Ziyrak, topqir, hozirjavob tarbiyachi-bola iqtidori ko`zgusidir
Автор: Kurbanova Sh.T.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 11-1 (90), 2021 года.
Бесплатный доступ
Maqolada «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limiga kompetensiyaviy yondashuv» hamda ”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari xususida fikr yuritilib amaliy metodlar taklif qilinadi. Xususan, tarbiyalanuvchining bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganida erishajak imkoniyatlari xulosalanadi. Bunda yangi ijodiy ilg`or pedagogik usulllar keltirilib, natijalar tahlil qilinadi.
Maktabgacha ta`lim, ilg`or pedagokik ta`lim, tarbiyalanuvchi, metod.
Короткий адрес: https://sciup.org/140261072
IDR: 140261072
Текст научной статьи Ziyrak, topqir, hozirjavob tarbiyachi-bola iqtidori ko`zgusidir
KIRISH
Bir vaqtlar o`g`il-qizini bog`chaga yuborishga ko`zi qiymagan ota-ona bugungi Yangi O`zbekiston zamonida hech ikkilanmay turarjoyi atrofidagi maktabgacha ta`lim tashkilotiga yetaklaydi. Buning katta sababi bor albatta. Birinchidan yorug`, keng va eng zamonaviy rusmda ta`mirlangan xonalarda qora ko`zi eng zamonaviy o`yinchoqlar bilan mashg`ul bo`lsa, ikkinchidan ilg`or tajribaga ega malakali pedagoglar mashg`ulotlarida o`z bilimini, bolalik dunyo qarashini rivojlantiradi. Dunyo bilimlari rus tili, ingiliz tilida ham mashg`ulot olib borilayotganiga nima deysiz. Vitaminga boy oziq-ovqatlarning har kunlik ratsionining qo`lishirin oshpazlar tomonidan tansiq taomlarning tortilishi esa bola haqidagi o`rinsiz havotirlar o`rnini faxr, iftihor tuyg`ulari egallaydi.
Ayniqsa bolangizning yangi ta`lim tizimi “Ilk qadam” dasturlari asosida puxta mashg`ulotlar rejasining natijasi o`laroq biyron tilda she`r, qo`shiq ijro etishi kelajagingizga qo`yilgan ilk poydevorning mustahkam ekanligidan quvonasiz albatta.
To`g`rida, bolalarimizning bir vaqtlar devori suvog`idan nurab, boshiga chakki tomgan mashg`ulotxonalaru, kosasika sanoqli go`sh maxsuloti yo solingan yoki solinmagan yegulikni nari beri iste`mol qilib qish kunlari aqalli miriqib uxlashga ham imkoni bo`lmagan paytlari ham o`tdi. Buni o`rta yosh egalari ko`p eslashadi.
Muhtaram Prezidentimizning Yangi O`zbekistonning uchinchi ming yilligi ostonasida bugungi farzandlarimiz kelajagini oldindan ko`ra bilib ularning taqdirini o`ylab maktabgacha ta`lim sohasida yangi qarorlarni ham chiqarib ham ijrosi uchun tezkorlik bilan yeng shimarib kirishgani biz pedagoglarni ham quvontirdi.
Avvalo, ta`lim yo`nalishimiz vazirlik darajasiga ko`tarildi. Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabr PQ-3305 qarori asosida O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi qarori barcha maktabgacha ta`lim tizimi xodimlarining yillar davomida kutgan natijasi bo`ldi. Shuningdek, Prezidentimizning 2017 yil 9 sentyabr ПҚ-3261-son Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi hamda 2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risidagi qarorlari barcha islohotlarning imkoniyat eshigini ochdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oyijon uyimizning maketini yasadim, qo`lidagi to`rburchak shaklli o`yinchoqlaridan ikkilanmay dadil tanlab, uycha yasagan Zilolaxonning kashfiyoti ham meni ham onasini hayron qoldirdi. Endigina besh yoshni qarshilagan qizaloqning shakllardan tasavvuri kengligining boisini so`radim uning onasidan. Mehribon qizini uyi yaqinidagi davlat bog`chasiga berganini, o`sha yerda shunday puxta bilim va ko`nikmaga ega bo`layotganini ta`kidladi.

Darhaqiqat, maktab kabi maktabgacha ta`lim tizimida ham malakali kadrlarning soni va shu yo`nalishda oliygohlarda ochilgan mutaxassislik fakultetlar turining ko`payotganligi Zilolaxon kabi bilimli, zukko, dono bolakaylarning safi ortmoqda.
Bunda ayniqsa ham maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ham oliy ta`lim mashg`ulot va dars turlarida “Ilk qadam” davlat dasturidan foydalanilayotgani sifatli ta`lim tizimi joriy etilganidan dalolatdir.
Darvoqe, tadqiqot maydonida ham “Ilk qadam” davlat dasturidagi maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvdan biri
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari xususida keng ma`lumotlar beriladi.
