Universal xarakteristikalardan foydalanib dvigatelning ish hajmini o’zgartirish orqali uni boshqarishda uning zaxarlilik ko’rsatkichlarini tadqiq etish

Автор: Maxmudov A.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-1 (96), 2022 года.

Бесплатный доступ

Qo’llanilayotgan usulning dvigatelni ekologik sifatini oshirishi (yoki kamayishi) bo’yicha kutilayotgan ta’sirini baholash o’rtacha effektiv bosim va tirsakli valning aylanishlari sonining azot oksidi va uglerod oksidlarining hajmli konsentratsiyasini doimiy egriliklariga qanday ta’sir etishini aniqlash maqsadida dvigatelning universal (ko’p parametrli) xarakteristikalaridan foydalanishni o’z ichiga oladi.

Valning aylanishlari soni, azot oksidi, uglerod oksidlari, hajmli konsentratsiya

Короткий адрес: https://sciup.org/140292988

IDR: 140292988

Текст научной статьи Universal xarakteristikalardan foydalanib dvigatelning ish hajmini o’zgartirish orqali uni boshqarishda uning zaxarlilik ko’rsatkichlarini tadqiq etish

Silindrlarni o’chirish orqali dvigatelni boshqarish usulining ekologik sifatini baholashda, masalan, chiqayotgan azot oksidining soatbay miqdorini aniqlashda quyidagi munosabatdan foydalaniladi.

Gnox = CnОx ∙ VОГ , kg/soat(1)

Bu yerda

VОГ = GОГ ∙ ρОГ , m3/soat(2)

GОГ = GB + GT = i ∙Vh ∙ηV ∙ ρB ∙n ∙10-3 ∙ 30 + GT, kg/soat(3)

Bu yerda soatbay yoqilg’i sarfi yuqoridagi jadvalga binoan solishtirma yoqilg‘i sarfi egriliklari orqali universal xarakteristikalardan foydalangan holda aniqlanadi.

Oxirgi formulalarda azot oksidining ( C NОx ), uglerod oksidi ( C CO ) uglevodorod ( C CH ) konsentratsiyalari ppm da berilgan (1 ppm = 10-4 %, ya’ni 500 ∙ 10-4 % = 500 ppm ). Shuning uchun hisoblashlar quyidagi munosabatlar orqali amalga oshiriladi [2]:

GNOx = 0,001587 ∙ CNОx ∙ GОГ , g/soat(4)

GCO = 0,000966 ∙ CCO ∙ GОГ , g/soat(5)

GCH = 0,000485 ∙ CCH ∙ GОГ , g/soat(6)

Ba’zi hollarda zaxarli elementlar chiqindilarining ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar ushbu moddalarning solishtirma miqdorlari ko’rinishida beriladi.

Shuning uchun yalpi chiqindi miqdorlarini quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:

Gnox = gnОx ∙ Ne , g/soat(7)

Gco = gco ∙ Ne , g/soat(8)

Gch = gch ∙ Ne , g/soat(9)

Bu yerda gNОx, gCH , gCO – mos holda azot oksidlari, uglevodorodlar va uglerod oksidining g/(kW∙soat) dagi solishtirma miqdorlari.

Chiqarilayotgan gazlar tarkibidagi zaxarli birikmalar konsentratsiyasi quyidagi munosabatlar orqali aniqlanadi:

CNOx = (GNОx ∙10-3)/ VОГ , kg/m3(10)

GCO = (GCO ∙10-3)/ VОГ , kg/m3(11)

GCH = (GCH ∙10-3)/ VОГ , kg/m3(12)

Ko’rinib turibdiki, silindrlarning bir qismi o’chirilganda, chiqindi gazlar miqdori faqatgina faol ishlayotgan silindrlar bo’yicha aniqlanadi. Faol ishlayotgan silindrlardan chiqayotgan zaxarli moddalarning soatbay miqdorini aniqlangandan so’ng, umumiy dvigateldan chiqayotgan zaxarli moddalarning konsentratsiyasini aniqlash kerak. Bunda chiqayotgan chiqindi gazlar miqdori umumiy chiqayotgan gazlar miqdori va o’chirilgan silindrlarga kirgan havo miqdori bilan birgalikda chiqadi deb baholanadi. Yoki, boshqacha qilib aytganda, butun dvigatelga kirayotgan havo miqdori va faol ishlayotgan silindrlarning yoqilg’i sarfini umumiy tarzda hisoblash kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Muxtorov, Abdumajidxon Murodxon O‘G‘Li, Turg‘Unbekov, Axmadbek Maxmudjon O‘G‘Li, & Maxmudov, Abdulrasul Abdumajidovich (2022). AVTOMOBIL OLD OYNAKLARINI VAKUUMLASH JARAYONIDA

  • 2.    Файзиматов Б.Н., Мирзаев А.А. Ускоренный метод определоный обрабатываемости материалов./Материалы семинара "Опыт работы едрепия технологических н конструкторских решении интенсификации процессов резания".Киев. 1989. с.9.

  • 3.    Mirzaev M.A, & Tukhtasinov R. D. (2022). Analysis Of Vibroacustic Signals (Vas) In Cutting in Cutting Machines Made of Tools. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 3, 1–5. Retrieved from https://www.geniusjournals.org/index.php/ejet/article/view/5542 .

"Экономика и социум" №5(96) 2022

Список литературы Universal xarakteristikalardan foydalanib dvigatelning ish hajmini o’zgartirish orqali uni boshqarishda uning zaxarlilik ko’rsatkichlarini tadqiq etish

  • Muxtorov, Abdumajidxon Murodxon O‘G‘Li, Turg‘Unbekov, Axmadbek Maxmudjon O‘G‘Li, & Maxmudov, Abdulrasul Abdumajidovich (2022). AVTOMOBIL OLD OYNAKLARINI VAKUUMLASH JARAYONIDA VAKUUMLASH TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (3), 93-102.rov.
  • Файзиматов Б.Н., Мирзаев А.А. Ускоренный метод определоный обрабатываемости материалов./Материалы семинара "Опыт работы едрепия технологических н конструкторских решении интенсификации процессов резания".Киев. 1989. с.9.
  • Mirzaev M.A, & Tukhtasinov R. D. (2022). Analysis Of Vibroacustic Signals (Vas) In Cutting in Cutting Machines Made of Tools. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 3, 1-5. Retrieved from https://www.geniusjournals.org/index.php/ejet/article/view/5542.
Статья научная