Yurak ishemik kasalligi bilan bemorlarda koronar arteriyalar shikastlanishi va lipid profil darajasining o‘zaro bog‘liqligi
Автор: Qosimov N.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-1 (96), 2022 года.
Бесплатный доступ
Yurak ishemik kasalligi bidan bemorlarda koronar arteriyalar shikastlanishi va lipid profil darajasining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish. Materiallar va usullar. 2019-2020 yillar davomida SVKTTM da statsionar sharoitda davolangan koronar angiografik tekshiruv natijasiga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq koronar arteriyasi shikastlangan 75 bemorda retrospektiv tadqiqot o‘tkazildi. Natijalar. ZYuLP darajasi va YuIK rivodlanish xavfi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik aniqlandi va tasdiqlandi. ZYuLP va UXS, ayniqsa triglitseridlar va ZPLP darajasi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik mavjud. Noxush oqibatli guruhda jigar fermentlari, xususan ALT miqdorining yuqoriligi, shuningdek AST va ZPLP darajasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlandi. AST ni koronar arteriyalari shikastlangan bemorlarda salbiy omil deb hisoblash ehtimoli yo‘q emas. ZYuLP darajasi va qand miqdori, ayniqsa glikirlangan gemoglabin o‘rtasida yuqori teskari korrelyatsiya aniqlandi. Xulosa. Zichligi yuqori lipoproteinlarning pasayishi tez-tez kasalxonaga yotqizish va takroriy koronarografiya masalasini ko‘rib chiqish omili hisoblanadi. ASTni koronar qon tomirlari shikastlangan bemorlarda salbiy omil deb hisoblash ehtimoli yo‘q emas.
Yurak ishemik kasalligi, koronarografiya, miokard infarkti, zichligi past lipoproteid, zichligi yuqori lipoproteid
Короткий адрес: https://sciup.org/140292994
IDR: 140292994
Текст научной статьи Yurak ishemik kasalligi bilan bemorlarda koronar arteriyalar shikastlanishi va lipid profil darajasining o‘zaro bog‘liqligi
KIRISH
Dunyodagi boshqa ko‘pchilik mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham yurak qon tomir kasalliklari aholining kasallanishi va o‘lim ko‘rsatkichi strukturasida yetakchi o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston ham Yevropa kardiologlar assotsiatsiyasi a’zosi. RIKIM ma’lumotlariga ko‘ra statsionarga yotqizilgan barcha bemorlarning 59% ida yurak ishemik kasalligi mavjud [4].
Yirik epidemiologik tadqiqotlar qon zardobidagi xolesterin miqdorining oshishi va aterosklerozning ifodalanganlik darajasi, shuningdek yurak qon tomir kasalliklari bilan kasallanish va ulardan o‘lim ko‘rsatkichi orasida chambarchas bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. Qon zardobida umumiy xolesterin (UXS), zichligi past lipoproteidlar (ZPLP) darajasining oshishi va zichligi yuqori lipoproteidlar (ZYuLP) miqdorining kamayishi YuIK, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi xavfini, umumiy o‘lim ko‘rsatkichi va yurak qon tomir kasalliklaridan o‘limni oshishiga olib keladi [7,8].
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Koronar arteriyalar shikastlanishi – YuIK bilan bemorlarda ishemiya, MI, qayta MI rivojlanishi va oxir oqibat yurak ritmining murakkab buzilishlari hamda surunkali yurak yetishmovchiligining (SYuE) terminal bosqichi bilan yakunlanishi bilan bog‘liq pro- gnozni yomonlashishiga olib keluvchi kuchli omildir [4]. Ko‘pchilik hollarda jismoniy zo‘riqishga tolerantligi yuqori, MI o‘tkazmagan ahvoli nisbatan barqaror bemorlarda ko- ronar qon tomirlardagi o‘zgarishlar ―tasodifan‖ aniqlanadi.
