Xitoy tilida iboralar
Автор: Tojiboyev I.O.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 11-1 (90), 2021 года.
Бесплатный доступ
Har bir millatning, tilning o`ziga xos ko`chma ma’nolariga ega bo`lgan iboralari, frazalari, metaforada aks etgan birliklari bo`ladi. Bu tilning qay darajada boy ekanligidan dalolat berib turadi. Ushbu maqolada ham Xitoy tilidagi eng mashhur iboralarning umumiy izohi hamda O`zbek tili bilan qiyosiy jihatlari o`rganildi.
成语 (Chéngyǔ), iboralar, obrazli ifodalar, ko`chma ma’no, millat madaniyatining ko`zgusi, metafora.
Короткий адрес: https://sciup.org/140261204
IDR: 140261204
Текст научной статьи Xitoy tilida iboralar
成语 (Chéngyǔ) - bu xitoycha ibora ma`nosini anglatadi. Chéngyǔ odatda Xitoy tarixi va afsonalaridagi hikoya, voqea yoki personajni nazarda tutadi. Xitoy tilida iboralarning qo`llanilishi o`zbek tilidagidek anchagina keng. Iboralar fikrni to`g`ridan to`g`ri emas, balki, fikrlab mulohaza qilishga o`rgatadi.
成语 (Chéngyǔ) - an`anaviy xitoy madaniyatining asosiy xususiyatlaridan biri bo`lib, ular ma`lum bir ma`no ifodalovchi qat`iy tuzilishga va qat`iy fikrga ega bo`lib, ular bir butun bo`lib, bitta ma`noni ifodalaydi hamda jumlada qo`llaniladi va mavzu, ob`ekt, atributiv va boshqa komponentlarni o`z ichiga oladi. Iboralarning katta qismi qadim zamonlardan meros bo`lib, u mazmun yoki ishorani ifodalaydi. Ba`zi iboralar shunchaki kichik jumlalardir.
Xitoy tilidagi 成语 (Chéngyǔ) hamda o`zbek tilidagi iboralarning qo`llanilishi, umumiy o`xshashliklari deyarli bir xil. O`zbek tilida frazeologik iboralar o`z ma`nodoshlari bo`lmish so`zlarga nisbatan, ma`noni kuchli darajada ifodalaydi hamda ularda obrazlilikni yorqin aks ettiradi. Frazeologik iboralar turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh bo`lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq-tiniq xulosalarning o`ziga xos obrazli ifodalaridir. Ularning o`ziga xos jihati ular gap holatida yoki so`z birikmasi holatida qo`llaniladi, ammo ular leksik birliklarga ajratilmaydi, ya`ni ma`noviy butunlikni hosil qiladi va saqlab qoladi. Ular gapda bitta birlik sifatida qo`llaniladi.
Iboralar tilimizning lug`at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan hisoblanadi. Ular ikki va undan ortiq so`zning ko`chgan ma`nolari asosida tarkib topgan lug`aviy birlik bo`lib, xuddi so`z kabi lug`aviy ma`noni anglatadi. Masalan, xamirdan qil sug`urganday iborasi, “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz” ma`nosini, ko`ngil bermoq iborasi “sevmoq” ma`nosini, qo`y og`zidan cho`p olmagan iborasi “yuvosh” ma`nosini bildiradi. [1 76]
Xitoy iboralari ( 惯用语 )
Chéngyǔ ( 成语 );
Yànyǔ ( 谚语 );
Xiēhòuyǔ ( 歇后语 )
Xitoy tilini o`rganish jarayonida, ko`pglab iboralarga duch kelamiz. Masalan: 眼中钉 ” – ko`zga qadalgan mixdek; eng yomon ko`radigan odami), “ 钻空子 ” Zuānkòngzi (aybini qidirmoq; fursatdan foydalanmoq), “ 耳边风 ” Ěrbiānfēng (bu quloqdan kirib, u quloqdan chiqib ketmoq; quloq solmaslik yoki gapiga kirmaslik) kabi iboralarga ko`zimiz tushib turadi. Endi quyida ularga misollar va ularning tahlilini yoritib o`tamiz.
