XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan rossiya imperiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi
Автор: Lapasov M.X.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 4-1 (95), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi oʻrtasidagi savdo va diplomatik aloqalar avvalgiga nisbatan bir muncha rivojlanishi. Xiva xonligining tashqi savdo aloqalaridagi faol ishtiroki uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi taraqqiyoti bilan bogʻliq ma’lumotlar keltirilgan.
Paxta, ip, movut, toʻqimachilik, qand, metall, oltin, mangʻishloq, astraxan savdo yoʻllari
Короткий адрес: https://sciup.org/140292865
IDR: 140292865
Текст научной статьи XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan rossiya imperiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi
KIRISH
Xiva oʻzining geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yoʻli bilan ta’minlanganligi sababli Oʻrta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan boʻlgan. Xiva xonligi karvon yoʻllari ustida joylashganligi uchun Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalarida muhum oʻrin egallagan. Xiva xonligi Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdoda faol qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi faol ishtiroki uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi taraqqiyoti bilan bogʻliq. XVIII asrga kelib Oʻrta Osiyo bilan Rossiya orasidagi diplomatik jarayonlar yanada jonlandi. Bu esa Oʻrta Osiyo boyliklariga Rossiya ichki bozori talablarining ortib borishi natijasi edi[1].
XVIII asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi oʻrtasidagi savdo va diplomatik aloqalar avvalgiga nisbatan bir muncha rivojlandi. Bu davrda Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi savdo aloqalarining rivojlanishining asosiy sabablaridan biri Rossiyada toʻqimachilik sanoati taraqqiy etib, xomashyoga boʻlgan talabining oshishi edi. Xiva xonligida esa mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish va Rossiya bilan boʻlgan savdoni rivojlantirish uchun talabi kundan-kunga oshmoqda edi[2].
XIX asrning birinchi choragida Xiva xonligining Rossiya bilan savdosi rivojlandi. Xiva xonligi savdogarlari oʻz qoʻshnilari Buxoro amirligi, Qoʻqon xonligi, Eron, Afgʻoniston va boshqa davlatlar bilan ham savdo-sotiq aloqalarini olib borgan boʻlsalar ham, ammo uning uchun eng qulay va eng foydali savdo Rossiya bilan boʻladigan savdo edi. Shuningdek Xivalik savdogarlar Buxoro amirligidan olgan mollarining bir qismini oʻzida sotib, qolgan mollarni Rossiya hududiga olib chiqib sotishgan[3]. Xivadan Rossiyaga paxta xomashyosi, charm buyumlar, dagʻal kaliska, shoyi va yarim ipak gazlamalar, qoʻzichoq terisi va boshqa tovarlar olib kelingan. Rossiyadan Xivaga metall, metall buyumlar, yevropa matolari, baxmal, qand, oynalar, yigirilgan oltin, kumush, yupqa kanvas olib kelingan[4]. Bu vaqtlarda Xiva xonligi Rossiya imperiyasi bilan savdoni, asosan, Orenburg va Astraxan orqali olib borib, savdogarlar imperiya bozorlariga qoʻyilmaganligi uchun savdo muomalalari koʻpincha ayirboshlash xarakterida boʻlgan[5]. 1787 yildan 1796 yilgacha boʻlgan davrda Orenburg oʻlkasi orqali Xiva va Buxoro bilan savdo faqat ayirboshlash xarakteriga ega edi. 1787-1797-yillarda Orenburg savdo yoʻli orqali Rossiyadan Xiva xonligiga 4182 ming soʻmlik mol chiqarilgan boʻlsa, Xiva xonligida Rossiya hududiga 4615 ming soʻmlik savdo mollari kiritilgan. Rossiyalik savdogarlar bu qisqa muddat ichida 50 ming soʻmga yaqin foydaga ega boʻlganlar[6]. Quyidagi jadvalda qarang:1
Savdo yoʻnalishi |
1787 |
1788 |
1789 |
1790 |
1791 |
1792 |
1793 |
1794 |
1795 |
1796 |
Xivadan Rossiyaga eksport qilish |
8.3 |
28.3 |
31.0 |
57.1 |
75.4 |
10.1 |
40.3 |
119.1 |
40.6 |
51.4 |
Rossiyadan Xivaga eksport qilish |
7.4 |
25.2 |
27.9 |
54.2 |
67.9 |
8.1 |
37.1 |
107.2 |
34.5 |
43.7 |
Astraxan shahri orqali oʻzbek xonliklari bilan tovar ayirboshlash hajmi XVIII asr oxirida Xivadan Rossiyaga oʻrtacha yillik import 200 ming rubldan 500 ming rublgacha, Xivaga esa 100 ming rubldan 300 ming rublgacha eksport qilingan. Bu yerda savdo ayirboshlash xarakteriga ega emas edi. Rossiyadan metall, metall buyumlar va gʻallani olib chiqish taqiqlanganligini hisobga olib, Xivaga savdogarlari mahfiy ravishda bu mahsulotlarni oltin bilan yashirin olib kelingan. Rasmiy ravishda oltinni eksport qilish taqiqlangan. 1802-yil uchun yillik savdo aylanmasining hajmi Rossiya eksporti uchun 500 ming rubl miqdorida belgilandi. Shuni yodda tutish kerakki, Xiva bilan savdo-sotiq Buxoroni ham oʻz ichiga olgan boʻlsa kerak, chunki keyingi yillarda bizda Xivaning Buxoro bilan rus tovarlari bilan tranzit savdosi rivojlangan[7].
