Tarkibida nikotin saqlovchi o`simliklar

Автор: Azimova Nargizaxon Ravshanovna, Xojaev Vaxobjon Umarovich, Xojayeva Nafisaxon Toshtemirovna, Oxunov Isroiljon Islomovich

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Рубрика: Биологические науки

Статья в выпуске: 2-2, 2020 года.

Бесплатный доступ

Tarkibida nikotin saqlovchi o’simliklar va boshqa manbalarni xamda ulardan olingan tovar maxsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida o’rganish, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi TIF TN asosida tovar kodlarini taklif qilish orqali ularni import va eksport faoliyatini nazorat qilish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Shuning uchun ushbu maqolada tarkibida nikotin saqlovchi o’simliklar va u larning biologik tasnifi, fiziologik faolliklari xamda kimyoviy tarkiblari to’g’risidagi nazariy ma’lumotlar umumlashtirilgan.

Nikotinia tabacum, Nikotinia rustica, N. alata va N. sandera biosintezi, metabolizm, Kofein, fiziologiya, biomexanizm

Короткий адрес: https://sciup.org/14125667

IDR: 14125667   |   DOI: 10.24411/2181-0761/2020-10042

Текст обзорной статьи Tarkibida nikotin saqlovchi o`simliklar

Tamaki kamida so'nggi uch ming yil davomida chekilgan. Kristofer Kolumb 1492 yilda Amerikaga kelganida bu o`simliknini topdi, asosiy tijorat manbai nikotin - Nikotinia tabacum va Nikotinia rustica o'simliklaridan olinadi. Nikotin nikotinli xolinergik retseptorlarga ta'sir qiladi, ko'pchilik organ tizimlariga ta'sir qiladi. O`simliklar turli o`sish davrida tarkibida turlicha miqdorda nikotin saqlaydi.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida biologik faol moddalarga boy bo’lgan o’simlik turlarini tadqiq qilishga katta e’tibor berilmoqda. Shu sababli yuqorida tarkibga ega o’ simliklarni tadqiq etish, ular orasidan yuqori fiziologik faollikka ega birikmalarni ajratib olish, ushbu ajratib olingan yangi birikmalarning tuzilishini aniqlash va samarali dorivor vositalarni yaratish xamda ularning kimyoviy tarkibi asosida Tashqiy iqtisodiy tovar nomenklaturasi TIF TN asosida ularning tovar kodlarini taklif etish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

O’ zbekistonning o’simlik dunyosi nihoyatda turli – tuman va ularning katta zahiralari mavjud. Shuning uchun ulardan tibbiy maqsadlarda foydalanish katta samara beradi. Dorivor hisoblangan 600 ga yaqin tur o’simliklardan faqat 100 ga yaqini ilmiy tibbiyotda qo’llaniladi. Shuni e’tiborga olib, Respublikamizda dorivor o’simliklardan foydalanish, ular asosida yuqori samarali kam zaharli, mahalliy dori vositalarini ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So’nggi vaqtda bir qancha dorivor o’ simliklar o’rganildi va ayrimlari ilmiy tibbiyotga tadbiq qilingan. Shuning uchun mahalliy florada istiqbolli dorivor o’ simliklarni izlab topish va ularni tibbiyot amaliyotiga tadbiq qilish hozirgi zamon kimyogarlarining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

O’ zbekiston xududida o’sadigan o’simliklarni kimyoviy o’rganish, ulardan individual birikmalarni ajratib olish, kimyoviy tuzilishini o’rganish, biologik faolligini aniqlash va xalq xo’jaligiga tadbiq etish chora tadbirlarini izlab topish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ustivor yo’nalish hisoblanadi. O’simliklarning tarkibi ulardagi birikmalarning kimyoviy tuzilishidagi xilma xillik va bu tarkibning o’simlik o’sadigan zaminga, ob-havo omillariga bog’liqligi bu sohadagi izlanishlarning poyonsiz ekanligidan dalolat beradi.

Alkaloidlar o’simlik biofaol moddalari orasida yetakchi o’rinni egallab, respublikamiz kimyogarlarining bu sohadagi yutuqlari katta salmoqqa ega va dunyo ilm ahli orasida tan olinib, e’tirof etilgan.