Endi bir tarixiy iboraga nazar tashlaymiz, “露马脚” Lòumǎjiǎo iborasini iyeroglif asl ma`nosida tarjima qilganda, “ot o`zi bilmagan holda taqasini ko`rsatib qo`yibdi” (马不知什么原因露出了蹄子) degan ma`noni ifodalaydi. Iboraning asl mohiyatiga qaraydigan bo`lsak, ushbu iborada ot emas balki odam nazarda tutilmoqda. Bu iboraninng kelib chiqish tarixi qadimgi sulolalardan bo`lgan Tang sulolasi davriga tegishli.
Qadimda bayram o`tkazilayotgan mahallarida odamlar xitoy afsonalaridagi dumi molning dumiga, tuyog`i esa otning tuyog`iga o`xshaydigan bir shoxli hayvonni tasvirlash uchun eshak yoki otni bezatib olib chiqishar, shu usul bilan afsonaviy hayvonni korsatishmoqchi bo`lishardi, lekin ot yoki eshakning tuyog`ini bezatish qiyin masala bo`lgani bois, ularning aldovlari ochilib qoladi. Shunday o`yinning orqasidan “ 露马脚 ” degan ibora kelib chiqdi. Bu iboraning o`zbek tilidagi ekvivalenti ham mavjud. Bu iborani “Kasalni yashirsang, istimasi oshkor qiladi”, yoki “tanganing misi chiqdi” kabi iboralarga tenglashtirishimiz mumkin. Ya’ni nimanidir yashirgan bilan qachondir haqiqat baribir biror kuni oshkor bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda, o`zbek tiliga ochilib qolmoq, oshkoralanib qolmoq, bilinib qolmoq, bilintirib qo`ymoq deb tarjima qilsak bo`ladi. Shunday iboralarning tarixini o`rganish orqali millatning urf-odat, an`analari kirib borib, insonning dunyoqarashi kengayib boraveradi.
谢天谢地 xiè tiān xiè dì - Uzoq vaqtdan beri kutib yurgan ish, va nihoyat amalga oshganda ishlatiladigan ibora hisoblanadi. Bu iborani o`zimizga “xudoga shukur” deb tarjima qilsak to`g`riroq bo`ladi. Bular esa odatda xursandchilik ohangiga ega bo`ladi.
谢天谢地,这场大雨总算停了,不然晚上去体育场看球可就麻烦了.
Xiètiānxièdì, zhè chǎng dàyǔ zǒngsuàn tíngle, bùrán wǎnshàng qù tǐyùchǎng kàn qiú kě jiù máfanle.
Xudoga shukur, bu kuchli yomg'ir nihoyat to'xtadi, aks holda kechasi o'yinni tomosha qilish uchun stadionga borish qiyin bo'lardi.
马马虎虎 / mǎmǎhūhū- bo`ladi, o`rtacha ma’nolarida ishlatiladi.
Bu, odatda, xitoy tili kursini o'tayotgan har bir kishi o'rganadi, chunki undan foydalanish juda oson. Buni 还可以 , 那里那里 ( Hái kěyǐ, Nàlǐ nǎlǐ ) bilan tenglashtirsak maqsadga muvofiq bo`ladi.
-
A: 听说你的学习汉语特别好。
B)马马虎虎。
入乡随俗 / rùxiāngsuísú - Rimda bo'lganingizda, rimliklar kabi yashang.
到了一个国家开始有点儿不习惯。我中国朋友说的,你应该适应我们 的生活 文化,文学,总之一句话 “入乡随俗” 。
Dàole yīgè guójiā kāishǐ yǒudiǎn er bù xíguàn. Wǒ zhōngguó péngyǒu shuō de, nǐ yīnggāi shìyìng wǒmen de shēnghuó wénhuà, wénxué, zǒngzhī yījù huà “rùxiāngsuísú”.
Biror bir mamlakatga borganda, u yerga moslashish biroz mushkul. Mening xitoylik do'stim aytganidek: “Siz bizning hayot madaniyatimizga, adabiyotimizga moslashishingiz kerak, qisqasi Xitoyda xitoylilarday yashashingiz kerak”.