XIX asr boshlarida Rossiyaning Xiva bilan savdosining salmoqli qismi Mangʻishloq va Astraxan orqali, 1824-1827-yillarda Rossiyadan Xivaga tovarlar eksporti 1804-1807-yillarga nisbatan jami ikki yarim baravardan ortiq koʻpaygan[8]. 1801-yildan beri Rossiya hukumati tomonidan xonliklarga temir, mis, poʻlat va choʻyan olib kirishga ruxsat berilganligi alohida ahamiyatga ega edi. Xiva bu tovarlarni faqat Rossiyadan olishi mumkin edi. shulardan xivaliklar qurol-yarogʻ, unumdor qishloq xoʻjaligi asboblari, kemalar uchun mahkamlagichlar va eng zarur uy-roʻzgʻor buyumlarini yasagan[9]. Bundan tashqari, Rossiyadan oltin va kumush tangalar olib kelingan. Xivalik savdogarlar boshqa davlatlardan, masalan, Hindistondan yoki Xitoydan tovarlar sotib olayotganda, Rossiya oltin tangalari bilan toʻlaganlar[10].
Oʻzbek xonliklari bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo-sotiqning rivojlanishi bu xonliklar xoʻjaligining ushbu savdoning normal faoliyat yuritishiga bogʻliqligining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Masalan, 1836-yilda Rossiya bilan Xiva oʻrtasida savdo aloqalari uzilganida, Xivada sanoat mahsulotlari narxi 15%, yuft narxi 100%, kinobar narxi 150%, paxta xom ashyosi narxi 50% ga kamaydi[11].
Shuningdek rus savdogarlari hukumatga Oʻrta Osiyoga Rossiya taʼsirini yoyish orqali umumiy yordam berishdan tashqari, bir qancha maxsus harbiy-siyosiy vazifalarni ham bajardilar. Ular orasida birinchi oʻrinda xonliklarning ahvoli toʻgʻrisida ma’lumot toʻplash va Rossiya bilan yaqinlashish uchun tashviqotni qoʻyish, bu masala boʻyicha Orenburg harbiy gubernatori Perovskiyning Oʻrta Osiyo bilan savdo qilgan Gʻarbiy Sibir va Orenburg oʻlkasining savdogarlari uchun imtiyozlarni kengaytirish zarur deb hisobladi, chunki bu chora bir tomondan fabrikamiz va ishlab chiqarish mahsulotlarining koʻproq sotilishiga yordam beradi, ikkinchidan, bu joylarda sodir boʻlgan voqealar haqida eng aniq ma’lumotga ega boʻlish imkonini beradi, bu biz uchun juda muhim. E.N. Kushevaning yozishicha, harbiy topograf Zelenin Rossiyadan Xivaga borgan savdogar Pichugin karvonida qatnashgan[12]. Savdogar Deev kapitan Nikiforovning Xivadagi topshirigʻiga koʻrsatgan bir qator xizmatlari haqida bu missiya boshligʻi Nikiforovning oʻzi ham xabar beradi. Xususan, Deev orqali Nikiforovdan Orenburgga maktublar yetkazilgan, Rossiya kon missiyasi boshligʻi Butenevga ham Buxoroga pul joʻnatilgan. Oʻrta Osiyo aholisi oʻrtasida Rossiya bilan yaqinlashish va birinchi navbatda qozoqlar oʻrtasidagi tashviqotga Orenburg harbiy gubernatori Perovskiyning rus savdogarlarining bu boradagi faol ishtirok etishgan.
Bu davrda Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo va diplomatik aloqalarni oʻrganishda Oʻrta Osiyoga 1803-yilda poruchik Gvardevskiy rahbarligida yuborilgan harbiy savdo karvoni garchi u muvaffaqiyat qozonmagan[13]. 1819-1820-yillarda Kavkaz armiyasining bosh qoʻmondoni A.P.Ermolov[14] tomonidan mayor Ponomarov va kapitan N.N.Muravyov Rossiyaning XIX asrning 20-yillarida Xiva xonligi va Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogida yashovchi turkman qabilalari bilan olib brogan diplomatik va savdo munosabatlarini yoritishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi[15]. N.N.Muravyov elchiligi turkmanlar bilan aloqa oʻrnatish va ularning hududlaridan Xiva, Buxoro va shimoliy Hindistonga savdo yoʻllarini ochish edi[16]. N.Muravyov Muhammadrahimxon I ga A.P.Ermolov nomidan Rossiya bilan yaqin aloqa bogʻlashni hamda savdo aloqalarini Mangʻishloq orqali yurgizmasdan, balki Krasnovodsk orqali yurgizishni taklif qiladi bu yoʻl 17 kunlik yoʻl boʻlib, Xiva savdogarlari uchun oʻzlariga kerak boʻlgan mollarni Astraxandan keladigan kemalardan olishlari yoki ayirboshlashi mumkin edi[17]. Muhammadrahimxon N.Muravyovning savdoni Krasnovodsk orqali yurgizish taklifini bu yerda yashovchi yovmutlarning koʻpchiligi Eron Qojarlar sulolasiga xizmat qiladi, shuning uchun Xiva savdogarlari xavf ostida boʻladilar deb rad qiladi[18].