O’ zbekiston florasining dorivor o’simlik turlariga boyligi va katta tabiiy zahiralarga ega ekanligi ulardan tibbiy maqsadlarda keng foydalanishga imkon yaratadi. Tarkibida nikotin saklovchi o’simliklar aynan shu toifadagi istiqbolli ob’ektlar jumlasiga kiradi. Bir qator ilmiy tadqiqotlar ushbu turdagi o’simliklar nikotin alkaloidlarining boy manbasi ekanligini ko’rsatdi. Alkaloidlarining (atropin, skopolamin, kokain) farmakologik xususiyatlari xilma-xil bo’lib, hozirgi kunda ular asosida bir qancha dori vositalari yaratilgan.

Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasi ikki urug`pallalilar sinfiga mansub bo`lgan o`simliklard ir. Ular hayotiy shakliga ko`ra o`t, butacha va kichik daraxtlardan iborat. Ituzumdoshlarning 90 ta turkumi, 2900 ta turi bo`lib, ular yer sharining mo`tadil iqlimli, tropik, subtropik mintaqalarda, xu-susan, Janubiy va Markaziy Amerikada keng tarqalgan. Ituzum, pomidor, mandragora, oqching`il, tamaki kabi turkumlari oilaning katta ahamiyatga ega vakillari xisoblanadi. Ituzumdoshlar oilasiga kartoshka, pomidor, tamakigul, tamaki va boshqa ekinlar kiradi. Ko`pchilik Ituzumdoshlar skopoliya, mingdevona, bangidevona kabi tarkibida alkaloidlar saqlovchi manzarali o`simlik sifatida ham o`stiriladi.

Tamaki ( Nicotiana tabacum ) - Solanaceae oilasiga mansub bir va ko`p yillik o't narkotik o`simlik xisoblanadi. Nicotiana turkumi 60 dan ortiq turni o`z ichiga oladi. Yovvoyi holda tropik mamlakatlarda keng tarqalgan bo`lib, Amerika va Avstraliyada yovvoyi turlaridan N. alata va N. sandera o`sadi. Ikki turi - tamaki ( N. tabacum L.) va maxorka ( N. rustica ) ko`p miqdorda ekiladi. Xozirgi vaqtda mavjud tamakini 3 agroekotipik mintaqalarda: papiros tayyorlanadigan bargi mayda sharqiy tamaki guruhlari - Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolda tarqalgan; 2) Amerika papiros tamakilari - Janubiy Amerikada baland bo`yli, namga chidamli tamakilar ekiladi; 3) sigara tamaki guruxlari esa Braziliya, Gavana, Sumatra orollarlarida tarqalgan. Tamakining vatani - Janubiy Amerika. Taxminan 1518 yilda Portugaliya va Ispaniyaga keltirilib, dastlab manzarali o`simlik sifatida o`stirilgan, keyin boshqa mamlakatlarga chekiladigan ashyo sifatida tarqalgan. Jahonda asosiy ekin maydonlari 4,75 mln. ga teng bo`lib, O`zbekistonda asosan Samarqand viloyatining Urgut tumanida yetishtiriladi. Ekin maydoni 8,7 ming ga, o`rtacha hosildorligi 29,2 s/ga (1997).

Tamaki narkotik xom ashyo olish uchun ekiladi. Poyasi (2 m gacha) tik, g`ovak, o`zakli bo`lib, barglari ketma-ket joylashgan, yaxlit, tuxumsimon, uchi o`tkir. Gullari ikki jinsli, besh bo`lmali, pushti, qizil yoki oq, o`zidan changlanadi. Mevasi ko`sakcha, 1000 dona urug`i vazni 0,05-0,12 g. Urug`ida 30-35% texnik moy mavjud. Tamaki o`simligi (asosan gullagan shoxchasi va bargi) da nikotin, anabazin, nikotilin va boshqa alkaloidlari to`planadi. Tamaki ekilgach, 40-60 kunda gullaydi, 70-140 kunda pishadi. Sof tamakining quritilgan barglari tarkibida 1-4% nikotin, 1% efir moyi, 4-13% uglevodlar, 7-13% kul moddasi, 4-7% smola va boshqa moddalari bor. Issiqsevar o`simlik, -1-3°S da nobud bo`ladi. Tamaki urug`i 10-12° haroratda unib chiqadi, namga talabchan, sug`oriladigan sur tuprokli yerlarga ekiladi. 4-8 marta sug`oriladi. O`zbekistonda tamakinig Amerikan 287S, Dyubek O`zgan 9, Dyubek 4407, Izmir navlari o`stiriladi. Parnik va issiqxonalarda yetishtirilgan koʻchati dalaga may oyida keng qatorlab (qator orasi 60-70 sm) ekiladi. Vegetatsiya davri o`rtacha 100-120 kun. Yetilgan barglari o`sish davrida qo`lda 5-7 marta yig`ib olinadi, ipga tizilib, salqin joyda shamollatiladi, quyosh nurida, maxsus barg quritish binolarida quritiladi. Fermentlash zavodlarida barglarga dastlabki ishlov beriladi. Bargidan tamaki sanoati korxonalarida papiros, sigara, sigaret, trubkali tamaki, hidlama tamaki va boshqalar ishlab chiqariladi.