Koronar qon tomirlar shikastlanishi korreksiyasi asosan chap koronar arteriyada (ChKA) teri orqali koronar aralashuv, keyinchalik ikki komponentli antiagregant terapiya o‘tkazish, SYuE korreksiyasini nazarda tutadi. Ammo, shuningdek koronar qon tomirlari shikastlangan bemorlarda kasallik prognozi bilan lipid almashinuvi buzilishining kor- reksiya qilinmaganligi, fermentlar holati o‘rtasida ham bog‘liqlik mavjud [1,6].
Tadqiqot maqsadi: Yurak ishemik kasalligi bilan bemorlarda koronar arteriyalar shikastlanishi va lipid profil darajasining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish.
Materiallar va usullar. 2019-2020 yillar davomida SVKTTM da statsionar sharo- itda davolangankoronar angiografik tekshiruv natijasiga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq ko- ronar arteriyasi shikastlangan 75 bemorda retrospektiv tadqiqot o‘tkazildi.
12 oylik kuzatuv natijasiga ko‘ra kasallik oqibatiga qarab bemorlar 2 guruhga bo‘lindi: 1 guruh – ijobiy oqibatga ega bemorlar va 2 guruh – tadqiqot boshlanganidan 3 oydan keyin noxush oqibat kuzatilgan, keyin yana 1 yil davomida nazoratda bo‘lgan bemor- lar. ―Noxush oqibat‖tushunchasi o‘z ichiga quyidagi hodisalardan birini oldi:o‘lim holati, MI qaytalanishi, koronar yetishmovchilikning avj olib borishi, SYuE ning rivojlanishi va avj olib borishi (V.Yu.Mareev tomonidan o‘zgartirilgan ShOKS ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 y.), qayta kasalxonaga yotqizish (5). 1-guruhga kasallik ijobiy kechgan 41 bemor, 2- guruhga esa kasallikning noxush oqibati kuzatilgan 34 bemorkiritildi.Ularda lipid spektr ko‘rsatkichlari, jumladan, umumiy xolesterin, triglitseridlar, yuqori, past va o‘ta past zichlikdagi lipoproteinlar darajasi, shuningdek, aterogenlik koeffitsienti, bioki- myoviy tahlil ko‘rsatkichlari: alaninaminotransferaza (ALT) va aspartataminotransferaza (AST), bilirubin, mochevina, kreatinin miqdori o‘rganildi.
NATIJALAR
-
1 va 2 guruhdagi bemorlarning o‘rtacha yoshi mos ravishda 62,7±3,09 va 63,4±3,97 yoshni tashkil qildi (r<0,02). Aytib o‘tish kerakki, ikkala guruhda ham erkaklar ustunlik qildi: 1 guruhda 24 ta (58.5%) va 2 guruhda 21 ta (61.8%) (R<0,002). 1 va 2 guruhdagi bemorlarda tana vazni indeksi (TVI) mos ravishda 29,5±3.5 va 30,4±3.2. Kasalxonaga yotqizilganda mos ravishda 15(36.6%) i 16 (47%) (p<0,05) bemorga O‘KS tashxi- si qo‘yilgan. 2 guruhda o‘tkir koronar sindrom, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, SYuE va gospitalizatsiya vaqtida hayotga xavf soluvchi yurak ritmi buzilishlari – bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (BF), paroksizmal taxikardiya (PT), ekstrasistoliyalar, 1 va 2 darajali atrioventrikulyar blokadalar kabi kasalliklar bo‘yicha sezilarli farq aniqlandi.
1-jadval
Umumiy ma’lumotlar
Parametrlar |
1- guruh (oqibati ijobiy) n=41 |
2- guruh (noxush oqibatli) n=34 |
Yosh |
62,7±3,09 |
63,4±3,97 |
Jins |
e-24 (58.5%) a-17 (41.5%) |
e-21 (61.8%) a-13 (38.2%) |
Bo‘yi sm |
168,4±5.2 |
166,5±5.08 |
Vazni kg |
86,7±10.5 |
89,3±10.4 |
TVI kg/m² |
29,5±3.5 |
30,4±3.2 |
Kasalxonaga yotqizilganda O‘KS |
15 (36.6%) |
16 (47%) |
Kasalxonaga yotqizilganda stabil stenokardiya |
26 (63.4%) |
18 (53%) |
Kasalxonaga yotqizilganda |
28 (68.3%) |
25 (73.5%) |
SYuE belgilari |
||
Gipertoniya kasalligi |
35 (85.4%) |
28 (82.3%) |
Qandli diabet |
18 (44%) |
17 (50%) |
Yurak ritmi buzilishi (BF, ekstrasistoliyalar, PT) |
8 (19.5%) |
9 (26.5%) |
1-2 darajali AV blokadalar |
14 (34.1%) |
15 (44.1%) |
Anamnezida anemiya |
25 (61%) |
26 (76.5%) |
Anamnezida BMQO‘B |
5 (12.2%) |
6 (17.6%) |
Kasalxonaga yotqizilganda surunkali buyrak kasalligi |
4 (9.7%) |
4 (11.8%) |
Izoh: Farqlar R<0,05 bo‘lganda statistik ahamiyatga ega.