Bu iborani o`zbek tilidagi “Kimning aravasiga chiqsang, o`shaning qo`shig`ini aytasan” iborasi bilan qiyoslash mumkin. Ya’ni qayerda bo`lsak, o`sha yerning madaniyatiga, urf-odatlariga, hayotiga moslashishimiz kerak.
一石二鸟 / yīshí’èrniǎo – bitta tosh bilan ikkita qushni o'ldirish
三个臭皮匠,顶个诸葛亮 Sān gè chòu píjiàng, dǐng gè zhūgéliàng – Bu ibora xitoy tilida ko'pchilikning donoligi bir kishining aqlidan ustundir yoki ko'p kishining aql bir kishinikidan yaxshiroqdir deb tarjima qilinadi. O`zbek tilida ham aynan o`zining ekvivalenti mavjud.
Va nihoyat xitoy tilida juda ko`p qo`llaniladigan mashxur iboraga nazar tashlaymiz. “ 不到长城非好汉 ” Bù dào chángchéng fēi hǎohàn - Bu ibora hech qachon buyuk devorga bormagan odam qahramon emasligini, qahramon bo`lolmasligini anglatadi. Bu iboraning kelib chiqishi haqida bir qancha taxmin va fikrlar mavjud. Ba’zi joylarda Buyuk Devor o'sha paytlardagi Qizil Armiyaning borar joyi yoki Qizil Armiya maqsadining metaforasidir. Ya’ni Buyuk devorga etib bormasak, biz haqiqiy erkaklar emasmiz derya qo`llangan degan fikrlar ham bor. Buyuk devor Xitoy xalqining ruhi uchun metafora bo'lishi ham mumkin. Buyuk devorning asl vazifasi - himoya qilish. Xitoyliklarga tajovuz emas, tinchlik yoqadi. Xitoyliklarning nazarida bu sabr-matonat belgisi ham bo`lishi mumkin. Yoki bu ko`rinishda bo`lishi ham mumkin. Agar siz Buyuk devorga bormasangiz, siz haqiqiy odam emassiz-Agar siz xitoyliklarning ruhini bilmasangiz, siz haqiqiy xitoy emassiz. Buyuk devor nafaqat Xitoy mo'jizasi, balki insoniyat mo'jizasi hamdir. Bu jumlaning umumiy tushunchasi quyidagicha: Buyuk devorni ko'rish kerak (agar siz Pekinga kelsangiz, lekin Buyuk devorni ziyorat qilmasangiz, siz haqiqiy odam emasligingiz kabi afsuslanasiz.) Qisqasi, Buyuk devor ko'p ma'noga ega, chunki Buyuk devor xitoylar ruhining metaforasi bo'lishi mumkin.
Xitoyliklar o`z tili va tarixi bilan faxrlanishadi, iboralari esa Xitoyning mashhur madaniyatida juda katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi desak mubolag`a bo`lmaydi.
Adabiyotlar:
-
1. M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo‟ldoshev, D. Muhamedova. O‟zbek tili praktikumi. Toshkent. “Iqtisod-Moliya”, 2006 yil.
-
2. 500 Common Chinese Proverbs andColloquial Expressions an annotated frequency dictionary. Liwei Jiao and Benjamin M. Stone, 2017
-
3. Wang, Lei. Forthcoming 2010. 1,000 Idioms for Chinese Learners. Peking University Press, Beijing, China.
-
4. Wing Huen. 1997. Best Chinese Idioms (Vol. 3). Hai Feng Publishing Co., Hong Kong, China.
-
5. https://www.travelchinacheaper.com/
"Экономика и социум" №11(90) 2021
Список литературы Xitoy tilida iboralar
- M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo‟ldoshev, D. Muhamedova. O‟zbek tili praktikumi. Toshkent. “Iqtisod-Moliya”, 2006 yil.
- 500 Common Chinese Proverbs andColloquial Expressions an annotated frequency dictionary. Liwei Jiao and Benjamin M. Stone, 2017
- Wang, Lei. Forthcoming 2010. 1,000 Idioms for Chinese Learners. Peking University Press, Beijing, China.
- Wing Huen. 1997. Best Chinese Idioms (Vol. 3). Hai Feng Publishing Co., Hong Kong, China.
- https://www.travelchinacheaper.com/