Maxorka (Nicotiana rustica L.) bir yillik texnika o`simligi xisoblanadi. Vatani - Janubiy Amerika. Yevropaga 16-asrda, Rossiyaga 17-asrda keltirilgan. Polsha, Vengriya, Hindiston, Tunis, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog`istonda ekiladi. O`zbekistonda qadimdan xo`jaliklarda maxsus o`stirilgan. Hozirgi davrda Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ekiladi. Ildizi o`q ildiz, tuproqqa 1,5 m gacha kirib boradi. Poyasi tik, g`adir-budir, yuzasi qovurg`ali, ichi g`ovak to`qima bilan to`lgan, balandligi 1,2-1,3 m. Bargi oddiy, yuraksimon, tuxumsimon, bandli, yuzasi burishgan, yashil, sarg`ish-yashil. Guli 2 jinsli, sariq yoki sarg`ish-yashil, to`pguli ro`vak. O`zidan changlanadi. Mevasi 2 pallali, ko`p urug`li ko`sakcha. Urug`i mayda. 1000 ta urug`i vazni 0,25-0,35 g ga teng. Quritilgan bargida (quruq modda hisobida) 110% nikotin, 15-20% organik kislotalar (5-10% limon kislota) bor. Urug`i 7-8°S da unib chiqadi. O`simlik -2, -3°S sovuqda nobud bo`ladi. Yorug`sevar, namsevar. Unumdor, toza tuproqlarda yaxshi hosil beradi.

Maxorkaning quritilgan bargidan chekiladigan, hidlanadigan va chaynaydigan mahsulotlar olinadi, nikotin kislotasi (PP vitamini), ekinlar zararkunandalari va xayvonlarda qo`tirga qarshi dorilar, nikotin va limon kislotasi ishlab chiqariladi. Urug`ining tarkibida 35 -40% texnik moy bo`ladi, lak-bo`yoq sanaotida va sovun ishlab chiqarishda ishlatiladi. Erta bahorda urug`i parniklarga sepiladi, o`simlik 5-6 barg chiqarganda dalaga ko`chati 60x20, 70x20 sxemada ekiladi (ba`zan urug`ini bevosita dalaga ekish mumkin). 2 marta oziqlantiriladi. Hosil texnik jihatidan yetilganda yigiladi va maxsus quritish xonalarida saqlanadi. Bargi 35-40% namlikkacha quritiladi va navlarga ajratiladi. Hosildorligi (quruq barg bo`yicha) 18-20 s/ga.

Nikotin - bu Ituzumdoshlar ( Solan aceae ) oilasining o'simliklarida, asosan tamaki barglari va poyalarida (quruq konsentratsiya 0,3 dan 5% gacha), shag (2-14%) hamda pomidor, kartoshka, baqlajon, yashil qalampir o`simliklarida ma`lum miqdordagi piridin alkaloididiri saqlashi aniqlangan. Tarkibida nikotin asosini saqlovchi alkaloidlar (anabazin va boshqalar) koka o`simligi barglarida ham mavjud. Nikotin biosintezi ildizlarda, barglarda esa nikotin to'planishi sodir bo'ladi. Nikotin ba'zi hasharotlar uchun zaharli hisoblanadi. Natijada nikotin insektitsid sifatida keng qo'llanilgan va hozirda neonototinoidlar deb ataladigan sintetik nikotin analoglari nikotin bilan bir xil sifatda va miqdorda ishlatish davom etmoqda.