XULOSA
Xiva bilan Rossiya munosabatlarining muhum jihati oʻzaro savdodan har ikkala davlat ham birdek manfaatdor boʻlgan. Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yoʻllari xavfsiz edi. Xiva xonligida Rossiyaning zavod va fabrikalarida ishlab chiqarilgan tayyor iste’mol tovarlariga ehtiyoj katta edi. Ayni paytda Rossiya Xiva xonligiga oʻz tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya tovarlarining Yevropaning ilgʻor davlatlari tovarlari bilan raqobat qila omlayotgan davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi Rossiya sanoati uchun zarur xom ashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi oʻlka ham hisoblanar edi[19]. Shuning uchun ikki mamlakatning oʻzaro iqtisodiy va diplomatik aloqalari yanada rivojlandi. Shu boisdan ham, Xiva xonligi bilan olib boriladigan munosabatlar Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
1. Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 68-75-бет
-
2. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.139
-
3. Н.Муравьев. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах, гвардейского генерального штаба капитана Николая Муравьева, посланного с сии страны для переговоров. М, 1822, II, С. 92-93
-
4. Камолов С.К. Каракалпаки в XVI-XX веках. Т. Фан. 1968. С. 171-172
-
5. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.140
-
6. Е.В.Бунаков. К вопросу о сношениях России с среднеазиатскими ханствами в XIX в., Советское востоковедение. Т. II. М.,Л., 1941 С. 8-9
-
7. Ўша асар. С. 11
-
8. А.М.Аминов. Экономическое развитие Средней Азии. Стр. 54
-
9. М.Иванин. Хиви и река Амударья. Стр. 73
-
10. Ю.А.Гагемейстр. О торговом значеннии Средней Азии в отношение к России, “Русский вестник”, 1862, №10, стр.714
-
11. Е.В.Бунаков. К вопросу о сношениях России с среднеазиатскими ханствами в XIX в., Советское востоковедение. Т. II. М.,Л., 1941 С. 18
-
12. Е.Н.Кушева. Средиазиатский вопрос и русская буржуазия в 40-е годы XIX в.
-
13. Жуковский С. Сношение Росси с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Петроград. 1915. С. 103
-
14. Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 86-бет
-
15. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.140
-
16. Саидбоев З. Европада Ўрта Осиёга оид тарихий картографик маълумотлар (XVI- XIX асрлар). Т. “Фан”. 2008. 80-бет.
-
17. Н.Веселовский. Очерк историко-географических сведений о Хивинском ханстве с древнейших времен до настоящего. СПб. 1877. С.186
-
18. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.143-144
-
19. Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 71-бет
"Экономика и социум" №4(95) 2022
Список литературы XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan rossiya imperiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi
- Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 68-75-бет
- А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.139
- Н.Муравьев. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах, гвардейского генерального штаба капитана Николая Муравьева, посланного с сии страны для переговоров. М, 1822, II, С. 92-93
- Камолов С.К. Каракалпаки в XVI-XX веках. Т. Фан. 1968. С. 171-172
- А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.140
- Е.В.Бунаков. К вопросу о сношениях России с среднеазиатскими ханствами в XIX в., Советское востоковедение. Т. II. М.,Л., 1941 С. 8-9
- Ўша асар. С. 11
- А.М.Аминов. Экономическое развитие Средней Азии. Стр. 54
- М.Иванин. Хиви и река Амударья. Стр. 73
- Ю.А.Гагемейстр. О торговом значеннии Средней Азии в отношение к России, “Русский вестник”, 1862, №10, стр.714
- Е.В.Бунаков. К вопросу о сношениях России с среднеазиатскими ханствами в XIX в., Советское востоковедение. Т. II. М.,Л., 1941 С. 18
- Е.Н.Кушева. Средиазиатский вопрос и русская буржуазия в 40-е годы XIX в.
- Жуковский С. Сношение Росси с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Петроград. 1915. С. 103
- Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 86-бет
- А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.140
- Саидбоев З. Европада Ўрта Осиёга оид тарихий картографик маълумотлар (XVI- XIX асрлар). Т. “Фан”. 2008. 80-бет.
- Н.Веселовский. Очерк историко-географических сведений о Хивинском ханстве с древнейших времен до настоящего. СПб. 1877. С.186
- А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.143-144
- Р.Р.Алимова. Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иқтисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 71-бет