Avvalo, bola kompetensiyasi bu-ma`lum bir yosh davriga mos bo`lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo`lgan bolaning bilimi ko`nikma malakalari hamda qadriyatlari anglanadi. Yana shuni qayd etish lozimki, «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
-
- Intellektual-anglash malakalari;
-
- Elementar matematik ko‘nikmalar;
-
- Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyatdir.
”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;
makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
elementar matematikhisoblashlarni amalga oshiradi;
atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;
atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bola ilk yoshlarida predmetlarni katta kichikk ajratadi. Ikki-uch yoshda esa predmetlarni ranggi va shakliga qarab farqlaydi. Bunda esa pedagogning mahorati sinovdan o`tkaziladi. Jumladan bu farqlarni anglatish uchun mashg`ulotlarda tarbiyachida ijodkorlik talab etiladi. Oddiygina kardon qog`ozidan shallar qirqib olininib keyingi kardon qutisiga ham huddi shunday shakllar nusxasi tushiriladi. Bola qirqilgan shakllarni turiga qarab kardon qutisidagi nusxasiga qo`yishi lozim. Agar nushalar ranglarga bo`yalsa nur

ustiga a`lo nur bo`ladi. Bola ham shaklni ham ranglarni farqiga boradi. Bunda tarbiyachi ham vaqtdan ham, an`anaviy mashg`ulotdan farqli o`laroq, innovatsioh mashg`ulot turidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ma`lumki barja mashg`ulotlarning asosi o`yin metodir. Axir yosh bola ham o`yinga maktab bolasiga nismbatan moyilroq bo`ladida. Shuning uchun mashg`ulotlarda bilish jarayonini rivojlantirish sohasida ham bolalar uchun ko`prom homashyolar, kardon. Har xil shakldagi tayyor o`yinchoqlardan foydalanish samara beradi. Jumladan kubiklar, yasama g`ishtlar, plastmassa hamda shishirilgan sharlar yordamida bola shakllarning nomini to`g`ri aytishga, shakllar bo`yicha ajratishga qodir bo`ladilar.
Xulosa
Bolalarda bilish jarayonini rivojlantirish uchun ularni tabiat qo`ynida sayohatlarga olib chiqish ham katta natija beradi. Shunday sayr mashg`ulotlarida bolaga elemintar matematik savollar berish lozim. Biz qancha masofani bosib o`tdik? Quyoshning shakli qanaqa? Daraxtga nechta qush qo`ndi? Kabi savollar tabiat bilan jonli muloqot qilishga erishilsa, bolaga atrof olamni amaliy o`zlashtirish tajribasi oshishiga ko`mak bergan bo`lamiz. Bolaga raqamlar yozilgan kartochkalarni dambadam- u ovqatlanishi, uyquga yotishi, dam olishi oldidan berish lozim. Qo`lini ushlab turli shakllar ustidan yurgizish kerak. Bundan tashqari quyidagi mashg`ulotlar ham uning bilish jarayoni rivojlanishi sohasini kengaytiradi:
-
10 гача бўлган сонларни тўғри тескари санаш малакаларини мустаҳкамлаш.
ва
-
2. 10 гача бўлган сонларда олдин ва кейин келадиган сонни топиш.
-
3. Ёнма-ён турган сонлар орасидаги муносабатларни тушунишга ўргатиш.
-
4. Иккита кичик сонлардан катта сонни ҳосил қилишни ўргатиш.
-
5. Мисолларни рақамлар ёзилган қоғозлар ёрдамида ифодалаб ечишга ўргатиш.
-
6. 10 гача бўлган сонларни ёзувда фарқлашни ўргатиш.
-
7. 1 дан 10 гача бўлган рақамларнинг
-
8. 15 гача тартиб билан санашга ўргатиш.
-
9. Арифметик масала тузилиши билан
-
10. Нарсаларни 15 тагача санашга ўргатиш.
ёзилишини ўргатиш.
таништириш.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
-
1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari.– T.:2018
-
2. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi.– T.:2018
-
3. Qodirova F.R. va boshq.“Maktabgacha pedagogika”, Toshkent, “Ma’naviyat”, 2013, 159 bet (O‘quv qo‘llanma).
-
4. Qodirova F.R. va boshq. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim
konsepsiyasi. T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2011, 38 b
Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2016, 279 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar
"Экономика и социум" №11(90) 2021
Список литературы Ziyrak, topqir, hozirjavob tarbiyachi-bola iqtidori ko`zgusidir
- O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari.– T.:2018
- “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi.– T.:2018
- Qodirova F.R. va boshq.“Maktabgacha pedagogika”, Toshkent, “Ma’naviyat”, 2013, 159 bet (O‘quv qo‘llanma). Qo‘shimcha adabiyotlar
- Qodirova F.R. va boshq. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim konsepsiyasi. T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2011, 38 b Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2016, 279 b.