Nikotinning organizmga ta'sir qilish fiziologiyasi va biomexanizmi ularning xolinergik asab sinapslarining N-xolinergik retseptorlari bilan o'zaro ta'siri va natijada parasimpatik asab tizimining ba'zi bo'limlarining qo'zg'alishi turlicha tasir etish dozalariga bog`liq bo`lib, (nikotin kichik dozalarda sinaps retseptorlarini qo`zg`alishiga ijobiy tasir ko`rsatadi) chekuvchilarda yurak qisqarishining chastotasi va kuchayishi (yurak urishi), tuprikning oshishi va ichak harakatining kuchayishi va boshqalar, katta dozalarda, aksincha, raqobatdosh atsetilxolin ta'sirida retseptorlarni blok holatiga o`tkazadi. Odamlar uchun o'tkir zaharlanishning o'limga olib keladigan yagona dozasi 0,5-1 g (bitta sigaretada, markaga va turiga qarab 0,1-1,0 mg nikotin odatda chekish paytida yonish paytida yo'qolishini hisobga olmagan holda bo'ladi) ga teng.

Nikotin va tamaki tutunining boshqa tarkibiy qismlari nafas olayotganda traxeya, bronxlardan o'tib, alveolalarga kirib, qonga singib ketadi. Nikotinning odamga ta'siri keskin salbiy bo`lib, qon tomirlari aterosklerozining rivojlanishiga hissa qo'shadi, bu qon tomirlari va yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Nikotin insonning asab tizimiga alternativ ravishda hayajonli va tushkun ta'sirga ega. Nafas olish yo'llari orqali chekish paytida nikotin miyaga tezda kiradi. Vazospazm yuzaga keladi, bu organizmda kislorod yetishmasligiga olib keladi (gipoksiya).

1993 yilda Michigan universiteti olimlari va shifokorlari tomonidan sabzavotlarning nikotin tarkibini o'rganish bo'yicha global tadqiqotlar o'tkazilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida olimlar nikotin odamlar tomonidan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan ko'plab o'simliklar-da mavjudligini aniqladilar.

Karamdoshlar ( Brassicaseae ) oilasiga mansub Gulkaramda 263,4 gramm mahsulot tarkibida nikotin miqdori 3,8 ng ga ega. Bu miqdor chekuvchi bilan uch soat davomida uyda qolish bilan barobardir. Bundan tashqari, o`simlik tarkibidagi nikotin miqdorini chuqurroq tahlil qilingan ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, o`simlikni turli o`sish davrida gulkaramda nikotin miqdorini 16,8 ng gacha mavjudligi ma`lum bo`ldi.

1993 yilda bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, pishgan bir kilogramm qizil pomidorlarda nikotin sezilarli darajada kam 4,1-7,2 ng, yashil ko'katlarda 42,8 nanogramma ni tashkil etadi.

Kartoshka tarkibida nikotin va uning xosilalari mavjud. Kartoshka sabzavotlar o`rtasida tarkibida nikotin saqlash bo`yicha deyarli champion xisoblanib, 1 kg sabzavot miqdorida 15,3 ng nikotin bor. Olimlar kartoshka qobig'ida nikotinni miqdori 4,8 ng ga teng miqdorda mavjuligini aniqladilar. Kartoshka naychalari ham nikotinni faol ravishda to'playdi – bu miqdor pishgan kartoshkada har bir gramm vazn uchun 7,1 nanogrammga teng. Shunisi e'tiborga loyiqki, yosh kartoshka ildiz mevalari tarkibida voyaga etganlarga qaraganda bir necha barobar ko'proq nikotin bor - har bir gramm vazniga 43 nanogramm to`g`ri keladi.

Baqlajonning tarkibida 100 ng/g gacha nikotin bor. 10 kilogramm baqlajonda bitta sigaret bilan bir xil miqdordagi nikotin mavjud.

Choy - bu juda foydali va yoqimli issiq ichimlik sifatida hammamizga ma`lum. Biroq, u nafaqat kofeinni, balki nikotinni ham o'z ichiga oladi. Yashil yoki qora choy, agar ular kofeinsizlantirilgan bo'lsa ham, ba'zi miqdordagi nikotinni o'z ichiga oladi. Masalan, qora choy - taxminan 100 ng/g. Bir lahzali choy tarkibida bu moddan ham ko'pi bor - ba'zi hollarda kontsentratsiya 285 ng/g ga etadi.

