Sport menejmenti va uning istiqbollari

Автор: Aralov S.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 10 (89), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada sport menejmenti va unoing bugungi kundagi istiqbollari haqida so`z boradi.

Menejment, sport, kelajak, jismoniy.

Короткий адрес: https://sciup.org/140260712

IDR: 140260712

Текст научной статьи Sport menejmenti va uning istiqbollari

Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u: -insonlaming har qanday faoliyatidagi, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi boshqaruv hokimiyati va san’ati; -har qanday korxona, tashkilotlarda, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi. Boshqaruv tushunchasi turli manbalarda turlicha talqin etiladi, lekin ulaming umumiy ma’nosi tabiatda, jamiyatda, xalq xo'jaligida, korxonalarda, tashkilotlarda, iqtisodiytexnikaviy sistemalarda, qo‘yingki hayotimizda uchraydigan barcha taraddudlami amalga oshirishda «tashkilot faoliyatida, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport faoliyatida natijaga samarali erishish uchun undagi barcha jarayonlarga maqsadli ta’sir ko‘rsatib borishni bildiradi». Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslami, personal (odam)lami boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir, shu nuqtai nazardan boshqaruv bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Menejment ham yuqorida keltirilgan jarayonlami amalga oshirishda maqsadli ta’sir ko‘rsatib boradi, lekin uning boshqaruvdan tubdan farqi shundaki: «Menejment jamoadagi har bir personal (shaxs)ning jismonan va aqlan sog‘lomligi, bilim, madaniyat, tajriba darajalarini, tashkiliy xulqining qay darajada rivojlanganini, qaysi shijoat (temperament)ga mansub ekanligini, insonga taalluqli barcha individual, psixologik, tashkilotchilik, jamoada o‘zini tuta olish, o ‘z-o‘mini topa olish va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda, unga nisbatan faoliyat turlarini belgilaydi, rasmiy va norasmiy ishchi guruhlarini shakllantirishda uning bo‘lajak a’zolarining barcha yutuq va kamchiliklaridan samarali foydalanish masalalarini hal etadi. Menejment har qanday jamoada uning a’zolari orasidagi o‘zaro munosabatlar, jam oa bilan boshqa jamoalar orasidagi munosabatlar, jam oa bilan rahbar o‘rtasidagi munosabatlar, boshqa korxonalar, hattoki xorijdagi hamkasblar orasida boMadigan ishchi munosabatlami qanday boiishini ilmiy asoslab beradi». Jismoniy tarbiya va sport menejmentini jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki: tashkiliytexnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o ‘rganish lozim.

Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste'mol qiymatini olish uchun mahsulot (sport tovarlari yoki xizmati) tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud jismoniy tarbiya va sportda ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv jismoniy tarbiya va sportda mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sportda ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi personal samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish uchun, bandlikni ta’minlash va aholini kam ta’minlangan qatlamlarini qoMlab-quvvatlashdan iboratdir. Mamalakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o‘zining « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yoiida» asarida «Kuchli ijtimoiy siyosat avvalo, sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag‘bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy y o i tanlash va faoliyat ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir», deb ta’kidlagan edi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda jismonan va aqlan sog‘iom, barkamol avlodga tayanmasdan iloj yo‘q, shuning uchun yurtimizda mustaqilligimizning birinchi yillaridan boshlab jismoniy tarbiya va sportga katta e ’tibor berib kelinyapti. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosini obyektiv iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy-ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o‘rganish va ularning aniq vaziyatlardan namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari Respublika xalq xo'jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. Jamiyat hayotining barcha tomonlari demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala - iqtisodiy-ilmiy, texnikaviy-ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Акрамов P. С верой в искренний футбол. Т.: «Янги аср авлоди», 2012.

  • 2.    Axmatov M.S. Uzluksiz ta’Iim tizimida ommaviy sport sog‘lamlashtirish ishlarini samarali boshqarish. Т., 2005. Гулямов

  • 3.    3.T., Акбаров Ф.С. Основы менеджмента и его особенности в условиях формирования рынка в Узбекистане. Т., ТГАИ, 2006. Мескон М., Альберт М., Хедоури Ф. Основы менеджмента. М., АНХ, 1995

"Экономика и социум" №10(89) 2021

Список литературы Sport menejmenti va uning istiqbollari

  • Акрамов P. С верой в искренний футбол. Т.: «Янги аср авлоди», 2012.
  • Axmatov M.S. Uzluksiz ta’Iim tizimida ommaviy sport sog‘lamlashtirish ishlarini samarali boshqarish. Т., 2005. Гулямов
  • 3.T., Акбаров Ф.С. Основы менеджмента и его особенности в условиях формирования рынка в Узбекистане. Т., ТГАИ, 2006. Мескон М., Альберт М., Хедоури Ф. Основы менеджмента. М., АНХ, 1995
Статья научная