Laborator ma’lumotlar
Parametrlar |
1 guruh (ijobiy natijali) n=41 |
2 guruh (noxushoqibatli) n=34 |
Gemoglobin g/l |
95,8±12,5 |
92,4±13,2 |
EChT mm/s |
13,6±7,3 |
16,4±9,6 |
Leykotsitlar *109/l |
6,8±0,8 |
8,02±2,4 |
Trombotsitlar *109/l |
231,5±63,8 |
236±28 |
Laborator ko‘rsatkichlardagi tafovutlarni har ikkala guruhda ham taxmin qilish mumkinligi ko‘rinib turibdi va bu oldindan ma’lum bulgan yuqori zichlikdagi lipopro- teinlarning kardioprotektiv xususiyati hamda aterogenlik indeksi oshishining YuIK kechishiga salbiy ta’sirini tasdiqlaydi. Shuningdek, noxush oqibatli 2-guruhda ALT da- rajasi yuqoriligi diqqatga sazovordir (mos ravishda 39,4±20,7 ga 28,8±12,1).
Dislipidemiyaning ahamiyatini aniqlashtirish maqsadida barcha bemorlar guruhlarga ajratildi: ZYuLP<40 mg/dl va ZYuLP>40 mg/dl, shuningdek ZPLP<100 mg/dl va ZPLP>100mg/dl.
XULOSA VA MUNOZARA
ADABIYOTLAR RO`YXATI
-
1. Aгaбaбян И.Р., Иcкaндaрoвa Ф.И., Муxтaрoв C.Н. Рoль мaркерoв вocпaления жирoвoй ткaни кaк ocнoвнoй фaктoр в рaзвитии aртериaльнoй гипертензии у бoльныx c метaбoличеcким cиндрoмoм. The priorities of the word science: experiments and scientific debate. Noth Charleston SC. USA. 2019 July. 27-31 cтр.
-
2. Aгaбaбян И.Р., Иcмaилoв Ж.A., Рузиевa A.A. Xрoничеcкaя cердечнaя недocтaтoчнocть у мoлoдыx пaциен- тoв c oжирением нa фoне xрoничеcкoй oбcтруктивнoй бoлезни лѐгкиx. Дocтижения нaуки и oбрaзoвaния.
-
3. Aгaбaбян И.Р., Caдыкoвa Ш.Ш , Рузиевa A.A. Oценкa cocтoяния бoльныx, перенеcшиx инфaркт миoкaрдa, ocлoжнѐнный xрoничеcкoй cердечнoй недocтaтoчнocтью нa фoне приѐмa кaрдиoпрoтектoрoв. Дocтижения нaуки и oбрaзoвaния № 2 (56) Мocквa 2020 г.75-78 cтр.
-
4. Диaгнocтикa и лечение xрoничеcкoй и ocтрoй cердечнoй недocтaтoчнocти. Ред.кoллегия. Кaрдиoлoгиче- cкий веcтник № 2 тoм XI. 2016 г.13-16 cтр.
-
5. Тaджиев Ф. C., Coлеевa C. Ш., Джaббaрoвa Н. М.Рoль рoзувacтaтинa в лечении и прoфилaктике ишемиче- cкoй бoлезни cердцa//Aкaдемичеcкий журнaл Зaпaднoй Cибири. – 2015. – Т. 11. – №. 1. – C. 21-21.