Maqolaning oxirida biz mashhur "bir tomchi nikotin otni o'ldiradi" degan ibora qanchalik aniq ekanligini bilib olamiz - qiziq, sigaretada bunday tomchi necha tomchidan iborat bo`lishi mumkin? Shunday qilib, bir tomchi ichida 50 mg nikotin mavjud, bu alkaloidning er hayvonot dunyosi vakillari uchun halokatli dozasi quyidagicha:

11 mg, quyon yoki mushukning o'limiga olib keladi;

50-60 g o'rtacha kattalikdagi itni o'ldirishi mumkin;

bir yoki ikki tomchi yoki 60-120 mg nikotin odamlar uchun halokatli; 400-450 мг yoki 8 tomchi to'rt daqiqada sog'lom otni o'ldiradi.

Sigaralardagi eng yuqori nikotin miqdori, ularning kattaligiga va og'irligiga qarab, har birida 100-200 mg ni tashkil qiladi. Bular har qanday sigaret chekmasa va yarmini iste'mol qilmasa, ikkita odamni o'ldirishga qodir. Chekish paytida chekadigan odamning vujudida nikotinni o'ldiradigan dozasini olish uchun u birin-ketin 100-120 ta sigaret chekishi kerak -sigaret chekgandan yarim soat o'tgach, chekuvchining qonidagi nikotin miqdori yarimga kamayadi va taxminan bir yarim soatdan keyin butunlay yo'qoladi.

ADABIYOTLAR:

  • 1.    Laurian Vlase, Lorena Filip, Ioana Mîndrutau, Sorin E. Leucuta. // DETERMINATION OF NICOTINE FROM TOBACCO BY LC-MS-MS. STUDIA UNIVERSITATIS BABESBOLYAI, PHYSICA, L, 4b, 2005. P. 19-24.

  • 2.    Raden Muhammad Fathi, Ahmad Fauzantoro, Siti Fauziyah Rahman, and Misri Gozan. Column chromatography isolation of nicotine from tobacco leaf extract (Nicotiana tabaccum L.). Conference Proceedings American Institute of Physics. 1933, 030011 (2018).

  • 3.    Isolation and Identification of Nicotine utilizing bacterial species from Tobacco leaves Ithisree Gaekwad & Vinchurkar A.S. Int. Res. J. Pharm. 2018, 9 (1)103

  • 4.    Харкевич Д.А, Богословский И.А., Рубсов А. Никотин // Большая медицинская энсиклопедия, — M.: Советская энсиклопедия. — T. 16.

  • 5.    Технический регламент на табачнию продукцию // Документ опубликован и Сообрании законодательств а РФ № 52. 2008., p.6223.

  • 6.    K. Mangathayar, D. Thirumurugan, P.S. Patel, D.V. Pratap, D.J. David and, J. Karthikeyan // Isolation and Identification of Nicotine from Leucas aspera (Willd) Link. Indian Journal of Pharmaceutical Sciences. 2006. P. 88-90

Список литературы Tarkibida nikotin saqlovchi o`simliklar

  • Laurian Vlase, Lorena Filip, Ioana Mindrutau, Sorin E. Leucuta. // DETERMINATION OF NICOTINE FROM TOBACCO BY LC-MS-MS. STUDIA UNIVERSITATIS BABESBOLYAI, PHYSICA, L, 4b, 2005. P. 19-24.
  • Raden Muhammad Fathi, Ahmad Fauzantoro, Siti Fauziyah Rahman, and Misri Gozan. Column chromatography isolation of nicotine from tobacco leaf extract (Nicotiana tabaccum L.). Conference Proceedings American Institute of Physics. 1933, 030011 (2018).
  • Isolation and Identification of Nicotine utilizing bacterial species from Tobacco leaves Ithisree Gaekwad & Vinchurkar A.S. Int. Res. J. Pharm. 2018, 9 (1)103.
  • Харкевич Д.А, Богословский И.А., Рубсов А. Никотин // Большая медицинская энсиклопедия, - M.: Советская энсиклопедия. - T. 16.
  • Технический регламент на табачнию продукцию // Документ опубликован и Сообрании законодательства РФ № 52. 2008., p.6223.
  • K. Mangathayar, D. Thirumurugan, P.S. Patel, D.V. Pratap, D.J. David and, J. Karthikeyan // Isolation and Identification of Nicotine from Leucas aspera (Willd) Link. Indian Journal of Pharmaceutical Sciences. 2006. P. 88-90.
Статья обзорная