha qiymatdan mehnatning unumdorlik kuchi miqdoriga teng darajada ko`proq bo`ladi. Yana shu narsani ham ta’kidlash joizki, davriy matbuotda ayrim mualliflar qo`shilgan qiymat bilan qo`shimcha qiymatni bir xil tushuncha deb qaramoqdalar. Lekin, ular orasida juda katta farq mavjuddir.[9]
E.Sh. Shadmanov va Sh.Sh. Shadmanov “Qo`shimcha mahsulot innovatsion rivojlanishning iqtisodiy asosidir” maqolasida qo`shimcha mahsulot to`g‘risida quyidagi fikrlarni bildirganlar: qo`shimcha mahsulot ishchiga emas, balki tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga umuman olganda, butun jamiyatga tegishli bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi. Qo`shimcha mahsulot, eng avvalo, ijtimoiy ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarini kengaytirish va takomillashtirishga yo`naltiriluvchi mahsulot qismini o`z ichiga oladi. Shuning uchun yaratilgan qо`shimcha mahsulotning ma’lum qismi ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarini jamg‘arishga, qо`shimcha ishchilarni yollashga, ya’ni unumli jamg‘arishga yо`naltirilgan bо`lishi lozim. Undan tashqari qо`shimcha mahsulot mamlakat mudofaasini mustahkamlash, tartib-intizomni saqlash va mustahkamlash, sog‘liqni saqlash, shuningdek, davlatni boshqarishga ketadigan xarajatlarni ham о`z ichiga oladi. Bu aytilganlar mamlakatning barqaror rivojlantirishning iqtisodiy manbai sifatida qо`shimcha mahsulotni tо`xtovsiz kо`paytirib borishni taqozo etadi.
Bunda yangi texnika va texnologiyalarni, innovatsion g‘oyalarni qо`llash natijasida qо`shimcha mahsulotning kо`payib borishi, bir tomondan iqtisodiy taraqqiyotning natijasi hisoblansa, ikkinchi tomondan kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning iqtisodiy manbai bо`lib xizmat qiladi [10,11,12,13,14].
Qo`shimcha mahsulot ikki tomonlama xarakterga, ya’ni naflilik va qiymatga ega (1-rasm).
Qo'shimcha naflik
Qo'shimcha mahsulot
Qo'shimcha qiymat
1-rasm: Qo`shimcha mahsulotning ikki tomonlama xarakteri.
Adabiyotlar.
-
1. Sh.Mirziyoyev “Yangi O`zbekiston strategiyasi” Toshkent O`zbekiston nashriyoti. 2021 yil 464 bet.
-
2. https://fayllar.org/iqtisodiyot-nazariyasi-v5.html?page=7 A.Razzoqov,
Sh.Toshmatov, N O`rmonov. Iqtisodiy ta'lim otlar tarixi. Toshkent, «Moliya» nashriyoti, 2002, 41-42-betlar.
-
3. “А.И.Чупров и современная Россия” Материалы междисsиплинарной конференsии. Москва. 2018. А.Г.Худокормов. “ А.И.Чупров как историк экономической мысли Место а. И. Чупрова в российской и мировой экономической науке”
-
4. Karl Kautskiy “Karl Marksning iqtisodiy ta'limoti” 1886 yil
-
5. Московский государственный университет имени М.В.Ломоносова Экономический факультет “Экономическая система современной России: пути и sели развития” Монография Под редакsией А.А.Пороховского Москва 2015
-
6. Московский государственный университет имени М.В.Ломоносова Экономический факультет.
-
7. “Устойчивое развитие и новые модели экономики” международная научная конференsия, посвященная 40-летиyu кафедры экономики природопользования экономического факультета МГУ имени М.В.Ломоносова 21–22 ноября 2019 г. Сборник тезисов. Москва 2019. К.В.Папенов «Теоретические и практические основы экономики природопользования»
-
8. Malseva Yelena Semenovna “Формирование и распределение прибыли предприятий в альтернативных системах хозяйствования: Вопросы теории и методики” dissertatsiya 2005 yil.
-
9. Sh.Sh.Shodmonov “Qo`shimcha mahsulot iqtisodiy taraqqiyotning mezoni va manbai sifatida” “Iqtisodiyot va
moliya” (O`zbekiston) jurnali №7 2016 yil 2-11 betlar.
-
10. B.Y.Xoiyev, Sh.Sh. Shodmonov “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligi.- T.: Barkamol fayz media nashriyoti, 2017 y
-
11. Б.Y.Ходиев, Ш.Ш.Шодмонов “Ишлаб чиqариш жараёни ва уни жадал ривожлантириш стратегиясининг амалга оширилиши” илмий-услубий рисола. Т.: Замин нашр-2018 й
-
12. Shadmanov E.Sh., Shadmanov Sh.Sh. “Qo`shimcha mahsulot innovatsion rivojlanishning iqtisodiy asosidir” “Iqtisod va moliya” 2019 yil.
-
13. Shadmanov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi darslik. -Toshkent 2020 yil
-
14. Ш.Ш.Шодмонов, М.М.Мухаммедов, Н.А.Камилова. “Экономичкская теория” учебник. -Т.: Иqтисод-Молия, 2021 г
-
15. https://vocable.ru/termin/pribavochnyi-produkt.html
«Потенsиал экономической науки для развития России» сборник тезисов выступлений 18-20 апреля
2017 Москва. Бугаян Илья Рубенович “Место науки в хозяйстве и условия их взаимодействия”
"Экономика и социум" №2(93) 2022
Список литературы Qo`shimcha mahsulot to`g‘risida turli xil nazariy qarashlar
- Sh.Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi" Toshkent O'zbekiston nashriyoti. 2021 yil 464 bet.
- https://fayllar.org/iqtisodiyot-nazariyasi-v5.html?page=7 A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N O'rmonov. Iqtisodiy ta'lim otlar tarixi. Toshkent, "Moliya" nashriyoti, 2002, 41-42-betlar.
- "А.И.Чупров и современная Россия" Материалы междисsиплинарной конференsии. Москва. 2018. А.Г.Худокормов. "А.И.Чупров как историк экономической мысли Место а. И. Чупрова в российской и мировой экономической науке".
- Karl Kautskiy "Karl Marksning iqtisodiy ta'limoti" 1886 yil.
- Московский государственный университет имени М.В.Ломоносова Экономический факультет "Экономическая система современной России: пути и sели развития" Монография Под редакsией А.А.Пороховского Москва 2015.