Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish

Автор: Mamedova M.M.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolda maktabgacha yoshidagi bolalarda ijodiy qobiliyat xususiyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishi uchun zamin bo‘lgan sifatlarning mavjudligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmasining taraqqiyoti bolaga ta'lim jarayonidagi turli vaziyatlarga muvaffaqiyatli moslashish, o‘zgargan holatlarni anglay olish hamda o‘zining bilish jarayonlari va xulq-atvorini unga mos tarzda yo‘naltira olish imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.

Ijodiy qobiliyat, pedagogik faoliyat, kreativ shaxs, ijodiy, mustaqil fikrlash, ijodkor ijodiy qobiliyatlar, maktabgacha ta’lim tashkiloti

Короткий адрес: https://sciup.org/140289003

IDR: 140289003

Текст научной статьи Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish

Jamiyat taraqqiyotidagi islohotlar zamonaviy texnologiyaga bo`lgan talabni oshirib, uzluksiz ta`limning barcha bo`g`inlarida moddiy-texnik bazani yaxshilashga e`tibor qaratishda ijodiy yondashishni talab qiladi. Bolaning ijodiy qobiliyatlarinini rivojlantirish va yaxshilash hammaga ma'lum narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana bilish, sifat jihatdan yangiliklarni yaratish juda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Bolaning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, albatta, uning bevosita faoliyatida namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. K.Rodgers “Ijod – o‘z-o‘zini kuchaytirish demakdir” degan asarida, ijodiy shaxs uchun eng asosiy savollardan birini beradi: “Mening hayot tarzim o‘zimni qoniqtiradimi yoki to‘g‘ri talqin etadimi? Bolaning ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy cho‘qqilarga intilishi, yuqori ijodiy malakali va o‘zini ijodiy tomondan to‘la namoyish etishga intilishi kreativ shaxs bo‘lish” motivini uyg‘otadi. Har bir bolaning o‘zini-o‘zi rivojlantirishi va o‘zini-o‘zi namoyon eta olishi bevosita uning ijodiy qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq.

Bola o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o‘ganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bolalarning ijodiy qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun uzoq yillar davomida poydevor qo‘yiladi va ma'lum faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda bolaning o‘zini-o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Bola ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur.

Ijodiy intellektual qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi, hayot tajribasiga nimadir yangilik olib kirilishi, yangi muammolarni qo‘yish va hal etishdagi betakror g‘oyalarning tug‘ilishi, muammoni hal etish va farazlarni shakllantirishda tafakkurning stereotip usullaridan voz kechish qobiliyati bo‘lib ta'lim jarayoni samaradorligi ham ko‘p jihatdan uning taraqqiyot darajasiga bog‘liqdir. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda ham ularga xos bo‘lgan ijodiy qobiliyat xususiyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy qobiliyatlar rivojlanishi uchun zamin bo‘lgan sifatlarning mavjudligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmasining taraqqiyoti bolaga ta'lim jarayonidagi turli vaziyatlarga muvaffaqiyatli moslashish, o‘zgargan holatlarni anglay olish hamda o‘zining bilish jarayonlari va xulq-atvorini unga mos tarzda yo‘naltira olish imkonini beradi.

Mutaxassislarning fikricha, bolalar ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishiga quyidagi omillar ta'sir ko‘rsatishi mumkin:

▪ ijodkor kishilar bilan muloqot ko‘lamining kengligi;

▪ taqlid uchun namuna bo‘la oladigan kattalar olamining mavjudligi;

▪ ota-ona va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning demokratik uslubga ega ekanligi;

▪ bolaga hissiy jihatdan o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat berilishi;

▪ kattalarning faol va arboblarga xos maqomi;

▪ bolalarni mustaqil mehnatga erta jalb qilinishi;

▪ turli to‘garaklarga jalb qilish orqali ijodiy faoliyatga yo‘naltirish;

▪ o‘z tajribasidagi yangi ma'lumotlarni bilishdan quvonishi;

▪ bolalarning tadqiqotchilik ishiga ijobiy munosabatda bo‘lishi;

▪ bolalar faoliyatidagi yutuqlarni o‘z vaqtida rag‘batlantirish;

▪ intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli mashqlar bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish va boshqalar.

Ijodiy qobiliyatning rivojlanishiga ijobiy ta'sir etuvchi omillar bilan bir qatorda uning taraqqiyotiga salbiy ta'sir etuvchi holatlar ham mavjud.

Ota- onalarga tavsiyalar:

  • ▪    bolangizning dunyoqarashini boyitish, ijodiyni rivojlantirish maqsadida ko‘proq har xil voqealarga boy kitoblarni o‘qib bering;

  • ▪    o‘zingizning kasbingiz haqida gapirib bering va ishxonangizga sayrga olib boring, kasb tanlash ehtiyoji tug‘iladi;

  • ▪    bolangizni tez-tez sayrlarga olib chiqing, ijodiy rivojlanadi;

  • ▪    sayr vaqtida tabiatdagi ranglar, predmetlar va hayvonot dunyosi haqida to‘liq tushuncha bering, ekologik tarbiyasi oshadi;

  • ▪    bolangiz savol bersa urushmang, savollariga to‘liq javob bering, ongi o‘sadi;

  • ▪    bolangizni mustaqil ish qilishga o‘rgating, u katta bo‘layotganini his qilsin;

  • ▪    bolangizga oilasini sevishga, ardoqlashga o‘rgating, zero Vatan ostonadan boshlanadi;

Shunday qilib, bolalar ijodiy qobiliyatlarini uning ijtimoiy-psixologik taraqqiyoti mahsuli bo‘lib, muntazam o‘zaro ta'sir etib boruvchi ko‘plab omillarning inson ruhiyatiga ta'siri natijasi hamda ta'limga pedagogik- psixologik tayyorlikning eng muhim ko‘rsatikichidir. Ijodiy rivojlantirish omillari bolaning ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, ijodiy qobiliyat maqsadi, yo‘nalishi va o‘zini boshqara olishida ko‘rinadi va uni o‘zining faolligi, o‘zini-o‘zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o‘sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

  • 1.    Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. – 2020. – №. 5 (56).

  • 2.    Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46)

  • 3.    Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5. – С. 48-49.

  • 4.    Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. – 2018. – №. 11. – С. 75.

  • 5.    Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.

  • 6.    Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. – 2016. – С. 118.

  • 7.    Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 39.

  • 8.    Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 6 (51).

  • 9.    Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 35.

  • 10.    Шарипова М. Б., Неьматова Ш. Н. Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 3-3. – С. 113.

  • 11.    Шарипова Махбуба Бахшиллоевна, Саьдуллаева Мохинурбегим Баходир Кизи РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ // Проблемы педагогики. 2020.   №6   (51). URL:

  • 12.    Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.

(дата обращения: 22.12.2021).

"Экономика и социум" №12(91) 2021

Список литературы Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish

  • Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. – 2020. – №. 5 (56).
  • Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46)
  • Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5. – С. 48-49.
  • Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. – 2018. – №. 11. – С. 75.
  • Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.
  • Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. – 2016. – С. 118.
  • Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 39.
  • Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 6 (51).
  • Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 35.
  • Шарипова М. Б., Неьматова Ш. Н. Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 3-3. – С. 113.
  • Шарипова Махбуба Бахшиллоевна, Саьдуллаева Мохинурбегим Баходир Кизи РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ // Проблемы педагогики. 2020. №6 (51). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/razvitie-tvorcheskih-sposobnostey-detey-v-doshkolnom-obrazovanii (дата обращения: 22.12.2021).
  • Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.
Еще
Статья научная