-
6. Тoпoлянcкaя C. В., Вaкуленкo O. Н., Елиcеевa Т. A., Бaляcникoвa Н. A., Кaлинин Г. A., Купинa Л. М., Cтрижoвa Н. В. Ocoбеннocти липиднoгo cocтaвa крoви у бoльныx ишемичеcкoй бoлезнью cердцa cтaрче- cкoгo вoзрacтa. Кaрдиoлoгия. 2018; 58(3). 28–36 cтр.
-
7. Soleeva S. Sh., Djabbarova N. M., Shodiyeva G.R. «Place of hypolipidemic therapy in the complex treatment of stable angina» International scientific review of the problems and prospects of modern science and education, Bos- ton. USA. December 25-26, 2019.р 115-117.
-
8. Takata Y., Ansai T., Soh I. et al. Serum total cholesterol concentration and 10-year mortality in an 85-year-old population. Clin. Intervent Aging 2014; 9:293– 300.
№3 (57). Мocквa. 2020 г.84-87 cтр.
"Экономика и социум" №5(96) 2022
Список литературы Yurak ishemik kasalligi bilan bemorlarda koronar arteriyalar shikastlanishi va lipid profil darajasining o‘zaro bog‘liqligi
- Aгaбaбян И.Р., Иcкaндaрoвa Ф.И., Муxтaрoв C.Н. Рoль мaркерoв вocпaления жирoвoй ткaни кaк ocнoвнoй фaктoр в рaзвитии aртериaльнoй гипертензии у бoльныx c метaбoличеcким cиндрoмoм. The priorities of the word science: experiments and scientific debate. Noth Charleston SC. USA. 2019 July. 27-31 cтр.
- Aгaбaбян И.Р., Иcмaилoв Ж.A., Рузиевa A.A. Xрoничеcкaя cердечнaя недocтaтoчнocть у мoлoдыx пaциен- тoв c oжирением нa фoне xрoничеcкoй oбcтруктивнoй бoлезни лѐгкиx. Дocтижения нaуки и oбрaзoвaния. №3 (57). Мocквa. 2020 г.84-87 cтр.
- Aгaбaбян И.Р., Caдыкoвa Ш.Ш, Рузиевa A.A. Oценкa cocтoяния бoльныx, перенеcшиx инфaркт миoкaрдa, ocлoжнѐнный xрoничеcкoй cердечнoй недocтaтoчнocтью нa фoне приѐмa кaрдиoпрoтектoрoв. Дocтижения нaуки и oбрaзoвaния № 2 (56) Мocквa 2020 г.75-78 cтр.
- Диaгнocтикa и лечение xрoничеcкoй и ocтрoй cердечнoй недocтaтoчнocти. Ред.кoллегия. Кaрдиoлoгиче- cкий веcтник № 2 тoм XI. 2016 г.13-16 cтр.
- Тaджиев Ф. C., Coлеевa C. Ш., Джaббaрoвa Н. М.Рoль рoзувacтaтинa в лечении и прoфилaктике ишемиче- cкoй бoлезни cердцa//Aкaдемичеcкий журнaл Зaпaднoй Cибири. - 2015. - Т. 11. - №. 1. - C. 21-21.
- Тoпoлянcкaя C. В., Вaкуленкo O. Н., Елиcеевa Т. A., Бaляcникoвa Н. A., Кaлинин Г. A., Купинa Л. М., Cтрижoвa Н. В. Ocoбеннocти липиднoгo cocтaвa крoви у бoльныx ишемичеcкoй бoлезнью cердцa cтaрче- cкoгo вoзрacтa. Кaрдиoлoгия. 2018. 58(3). 28-36 cтр.
- Soleeva S. Sh., Djabbarova N. M., Shodiyeva G.R. "Place of hypolipidemic therapy in the complex treatment of stable angina" International scientific review of the problems and prospects of modern science and education, Boston. USA. December 25-26, 2019.р 115-117.
- EDN: YIOUEQ
- Takata Y., Ansai T., Soh I. et al. Serum total cholesterol concentration and 10-year mortality in an 85-year-old population. Clin.Intervent Aging 2014, 9:293-300.